Kelinoyi

Maʼmura ZOHIDOVA

 

Muallif haqida:

Maʼmura ZOHIDOVA — 1973 yilda Çust tumanida tuğilgan. Namangan davlat universitetida tahsil olgan. Taʼlim sohasida, Qurolli Kuçlar tizimida faoliyat olib borgan. Hozirda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida Öquv-metodika bölimi boşliği vazifasida işlaydi.

“Aytilmay qolgan gaplar”, “Hikoyalar”, “Najot kuyi”, “Manglaydagi yoziq” kitoblari çop etilgan. Qissa va hikoyalari ingliz, rus va turk tillariga tarjima qilingan.

 

KELINOYI

(Hikoya)

Uçraşuvga çiqqanimga afsus yedim. Yöq. Sira bölmaydi. Endi taqdirga tan bermoqçi bölib turgandim. Xato qilib qöyişimga bir qadam qolgan ekan. Özini sipo tutib yurgandi. Bir oğiz gapda asl qiyofasi oçilib ketdi. Özi ham qaytib közimga körinmaydi, aniq. Bu uçinçi marta meni axtarib kelişi edi. Yöq-yöq. Men unga masxaramanmi?!

Uydagilarga nima deyman endi?

Tugunini yeçib-tugib, çoğini çoğlab, özini töy qiladiganday tutayotgandi ayam. Yana qovoq uyadi, keçki ovqatda ham gapirmay uf tortib ötiradi endi. Mendan boşqa taşviş-ğami yöqdek. Öz uyim eşigida hali ham yurganim eng qora kun bölgani kabi.

Dadam ham avvalgidek yonimni olmaydi. Öylanib, yer çizib ötiradi-da, ustaxonasiga çiqib ketadi.

Ilmiy işimni qilay. Yangi tarjima kitoblarni örganib çiqaman, dissertatsiyamning ikkita bobi hali işlanmagan. Er topib tegişdan boş­­qa ğamim yöqmidi.

Uyga borgim kelmadi. Gulboğ tarafga yurdim, biror örindiq böş bölsa, kitob öqib ötiraman.

Sumkamdan kitobimni oldim. “Til va tarjima” – beti sarğayib ketgan. Yöq, bundan avval Oybekning tarjima kitobini öqib çiqqanim töğri.

Kitobni almaştirdim.

Yonimdan 18-19 yoş atrofidagi sevişganlar qöl uşlaşib ötib ketdi. Jinim battar qözidi. Xayolimni yiğib oldim. Bir oğiz gap bilan qoçib ketgan ana u kuyovlikka nomzod avvalgi, hatto birinçi gal kelganda ham menga qörs-qörs gapirgan ekan. Endi bilinyapti.

Uni sira eslamaslik uçun kitobni tezgina oçdim. Yöq, yuzi közimda, ayt­gani quloğimda turibdi. Gapining mazmunidan, “ötirib qolgan qiz bölsang”, demoqçi bölgan ekan-ku. Ha, yana “şaharda qaçongaça işlamoqçisiz?” deb söroqlabdi. Bunday olganda bugungi gapni zap aytibman. Qörqib ketdi.

Ee! Hozirgina sira eslamayman deb yanami?.. Yo tavba, tişim ğiçirlab ketyaptimi. Özimni bosib olay deb kitobni varaqladim. Şunda…

Surat uçib tuşdi. Eyy, ehh. Kelinoyimning surati. Orzu kelinoyim… Könglim allaneçuk bölib ketdi. Qoş­larini-çi. Közining çöğiga… qarab bölmaydi. Çiroyli edi-da öziyam. Oyim aytganidek, katta kelinoyim.

Kitobni yana ağdardim. Zora bolaligimdagi boşqa suratlar ham çiqib kelsa. Yöq. Yöq ekan. Yana kelinoyimning suratiga qaradim. Közlarining içida nimasidir meni söroqqa tutgandek böldi – içim zirqirab ketdi. Yilt etiş ham gapmi, şundoq yuragimga sançilib qoldi nigohlari.

