Abdulla Oripovning “egizagi” yoxud şoir haqida söz

Geldi Berdiyev bilan biz tengdoşlar edik. Ruhiyatimiz bir-birimizga nihoyatda yaqin bölsa kerakki, u bilan dardlaşa turib, şoirning betakror siyratida egizagimni körganday bölardim…

Abdulla Oripov,

Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri

 

… Demangiz dunyoning taşvişi qolib,

Özini har yonga uradi şoir.

Toğday oğir yukni kiftiga olib,

Quşday yengil bölib yuradi şoir.

Har safar maşhur şoirimning uşbu törtligini öqisam, ijod dunyosining çeksiz ufqlari, sir-sinoatlari, sözning, qalamning zalvorli yuki, azob-iztiroblarini anglaganday bölaman. “Şeʼr – gohida hayqiriq, gohida hayrat, dard va ismsiz muhabbatga topinadi”, – deydi ruhiyat kuyçisi Öljas Sulaymonov.

Geldi Berdiyev…

Eşitgan çiqarsiz balki bu nomni aziz zamondoşim. Afsonaviy alloma Abdulla Oripov özining qadrdon dösti, tuğma isteʼdod sohibi haqida “şoirning betakror siyratida egizagimni körganday bölardim” deya bejiz samimiy eʼtirof etmaganiga amin bölasiz uning şeʼrlarini öqisangiz.

Keling, qisqagina tarjimai holini öqiylik: Geldi Berdiyev 1942 yil 10 avgustda Ğuzor tumanidagi Toşguzar qişloğida oddiy temiryölçi oilasida dunyoga keldi. Uning bolaligi va ösmirligi şu göşada keçdi. Qişloqda maktab bölmaganligi sababli, u qöşni Çugurtma qişloğidagi Muqimiy nomli (hozirgi 31-sonli) maktabda boşlanğiç maʼlumotni, 8, 10-sinflarni esa hozirgi 2-sonli maktabda olib 1960 yil maktabni aʼlo baholarga tugatdi. 1960-1965 yillarda esa Qarşi davlat pedagogika instituti (hozirgi Qarşi davlat universiteti)ning pedagogika fakulteti musiqa bölimida tahsil oldi. Oliy dargohni tugatgaç, dastlab tumandagi D.Töxtayev (hozirgi 4-sonli) nomli maktabda musiqa va adabiyot fanidan öquvçilarga dars bera boşladi. Keyin bir muddat şahar madaniyat uyida direktor bölib işladi. 1969 yildan boşlab Qarşi şahridagi 10-sonli maktabda öqituvçi, 1972-1976 yillarda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Qaşqadaryo viloyati bölimida, 1977 yilda Samarqand viloyat radiosida katta muharrir, 1978 yilda “Qarşiquriliş” boşqarmasida rassomçilik qildi. Umrining söng­­gi yillarida Mulla Töyçi Toşmuhamedov nomidagi viloyat musiqali drama teatrida adabiy emakdoş bölib işladi…

Sanab ötilgan asov yillar oraliğida Geldi Berdiyev qay manzillarga boş urdi, taqdir atalmiş tegirmon katta isteʼdod sohibini öz çarxpalagida neça bor aylantirdi, u yoği Ollohga ayon. Ne bölganda ham şoir qalamu möyqalamiga sodiq qoldi. Aytiş­lariça, Geldi aka benihoya mahoratli usta rassom ham bölgan ekan. Ming afsuski, uning hali çop etilmagan va topilmagan yuzlab badiiy asarlari – qölyozma holidagi şeʼrlari, dostonu dramalari kabi çizgan tasviriy sanʼat namunalari ham qay bir burçaklarda qolib ketdi…

Geldi Berdiyev şeʼriyatini tahlil qilsangiz dovruğli qalamkaşlar eʼtirof etgan hayrat dunyosiga röbarö bölasiz. Satrlar goh nurlanadi, goh alamnok tusga kiradi. Betakror muşohadalarda nekbin tuyğularning ruhiyatga qorişiq çizgilarini ilğay boş­laysiz.

Aytib bering menga bir ertak,

Unda bulbul gul bilan yursin.

Menga şunday bir ertak kerak,

Uni jannat tuşida körsin.

 

Ohu unda qörquv bilmasin,

Boğlar poymol bölmasin aslo.

Insonlardan inson kulmasin,

Röyo nima bilmasin dunyo…

Şoir öz olamini ötli nigoh bilan satrlarga köçiradi. Bir qaraşda sokin, bir qaraşda dardu alamlarga töla dunyoning ğaroyib çizgilari ular. Geldi Berdiyevning murakkab va ziddiyatli hayot yöli, ijodi deyarli tadqiq etilmagan. Ora-sirada yozilgan uzuq-yuluq maqolalardan bölak boşqa közga ilinarli tahliliy munosabatni uçratmadik (Faqat şoir Norqobil Jalilning 2009 yil 6 avgustda “Oila va jamiyat” gazetasida bosilib çiqqan “Şarifning şoir otasi” deb nomlangan maqolasini aytmaganda).

2011 yili şoirning “Turnalar ortidan uçib ketayin” deb nomlangan saylanma kitobi rahmatli tarjimon, zukko adabiyotşunos Nizom Komil tahriri ostida Toşkentdagi “Tamaddun” naşriyotida çop etildi. Kitobga yozgan sözboşida Abdulla Oripov şunday yozadi: “Ajabo, qismatni qarangki, turmuş zarbalarini ham ikkimiz bab-baravar totdik. Afsus­ki, soddafeʼl, işonuvçan, samimiy odamlar har doim ham taqdir nayranglariga bardoş bera olmaydilar, ular köpinça himoyasiz qoladilar. Şu maʼnoda hayotdagi turli çigalliklar, hasad, ğiybat va ğirromliklar Geldini yengdi va oxir oqibat u ayni ijodi gullab-yaşnayotgan palla – 44 yoşida bu dunyo­­ni tark etdi.

Darhaqiqat, men bilan bir paytda şeʼriyat maydoniga kirib kelgan va baholi qud­rat öz sözini aytişga ulgura olgan qadrdonim Geldi Berdiyevning ijodi xuddi sumalak kabi hali qaynab, tiniqiş va tobiga keliş jarayonida edi…”

Boşqa izohga esa hojat yöq.

Yana ötmişga qaytamiz: Geldi Berdiyevning ilk şeʼrlari 1965 yildan boşlab mahalliy va respublika naşrlarida çop etilgan. Ilk şeʼriy risolasi “Birinçi qor” nomi bilan Ğafur Ğulom nomidagi naşriyotda çop etiladi. Kitob muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Şeʼriyat olamiga taşrifining dastlabki nişonasi haqida sevimli şoirimiz Abdulla Oripovning “Birinçi qor” şeʼrxon qalbiga sovuqlik emas, harorat hadya etib heç qaçon erib ketmaganligi haqidagi eʼtirofi Geldi Berdiyev ijodiga berilgan munosib baho edi. 1982 yilda şoir jami ikki yuzga yaqin şeʼrlarni öz içiga olgan “Qaylardasan, ovozim?” töplamini kitob holiga keltiriş uçun tayyorladi. Ammo bu töplam nomaʼlum sabablarga köra öz davrining tösiqlariga duç kelib, qölyozma holida qolib ketdi. Faqatgina mustaqillikning dastlabki yillarida, yaʼni 1992 yilda uşbu töplam “Nasaf” naşriyotida çop etildi. Va öşa yillarda betakror ijodkorning hayoti va ijodi haqida hujjatli film yaratildi…

Geldi Berdiyev serqirra ijod sohibi edi. Nafaqat şoir, rassom, dramaturg, tarjimon balki yuksak didli adabiyotşunos va sanʼatşunos ham bölgan.

Sevimli şoirimiz hayot bölganida bu yil 80 yoşni qarşi olgan bölardi. Şoirning ortida öziday yovqur, olovqalb, ruhiyatiday toza, xazon bölmas boğ – katta adabiy boyliklar qoldi.

– Öğlim, menga şeʼring kerakmas,

Umring menga kerak bolajon!

– Işonganim şeʼr-ku, töxta, bas,

Menga şeʼrim kerak, onajon!

Şoir ijodidagi abadiyatga daxldor tirik­likning sir-sinoatini izlayman va ularni hali öz tadqiqotçilarini kutayotgan dardçil, sehrli şeʼrlaridan topganday ham bölaman. Jussasiga siğmagan alamli armonlar, söroqlar, turnalarga, tongga, şafaqlarga har safar qaytadigan bahorlarga topiniş bor ularda.

Çöqqi safaridan qörqmasman biroq,

Men uning yölida yakka-yu yolğiz.

Bu yölda köplarning söngaklari oq,

Men yölga çiqqanman ketmasman beiz…

Şoirning “Kuz” şeʼrini öqib, yana maʼyus xayollar, inson umrining şamollariga, şoir sevgan turnalarning sir-sinoatli uçişlariga, muhabbatning armonga qorişiq dardlariga röbaru bölasiz.

Bormi, deb bahordan sönggi nişona,

Xazon titkilaydi şamol lol hayron.

Söngsiz öylariga ğarq bölib yana,

Boğ kezib yuribdi umri kuz inson.

Şoirning baxt, ayriliq, soğinç, armon töla satrlari ham öz qahramonini köz oldimizda yaqqol gavdalantirib beradi. Uning şeʼrlarida şoirning özini körasiz. Goh jöşqin, goh siniq. Ulkan isteʼdod egasi bölgan şoirning umr çiroğini yoqib kelayotgan farzandlaridan biri, adabiyot va şeʼriyat muhibi Şarif Törayev rahmatli padari buzrukvori Geldi Berdiyev hayoti, ijodiga oid ölmas xotiralarini ramziy maʼnoda uning uşbu törtligiga boğlaydi:

Tiğlarga tutaman özni gohida,

Tunlari uyğonib ketaman bexos.

Armonim bittadir Özbekistonni,

Işonçli qöllarda körib ölsam, bas!

Zamira MAMATQULOVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan