Navoiy asarlarida ustoz ehtiromi
Haq yölinda kim senga bir harf
öqitmiş ranj ila,
Aylamak oson ermas oning haqqin
yuz ganj ila.
Mutafakkir mir Alişer Navoiyning asrlardan asrlarga ötib kelayotgan qalbi daryo ustozlarimizni uluğlovçi purmaʼno satrlari dillarimizdan bejiz joy olmagan. Çunki, sözi va amali bir bölgan faylasuf bobomiz, ustozining kiçik yoşdagi farzandi bilan salomlaşmoq uçun ham otdan tuşgan ekanlar. Qarang, ustozning hurmati yuzasidan, farzandiga izzat körsatmoq, naqadar gözal ibrat, naqadar gözal tarbiya…
Aynan şu fazilatlari va bebaho maʼnaviy xazina — asarlari bois asrlar oşa ardoqlab kelmoqdamiz buyuk bobomizni. Aynan, ustozlarini ardoqlagani, duolarini olgani uçun ham Alişerdan hazrat Navoiy maqomiga kötarilib, nafaqat zamondoşlari, balki zamonlar oşa buyuk va suyuk bölib kelmoqda siz-u bizning, millionlarning sevimli bobokaloni…
Buyuk Navoiy bobomizning “Mahbub-ul-qulub” asari 18-faslida ham öqituvçilik mehnati maşaqqati xususida şunday deyiladi: “Uning işi odam tugul, hatto devning ham qölidan kelmaydi. Bir kuçli kişi bir yoş bolani saqlaşga ojizlik qilar edi, u esa bir töda bolaga ilm va adab örgatadi. Lekin şunisi ham borki, bolalar orasida fahmi idroki ozlari böladi. Muallim bu kabi hollarda yuzlab maşaqqat çekadi. Şu jihatdan olganda, bolalarda uning haqi köp, agar şogird ulğaygaç, podşohlik martabasiga erişsa ham unga (muallim)qulluq qilsa arziydi”.
Oilada ikki, uç, nari borsa tört yoki beş nafar farzandining taʼlim, tarbiyasiga arang vaqt ajratayotgan ota-onalar qança. Tasavvur qiling, ustozingizning bir kunlik faoliyatini otangiz yoki onangiz yoki yaqinlaringiz qay darajada uddalardi…
Hatto tasavvur qilişning özi-da muşkul…
Qadrli öğil-qizlar, siz-u bizning qalbimizga ziyo ulaşgan muhtaram ustozlarimizni ardoqlaylik, ularning maşaqqatli mehnatlarini qadrlaylik. Ularning işonçini oqlaylik, orzu-umidlarini röyobga çiqarib, ona Vatanga munosib barkamol avlod bölaylik!
Şunda ustoz-murabbiylarimizning çekkan zahmatlari zoye ketmaydi. Moziylardan boqib, kelajak avlodga umid közlarini tikib turgan mir Alişer Navoiy bobomiz ruhlarini behad şod etguvçi, Özbekistonimiz ravnaqi uçun fidokorona xizmat qilguvçi çin insonlar bölib yetişamiz.
Muhabbatoy RAHMONBERDI qizi