Boşimni qattiqroq silkidim. Esimga öyilib qolgan, közimga örnaşib qolgan biram voqealar bor. Ehh. Tomoğim açişa boşladi.

Atrofga qaradim. Kun oğib, botişga yaqinlaşgan. Yurib-yurib ufqdan nariga, yerdan taşqariga çiqib ketgim keladi. Suratga qaytib qarolmayman.

* * *

Oltinçi sinfda öqiyotgan yilim akam xizmatdan keldi. Uyimiz odamga tölib ketdi. Akam özini bir boşqaça tutadi. Hammaga aqlli-aqlli qaraydi, bir mehribon, tili ham boş­qaça. Dadamni yuk kötargani qöymaydi. Xudoyiga deb unmi, guruç kelib qolsa, qopdagi oğir yuklarniyam şartta yelkasiga olib joyiga eltadi. Xudoyi uçun akamning özi ikki oşnasi bilan şaharga tuşib tağin bozorlik qilib keldi.

Öşa kuni köp sinfdoşlari işlarga qaraşib, keyin oşxonamiz yonida joyda nimalarnidir gap­laşişdi. Derazadan ularga bitta-bitta bildirmay qarab çiqaman. Oşnalari orasida ajralibgina turadi akam, hammadan baland, kelişgan ekanini körib kerilib qöyaman.

“Böyi ösib ketganini qarang. Köçada mittigina bölib öynab yurgani şundoq közimda-ya. Qoş-közi qorayib, ja boşqaça böpketibdi. Opa, Hafizani kelin qilasiz endi. Ikkalasi judda bir-biriga mos”.

Karomat xolam xudoyidan keyin ham bu gapni köp aytadigan böldi. Ayam qöşnimizning oldida, “böpti-da, özi nima desa şu-da”, deb kulib qöyaqolardi-yu, çiqib ketgandan keyin “Minğirlamay öl-e, qamğoq özini toğ bilarkan. Qizing qayoqda-yu, Mahmudjonim qayoqda”, derdi. Bu gapni men keyin ham köp esladim. Hafiza opam katta magazinimizning mudiriga kelin bölib uç öğil kördi, gavdali, böyni töla tilla taqinçoq – ayol böldi.

Akam ertalablari yugurar, ikki yoği ğildirakka öxşaş katta-katta toşlarini kötarib maşq qilar edi. Ke­yin-keyin armiyada örganganlari bir-bir unutilib, özimizga moslaşib ketdi.

Kuzda dadam, ayam, akam – törtalamiz ğözapoyaga çiqqan kunimiz ham şundoq esimda: hammalari visir-visir qilib iş pişitişdi. Xuzrum mahallada allakimboy (keyinroq bilib oldim: Abduraimboy) deganining katta qizi juda köhlik bölganmiş. Ayam bir joyda töyda qaraşib yurganini körib, “şu qizni kelin qiladigan ekan”, deb paytavasiga qurt tuşib qolganmiş.

Akam sir boy bermagandek köringani bilan öylanib turganidan sezdim, endi öşa qizni körgani boradi. Ayam, “Men tezroq kelin olay deyman, bu bölsa halimas, halimas deyişni biladi”, deb yaniydi.

Çindan ham mahallamizda töy bölgan kunlari akam töyxonada körinmas edi. Keyin özgarib, közlari bir boş­­qa yonadigan, xayolparastroq bölib qoldi. Ayam bölsa, “bir gapini ayt­maydi”, deb kulgimni qistatadilar.

Qiş arafasida toqqa yaqin mahallaga – ayamning bir qarindoşlarinikiga töyga bordik. Ayam bunday uzoq qarindoşlarinikiga boravermasdilar. Hayron bölgandim – gap boşqa yoqda ekan.

Kun sovuq bölganiga qaramay, bazm­niyam ötkazib keldik. Öşanda menga “Orzu degan qiz hov ana”, deb körsatişdi. Aytganlaridek çiroyli ekan. Iymanibgina turibdi. Faqat bir tomonga öğrinça qarab qöyayotganini sezib öşa tomonga qarasam, daraxt tagida akam bor ekan. “Ha, ana, qölga tuşişdi-ku”, dedim özimça. Hozir öylasam, unda ança yoş ekanman, lekin akamga ham, ana bu çiroyli qizga ham rosa havasim kelgandi. Ularning bunday köz uriştirişlaridan tortib, bir-birlariga intilişigaça juda ajoyib, ğaroyib, allaqanday sirli edi.

Öşa qiş rosa qor yoğdi. Bahorning boşida ham sovuq qattiq böldi. Onam u-bu kamligidan nolib, hali dadam, hali akam bilan ğijillaşib, töyni tezlattira boşladi. Xolammi, ammammi kelsa, ularga dadamning “kamçiqimroq töy qiliş” tarafida ekani, hamma narsani “şu yetadi” deb kam-kam ğamlayotgani, akamning toğam topib bergan işga kirib işlamaganidan yozğiradilar.

“Ilikuzildida hamma ham töy qilolmaydi, opa. U yoğingizda bor ekan, mana boşladingiz-vordingiz. Poççamning topganlariga baraka bersin”, dedi xolam bir kuni.

Gapni çözaverganlaridan kattalarning sözini eşitgim kelmaydi. Bir-birlariga qöşilişsa, ikki oğizda tuşunsa böladigan işni allaqanday sözlar bilan ezğilayverişadi. Yöq, harqalay, kengaşib-kengaşib, töyni belgilaşdi.

Töyimiz kuni, xira bölsa ham, quyoş çiqib turdi. Katta maşinada yuk keldi, kelinni ham tuşirib kelişdi. Şunaqa zör kun böldi, eh. Mahalladagi hamma xotinlar, qizlar kelinimiz bilan ovora. Bir köray deydi. Orzu kelinoyim boşini egib olgan. Yopinçiği yerga tekkudek. Töyning darang-durungi zör böldi, janjal ham çiqdi, keçasi qiz-xotinlar bilan yalla ham böldi.

Töyning ertasiga yana xotinlar keldi. Kelinsalomlar böldi. Orzu kelinoyim menga ham töqilgan römolça berdi. Ipi oppoq, guli qizil. Hali ham javonimda turibdi.

Kelinoyimning seplari bir hafta uy devorida iliğliq turdi. Hamma qöşnilar kirib körişdi. Sepyiğdidan keyingina tinçib qoldik. Kelin­oyim heç kim uyğonmasdan, ğira-şirada turib, işga kirişib ketadi. Uyğonaman-u, uni qidiraman. Çunki har kuni bir boşqa kiyinib çiqadi. Köylaklari biram çiroyli, keyin qilayotgan işlari zavqimni keltiradi. hammasi joy-joyida. Özi bölsa doim kulib turadi. Hovlini, uylarni top-toza qilib supuradi. Hovlimiz çetida töplangan toş ustidagi kuzgi barglar xunugi çiqib yotardi. Qor eriganidan keyin yanayam oçilib bir ğalati bölib qolgan ekan. Buni men kelinoyim öşa yerlargaça supurib tozalaganidan keyin bildim. Toşlar ustini supurib bölmaydi, deb öylarkanman.

Kelinoyim biror işda xato qilib qöymaydi. Menga öxşab yöl-yölakay potirlab qoqilib ham tuşmaydi. Buning ustiga ayam aytgandek, “surpa-taxtaga usta”. Manti, çuçvara, hamma ovqatni şirin qiladi. Dadam dasturxonda mamnun ötiradi. Ayam dadil, köp gapiradigan bölib qolgan. Hali u qöşnini, hali bunisini, hali xolamni mehmonga çaqiradi. Sezaman, kelinining pazandaligi, saranjomligini körsatib maqtangisi keladi. Akamniyam boşqaça qilib, “otam-bolam” deydi.

Hammasi zör. Eng yaxşisi, kelin­oyim meni maktabga kuzatayotganda soçlarimni birda unday, birda bunday qilib turmaklab qöyadi, mayda ham örib, har bir örimiga kiçkina munçoqli boğlam taqib çiqadi. Sinfimizda soçimga havas qilmagan, uşlab körmagan qiz yöq.

Akam kelinoyimni biram yaxşi köradi. Köçadan kelişi bilan uni söraydi. Oşxonadami, sigirning oldidami bölsa, bir köziga qarab qöymagunça kiyingani ham kirmaydi, bir işini qilolmaydi. Dadasinikiga ketgan bölsa, kelguniça kalavasining uçini yöqotgandek kalovlanadi. Hammasini kuzataman, kulgim keladi. Kattalar özlarining yaşirmoqçi bölganlarini yaşiroldim deb öylaydilar, ammo heç uddalolmaydilar. Uddalamaganlarini esa sezmaydilar ham.

Kelinoyimni juda yaxşi köraman. Menga ayamdan köra mehribon, deyman içimda. Dalaga işlaşga borsak ham hazil-huzul qilib, xuddi örtoqdek öynab-kulib yuramiz. Kelinoyim uyda bölmagan kunlari bir narsamni yöqotgandek qiynalib ketaman.

Sakkizinçida yanayam aʼloga öqiy boşladim. Har yil boşidagidek, özimga söz berdim: birorta fanni çala öqimayman, dangasalik qilmayman, yozuvimni doim çiroyli qilaman, deb. Qayoqda. Gohida “4” baho ham olib qöyaman. Heç narsaga vaqtim yetmaydi. Töqişni örgangani boryapman. Bu yoği – maktabda kamolotçiman.

Bir kuni dars qilayotsam, kelin­oyim yonimga kelib ötirdi. Işim köp­ligidan tajang bölib turgandim. Tarix öqituvçimiz juda injiq. Butun mavzuni uç-tört bet konspekt qilişim kerak, yana adabiyot bilan literaturadan şeʼr yodlaş.

“Keling, men yozib beraman”, dedi kelinoyim. Hayron bölib tursam, “mening ham yozuvim siznikiga öxşaydi”, deb kitobni olib öqib-öqib yoza boş­ladi. Qarasam, çin. Faqat menikidek tartibsiz emas, çiroyli.

Şu-şu köp konspektlarimni kelin­oyim yozadigan böldi. Mazza-mazza menga edi. Qiziği, xatlarimizni heç kim ikki xil demasdi. Hatto ona tili öqituvçim vazifamni tekşirayotib, “xatniyam terib qöyasan-da”, dedi. Şundan keyin men kelinoyimga öxşab yozadigan böldim va yozuvim ança çiroyli bölib ketdi.

Ammo bir gal kelinoyimga işonib, dalaga ketaveribman, yozib ham, maşqni bajarib ham qöymabdi. Peşindan keyingi darsga borib dakki yeb, geografiyadan ikki ham olib keldim. Arazlaganimni bildirib, eşikni taraqlatib yopib, sumkamni irğitib, ğars etib karavotga ötirdim hamki, doim oldimga çiqib keladigan kelinoyim oşxonada nimadir bilan ovora, ortimdan kirmaydi, “nima böldi”, deb söramaydi. Oşxona yonidan tomoq qirib u yoqqa ötaman, bu yoqqa ötaman, kelinoyim bölsa, indamay orqa ögirib işini qiladi. Söraşgisi ham kelmayotgandek. Şu vaqt ayvon tomondan ayam körindi. Endi unga şikoyat qilaman deb tursam, oşxonaga burildi-da, kelinoyim oldiga kirib, nimalardir deb kesib-kesib gapirdi. Quloğim ding böldi. Kelinoyim çiqib, yuzini çala yaşirgança öz uyiga kirib keta boşladi. Qarasam, yuz-közlari qizargan, yiğlayverib şişib ketibdi. Şundan keyin kattalarga öğrinça quloq sola boşladim. Keçgaça bilganim şu böldiki, akam bilan kelinoyim bolali bölişolmayotgani uçun döxtirga köringani borişibdi. Bu çoqqaça beş marta borişgan ekan. Tavba, nega şunça marta bilmabman. Bugun viloyatdagi bir döxtirga borişibdi, u ham aybni kelinoyimda deganmiş. Hozirgaça olgan davolari sira kor qilmaganmiş. Şundagina bir neça oydan beri ayamning saldan-salga kelinoyimni jerkiydigan bölib qolganini öyladim.

Bir kuni ayam toğamning öğlini kelini, çaqaloği bilan çillaqoçdi qilib mehmonga çaqirdi. Öşa kuni hamma çaqaloqqa biram mehribon bölib ketdi. Ayam u yoqda, dadam bu yoqda. Men bölsa akam bilan kelinoyimning mulzam bölayotganlarini sezib, ikkisiga rahmim keladi. Mehmonlar tezroq keta qolişsa deyman.

Uyimizda bölar-bölmasning janjali kattaroq çiqadigan böldi. Ayam kelinoyimni sira ayamasdi. Işlarni ketma-ket va köp buyurib taşlar, ovqatdan, qilgan işlaridan u-bu deb xato topardi. Akam ham tobora qörs bölib borar, kun sayin içişi ortib borayotgan edi.

Ayamning çingillab urişişlari avjiga çiqib boraverdi. Dadam avvaliga kelinoyimning yonini olardi. Keyingi vaqt indamay yerga qarab ötiradigan böldi. Avvalgidek sörida “kelin, u qiling, bu qiling”, deb gapirib, hammamizni hazil aytib kuldirib ötirmay qöydi. Keyin sal dahanaki vaysaş boşlansa, ustaxonaga kirib eşikni ziçlab yopib oladigan yo yöqolib qoladigan böldi.

Bir kuni akam bilan kelinoyimning aytdi-dedisi kötarilib ketdi. Quloğimga kelinoyimning sökiniş, kamsitişlarga çidolmay qattiq-qattiq gap qayirgani eşitildi. Içkarida kiyimimni taxlayotgandim, yugurib çiqsam, akam kelinoyimni bilagidan tortib turtkilab uyiga olib kirib ketdi. Eşik qattiq taraqladi. Ingroq ovozdan titrab qoldim, çopib uylariga kirdim. Beçoragina Orzu kelin­oyim – yerga tizzalab qolibdi, ovozim çiqmasin deb kafti bilan oğzini mahkam tösibdi. Yiğidan kipriklari qayrilib ketibdi. Közyoşlari barmoqlari ustidan yerga tuşyapti. Jonholatda akamni nariga itardim. Dod deb baqirdim. Dir-dir qaltiroq zöridan tilim ğöldirab qoldi. Nima deganimni özim ham bilmadim öşanda. Baribir birpasda – şundoq közim öngida kelinoyim ikki marta muşt yedi. Akamning egniga osildim. Akam jahl ustida menga ham şapaloq tortdi. Kelinoyim ana şunda voy deb battar ingrab yubordi, örnidan dast turib, meni bağriga bosdi. Yuzini yuzimga qöyib höng-höng yiğladi. Akam sökinib-sökinib, yarim oçiq turgan eşikni taraqlatib tepdi-da, qars etib yopib çiqib ketdi. Şom tuşgunça kelinoyim ikkimiz u kelin bölib tuşgan uyda – ötirgan joyimizda qolib ketdik. Ayam qöşnimiznikida edi. Kelib ahvolni tuşundi-da, gap topolmay menga yuzlandi: “Sen bu yerda nima qilyapsan…”, “…nima qilasan er-xotinning orasiga tuşib?”

Orzu kelinoyim öşandan keyin uç marta uyiga ketib qoldi. Birinçi gal akam içib kelib, kattaroq janjal çiqarganida. Ikkinçi gal, oyimning piçing gaplaridan bezib yurgan kunlari: “Dadamlarni körib kelay”, deb ketganiça qaytmadi. Oyim “Öz oyoği bilan ketdi, endi kim unga yalinadi. Bittagina öğlim, bola-çaqa körsin, deyman-da”, deb dadamga, xolamga, boşqa söraganlarga özini oqlar edi. Bir gal xolam oyimni köndirib, olib kelib qöydi.

Baribir uyimizda tinçlik bölmadi. Maktabdan kelaman, köça eşikdan kirgim kelmaydi. Xuddi bola körişdan boşqa taşviş yöqdek, oyimning peşonalari tirişgan. Bölayotgan qança yaxşi işlarni körmaydilar, Orzu kelinoyimning yuziga qaragilari kelmaydi.

Akam tez-tez içadigan, kelib ğişğişa qilib, idiş otadigan, deraza sindiradigan odat çiqardi. Bir kuni devor ustida tut qoqib turganimda köçadan kelayotgan akamni kördim. Yuzi töla ğazab. Dadillikka ozgina içib olib kelayotgan joyi ekan. Toşqöramdan tap etib pastga sakradim-da, kelinoyimga şipşitib qöyay deb uyga yugurdim. Ayammi, dadamga eşittirmaslik uçun kelinoyimning uyi eşigini ohista oçdim. Içkarida bir mayin ovozda qöşiq aytar edi kelinoyim. Parda orasidan qarasam, qölida mening bolalikda öynagan qöğirçoğim. Ehtiyotlab kiyimjavon ustiga olib qöygandim. Uni bağriga bosib, karavotga ötirib olgança, alla aytyapti. Birdan meni payqab qolib, ortiga yaşirdi. Yuzi duv qizarib ketdi. Gapimni yöqotib qöyibman. “Keling, Soji, kiravering”.

“Qayerdasan hoy?”

Kelinoyim bir hatlab ostonaga yetib keldi. Çiroyli közlari qörquvdan kattalaşib, sarosimaga tuşib qoldi. Taşqariga çiqdik. Kelinoyim beçora şoşa-pişa oşxonaga – ayamning orqasiga qoçdi. Ammo akam vajohat bilan kelib, kelinoyimni soçidan tortib yerga yiqitib, tepkilay boşladi. Onam hayhaylab, tit­rab-qaqşab akamning qöliga yopişdi. Men çidolmadim. Akamga osildim. Sabzi taxta bilan orqasiga urdim. Akam qölimni qayirib, taxtani olib derazadan köçaga otdi. Kelinoyim turib qoçmoqçi böldi, ayam yana oralariga tuşdi. Oşxonadagi hamma narsa nari-beri bölib ketdi, singani sindi, uçgani uçdi. Yaxşiyam öşanda dadam kelib qoldilar. Bölmasa kelinoyimga bir narsa bölib qolar edi. Ke­yinroq ayamning urişib aytişlariça, baqirganimda mahallani boşimga kötaribman.

Ertasiga yana ketdi.

Orzu kelinoyimni uçinçi marta mahallada işlaydigan Izolat xola boşlab keldi. Ortida kelinoyimning onasi ham bor ekan.

Sörida sovuqqina ötirişdi, gap-söz, mulozamat kam böldi. Ketadiganlar qözğalişganida Orzu kelinoyim onasining bağriga boşini qöyib uzoq yiğladi. Izolat xolaning ham köziga yoş kelib ketdi. Ana şunda ayamning juda jahli çiqdi. Keyin ham buni köp marta piçing qilib gapirdi. Bir gal: “Sizga bir iş buyurişga ham qörqadi odam. Qudamga yiğlaysiz, mahallani boşimga yiğib kelasiz, xuddi men sizni qöşga qöşib yurgandek”, dedi.

Şu oxirgi gal kelişi ekan. Közida nur yöq, uy işlariga ham istamaygina urinardi. Köçadan eri kirib kelganda bir yalt etib qarar, közi jovdirar, nimadandir umid qilar, ammo akamning tund yuziga qarab battar boş egar, öz işiga tutinib ketar, kayf bölsa, kelinlik uyiga kirmaslikka urinar edi.

Tört-beş kundan söng, öqişdan uyga kelsam, ayam bilan kelinoyim yana diqillaşib aytişib qolişibdi.

