Qadimiy mung zalvori
Taniqli adib Nazar Eşonqul 60 yoşda
Qarşiga taşrif buyurib, xonadonim mehmoni bölgan Özbekiston xalq şoiri Xurşid Davron Nazar Eşonqulga işora qilib menga: “Bilasizmi, buni Nazar Bepisandoviç deydilar”, dedi muloyim kulib. Ajablandim. Unda kibru manmanlikdan ziğirça yöq edi. Keyin his qildim, tuşundim, şoir akamiz muloyim kesatiq bilan gap şipşigan ekan.
Aslida Nazar bilan Temirpölatning öğlini sunnat töyida tanişganman. Bungayam öttiz beş yildan oşdi-yov. “Qaysi şoirlarning şeʼrlarini köproq mutolaa qilasiz?” deya savol taşladi u. Abdulla Oripovni-da, dedim qisqa qilib. U zaharomuz kulganday böldi. “Bu gapni şeʼrni tuşunmaganlaram aytişadi. Biror şeʼrini öqing-çi?” Men “Bahor kunlarida kuzning havosi”, deb boşlanuvçi şeʼrini yod aytdim. Bu gal u samimiy kuldi va menga qarab: “Siz bilan gaplaşsa bölarkan”, deya suhbatni xulosalab qöydi. Şunda yuragimda çaqmoq çaqnadi, har bir hujayramda tebraniş yuz berdi. Xurşid akaning iddaosida qoçirim “ğunça” oçganligini darrov sezgandim.
Gapning indallosi, qani endi ijodkorman degani adabiyotni Nazar Eşonqulning qariçi bilan ölçaganda edi qalamni sindiriş imkonini kutmasdan darrov xulosalab, balki yozişni yiğiştirib qöyardi. Nazar inson şaxsini heç qaçon yerga urmaydi, badiiy böş asarlarga nopisand qaraydi. Eng qiziği, qaysi bir yozarman kitob tutsa bir harfini qoldirmay öqib çiqadi va muallif xafa böladimi, arazlab ketadimi, “özing qotirib yoz avval”, deya kibrli luqmasini qoğozga öramay otadimi, zardasini hazm qila oladi. Yaxşi asarga duç kelsa, özi yozganday quvonadi.
Döstingni ayt, sening kimligingni aytaman, degan gap bor bizda. Nazarning nazariga jinday tuşiş uçun neça bor yoqa uzmaganman. Neçta qoğozni yirtib öçoqqa tiqmaganman. “Keçikkan fasl” saylanmamni tayyorlaşda bevosita u bilan ijodiy hamkorlik qildim. Men yuborgan ayrim şeʼrlarning misralari tagiga qora çiziq tortib, özimga qaytarardi. Undan sira gina qilmaganman. Aksinça, özimni söroqqa tutganman, taʼnam ham, daşnomim ham özimniki özimga bölgan. Bunday jarayonga tuşiş hayotimda ikkinçi bor bölgan. Birinçisi Ahmad Aʼzam edi. Özimdan öpkalandim. Ninaçiday joyingda yengil qanot qoqmay, söz daryosiga şönğiş kerak edi, deya özimni koyiyman. “Nasaf” naşriyotiga işga kelib Çori Avaz va Temirpölat Tillayev bilan duç kelmaganimda adabiyot haqida yengil tasavvurlar quyunida özimga özim mahliyo bölib qolarkanman. Jonli çaqmoqtoşlar kerak ekan ijodkorga. Hayotimda juda köp badiiy böş asarlarni öqib, kiçik girdob içida qolib ketganligimni angladim. Ijodkor havoyi havasga uçmasligi uçun içki “men”ini özi murabbiyi bölmoği kerak ekan. Baribir savqi tabiiylikka ne yetsin.
2010 yilning 20 mart kuni huquqşunos Hamid Boboqulov bilan Nazar Eşonqulnikida mehmonda böldik. Gurung zör keçdi. Şunda Nazar ertaga Abdulla Oripovning tuğilgan kuni ekanligi va şoirdan xabar oliş taklifini bildirdi. Va “daho şoirdan endi xabar oliş kerak”ligini gap orasida qistirib ötdi. Ertasi kuni Abdulla akaning xonadoniga bordik. Abdulla akaning Nazarga közi tuşişi bilan: “Yozuvçigayam oyoq çiqib qolibdimi?” luqmasidan hammamiz kulvordik. Abdulla akaning özi ham jilmayganida keçagi lanjlikdan urvoq qolmadi. Keyin suhbat qizidi. Aslida Nazar Eşonqul Abdulla Oripov uyuşmaga rahbar bölgan çoğida huzuriga deyarli eşik qoqib bormagan ekan. Yozarmanlar ignaday gapni tuya qiluvçilar-da. Ehtimol, Nazar biror mukofot ilinjida kelgan degan gapdan qoçgan. Çunki u adabiyot odami. Har qanday moddiy rağbatdan söz rağbatini ustun qöya olgan adib. Yana Nazarga şunday savol berganman: “Asarlaringizni bayozlarda öqiganman. Nega kitob holida çop ettirmayapsiz?” deganimda u heç ikkilanmay “Kimga kerak bölsa naşr ettiraversin?” degan “ğalati” javobidan esankiraganim çin. Minib yurgan ot-eşagimizni sotib bölsa-da kitob çiqarişga mubtaloligimiz bor gap. Uluğ nemis adibi Haynrix Hayne: “Şuhratparastlikda odam hayvon. Şoirlar esa öta şuhratparastdir” deganida haq bölib çiqar-ov. Odatda ijodkor haqida gap ketganda u bilan çoy içganini maqtab yozişni jinim suymaydi. Nazar bilan dasturxon boşida adabiyot haqida köp suhbat qurganmiz, men köproq tinglovçi bölganman.
Nazarning qay bir asarini öqing, isyon çiğanoq içidagi durday yaşirin, özlikni anglaş özagi mustahkam, imsiz işoralarga boy, istiora kuçli, qoçirim, istehzo sanʼatga uyğunlaşgan, serqatlamlilik, sermaʼnolilik dastavval ongingizni “tuşovlaydi”. Fikrlaşga, muşohada yuritişga majburlaydiki, barmoğingizni bukmoq uçun öynatişga hojat yöq. Uning qahramonlari mahmadona, maqtançoqlikdan yiroq. Vazmin va sermulohazaligi bilan tafakkur tarzingizni yangilaşga, fikran nazarkardalik uyrimiga taşlaydi. Jumlalar uzun bölsa-da şeʼriy ohang ustuvor, inson iztirobi, dardi samoviy nolaga qorişiq. “Momoqöşiq” qissasida qadimiy mung bepoyonlik şovurini ruhiyatingiz vodiysi uzra qanotlantiradi.
Paxta terimiga kelgan madaniyat vazirligi xodimlarining dala şiyponiga joylaşuvi manzarasi kesatiq aralaş kulgungizni keltiradi. Körikka kelganday yasan-tusan kiyingan qizu juvonlar, erkaklarning şovqini körinişi şunday tasvirlanadi: “ingiçka, yöğon, şirali, şirasiz, nozli, işvador, xirildoq, sovuq hiringlagan, çirillagan, yiğlamsiragan, kulinqiragan, bosinqiragan, hadiksiragan, çuçinqiragan – turli ovozlarga töldi”.
Şahar havosidan tanglayi kibr va manmanlikdan kötarilgan yozuvçi Şamsi Salohning adabiy portreti çaplanib taşlangan ranglar ostida jilvalanayotgan söz böyoqlarida tiniqlaşadi. Dastlab öziga mahliyolik odamlarni odamlarday körmayotganlikdan ayri etgan manzaralar uning xayollariga tizgin urib, devor ortidagi sir-sinoatga boy, azaliy iztiroblar silsilasidan özaklangan turmuş tarzini köz oldida paydo qiladi. Ildizlari qirqilgan madaniyat mafkurasining his-tuyğularimizni barbod etuvçi axloqsiz aqidalari jamiyat közgusining ort tarafini aks ettirişga xizmat qilişidan boşqa narsa emasligini anglatadi. Milliy qadriyatlar sahroda qurib-qaqşab hilvirab turgan yalanğoç oğoçning turqi-tarovatiga aylanganini jonli his etamiz. Ismoil Ali va yana ikki aktyor bilan çimzor yölda törtovlari borayotgan çoğida daraxtlar barglari orasidan nurday sizib borliqni iffat hijobiga öragan qizning qöşiği – momoqöşiq toş qotgan şuuriga otaş tutadi. Bu qadimiy mung, bu azal va abad ovozi, bu sarhad bilmas xayol arğumoği, bu ona yer armonining ötda yonmas tazkirasi qalb lavhining asriy va muqaddas kalomidir.
“Çayla bilan daraxtzor oraliği yigirma qadam ham çiqmas, supada ularga orqa ögirib, söta sitgança qandaydir qiz qöşiq aytardi. Qizning ovozi tiniq, hatto juda tiniq, taʼsirçan, şirali va marokli edi. U qöşiqning eng yuqori pardasini ham qiynalmay, zörlanmay, tabiiy va samimiy kuylardi. Tört haşarçi ham xuddi birov imo qilgandek birdan töxtab qoldi. Ular qöşiqning nazariy tomonlarini va ovozning qadrini yaxşi tuşunardilar. Şu sababli qarşilaridagi qizga bir zum sehrlanganday, biroz ajablanganday qarab turişardi. Hatto eng maşhur hofizlar ham bu qöşiqning yuqori pardasiga kelganda biroz kuçanişardi; qiz esa dugonasiga şivirlayotganday qiynalmay, ovoz maromini özgartirmay pardadan-pardaga oşib ötardi. Uning ovozi sözlarni ham ohangga aylantirib yuborar, qiz qanotini ozod qoqib yurgan quşçaday, berilib qöşiq aytardi. Qöşiqdan hatto qizçaning duk-duk urayotgan yuragini ham eşitiş mumkin edi. Uning tovuşidagi erkinlikka Şamsi Saloh birdan majoz topa oldi: toğ kiyigi çöqqidan-çöqqiga ana şunday sakrab yuradi, deb öyladi u”. Adib bu manzaraga şunday urğu beradi.
Şamsi Saloh “tund, biroz oliftaroq, jimjima narsaga öç, biroz kibrliroq, hamma narsaning gözal bölişini istovçi va hamişa şunga intiluvçi, haşamli va jilvali narsalarni sevuvçi, har bir manzaraning nihoyatda zebo tomonlarini köra oluvçi, nafis taşbehlarga ustasi farang, yaşaşi va kiyinişida ham öta ziyolilik barq urib turuvçi kişi edi; u hayotga ham, tevarak-atrofiga ham mana şu nozik ziyolilik közoynagi bilan qarardi”. U qöşiqçi juvon Muazzamni şu nigoh bilan uqdi. Şon-şaraf sahnasiga şu yösinda olib çiqişga diqqatini qaratdi. Uni göl, işonuvçan, töpori ayol deb öyladi. Öz qutqusi domiga tez ilintirmoqçi böldi. Ammo inson qalbi bilan hazillaşib bölmasligini brigadir Otaqulning xati uning xomxayol orzulariga tuzoq qöyadi. “Men uni tuşunadigan yagona erkak ekanligimdan hamişa faxrlanaman va u ham meni tuşunadi, deb öylayman. Mabodo, gaplarimga şubha qilsangiz uning özi bilan gaplaşing. Men unçalik gapga usta emasman va umrimda juda kam kitob öqiganman, lekin xatimning oxirida sizga şuni aytmoqçimanki, siz hali bu xalqni bilmas ekansiz. U homiylikka muhtoj emas… U sizning muruvvatingizsiz ham buyukdir…” Ha, şunday. Xalq u olomon emas va muruvvatga muhtojlikni qullik deya rad etadi.
Muazzam ham öz oilasi, eri va farzandlarini har qanday soxta şondan balandligini aytganda, Şamsi Saloh yozuvçi böla turib millat mentalitetini tuşunmasligi, milliy qadriyatlar azaliy va abadligini tanimasligi, yaltiroq narsalar – “davr sarqitlari” mubtaloligi göngda ösgan zarpeçakday taʼbingizni xira etadi. Xalqimizning oltindan qimmat, qiymati mangulikka teng madaniyati, urf-odati insoniylik rutbasidan begona mafkura çangalida toptalayotganini “Momoqöşiq” zalvori toğdan zil-zambil mungida ifodalanişini adib botiniy qaraşlari, sinçi tasavvur va taassurotlari ila ruhiyatimizga singdira olganki, asrlarni silkitgan maʼnaviy-madaniy merosimiz ildizimiz çuqurligidan ogoh etadi. Şamsi Salohlar ötkir iqtidor sohiblarini foniylik qutqusi, soxta şuhrat vasvasasida qurbon qiliş yölida irkitlik, ifloslik, manfurlik, riyokorlik merosxörlari sifatida özlarini özlari aldaydilar. Va tubsiz tubanlik çohiga qulaydilar. Xalqning tarixiy madaniyatini toptaşga uringanlar begona manzillarda yöl yöqotadilar. Ilmiy atamalardan xoli dildagi izhorimni bayon etdim.
Nazar Eşonqulning har bir asari miflar, rivoyatlar, ramzlarga muhrlanişi bilan öquvçida sinçilikni, quvvayi hofizasi, tafakkurlaş tarzi yuksak bölişlikni talab etadi. Avom öquvçi sirlangan tosga tuşib qolgan çumoliday baland nuqtada böy körsatolmaydi.
Endi qadrdonim Nazar Eşonqulning “hamma biladigan” tarjimai holi va u yozgan asarlar haqida ham ikki oğiz söz aytmasam bölmas.
U Qamaşi tumanidagi Tersota qişloğida tuğilgan. ToşDU (hozirgi ÖzMU) jurnalistika fakultetini tamomladi. Dastlabki asari — “Uruş odamlari” 1988 yilda naşr etilgandi. Şundan söng birin-ketinlikda “Momo qöşiq”, “Maymun yetaklagan odam”, “Şamolni tutib bölmaydi” va boşqa asarlari çop etildi. “Göröğli” romanining jurnal varianti eʼlon qilindi. Jahon adiblari Xuan Karlos Onettining “Hikoyalar va qissalar”ini, Alber Kamyuning “Esselar”i va Çexovning “Boloxonali uy” hikoyasini hamda boşqa köplab dunyo adabiyoti namunalarini özbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.
Birodarim Nazar Eşonqul haqida yana şuni aytişim kerakki, u uzoq yillardan buyon Özbekiston milliy teleradiokompaniyasida mehnat qiladi. Ötgan yillar davomida televideniye orqali namoyiş etilgan önlab, balki yuzlabdir, jahonning eng buyuk adiblari, madaniyat va sanʼat namoyandalari haqidagi körsatuvlar uning ssenariylari, tarjimalari asosida efirga uzatildi. Bundan taşqari bir qança kinofilmlarga ssenariylar yozdi.
Ana şunday tinimsiz mehnat, izlaniş bilan ötgan yillar xalqimizga, adabiyotimizga Nazar Eşonqulday yozuvçini berdi.
Yana bir gap. Odatda isteʼdodsizlar birovning qadamini, isteʼdodlilar özining qadamini ölçaydi. Nazar birodarim öz qadamini ölçaganlardan. Öz ijodiy laboratoriyasini yaratgan, jahon adabiyoti bilan böylaşadigan asarlari bilan çin maʼnodagi adabiyot odamidir.
Öroz HAYDAR
