Halollik martabasi
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev katta yiğinlarning birida “Halollik vaksinasi” haqida gapirgan edi. Darhaqiqat, halollik va poklikda—hamma narsa mujassam. Töğri yaşaş, Vatanga, elu yurtga çin yurakdan mehnat qiliş, odamlarni rozi qiliş—bularning bari halollikda!
Oçiği, Prezidentimizning ana şu daʼvatlari köp yillardan beri dilimda yurgan öylarga, mulohazalarga olov berdi, meni ham şu xususda bir söz aytişga undayverdi.
Mana, qança oğir, qiyin bölsa ham hamma sohada özgarişlar, islohotlar olib borilyapti. Halollik söralyapti, talab etilyapti. Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi degan tuzilma ham taşkil etildi. Lekin… bu işda köngil töladigan darajaga yetmoq, halollikka erişmoq oson emas ekan-da.
Aslida inson uçun eng buyuk martaba–uning insonlik martabasi, bu dunyoda inson böliş baxti va şarafi, insonlik martabasining tayanç toği esa dinu diyonatga suyangan halollik darajasi, Allohning başarga inʼom etgan uluğ inoyatidir.
Musulmonçilikning töqson foizi halollik, qolgani rasmu rusum deyişgan donolarimiz.
Inson dunyoga halol bölib keladi. Bolaning ona qornida paydo bölişi– halol. Ona bolani töqqiz oy qornida kötarib yurişi– halol. Uni ne azob-maşaqqat ila dunyoga keltirişi ham halol, çaqaloqning dunyoga köz oçişi–halol. U halol bölib ösadi, keyin kattalar uni nopoklikka örgatişadi. Misol. Bir kişi birovning eşigiga kelib, öşa yerda öynab yurgan bolakayga deydi: “Bolam, dadangni çaqirib çiq, falonçi kişi çaqiryapti de”. Bola içkariga kiradi-yu çiqadi. “Dadam aytdilarki, dadam uyda yöq ekanlar” deydi u. Mana, bolakayning javobi. Köramizki, uni yolğonga örgatişyapti. Ammo bolaning sof, halol tabiati bunga qarşilik körsatib, nopoklikni qabul qilmayapti. Ammo bu vaqtinça. Asta-sekin kattalarning qistovi, ibrati yolğonga örgatadi uni. Nojoiz söz, harom luqma, harom aʼmol, nomaʼqul xatti-harakatlar uning qon-qoniga singib boraveradi. Qarabsizki, halol tuğilgan bola şu yösin nopok kimsaga aylanadi. Buning teskarisi ham bölişi mumkin. Hatto ona qornida nikohsiz paydo bölib, köz oçgan zurriyot, Alloh tavfiq va hikmat ato etsa, halolzodaga aylanib, keyin köp ezgu amallarga qöl urişi mumkin. Biroq bunaqasi kamdan-kam uçraydi.
Inson halollik maqomida tuğiladi, dedik. Ammo halollik martabasiga hamma ham yetişavermaydi. Buning uçun ğayrat-matonat, sabr-sabot ila olğa intilmoği lozim. Haq va halollik tarafida turib kuraşişi, bu yölda azmu jasorat körsatişi darkor. Şijoatsiz halollik ölik sarmoyadir deb bekorga aytişmagan. Dunyodan ötgan barça uluğlarimiz borki, halollikni bayroq qilib kötarişgan. Halollikning yuksak poyasiga yetmasdan Forobiy Forobiy bölarmidi? Navoiy Navoiy bölarmidi? Xullas, orzu-niyatda halollik, mansabu amalda halollik, turmuşu maişatda, muomalayu munosabatda halollik, eng muhimi, rayosatu siyosatda halollik! Halol kişi himmatli böladi, himmatda buyuklik yaşaydi.
Buyuklik keldi himmatdin nişona,
Kim himmatsizni past etdi zamona, —
deganlar bobomiz Alişer Navoiy.
Bilasiz, Ummon Arabiston yarim oroli, Qizil dengiz sohilida joylaşgan davlat. Davlat tuzumi – sultonlik. Tört milliondan ziyod aholisi bor. Qayerdadir öqigandim, agar şu rost bölsa, yillik daromadi jon boşiga hisoblaganda yigirma ming dollar ekan. Öqiş, taʼlim oliş, tibbiy xizmat davlat hisobidan tekin. Işsizlik yöq, öğrilik, poraxörlik yöq, har qanday jinoyatning ildizi kesilgan. Uylanmoqçi bölgan yigitga uy quriş uçun davlat yer ajratib, yordam sifatida subsidiya beradi. Yoki oilada çaqaloq dunyoga kelgandayoq maʼlum mablağ ajratib qöyiladi. U voyaga yetgaç, muammo yöq. Bir söz bilan aytganda, yalpi farovonlik, taraqqiyot. Xöş, buning boisi nimada? Boisi – halollikda. Jamiyat hayotining barça sohalarini qamrab olgan adolat ustuvorligida.