– Şu umidda xotin olib berganim yöq edi. Bittagina öğlim bölsa. Soğ bölsangiz bormidi, haligaça bola uç yaşar bölardi-ya. Siz ham özi zaxni zax, namni nam demas ekansiz-da. Tamom şamollab ketgan ekansiz. Odam degan sal öziga qaramaydimi? Nimtiliq bölganidan keyin qalinroq kiyinib yurmaydimi? Endi bir uy jahon odam sizga tikilib ötamizmi? Beş kunimiz bormi, yöqmi, xudo biladi.

– Qaratyapmiz-ku, aya. Berib qolar. Men ham bölganimça bölib yuribman. Nima qilay endi. Ketayin desam öğlingiz…

– E, böldi qiling, ketaman deb qörqitasiz. Öziyam bölganiça böldi bolam. Teng-töşining içida mulzam bölib, bir qariç pasayib, ovoziyam çiqmay yuradi-ya.

Keçki ovqatda hamma jim, kelinoyim bir burçakka qaragança parişon ötirar, çoy quyib uzatgani, soçiqni olib bergani bilan juda ğalati körinar edi. Ertasiga kelinoyim sahar hovlini supurmadi. Ayam ularning uyiga qarab-qarab qöydi. Akam ham işga indamay, qovoq uyib çiqib ketdi.

Kun ança yoyilganda kelinoyim uyi­dan çiqib ayamning oldiga keldi. Heç aytmagan gaplarini aytdi. Köz yoşlari tinmay oqdi. “Sizlarni ham şunça qiynadim. Öğlingiz ham içadigan bölib qoldilar. Bunday bölmasdilar, agar… Mendan rozi bö­linglar, dadam ham, siz ham. Bunaqa bölişini bilganimda, er qilarmidim, sizni kuydirarmidim”.

Ayamning közlari javdirab qoldi. Köziga ğilt-ğilt yoş keldi. Kelin­oyimning ortidan uç-tört qadam taşladi-yu, töxtab qoldi. Yiğlayverib qovoğim şişib ketdi, maktabga ham bormadim öşa kuni.

Uyimiz bir ğalati, sovuq bölib qoldi. Qölim bir işga bormaydi, darsdayam parişon ötiraman, xayolim ketib qolaveradi.

Akam uylandi. Ikki oylik kelinligida eri traktori tepadan yumalab ketib ölgan, böyida bölgan bolasi ham tuğilmasdan nobud bölgan ekan. Akamga tekkan vaqtda menga katta xotin bölib köringandi. Endi öylasam, 24 yoşda, hozirgi yoşimdan uç yoş kiçik bölgan ekan. Gavdali, qöpolgina.

Bir kuni ayamga uning farosatidan yozğirgan böldim. Ayam menga: “Is-tis qilma. Böyida bor. Tuğib bersa böldi. Hali yoş, önglanib ketadi”, dedi.

Heç önglanmadi yo men bilmadim. Orzu kelinoyim qayoqda-yu, bu qayoqda.

Ammo akam uning yöriğidan çiqmaydi. Içmay, ovozini ham kötarib gapirmay qöydi.

Bir kuni dalada jöxori ördik. Dala yerimizga yeri yaqin bölgan Orzu kelinoyim ham dadasi bilan işlayotgan ekan. Qölim işda-yu, akam bilan xotini körib qolmasin, deb halakman. Yöq, akam ilğab qolib, rangi bir öçdi, çetda ötirganiça tinmay kuzata boşladi. Endi akamning qarayotganini xotini bilmasin deb tursam, qayoqda, birpasda dalani boşiga kötarib aççiğini körsatdi. Örnidan turib şartta ketib yubordi. Işni apil-tapil tugatib, uyga kelsak, xayriyat, xotini ketmabdi. Lekin akam rosa yalinib yurganini bildim.

Ehhe, eslasam qança gaplar bor. Hozir öşa yillar bir kino tasmasidek ötib ketadi.

Bugungi kuyovlikka nomzodni qöyaturay. Sal avval sovçi qöyib yurgan tadbirkor yigit bilan tanişişga, gaplaşişga çiqarişdi. Farğonadan meni deb kelganmiş, yöqsa qiladigan qança işi bor ekan.

Öşanda u yigitning yuzini akamning yuziga soliştirib kördim. Şunday yaxşi akam yaxşi körib olgan xotiniga nimalar qildi. Bu yigit akamçalik yaxşi emas-ku. Işxonamga kelganda, “Biron yildan keyin işni töxtatasiz”, deb şart qöygan edi. Men titrab ketdim. Orzu kelinoyim kabi uy işlarini beş yillab bajarib yurişim, keyin baribir heç kimni rozi qilolmasligim. Kim bilsin, men ham Orzu kelinoyim kabi bola körmasman. Axir kelinoyim bilan yozuvlarimiz, hazillarimiz, gap­larimiz, işlarimiz, hatto, hozirgi böyimga tenglasa, böylarimiz bir xil.

Unda nima böladi? Kattalar rözğorning xizmatini qoyillatsang, rozi böladimi, kuyov esa bola kerak menga, deb urib-sökib, soçimdan tortib xörlaydimi? Yöq.

Kuyov uçraşuvlariga bormayman. Ularning hammasi bola köriş uçun uylanadi. Bola köriş, bola köriş, bola köriş. Balki, törtta bölişini istasa, yana bitta bola köriş.

Bir oy avval, ayam aytganidek, esimni yiğib edim. Bu öqimişli, hamma birdek maqtayotgan yigit mana, bugun uçinçi marta men bilan gaplaşiş uçun kelgan. Har gal şu: sinçkov qaraydi, mendan nimadir axtaradi.

– Çarçamadingizmi? – u boş çayqaganimdan söng yana gapida davom etdi. – Uydagilar ham bir gapingni ayt, deb qöymayapti. Şunga men ham bir gapingizni ayting deb keldim.

– Bir gapimni? Siz… Boşqa birorta qiz bilan gaplaşib körsangiz bölarkan.

– Qiziqmisiz? Boşqa qizni nima qilaman? Siz menga ham, uydagilarga ham birdek maʼqul bölib turibsiz.

– Men sep-sidirğa qilişni yomon köraman. Latta-puttaga huşim yöq.

– Nimalar deyapsiz? Qanday latta-putta? Menga özingiz bölsangiz, soğ bölsangiz böldi.

Birpas turdim-da, özimni tutolmay şartta aytdim:

– Özim bölsam böldimi?

Yigit yuziga mamnunlik ifodasini çiqardi, yana avvalgi söroğining maʼnosini ham.

– Bir gapim kerak bölsa, bor sizga, çindan ham. Aytaymi? Men bolali bölolmasligim mumkin.

U angrayib qoldi. Közlari olayib ketdi.

– N-nima? Hazillaşmang-ey.

– Hazillaşayotganim yöq. Sizga bola kerak-ku, töğrimi?

– Endi… Ssiz nega…

– Şunday bölgaç, öylab iş qiling. Bolamiz bölmasa, urib-surib hayotimni zaharlagandan köra, yarim yölda qoldirib ketganingizdan köra… Yo maylimi?

– Nimalar deyapsiz? Ii… rostdan şunaqami?! Bola körmasak, oila qurişning nima keragi bor?

– Nari qoçing yölimdan!

Yigit nimalardir dedi. Ammo rangi oqarib ketgandi. Men ters ögirilib uzoqlab ketdim. Unga bir qaraganimda ortimda öşa joyda ang­rayib turgandi.

Surati bor kitob qölimni qizdiradi.

Osmonga qarayman. Yuragim toşib ketadi. Yiğlay deyman, bölmaydi.

Yöq! Avval sevgi, avval mehr, avval işonç. Keyin…

Yöq! Orzu kelinoyim öksiydi axir…

Men bir dömboq bolaçani yetaklab yurgandim. Tuşim edi u. Ha, bola meniki edi. Tuşimdagi bolajonning qöllarini öngimda öpgim keladi. Ammo tuşimda men – özim emas, kelinoyim… Orzu kelinoyim edi u…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan