Özbek matbuoti fidoyisi

Ötgan asrning örtalari va ikkinçi yarmida özbek matbuoti va matbuotşunoslik fani yuksalişida Töğon Ernazarov alohida örin tutadi. Toşkentda, xizmatçi oilasida tuğilgan Töğon aka ikkinçi jahon uruşi davri va uruşdan keyingi tiklaniş davrida ijod va matbuotçilik sohasida mehnat qilib, elga tanilgan.

Uruş boşlanişi bilan boşqa tengdoş­lari qatori, hali ön sakkizga ham kirib ulgurmagan yoş yigit armiya safiga jalb etildi. Töğon Ernazarov öşa paytda u xizmat qiladigan harbiy qismda naşr etiladigan “Suvorovskiy natisk” gazetasida muxbir bölib işlar ekan, jurnalis­tik va şeʼriy ijod bilan astoydil şuğullandi va front jurnalisti, şoiri bölib şakllandi. Uning şeʼrlarida özbek jangçilarining qahramonliklari, ona yurt soğinçi, duşmanga nafrat, Ona-vatanga mehru muhabbat öz ifodasini topgan edi. Jumladan, u “Ona tuproq” şeʼrida qattol faşizm ustidan bölgan ğalabani şunday uluğlagan edi:

Yovni yengib quçoğingga,

Şon va zafar ola keldik.

Işqing bilan duşmanlarga,

It kunini sola keldik.

Şoir keyinçalik uruş payti ijod mahsullaridan iborat bölgan “Okop satrlari” degan şeʼriy töp­lamini naşr ettirgan edi.

Uruş tugagaç Töğon aka soğ-salomat uyiga qaytdi. Uruş tugaşi bilan harbiy xizmatdan ozod etilgan harbiylar uylariga qandaydir sovğa olib qaytişgan. Töğon aka esa bir neça jomadonda özbek tilida çiqqan front gazetalari taxlamlarini olib qaytgan. Sababi – ularda janglar suroni hamda vatanga muhabbat, ona yurt soğinçi aks etgan maqola va boş­­qa janrdagi asarlar uning uçun har qanday qimmatli sovğa-salomlardan köra afzalroq hisoblangan.

Uruşdan kelgan Töğon aka özbek matbuotiga jalb etildi, u markaziy “Qizil Özbekiston” (hozirgi “Özbekiston ovozi”) gazetasida muxbir va masʼul kotib lavozimlarida işladi, öz ijodini davom ettirdi. Söng Örta Osiyo davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika bölimiga işga taklif qilindi. Bu dargohda u Matbuot nazariyasi va amaliyoti kafedrasini boşqardi va jurnalistika fakulteti dekani sifatida köp yillar faoliyat yuritdi.

Töğon aka yirik olim, murabbiylar rahbari bölişiga qaramasdan tabiatan kamtarin, quvnoq, hamkasblari va şogirdlariga hamsuhbat, oilaparvar edilar.   Töğon akaning farzandlari – tarix fanlari doktori, professor Qudrat Ernazarov va taniqli jurnalist Aziz Ernazarovlar ota izidan borib jurnalistika mutaxassislari bölib yetişdilar. Fidoyi ustozning yuzlab şogirdlari bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida fao­liyat yuritişmoqda, ilmiy işlar olib bormoqdalar. Farzandlar, şogirdlar işini davom ettirayotgan ustozlar nomi doim köngillarda yaşaydi.

Muxtor XUDOYQULOV,

Özbekistonda xizmat körsatgan

yoşlar murabbiysi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan