Ayol ruhiyati epkinlari
Şoir böliş qiyin,
Şoir böliş oğir,
Şunday buyuklarning
Kahkaşonida!
Ustoz Abdulla Oripovning uşbu sözlari, garçi Nekrasovga bağişlangan şeʼridan olingan bölsa ham, muazzam nazmiy xazinaga ega özbek şeʼriyatida munosib eʼtirofga sazovor böliş neçoğliq muşkul ekani haqida. Darhaqiqat, milliy adabiyotimiz buyuk isteʼdodlarga şu qadar boyki, bu kahkaşonda ohorli söz aytiş, yangi badiiy izlanişlar qiliş oson emas. Şunga qaramay, bunday ijodkorlar borligi va muntazam yetişayotgani quvonarlidir. Ana şunday söz zahmatkaşlari orasida atoqli şoira, publitsist Şarifa Salimovaning örni alohida.
Şarifa opani taniganimga qariyb öttiz yil böldi. Şoiraning ijodini muttasil kuzatib kelaman. “Hayot zavqi”, “Mening bahorim”, “Vatan suvrati”, “Bedor tun tomçilari” singari lirik şeʼrlardan tuzilgan va “Tongga qasam”, “Giyohlar bilan tillaşgan inson” nomli badiiy publitsistik maqolalardan tarkib topgan töplamlari, bolalarga bağişlangan ajoyib nazm namunalarini öz içiga olgan “Quşlar alifbosi”, “Hayvonot olamiga sayohat” kitoblari, “Xizr buloği”, “Duogöyim onam” va “Tömaris” singari dostonlari şoiraning ijodiy xirmoni havas qilsa arzigulik ekani isbotidir. Ijodkorning şeʼrlari teran hayotiy falsafiy mohiyatni ifoda etgani, ohorli taşbehlariyu metaforalari, ayol ijodkorlarga xos nafis uslubi bilan alohida ajralib turadi.
Şeʼr – iztirob mahsuli, dard hosilasi. Odatda u dilda ğam, közda nam bilan dunyoga keladi. Şoh Maşrabning: “Dilda darding bölmasa, sardaftarimni kovlama”, degan ötli satrlari ayni haqiqatni ifodalaydi. Lekin çinakam ijodkorning dardi xususiy bölmaydi. Uning qalbi oğrisa, Vatan va Millat dardi bilan oğriydi. Quvonçi ham, iztirobi ham ona yurti, ona xalqi qismati bilan boğliq böladi. Şoiraning:
Bir kuni yo maysa giyoh bölamiz,
Şunda ham holingdan ogoh bölamiz.
Şoir qalamingga siyoh bölamiz,
Sendan bir dam ayro tuşmaymiz,
Vatan…
Mayli, tikanlaring qonatsin
qölim,
Mayli, izğirinlar qilsinlar zulm,
Sen rozi bölsang bas, enajon elim,
Sendan bir dam ayro tuşmaymiz,
Vatan…
deya şoiraning yozişi bejiz emas.
Şarifa Salimova şeʼriyatida ayol ruhiyati, özbek onasining orzu- armonlari, dardu iztiroblari öziga xos ifodalangan. Şoiraning: “Ayol uyğonmasa – uyğonmas millat” degan sözlari şeʼriyat muhiblari orasida aforizmga aylanib ketgani maʼlum. Çunki bu sözlar şunçaki qofiya uçun töqilgan emas, ular Millat dardi bilan yongan qalbdan vulqon kabi otilib çiqqan haroratli dil izhori edi ijodkorning. Köngilning tub-tubidan çiqqani uçun ham köngillarga yetib borgan bu sözlar. Şu nomdagi şeʼrdan olingan mana bu satrlarni befarq öqib bölmasligi buning isbotidir:
Qoraköz tulporlar yolin silasa,
Quyoşga uçguday quvvat beruvçi,
Soçini supurgi qilib Vatanga,
Özi toğlar kabi mağrur turuvçi…
Jimgina suyuvçi… köz yoş tökuvçi,
Işqi ham gul kabi, nur kabi halol…
Hayotning tabarruk yukin yelkalab,
Şu zayil Haq sori ketmoqda…AYOL…
Şoira lirikasida Ona obrazi alohida örin egallaydi. Orzulari çeçaklarday möl, umidlari özi bir jahon ijodkor tuyğulari kabi toza nurlarga yuzini yuvayotgan osmon, yölga çorlab çalinayotgan nayni eslatar ekan, munis onasidanoq fotiha tilaydi (“Oq fotiha bergin” şeʼri).Onaizorning tomirlari börtib-börtib köringan qadoq qöllari, peşonasidagi mayda çiziqlarga bölingan ajin yöllari, bir paytlar nur bilan porlab, kökdan termulgan yulduzlarga to tongga qadar yoğdu ulaşgan-u endi xiragina nazar taşlayotgan közlari… qordek oq suyumli soçlari… öquvçi köz öngida muştipar volida suvratini jonlantiruvçi, köngillarga uning yurak taftini his etiş imkonini tuhfa etuvçi bu satrlar samimiyatidan mijjalarga yoş qalqiydi… (“Onamning qöllari” şeʼri). Mana bu satrlar ona duosining qimmati neçoğliq baland ekani haqida:
Tillolar olmadim, zarlar olmadim,
Zörlarga boşimni egib bormadim.
Xiyonat, iğvoning loyin qormadim,
Olganim duolar böldi, onajon!
…Ğanimning öqiga bölsam-da nişon,
Közimdan çakillab tomganda ham qon.
Sidirib, men uni tiladim iymon,
Olganim duolar böldi, onajon!
Onadan ayrilmoq – dunyodagi eng oğir musibat… Şoiraning “Onajon” şeʼrida ana şu oğir yöqotiş iztiroblari behad taʼsirli ifodalangan. Kuzgi yaproqlar uzilişi oğir oh çekişiga bois bölgan ijodkor tonglarda: “Sen uni kördingmi, mehribon quyoş?”, deya iltijo qiladi. Toğlar qoşida boş egar ekan, onaizorini soğinib çunon yiğlaydi. Çekkan ohidan hatto daralar ham ingraydi: “Onamni kördingmi, aytgil, qoyajon?” Maysalarga yuz bosar ekan, ona qöllariga öxşatib, titroqqa tuşadi. Muşfiq onasini bir körmoq ilinjida beşafqat dunyoga xitob qiladi: “Bir bora körayin onajonimni…”
Şeʼrning xotimasi musibat qançalik çöng bölmasin, uning davosi iymon va sabr ekani haqidagi xulosaga olib kelgani jihatidan qimmatlidir:
Sim-sim eşiklari oçilmas mangu,
Toğlar ham jonimga kirmaslar oro.
Indamay sajdaga boşimni qöydim,
Men qulingni keçir, Parvardigoro…
Umuman, ona mavzusidagi turkum şeʼrlar Şarifa Salimovaning bu möʼtabar siymo hurmatiga barpo etilgan bebaho badiiyat gulzoridir. Bu gulzordagi maʼyus çeçaklar öquvçiga ujmoh gullarining iforini ulaşadi. Muştipar ona haqidagi ölmas xotiralarni, uning oldidagi Mahşargaça uzilmas qarzni yodga soladi.
Şarifa Salimova lirik şeʼrlardan taşqari dostonlar ham ijod qildi. Bu dostonlar şoiraning katta poetik kölamda fikrlay olişi tasdiği sifatida alohida ahamiyatga ega. “Xizr çaşmasi” dostoni syujetining markazida hazrat Alişer Navoiy obrazi turadi. Şoira butun zaminu zamonni buyuk mutafakkir bobokalonimiz atrofida aylantiradi. Asrlar ötaveradi, zamon evrilaveradi, lekin Millat hayotida bu uluğ siymoga bölgan ehtiyoj sönmaydi.
Sahrodagi yolğiz daraxt va uning tagidagi çaşma yonida turgan hazrat Navoiy huzurida qölida ingragan gödak bilan zörğa qadam bosayotgan ona namoyon böladi. Tört farzandini tuproqqa topşirgan, beşinçi bemajol gödagini bağriga bosgan xastadil ona… Uning sözlaridan buyuk mutafakkir – quyoş ruxsorli tabarruk siymo faryod çekadi. Onaizor esa boşiga tuşgan musibatlarni bayon etadi. Uning aytişiça:
Siru asror töla zamon aylandi,
Aylanganda ham köp yomon aylandi.
Şayton yuraklarda ğavğo boşladi,
Millat orasiga nifoq taşladi…
Bugina emas. Şaytonlar ming fitna tuzavergani, eng sara gullarni uzavergani, ne-ne tillo boşlar kesilib ketgani, eng ulkan çinorlar ötin, alangasi pinhon tutun bölgani, asl buloqlarning suvi aynigani, ona tuproqning şöri qaynagani, daryolar burilib oqmay, odamlar bir-biriga boqmay qolgani, avvallari sof bölgan havolar zahar soçgani, onalar daladan kelmay, gödaklar qulunday yelmay qöygani haqida kuyinib sözlaydi. Uningça: Bir payt ayol ersa muhabbat guli, Endi nomi böldi tiriklik quli.Ular öttizida ötin böldilar, Armon vodiysida tutun böldilar. Bir payt visoliga Majnun bölgan zor, Tuproqqa teng böldi Laylidek dildor… Ayol qalʼasiga putur ketgan on, Dod deb sohilini tark etdi ummon…Muloqot söngida bu xastadil ona hazrat Navoiyning “Isming ne, qizim?”– degan savoliga “Gödagim Farhoddur, özim…. Dilorom….” – deya javob beradi.
Dostondagi Xizr çaşmasi bu – turkiy til, mangu yaşil daraxt – hayot timsoli. Dunyoning eng qadimiy va eng boy tillaridan bölgan ona tilimiz timsoli bölgan Xizr çaşmasi, mangu hayot ramzi hisoblangan yaşil daraxt va hazrat Alişer Navoiy yonma-yon tasvirlanişi, zaminu zamonning ana şu uçlik tegrasida aylanişi şoiraning taxayyul va tafakkur olami neçoğliq keng ekani isbotidir.
Hazrat Navoiy yoniga, Xizr çaşmasiga kelgan keyingi yölovçi – qöllariga kişan solingan ayol. Axloqsizlik, fahş botqoğiga botgan jamiyat qurboni bölgan bu ayolning musibati toşlarni yoradi. Na millat dardidan ğami, na tuqqan elining va na ona tilining qadri bilan işi bölmagan, tilloga kömilib, sutlarga çömilib, pul uçun dinu iymonini sotgan, “Ummon quriyversa, na taşvişi bor, Haqiqat toptalsa, nima işi bor” kimsalar bois baxti toptalgan jonlar qismati haqidagi fojialarni sözlagan bu musibatzadaning ismi Layli…
Şoira şu tarzda hazrat Navoiy pok işq va insoniy kamolot timsoli sifatida tasvirlagan Farhodu Diloromu Laylilar zamonaviy otdoşlarining nomi ham, şoni ham toptalgan ziddiyatli davr fojialarini öziga xos uslubda talqin etadi. Zamon çindan ham yomon tomonga evrilganini obrazlar asosida taʼsirli suratlantiradi.
Xizr çaşmasiga kelgan keyingi qahramon – qölida köza kötargan soçlari kumuş onaxon. U ösimlik şaklida kelgan ayğoqçi, Yurt ganjiga pinhon tuşgan qaroqçi, Jayhun suvlariga sira töymagan, Sayxunni ham yöldan urib qöymagan ofat – paxta yakkahokimligi yurtni qanday vayron etgani xususida hikoya qiladi. Mana, uning hasratli köngil izhori:
Bolam, bu yurt şöri azal möl ekan,
Köz yoşlari daryo, dengiz, köl ekan.
Hanuz kosasining tagi oqarmay,
Hanuz yoqalari yoşdan höl ekan.
Hanuz tillolari kimgadir nasib,
Itlar suyagin ham yurar talaşib.
Şoira ana şu tarzda docton qahramonlari tilidan bugun tarixga aylangan, lekin xalqimiz keçimişida oğir iz qoldirgan fojiani butun kölami bilan tasvirlaydi. Har bir satrdan, har bir sözdan ona yurt ğamida kuygan ijodkorning köngil iztiroblari silqib turadi. Ona xalqining dardi uning közlaridan uyquni, qalbidan halovatni olgani, qöliga qalam tutqazib, faryodlarini oq qoğozga tökmoqni diliga solgani yaqqol sezilib turadi.
Buyuk Navoiy yoniga kelgan keyingi qahramon – yetmişlarga borib qolgan qomati dol çol va uning kalom bilmas öğli. Otaxon öğlining ahvolini aytib kuyinadi. Uning söziga köra, öğli öz tilida salomni ham, bir kalima xuş kalomni ham bilmaydi. Maqomlardan peşonasi tirişadi, ğazal ne deb bir çekkada qunişadi. Qodiriyning kimligini bilmaydi, Abdulloni nazar-pisand qilmaydi. Xotinining soçin kesib qöyadi, Farzand qolib, kuçugini suyadi. Ona xalqini savodsiz deb ustidan kulgan. Otasini ğaribxonaga eltib qöygan… Millat nadir, armon nadir, huşi yöq, Olamni suv bossa magar işi yöq. Gadolarning kaftiga toş qöyadi, Ğarb olamin poyiga boş qöyadi…
Şarifa Salimova şu tarzda qahramonlar tilidan millatni özligidan ayirgan illatlar mohiyatini foş eta boradi. U qöllagan ijodiy uslub – turli davrning turli holatdagi kişilarini hazrat Navoiy qoşiga keltirib, ular fojiasining asl ildizlarini oçib berişi şoiraning ijodkor sifatidagi mahoratidan taşqari, maʼnaviy jasorati sifatida ham baholanmoği zarur.
Yana doston syujetiga qaytamiz. Çol öğlining qilmişlari haqida söz yuritar ekan, nogoh kökdan mitti bir quş inib, buyuk şoir qöliga qönadi. Muloqot asnosida uning Usmon Nosir ekani ayon böladi. Jaholat qurboni bölgan yoş şoir çol va nabira holatiga mana bunday munosabat bildiradi:
Keksa boşdan-oyoq gunohga botgan,
Öğlonni jaholat tubiga otgan
Özidir. Endi ul neçuk yoş tökar,
Qasos qiliçiga farzandin tutar.
Bu öz millat gulin kemiruvçi qurt,
Unga na til aziz va na ona yurt.
Men uni tanidim. Uning qöli qon,
Mening ham umrimga zomin şu inson.
Ular ikki emas.
Ajriq misol köp…
Şoiraning mahorati şundaki, millat boşiga yaqin zamonlarda tuşgan fojialarni şu tarzda hayotiy va badiiy mantiq asosida izçil talqin etadi. Xalqimiz boşidan keçgan musibatlarni öquvçi qalbida aks-sado beradigan darajada taʼsirli ifodalaydi. Hazrat Navoiy nomidan mudhiş maʼnaviy jinoyatlar ustidan badiiy hukm çiqaradi.
Dostonning poetik xulosasi öquvçi qalbida umidbaxş tuyğularni uyğotişi bilan ahamiyatlidir. Hazrat Navoiyning şitob bilan buloq böyiga borib, uni kengliklar sari oçib yuborişi Millat hayotiga ozodlik, röşnolik kelişi ramzidir. Asar söngida buyuk bobokalonimiz huzuriga ilk bor qölida ingragan gödak bilan zörğa odimlab kelgan onaizorning farzandiga hazrat buloq suvin içiradi, tandan dard quşlarin bir-bir uçiradi. Baxtsiz ota-bolaga iymonu insof tilaydi. Yaʼni Xizr çaşmasi – turkiy til millat taraqqiyotining asosi sifatida xalqimizning köngli şod, hayoti obod bölişiga yönaltiriladi. Şu tarzda asarda tilga olingan tugunlar birma-bir yeçiladi.
Doston xotimasida şoira hazrat Navoiy tilidan qölida “Xamsa”ning beş dostonini köksida tutgan jajji öğlonga qarata mana bunday sözlarni bitadi:
“Umidimki, men tiklagan yaşil boğ,
Zavol körmay, porlagusi yaşilroq!
Ulus yana xatolarin tuzatur,
Bir-biriga döstlik qölin uzatur.
Xizr buloq –
turk lisonin çaşmasi,
Bir umrga qondirgusi taşnani.
Tomçilari ruh boğining jonidir,
Özbek degan buyuk millat qonidir.
U tinmasa, olam gulga töladi,
Turk köksida qayta çeçak unadi.
Kengliklarda xanda qilib lolalar,
Dunyo sörar şunda şoir bolalar”.
Hazrat qalamini öğlonga tutdi,
Söng oppoq nurlarga qöşilib ketdi.
Umuman, “Xizr çaşmasi” dostoni ona yurt tarixining eng murakkab va ziddiyatli davrlari, Vatan va Millat inqirozining sabablari teran badiiy talqin etilgani bilan ham, buyuk Alişer Navoiyday mutafakkirlari bor xalq baribir özligiga qaytişi, taraqqiyga erişmoği muqarrarligi haqidagi umidbaxş ğoya bilan yakunlanganiga köra ham, şoira ijodiy niyatining öziga xos ramzlar, timsollar orqali betakror ifodalangani jihatidan ham kölamli badiiy polotno darajasiga kötarilgan.
Şarifa Salimova şeʼrlar, dostonlar yoziş bilan birga, badiiy publitsistika borasida ham samarali ijod qilib kelayotir. Uning turli mavzulardagi, zamonamizning ötkir muammolariga bağişlangan badiiy-publitsistik maqolalari, ustoz va zamondoş şoiru adiblar ijodiga doir esselari uşbu fikrni tasdiqlaydi. Uşbu maqola va esselarni öqir ekansiz, ularning salohiyatli şoira qalamidan çiqqani yaqqol seziladi. Ularda ohorli taşbehlar, tutilmagan obrazli ifodalar, sözning taʼsir kuçini behad oşirib yuboradigan istioralar mahorat bilan qöllanadi. Uşbu badiiy tasvir vositalari sözga rang va jilo beradi. Uning şeʼrday, qöşiqday ravon öqilişini taʼminlaydi. Bular hammasi özbek va jahon adabiyoti namunalarining muttasil mutolaasi hamda tunni tongga ulab çekilgan ijodiy zahmatlar orqali erişilgan mahorat natijasidir.
Şarifa Salimova mohir tarjimon sifatida jahon adabiyotining Hyote, Haynrix Hayne, Anna Axmatova, Yohan Yellas Şlegel, Nikolaus Lenau, Hans Magnus Yenzensberger, Bartxold Henrih Brokes, Yozef fon Ayxendorf singari namoyandalari şeʼrlarini özbek tiliga ögirgan. Islomşunos olmon şoiri Hadayatulloh Hyubş şeʼrlari tarjimasidan tarkib topgan «Oh, atirgul» töplami, ayniqsa, şoira tarjimonlik faoliyatining eng yorqin namunasidir. Bu tarjimalar şoira uçun çet ellik ijodkorlar mahorati sirlarini örganiş nuqtai nazaridan foydali bölişi barobarida şeʼriyat muhiblarini jahon adabiyotida keçayotgan ijodiy jarayonlar bilan taniştirişi jihatidan ham qimmatlidir.
* * *
Ikki oğiz Şarifa Salimovaning inson va özbek ayoli sifatidagi fazilatlari haqida. U sözni nozik his etadigan, oz sözga köp maʼno yuklay biladigan ijodkor bölişi barobarida, har qanday auditoriyada nutq sözlasa, tinglovçilarning diqqatini öziga jalb eta oladigan mahoratli notiq hamdir. Abdulla Oripov, Erkin Vohidov singari ustoz şoirlarning sadoqatli şogirdi sifatida, ularning yulduzli onlarida ham, sinovli kunlarida ham oqibat körsatgani Şarifa Salimovaning odamiylikda qatʼiyatli ekani isbotidir. Bu ikki uluğ şoir yubileylarida, ular ijodiga bağişlangan tadbirlarda, telekörsatuvlarda nutq sözlar ekan, Şarifa opa ustozlar asarlaridagi eng şoh satrlarni yoddan keltirib, çuqur va professional tahlil qilib beradi. Bu misollar va ular tahliliga doir fikrlar uning ustoz şoirlar ijod laboratoriyasini neçoğliq puxta örganganini, Abdulla Oripov va Erkin Vohidov asarlarini qançalik köp öqigan bölsa, şunçalik puxta özlaştirganini körsatadiki, bu hol şoira ijodiy kamoloti sirlarini oydinlaştirişi jihatidan ham qimmatlidir.
Tahririyatlarda işlab yurgan kezlarida ham, Oliy Majlis deputati sifatida va boşqa masʼul lavozimlarda faoliyat yuritganda ham Şarifa Salimova özbek ayoliga xos odobu nazokatni, hayo-yu iboni mukammal saqlay olgan, millatimiz onalariga xos fazilatlarni köz qoraçiğiday asrab, hayotda şunga töliq amal qila bilgan insondir.
Nurboy JABBOROV,
filologiya fanlari doktori,
professor
