Öz maktabi bölgan şarhlovçi

Dunyoda maşhurlar köp. Ammo hayotda oddiy insonlarning biri bölib yaşagan holda öz hayot falsafasi, öz dunyoqaraşi   bilan barçaga namuna bölganlar kam.  

Keçagidek esimda, Jalajin qişloğida bölib ötgan isteʼdodli yoş olim Imomjon Rahmatovning muallima Bozorgul Qiliçeva bilan nikoh keçasida Axbor akaning qaşqadaryolik qadrdoni, tibbiyot ilmining bilimdonlaridan biri Saʼdulla Temirov bilan davraga kirib kelişi tantana ruhini tamomila özgartirib yubordi. Ayni yozning çillasi emasmi, ğözalar rivojidagi muammolarga yeçim izlanayotgan paytda viloyatimizdagi ikki jamoa öyini haqidagi reportajni özgaça ohangda yangraşini kutayotgan dili şod, köngli ravşan tortgan asl dehqonlarning olqişlaşini aytmaysizmi?!

 “Öşanda töyda paxtakorlar qalbiga hamohang sözlar yangragan edi, — deydi qiş­loq xöjalik fanlari nomzodi, dotsent, Antik dunyo halqaro fanlar akademiyasining akademigi Çori Aslanov.— Yarim asrga yaqin vaqt ötibdiki, jalajinliklar Axbor akani birgina futbol şarhlovçisigina emas, xalq dardi, taşvişi bilan yaşaydigan inson sifatida eslaşadi”.

Axbor aka har gal vohaga kelganida futbolimizdagi yutuqlardan çin dildan quvonib, “Paxtakor-79”ning fojiali halokatini öz jigargöşasini yöqotgan insondek közda yoş bilan eslar, inson taqdiri neçoğli anglab bölmas sir-sinoat ekanligini takrorlardi. “Sevinç” (Qarşi) qizlar jamoasidagi futbolçilarni “mening qizlarim”, deb ardoqlar, “Sevinç”ning har bir ğalabasini olqiş­lab, yigitlarimiz ham qani endi ulardan andoza olişsa deb hazil-mutoyibani joyiga qöyar edi.

Ötgan asrning saksoninçi yillarida sobiq ittifoq ikkinçi ligasi iştirokçisi – “Karşistroy” jamoasi öyinlariga hakamlik qiliş bilan birga uçraşuvdan söng mehmonxonada tölib-toşib suhbat qurganimizni tez-tez eslab turaman. U kişi nafaqat hakam, şu bilan birga futbolni ilmiy tahlil qiluvçi zukko bilimdon edi. Hakamlikdagi baʼzi bir xatolar, futbolimizdagi taniş-bilişçilik, oşna-oğaynigarlik haqida kuyinib: “Bilasizmi, ana şu qusurlar yöqolmas ekan, bizning futbolda heç qanday rivojlaniş bölmaydi”, — der edi.

Albatta, bu haqqoniy gaplar hammaga, ayniqsa, sportimiz nonini “tuya” qilganlarga yoqmas edi. Hatto uning şarhidan nuqson topişga uringanlar ham bölardi. Efir orqali röy-rost aytilgan sözlar kimlargadir öqdek bölib tegardi. Maʼlum vaqtlar Axbor aka öz-özidan davralar, tadbirlardan çetlaştirildi. Hatto 80 yoşlik qutluğ tavallud kunini faqat oila davrasida nişonlaşiga töğri keldi. Ammo haqiqat egiladi, lekin sinmaydi, deganlari rost. Davlatimiz rahbarining rahnamoligi, xalqni öylab Haq yölida olib borayotgan xayrli va savob işlari bunday adolatsizliklarga çek qöydi.

“Qora kunlar boşimga tuşgan damlarda mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga ikki enlik xat bilan murojaat etdim, — degan edi A. Imomxöjayev suhbatlarning birida. — Unda jumladan şunday deyilgandi. “Hurmatli Şavkat Miromonoviç! Yoşim bir joyga borib qolyapti. Bir oyoğim yerda bölsa, bir oyoğim görda, sizdan söraşga jurʼat etaman: mening aybim nima?”, — degan gaplarni közda yoş bilan yozganman. Xatni öqib qolgan Zafar öğlim “Dada nima qilyapsiz”, deb xavotirlangan. Allohga ming şukr, tez orada davlatimiz rahbaridan “Sizning heç qanday aybingiz yöq, yölingiz oçiq”, — degan mazmunda javob xati oldim. Öşa kuni inson qadr-qimmati, eʼzozi barqaror bölayotgan yurtning adolatli Yurtboşisi borligiga şukurlar qildim”.

