Turkiyada kitob
Rossiyaga uç bor va Eronga bir bor safarim çoğida kitob naşrlari soniyu sifati, aholining kitobga munosabatiga havasim kelganini aslo yaşirmayman. Hatto, Eronda fuqarolarning qöltiq-qöltiq kitob sotib olib, oğir yukni kötarib yurmaslik uçun dökonning özida poçta banderoli tarzida yaşaş manziliga jönatganini ham körganman. Bir kitobni sörasangiz, sotuvçi topib berolmasa, kompyuterda uning Tehrondagi qaysi dökonlarda qaysi yilgi naşri va qança riyol sotilayotgani haqida maʼlumot çiqarib, qölingizga tutqazadi.
Nazarimda, bu ikki mamlakatda dunyoning xohlagan har qanday tilida çiqqan kerakli kitobni tarjima qilib, naşr etiş uçun barça imkoniyatlar – borday.
Ötsa, ötadiki, aslo qolişmaydi
Ikki karra Turkiyaga safar qilib: “Bu mamlakatda kitobga munosabat qanday ekan?” – degan masalaga qiziqmasligim mumkin emasligini his etib turibsiz, çamamda. Biroq bu – jiddiy savol. Unga professional darajada javob beriş uçun maxsus tadqiqot olib borişga töğri keladi.
Hozir esa yöl-yölakay körganlarimnigina aytaman. Şularning özi ham sizda muayyan tasavvur paydo qiladi, deb öylayman.
Lekin jahonning xohlagan tilidagi har qanday kitobni turk tiliga ögirib, çop etiş böyiça bu mamlakat Rossiya bilan Erondan ötsa ötadiki, aslo qolişmaydi.
Bu kitob dökonlaridagi naşrlar mundarijasi rang-barangligidan kelib çiqib aytilyapti. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohalarda xorijdan tarjima qiliş borasida Turkiya Rossiya bilan Eronni allaqaçon ortda qoldirgan.
Kelajak yölimiz
Har bir xalq rivojlanişi uçun avval öz ahvolini taftiş qilişi – şart. Aks holda, havoyi gaplarga öralaşib, real vaziyatni özgartirolmaydi. Şu nuqtai nazardan, biz qanday qilamiz? Oçiği, sanab ötilgan bu uç mamlakat darajasiga çiqiş uçun bizda imkoniyat va ilmiy-ijodiy salohiyat yetarlimi?
Tört-beş yoşidan buyon forsiy tilni örganib, köngildagidek darajaga kötarila olmagan bir mutaxassis sifatida aytamanki, kelajakda ziyolilarimiz fors tilini örganib, dunyo ilmidan şu tariqa xabardor bölişi real voqelik emas. Hozirça köp ziyolilarimiz rus tilini yaxşi biladi. Ammo bu vaziyat ham özgaryapti. Rus tilini bilmaydigan, lekin ingliz tilini biladiganlar soni ortib borayotir. Ingliz tilida dunyodagi eng katta axborot dunyosi jamlangan. Bu tilni hamma ham osonlikça örganavermaydi, albatta. Şuning uçun, kelajakda özbek ziyolilari turk tilini ham mukammal özlaştirib, şu orqali jahon ilmi va madaniyatidan boxabar böliş imkoniyatlarini yanada oşirişi mumkin. Çunki turkçani örganiş bizga har jihatdan arzonga tuşadi. Axir, umrida turkça sözlaşişni eşitmagan kişi ham uni yetmiş foiz tuşunadi-da. Qolgan öttiz foizni örganib oliş şunçalar muşkul bölibdimi?
Aeroportda kutubxona
Mustafo Kamol Otaturk nomidagi Istanbul xalqaro aeroporti Yevropadagi eng yirik havo qönalğasi hisoblanadi. Dunyoning har yeridan uçib kelib, dunyoning har yeriga uçib ketişadi. Şunday bölganidan keyin yölovçi muayyan muddat kutib qolişi – mumkinmi? Mumkin. Şuni hisobga olib, aeroportda kutubxona taşkil etilgan. Uning kiraverişida turk tilida: “Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Istanbul aeroporti kutubxonasi”, – deb yozib qöyilgan. Kirasiz, jovondagi xohlagan kitobni olib, öqiysiz. Har bir kişi uçun alohida-alohida stul va stol – tap-tayyor. Çiqib ketayotganda yana joyginasiga qöyasiz.
Xöş, “Özbekiston havo yöllari”ga qaraşli aeroportlarda nega şunday qiliş mumkin emas?
Yana bizda kitobxonlikka eʼtibor kuçli deb köp gapiramiz.
Ha, töğri. Yurtboşimiz bu borada barça kömak va ğamxörliklarni amalga oşirib kelmoqda. Lekin kitob va kitobxonlik masalasini göyoki faqat ziyo maskanlari yoxud Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasigagina taalluqli deb bilguvçilar ham yöq emas. Aslida kitobxonlik har birimiz, har oila boşliğidan tortib, katta-kiçik taşkilot, muassasa rahbarining ham eʼtiboridagi eng muhim vazifalaridan biri bölmoği kerak emasmi? Ana şundagina kitobxonlik rivoj topadi, mutolaa işi esa şunçaki köz-köz qiliş vositasi bölmay, çinakam qadriyat darajasiga kötariladi.
Otçopardagi Çilonzor bozorida nega kitob sotilmaydi?
Toşkent otçoparidagi Çilonzor buyum bozoriga köp ham borgim kelavermaydi. Çunki u yerda özimni kamsitilgandek his qilaman. Sababi – bu bozorda hamma narsa sotiladi, ammo işlab çiqarilişida kamina ham daxldor sohaning mahsuloti, yaʼni kitob sotilmaydi.
Anqaraning “NATO VEGA” degan köpqavatli yirik savdo markazi – bor. Uning özi – butun boşli bir şaharça. Bir kunda aylana olmaysiz.
Birinçi qavatida katta maydonni sotuvga qöyilgan kitoblar egallagan. Boşqa qavatlarda ham kitob savdosi bölmalari işlab turibdi. Ularning baʼzilarida faqat bolalarga möljallangan kitoblar sotiladi.
Yupqa muqovali kitoblar
Turkiyada çiqadigan kitoblarning asosiy qismi – yupqa muqovali. Birinçidan, bu arzonroq böladi, ikkinçidan, osonlikça varaqlari ajralib-ajralib ketmaydi. Aytgança, bu yerda kitoblar – yengilgina. Sifatli, lekin juda yupqa qoğozlarda bosiladi. Bizdagi 200 sahifali kitob bilan ulardagi 200 betli naşrni soliştirsangiz, ikki barobar yengildek tuyuladi.
Eski kitobu daftarga – kanstovaru öyinçoq
Anqaraning biz qöngan Kavkazlilar mahallasida eski kitobu daftarlarni sotib oladigan punkt bor ekan. Daftarlar-ku – ikkilamçi işlab çiqariş uçun xomaşyo. Ammo eski kitoblarning bir qismi qayta işlansa, bir qismi bukinistik dökonlarda sotuvga qöyilar ekan.
Maktab öquvçilarining eski kitobu daftarlarini yiğib, bu yerga olib kelib topşirişini qanday taşkil etiş – mumkin? Olingan eski kitobu daftarlarning bir kilosiga 1,5 lira berilar ekan. Toşkentda eski kitob va daftarlarni 2-2,5 ming sömdan olişar ekan. Bu juda arzon. Yana eng açinarlisi “makalatura” deb atalguvçi bu iş bilan şuğullanuvçilarning aytişiça, bizda topşiriladigan eski gazeta-jurnalmi, kitobmi bari asosan “hojatxona qoğozi” işlab çiqaruvçi korxonalar uçun xomaşyo ekan.
Lekin dunyoda qoğoz işlab çiqariş oğir va qimmat soha hisoblanadi. Şuning uçun bu mahsulotning bir parçasini ham isrof qilmaslik kerak.
Odamzod ilm-maʼrifatsiz köngildagidek yaşay olmaydi. Ilm-maʼrifatni esa ming elektron xizmatlar qança rivoj topmasin, baribir, qoğozsiz, yaʼni kitobu daftarlarsiz tasavvur qilib bölmaydi.
Sultonmurod OLIM,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
(Turkiya, Anqara şahri, 2022 yil, 9 iyul).