Xullas, lafzu vafoda, turmuş va amalda halollik martabasiga intilaylik. Tarixda va hozirgi kunimizda ham bunga misollar topiladi. Ahmad Donişning “Tarixi salotini manğitiya” kitobida öqiymiz… Bir dehqon Ark maydoniga bir arava qovun tuşiradi. Buni Ark ayvonidan kuzatib turgan amir Şohmurod boşidagi qalpoğini yeçib, xizmatkorga uzatadi: “Borib, şuning evaziga bitta qovun olib kel”. Dehqon unamaydi, qalpoqqa qovun yöq, deydi u, naqd pulga sotaman… Ey bandayi nodon, bilasanmi kimning qalpoği bu? Amiralmöminin hazratlarining, deydi xizmatkor. Şunda dehqon qalpoqni darhol boşiga kiyib, xizmatkorga birmas, bir neçta qovun beradi. Öz zamonida amir Maʼsum (yaʼni, pok, beğubor) deb nom qozongan hukmdorning bu qadar halolligiga tan bermoq joiz.
Endi hozirgi kunimizdan misol. Moskvada bir badavlat kişi xorijga dam olişga otlanib, taksiga öltirib, aeroportga jönaydi. Çemodanni kötarib içkariga kirarkan, maʼlum böladiki, yelkasidagi sumkasi yöq, taksida qolgan. Sumkada bir neça ming dollar puli, aviabileti va hujjatlari… Yölovçi şok holatiga tuşadi. Nima qilsin? Şu payt telefoni jiringlab qoladi. Eşitsa, haligi taksiçi yigit gapiryapti: “Sumkangiz taksida qolib ketibdi. Telefoningizni undagi qoğozlardan bilib oldim. Eşikka çiqib turing, hozir yetib boraman”. Yölovçi sumkasini olib, unda hamma narsa joyida ekanligini körib, quvonadi, közlariga işonmaydi.
“Kimsan, qayerliksan?” söraydi u hayrat ila boqib.
“Özbekman” deydi yigit.
“Ajab, özbeklar şundoq oliyjanob insonlar ekan!” deb qayta-qayta tasannolar aytadi yölovçi. Mana sizga halollik martabasi!
Şukurki, biz halol bilan haromni ajrata olamiz. Yer yuzida halol bilan haromni farq qilmaydigan xalqlar ham bor. Şu osmon osti, şu yer ustida qimirlagan jon borki, ularga yemiş. Ilon-çayon deysizmi, çigirtga yoki kaltakesak deysizmi… Bizga kelsak, yana şukurki, halollik hamon qonimizda kezib yuripti. Uni qöllab-quvvatlaşimiz, vujudimizga köproq singdirişimiz, şuurimizga çuqur ildiz orttirişimiz darkor. Bunga avvalo, dinu diyonat tarbiyasi orqali erişiladi.
Bilamizki, poraxörlik – halollik duşmani. Poraxörlik bor joyda halollik yöq va aksinça, halollik bor joyda poraxörlik yöq. Pora olganga ham, pora berganga ham, örtada turganga ham Allohning laʼnati bölsin, deganlar Payğambarimiz (s.a.v.). Pora jamiyatni pora-pora qiladi deb bekorga aytişmagan. Bularning bari saboq. Bizning ixtiyorimizda esa çeksiz imkoniyat bor. Bu – halollik martabasiga yetişmoq imkoniyati! Bu satrlarni öqib baʼzi birovlar, hoy, oqsoqol, oşirib yubormadingizmi, deyişlari mumkin. Yöq, oşirmadim. Gapning indallosini aytayapman.
Demoqçimanki, inson hatto koinotni zabt etişdan oldin avvalo, özini tuzatişi, zoti şarif ekanligini çuqur anglaşi, orqa-oldini önglaşi, yuksak halollik martabasiga erişmoği lozim. Toki buzuq tabiati bilan Yer kurrasini bulğagani yetmaganday, koinotni ham bulğamasin. Menimça, inson uçun axloq-odob, poklik, halollik ham bamisoli koinot. Unga yetişmoq fazoga kötarilişdan osonmas. Mana, oradan million, balki milliard yil ötayaptiki insoniyat hamon bunga yetarliça erişa olgani yöq.
Toki Prezidentimiz aytganlaridek, ertaga xalq bölguvçi bugungi yoş avlod Xudoni bilsin, Rasululloh (s.a.v.) va uning sahobayi ikromlarini tanisin, Qurʼon öqib, hadis ilmini egallasin, şu bilan birga albatta, dunyoviy ilmlarni, jahon tillarini ham yanada yaxşiroq, yanada biyron egallasinlar. Mayli, texnologiyalarning-da piri bölişsin va lekin sözda va amalda halollikni şior etsin, haromdan hazar, haloldan huzur qilsin, ey baloyi nafs, harom luqma yegandan tuproq yeganing afzal deb ayta olsin! Alal-oqibat inson zoti uçun uluğ saodat sanalmiş yuksak halollik martabasiga yetsin. Biz kattalar ota sözimiz bilan ularni ilmu-adabga, kamolotga çorlab turaylik:
Kam bölma, jahon sahnida odam bölgil,
Donoi zamon, ziyonati olam bölgil…
Jamol KAMOL,
Özbekiston xalq şoiri
