Tunlar muhabbatga töqir qasida

Munira Ramazonova

 

Muallif haqida:

Munira RAMAZONOVA — 1985 yili Kogon şahrida tuğilgan. Toşkent Milliy Rassomlik va dizayn institutining Sanʼatşunoslik fakulteti bakalavr hamda magistratura bosqiçlarini tugatgan. Ijod namunalari respublika naşrlarida çop etilib kelinadi. Muallifning “Dorilomon kunlar şukuhi” va “Mening jonim Marjonim” nomli ki­toblari naşr etilgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

 

                 ILTIJO

Daryosiga çökdim közlarning,

Nafasingiz latif mastona.

Qoşingizda turgan kezlarim,

Nigohingiz sevgidan yonar.

 

Bilmam, qanday sehrladingiz,

Işqingizdan hatto yoğar qor.

Sözlamoqqa tillarim ojiz,

Termulaman faqat beozor.

 

Yoningizda ötgan har soat,

Ötib ketar lahza singari.

Bir umrga erkalang, faqat,

Xayol qilmang taşlab ketgali.

 

Şamollardan asrang hayotim,

Köçalarda qolmasin zorim.

Qalbingizda işq imorati

Mening xonam bölsin, ey yorim.

 

            SIRLI SEVGI

Yuragingda gullar muhabbat,

Telbavor sevasan, yonib sevasan.

Közda işq gulxani gurillar faqat,

Sevgi şarobiga qonib sevasan.

 

Entikib ketasan tong nasimida,

Titragan telbavor çeçaklar kabi.

Tunlar muhabbatga töqir qasida,

Mumtoz sadoqatning munir maktabi.

 

Sukutga çömasan, goho maʼs, jim,

Ehtimol, köksingni timdalar gumon,

Kökka tikilasan, dono munajjim,

Saxovat sehridan kutgan kabi şon.

 

Domiga tuşgansan pinhon sevgining!

Qara, borliğingga hukmrondur u.

Endi şu dunyoda ötgan har kuning,

Şunçalar şirindir pinhona tuyğu.

Entikib sevasan, yonib sevasan…

 

            BORLIGING

Sening boring, qançalar baxt,

Qolganlari behuda.

Jismu jonim lolu karaxt

Sevgi degan tuyğudan.

 

Yur, uçaylik samolar

Oq quşlardek uçaylik,

Moviy, zangor maʼvolarda

Yulduzlarni quçaylik.

 

Kökragimni qilay qalqon,

Senga uçgan toşlarga.

Sololmasin şubha-gumon

Öt yoq yov qaraşlarga.

 

               SOHILDA

Soy sohili sokin va sölim,

Uçraşmoqda ikki oşiq dil.

Nur qoplaydi somonçi yölin,

Kuyga tölib ketadi sohil.

 

Soy yoqalab kezgan ikki dil,

Birlaşadi göyo ikki şam.

Bir entikib tuşadi sohil —

Bir entikib ketadi oqşom…

 

                 BIR GAP…

Quloğinga aytaman bir gap:

Ehtiroslar keldi junbuşga.

Har kun seni öylayman, yo Rab!

Sen har kuni kirasan tuşga.

 

Quloğinga bir gap aytaman:

Yur, osmonga ketaylik uçib.

Quçoq oçsin bizlarga çaman

Yulduzlarni yuraylik quçib.

 

Quloğinga bir gap aytaman:

Sen kökdagi suyanç-taxtimsan.

Senga fido bölgay jonu tan,

Örgilaman şunday baxtimdan.

 

Quloğingga bir gap aytaman…

 

                     MAŞʼAL

Maşʼal xuddi yulduzdek çaqnoq,

Latofating tongni uyğotar.

Senga qarab köz yonar, biroq —

Biyron tilim sukutda qotar.

 

Öt soçadi dilga nigohing,

Taşna qalbim daryodek toşar.

Faqat bitta ötinçim, ohim:

— Şamdek erib ketma, ey, maşʼal!

 

                BU GÖZAL…

(Rassom Akmal Nurning

“Muhabbat boği” asarini körib)

 

Uçmoqqa şay quşmikin,

Röyomikin, xayolmi yo tuşmikin.

Yo adaşib yulduzlarning töpidan,

Köçamizga tuşganmikan subhidam.

Qöllar oqquş qanotidek yoyilgan,

Çehraimoh baxt nurila çayilgan.

 

Ohuközda muhabbatning çöği bor,

Tabassumi şabnam kabi beğubor.

Yellar öynar gulisafsar köylagin,

Kuylaganing sari kelar kuylaging.

O, qaniydi şu sanamga yor bölsang,

Mahşargaça sodiq,

                           vafodor bölsang…

 

             ŞODON ZAMON KELDI

Vatandoşim, köring,

                                şodon zamon keldi,

Bu şodlikni yozay, şeʼrim ravon keldi.

 

Aziz ajdodlarim ruhi bölib hurram,

Duolardin ijobat biz tomon keldi.

 

Keça-kunduz qaynagan iş şiddatidin,

Bu öngimmi, tuşimmi — şodumon keldi.

 

Kirib bordi yuraklarni qilib şodon,

Ijtimoiy himoya — armuğon keldi.

 

Qayon boqsam körur man rozi közlarni,

Dedim, xalqim rizoligin ayon keldi!

 

Zabardast özbegim bayroği yuksaldi,

Tokioga Yangi Özbekiston keldi!

 

Uluğbek, Akbaring köksida oltinlar,

Bahodiring ila şaraf va şon keldi.

 

Ona yurtim, mudom

                                baxtingni körmakka,

Bu dunyoga Munira Ramazon keldi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan