Bobomni eslab…
31 avgust – Qatağon qurbonlari xotirasini yod etiş kuni
1938 yil, 16 yanvar, izğirin. Qirçillama qiş, atrof oqlik bilan qoplangan, daraxtlarning şoxi qorning zalvoridan egilgan. Namangan tumanidagi Şörqörğon qişloğining ziyoli va obröli oilalaridan biri sanalgan mulla Mamajonning totuv oilasi keçki dasturxon atrofida jamlangan, xonadon aʼzolari kunduzgi bajarilgan işlari haqida sekin-sekin gaplaşib tamaddi qilişardi.
Mulla Mamajon asta çoy höplar ekan, turmuş örtoği Hurtojidan bugungi dars jarayonlari haqida söradi.
— Durust, qizlar yaxşi özlaştirişyapti, qiziqişlari ham tuzuk. Söfi Olloyordan va Boborahim Maşrabdan yod olişlari lozim bölgan ğazallarni yodlab, daftarlariga köçirib kelişibdi. Peşqadamlariga rahmat aytib, qiynalayotganlariga yordamlaşdim. Ammo siz yöğingizdagi öğil bolalarning töpoloni esimni yöqotdi. Muhammadkarim ikkimiz zörğa tinçlantirdik.
— Ha, endi onasi, hozir ularning şöxlik payti. Yerga ursang, osmonga sapçiydi. Kitobga şunçalik egilib, Allohning kalomini örganayotganiga şukur.
Ularning suhbatiga quloq solib ötirgan ikki öğilning kenjasi, kiçkina Turğunboy darvoza taqillayotganini aytganida suhbat uzildi. Mulla Mamajon eşik qoqqanlarga peşvoz çiqiş uçun darvozaga yönaldi. Bunday bemahal yöqlovlar va qöpol muomalaga xiyla könikkan bölişiga qaramasdan yuragi biroz uvişdi, xavotirga tuşdi.
Eşik oçilganida esa qora maşina va ikki nusxani kördi. Ular darhol özlarini içkariga urişdi. Biri çöntagidan hujjat çiqarib körsatdi va NKVD xodimlari ekanliklarini, tintuv uçun orderlari borligini aytişdi. Uy içiga bostirib kirişganida xonadon ahli sarosimaga tuşdi va bir burçakka borib turdilar. Uy obdon ağdar-töntar qilindi, sinçiklab tekşirildi.
Kişilardan biri eşik tepasidagi köz ilğamas piromondan kiçkina Qurʼon kitobini topib oldi va uni şerigiga uzatayotib, mulla Mamajonga keskin nigoh bilan boqdi.
—Sizni qamoqqa olişimiz uçun şu kitob kifoya. Tez kiyining, biz bilan ketasiz.
Hali ham nima sodir bölayotganini anglolmay turgan 12 yoşli Turğunboy va otasining bir neça marta qamalib çiqişiga “könikib” ketgan 22 yoşli Najmiddin, umr yöldoşining boşiga yana balolar yoğilişini köngli sezib, közlari jiqqa yoşga tölgan Hurtojining köz öngida mulla Mamajonni qora maşinaga solib olib ketişdi.
Bu maşʼum hodisa qatağon yillarida özbek ziyolilarining deyarli har biri boşidan ayovsiz bosib ötgan “qatağon maşina”sining oğir ğildiraklari ovozidan çiqqan unsizgina sas, xolos. Bizning tasavvurimizda şu kabi ötmiş voqealarini jonlantirib sözlab beradigan 82 yoşli hoji onamning sözlaşiça, bobomiz şu böyi qaytmaganlar. Qişloqning közga köringan maʼrifatparvarlarining ezgu işlarni notöğri talqin qilib, iğvo va tuhmatlar bilan qamatgan kimsalar yana bu oilani talay boşlaşgan. “Siz ayol boşingiz bilan eringizga ovqat yoki kiyim olib bormang, baribir kiritişmaydi. Biz u yerlarni yaxşi bilamiz, eltib beramiz, tinç va soğ ekanligingizni aytamiz”. Şu sözlar bilan beçora ayoldan bir neça marta ovqat va kiyim-keçak olib ketişgan, lekin yetkazilgani esa nomaʼlum.
Men pedagoglik faoliyatim davomida qatağon qurbonlari bölgan şoir, yozuvçilarimiz, öqimişli insonlar töğrisidagi maʼlumotlarni öquvçilarga yetkazar, şu asnoda bobomiz xususidagi bir-biridan mungli hikoyalar xayolimda tiklanardi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi “Qatağon qurbonlarining merosini yanada çuqur örganiş va ularning xotirasini abadiylaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 5598-sonli farmoyişi bobomning biz uçun qoronği bölgan xotimalarini biliş, aziz nomini yod etiş niyatimizni yana ham mustahkamladi, könglimizga ğayrat indi.
Men jurnalist Orifjon Jörayevdan mullo bobomizga oid arxiv materiallarini topişda yordam berişini söradim. Oradan bir kun ötmasdan u kaminaga “Özbekiston” telekanali tarixiy körsatuvlar muharriri Bahriddin Qöşmonovning telefon raqamini jönatdi. U kişi esa aynan qatağon qurbonlari hayoti bilan yaqindan iş olib borayotgan, köplab aybsiz aybdorlarning işlarini çuqur örganayotgan va sud orqali oqlanişiga erişayotgan jonkuyar inson, Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy xodimi, tarix fanlari böyiça falsafa doktori Bahromjon Irzayev bilan boğlanişim uçun kömaklaşdi. Bahromjon bilan telefonda gaplaşganimizdan söng qisqa fursatda u kişi arxivga kirib, bobomizning “delo”sini qidirib, erinmasdan bizga qimmatli maʼlumotlarni yubordi.
Bobomiz köpçilik qatori ölimidan keyin oqlangan va 1979-1980 yillarda “Namanganskaya pravda” gazetasida röyxatlari bosilgan. Heç qanday “xalq duşmani” emasliklari eʼlon qilingan bölsa-da, izlaniş umidi alangalandi, oxirigaça boriş rejasini dilimizga tukkandik. Işonasizmi, mullo ajdodimiz arxiv eşigidan tirik holda çiqqanday tuyuldi. Öşa kungi şodligimizning çegarasi yöq edi. Sakson yoşni qoralagan onamning qalbi taskin topdi, muhim missiyani muvaffaqiyatli yakunlagan elçi misol özimni yengil va xotirjam his qildim.
Arxiv materiallarida şunday jumlalar yozilgan ekan: “Rahmonov Mamajon Namangan viloyati Şörqörğon qişloğida 1888 yilda tuğilgan. Qöqon madrasalaridan birida öqib, masjid imomligi va dehqonçilik bilan şuğullangan. 1931 yilda uning xususiy yerlari tortib olinib, 3 yilga quloqlar sovxoziga jönatiladi. 1935 yil qişloqqa qaytgan mulla Mamajon kolxozga işga kiradi. 1938 yil 16 yanvar kuni “sobiq quloq”, kolxozçilar orasida aksilinqilobiy taşviqot yuritgan singari ayblovlar bilan qamoqqa olinadi. 1938 yil 17 yanvar sanasida berilgan order asosida qamoqqa olingan.
1938 yil 17 yanvar kuni imzolatilgan yagona söroq bayonnomasidan yana şu narsa anglaşiladiki, mulla Mamajon Rahmonov paxta terimi vaqtida Idris payğambar qabrini ziyorat qilişga borgan, şuningdek, ayrim maʼlunlarning u kolxozçilar orasida “Kofirlar muqaddas dinimizni oyoqosti qilib, qadamjolarimizni tahqirlamoqda, dedi”, degan çaquvi ham uning mahv etilişiga bahona bölgan. 1938 yil 21 yanvar kuni çiqarilgan qarorda mulla Mamajon Rahmonovga qöyilgan ayblovlarning birortasi öz isbotini topmagan bölsa-da, uni aybdor deb eʼlon qilinadi. 1938 yil 17 fevral kuni “uçlik” uni oliy jazoga hukm etadi. 1938 yil 15 mart kuni mulla Muhammadjon Abdurahmonovning hukm qarori Namangandagi maxsus obʼyektda soat 24:00 da ijro etilgani hujjatlaştirilgan…”.
Arxiv hujjatidan olingan maʼlumotlar bilan tanişarkanmiz, bir narsaga ajablandim. “Iş”ning boşida Rahmonov Mamajon deb yozilgan inson oxirida mulla Muhammadjon Abdurahmonov deya keltirilgan. Suyunganim, bobomiz bir umr öz diniga, qalbiga, eʼtiqodiga, iymoniga sodiq qolgan. Umri juvonmarg qilinişiga aqli yetsa ham heç narsadan hayiqmay, döppidek qişloğining bolalarini diniy bilim olişlariga eʼtibor bergan, öz uyida maktab oçib, ilk boşlanğiç saboqlarni örgatgan.
Sovet tuzumi davrida davlat idoralarida iş yuritgan özbek millatining çiroyli ismlarini qöli ham, tili ham kelişmay, notöğri va kulgili tarzda qoğozga muhrlab guvohnomalar töldirgan kimsalar ustidan kulib (boşiga ölim soya solib tursa ham) bir umr orzu qilgan ismi va otasining ismini töğri va çiroyli tarzda şu arxiv hujjatiga tirkalişini söragan bobomizning ruhlari şod bölsin, ilohim. Qatağon qurbonlari xotirasini tiklaşdek uluğ va zahmatli işga boş qöşayotganlarga esa salomatlik va halovat yor bölsin.
Dilorom SOTIBOLDIYEVA,
faxriy pedagog, şoira.
Namangan tumani
