Tafakkur mergani

Toşkentning Mergança mahallasida tuğilgan tafakkur mergani Abdulla Avloniy uning ijodini kuzatib, adib yaratgan asarlar çin isteʼdod mevasi ekaniga imonim komil böldi. Yozuvçining sermahsul faoliyati mobaynida yaratilgan eng eʼtiborga molik va menda ham mutolaaga yuksak qiziqiş va iştiyoq uyğotgan ijod mahsuli “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari böldi.

“Biz turkistonliklar öz vatanimizni jonimizdan ortiq suydiğimiz kabi arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq çöllarini, eskimöslar şimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boşqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxşi, tiriklik oson yerlarga öz vatanlarini taşlab, hijrat qilurlar edi. Bobolarimiz: “Kişi yurtida sulton bölgunça, öz yurtingda çöpon böl, — demişlar”, — deydi adib öz asarida. Muallif har bir fikrini misollar bilan, tuşunarli tarzda asoslaşga harakat qiladi. Şuning­dek, yuqorida aytilgan fikrining davomi sifatida şunday tamsilni keltiradi: “Ayrim kişilar öz hovli-joylarini, mol-mulklarini sotib, Makkaga ziyoratga boradurlar. Hatto şularning ham aksari yana öz vatanlariga qaytib keladur. Buning sababi, yaʼni bularni tortib keturgon quvvat – öz vatanlari tuproqlarining mehr-u muhab­bati”.

Ha, Avloniy bobomiz haqiqiy yurtparvar edi. Aytiş joizki, u öz xalqini savodli qiliş, millatdoş­lariga tafakkur ulaşiş maqsadida, 1904 yilda Mirobodda usuli jadid maktabini oçadi. 1907 yilda esa öz hovlisida “Şuhrat” gazetasini çiqara boşlaydi. Gazetaning yöli ayon bölişi bilan unga ergaşuvçilardan köra, qarşi fikrlilar — duşmanlar köpayadi. Natijada, 10-soni çiqib, gazeta   yopiladi. Bu kabi (bundan-da yomonroqlari ham bölgani tabiiy) nohaqliklarga köp bor duç kelgan Avloniy harakatdan heç qaçon töxtamaydi. Xalqning közini oçiş, qaysidir maʼnoda, xalqni ham insofga çorlaş, ezgu yölga undaş, tafakkurli, savodxon, ilmli bölişga yönaltiriş kabi masalalarda asarlar yaratişda davom etaveradi.

Şu örinda, yana bir qança adib qöl urgan masalalar haqida aytişni istardim. Jumladan, xasislik illati borasida, muallifning öz anʼanasidan uzoqlaşmagan holda, sodda til, yuqori salohiyat, aniq ifoda va detallar yordamida misollar bilan yozgan jumlalariga eʼtibor qarataylik: “Ipak qurtining taqdirini köz oldingizga kelturing. U pilla içida öralub, hayotini mahv etar. Qançalar maşaqqat bilan hosil bölgan ipak boşqalarğa nasib bölar. Umrini mol-dunyo hirsi bilan ötkazgon insonlar taqdiri ham xuddi şunday”, — deydi Avloniy.

Adovatni esa quyidagiça tuşuntiradi: “Şunday bir illat bor, temirdagi zangga öxşaydi. Zang temirni yeb işdan çiqarğanidek, u ham qalbni iztirobga soladi, söng barbod etadi. Bu adovatdir. Bu daraxtdan faqat xusumat mevalari yetişadi. Oqil insonlar uni vaqtida kesib taşlab, mehr, döstlik novdalarini ulaydilar va undan muhabbat, ulfat mevasini olişga muvaffaq böladilar”. Şuningdek, yozuvçi namimat-çaqimçilik, ğiybat, hasad, kizb-yolğonçilik, nifoq-u ikkiyuzlamaçilik haqida alohida-alohida töxtaladi va ularning insonlar hayo­tidagi zararini atrofliça körsatib berişga harakat qiladi. Ğiybatçi va çaqimçi kişilarni esa Avloniy buzoqboşiga öxşatadi. Buzoqboşi daraxt ildizini kemirib quritgani kabi çaqimçi va ğiybatçilar ham kişilar örtasidagi mehr-muhabbatni yemiradilar.

Haqiqatan ham şunday. Donişmandlardan biri aytganidek, mol va aşyo öğrilaridan köra, köproq odamlar orasidan döstlik, ulfat, muhabbatni öğirlaydigan odamlardan saqlanmoq lozim. Mana şunday ğiybatçiliklar oqibatining tahlili esa quyidagiça: “Inson boşqa gunohlarni nafsning lazzati uçun qiladur. Ammo ğiybat sohibi lazzat örniga öz boşiga yoki bir boş­­qa kişining boşiga balo hozirlaydur. Çunki söz borub, ğiybat qilinmiş kişining quloğiga yetar. Ğazab qoni harakatga kirar. Ğiybatçidan öç olmak fursatini poylar. Şunday qilub, ğiybat soyasida ikki musulmon orasiga zör duşmanlik tuşar. Oxiri ölumgaça borub tiralur. Şul tariqa, ğiybatdan tuğulgon adovat çözulmoqğa oid bölub, duşmanlik zörayub, öz arolaridagi xususiy janjallar ila aziz umrlarini ozdirub, umumiy xalq foydasi uçun işlanadurğon milliy işlardan mahrum bölmaklariğa sabab bölurlar”.

Mana, Abdulla Avloniy fikrining teranligi-yu, qalamining ötkirligi. Bejizga, “Tafakkur mergani” — deya murojaat qilinmaydi adibga. Haqiqatdan-da, ul zot — teran fikr va çin isteʼdod sohibi edi. Şunday uluğ ajdodlarimizning borligi — biz uçun faxr!

Nihola ABDUVOHIDOVA,

ÖzDJTU Media va kommunikatsiya

fakulteti 1-bosqiç talabasi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan