Tarixiy yodgorliklarga munosabat shumi?

“Prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan o'rta asrlarga oid noyob madaniy meros ob'yekti buzilib, o'rniga uy-joy qurib yuborilgani aniqlandi.

Jumladan, Namangan viloyati, Yangiqo'rg'on tumani Navkent mahallasida joylashgan “O'rdatepa” arxeologiya yodgorligining 0,03 gektar qismi fuqaro J.U. tomonidan hamda 0,02 gektar qismi fuqaro A.Yu. tomonidan maxsus texnika yordamida buzib tashlanib, o'rniga o'zboshimchalik bilan uy-joy qurilgan.

Oqibatda tarixiy yodgorlikka qariyb 72 milliard so'mlik jiddiy zarar yetkazilgan.

Tekshirish natijasiga ko'ra, jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda”.

 

…Ochig'i, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan ushbu bedodlikni o'qib, til aylanmay qoladi. Nimalar bo'lyapti o'zi?! O'tgan yili Eski Termiz manzilida buyuk zot, buyuk olim, tarixiy shaxs—Abu Bakir Varroq Termiziy qabri to'liq surib tashlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda, matbuotda bong urilgan edi. Alisher Navoiy bobomiz o'z asarlarida tilga olib, yuksak baho bergan avliyo hoki bilan birga qadimiy arxeologik manzilning ma'lum qismini tep-tekis qilib tashlagan kimsalarga esa qandaydir chora ko'rilgani bugungacha noma'lum. Ne bedodlikki, bu ma'naviy jinoyatkorona ish mahalliy rahbarlarning loqaydligi, o'ylovsizligi bilan sodir bo'lgani aytiladi.

Tariximizga, o'zligimizga bo'lgan bunday tajovuzlarni aslo kechirib bo'lmaydi…

Hikmatullo QODIROV,

“Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

3 × 5 =