Haqiqatan, köp ötmay “Sevimli” telekanali orqali “Eslab, eslab” körsatuvining navbatdagi sonlaridan biri Axbor Imomxöjayevning ibratli hayoti va zalvorli mehnat faoliyatiga bağişlandi. Rejissyor Bahrom Yusupov, muharrir Muhabbat Hamroyeva, boş­lovçi Özbekistonda xizmat körsatgan artist Farhod Abdullayev, Özbekiston, Tojikiston Xalq artisti Şerali Jörayev, oğir atletika böyiça olimpiada çempioni Erkin Karimov, sobiq “Paxtakor”çi Axril Inoyatov va boşqa köplab elda ardoqli insonlar ustoz murabbiyga bölgan mehrlarini xizmatda, sözda ifoda etdilar.

Darhaqiqat, Axbor Imomxöjayevning biror kuni beiz keçmagan: Har gal Özbekiston milliy, olimpiya, turli yoşdagi terma jamoalar öyini haqida gap oçilganda milliy çempionatimiz saviyasini yanada yuksaltiriş haqida jöşib sözlardi; “Nasaf” PFK dagi şart-şaroitlar, “Bunyodkor” PFKdagi qulayliklar haqida töxtalib, “Paxtakor” azaldan xalq jamoasi bölgan. U öz şon-şuhratini heç bir narsaga almaştirmasligi kerak, deya otalarça dil sözlarini izhor etardi. Şarhlovçilik haqida mamnuniyat bilan sözlar ekan, qadrdon hamkasbi Roman Turpişevning xotirasini alohida hurmat bilan eslardi. Mus­taqillik yillarida şarhlovçilikka köp­lab yoşlar kirib kelganligini faxr bilan taʼkidlar, bu boradagi kamçilik va nuqsonlarga befarq emasdi. Eng avvalo, şarhlovçi futbol bilimdoni bölişi, sof özbek tilida har bir sözni burro-burro ifodalaşi, köproq boşqa maʼlumotlarga çekinmasdan öyin haqida, uning tafsilotlari töğrisida, tinglovçi, tomoşabinga erkin sözlab berişini maslahat berardi. Qarşi şahridagi Markaziy stadionda bölib ötgan öyin­larni ham bevosita arenaning özidan kuzatib, suxandonlik böyiça ham qimmatli fikr-mulohazalarini bildirardi. “Qadrdonim, — deb qoldi bir gal öyindan söng. — Siz golni birdan eʼlon qilmang, çunki tomoşabin şovqin-suroni tinmagan böladi. Muxlislar sizning sözingizni anglab ololmaydi. Töp maydon markaziga qöyilgaç, gol muallifini aytsangiz, stadionda işqibozlar kayfiyatiga yana bir kötarinkilik qöşgan bölasiz. Yana bu gapimni könglingizga oğir olmang…

Axbor aka oilasi bilan döstligimiz XX asrning oltmişinçi yillaridan boşlangan. Saʼdulla akam (oxiratlari obod bölsin)ning tibbiyot ilmidagi ustozlaridan biri Abdulla Abduazimov Axbor akaning turmuş örtoğlari Faridaxon aya (oxiratlari obod bölsin)ning padari buzrukvorlari Qarşi tumani Daşt qişloğidagi ota uyimizda mehmon bölgan. Hatto otam bilan birga Qarşi, Şahrisabz, Buxoro şaharlariga sayohat ham qilişgan. Axbor aka har gal viloyatda bölganida u kişi bilan ijodiy uçraşuvlar ötkaziş anʼanaga aylanib qolgandi. Qarşi pedagogika bilim yurti, Qarşi tumanidagi 7-örta maktabda bölib ötgan jonli muloqotlarni hali-hamon köp sonli muxlislar soğinib eslaşadi. Töymi yoki biron-bir maʼraka bölsin “Yaxşi kunga yetişiş oson emas”, “Bir-birimizga yelkadoş­lik — burçimiz”, deb taklifni bajonidil qabul qilardi.

…Joriy yilning 30 may kuni keç oqşomda Axbor akaning vafoti haqidagi maşʼum xabarni eşitib qalb larzaga keldi. “Nasaf” PFK klubi boş direktori Alişer Yusupov   bilan darrov yölga otlandik. Tong otmay Toşkentga yetib bordik. A. Imomxöjayev xonadonida barça ğamgin kayfiyatda. Farzandlar taʼziya qabul qilişarkan, köngil söraganlarga minnatdorlik bildirişardi. Köngil söraganlar şu qadar köp ediki, ularning bari Axbor Imomxöjayevni çin dildan hurmat qilişi yaqqol sezilib turardi…

Özbek futbol şarhlovçiligi maktabi asosçisi, “Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, “Şuhrat” medali sohibi, respublika toifasidagi hakam Axbor Imomxöjayevning bugun oramizda yöqligiga hozir ham işongim kelmaydi. Futbol öyiniga közim tuşdimi, u kişining ohanrabo ovozi eşitilganday bölaveradi.

Husan TEMIROV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan