Sen borki, xalq bölib birlaşamiz biz!
Zebo MIRZO
Muallif haqida:
Zebo MIRZO (Mirzayeva) 1964 yili Kitob tumanidagi Beşterak qişloğida tuğilgan. 1987 yil Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetini tugatgan. Ayni paytda “Madaniyat va maʼrifat” telekanalida katta muharrir vazifasida faoliyat yuritmoqda.
Şoiraning “Tun malikasi”, “Ajr”, “Nur kukunlari”, “Işq” şeʼriy töplamlari çop etilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, “Şuhrat” medali sohibi.
ONA TILIGA QASIDA
Hali başariyat murğak uyquda
Bilmaganda qalam, harfu imloni.
U toğlar köksiga gul qilib çizdi,
Gul deya anglatdi yoruğ dunyoni.
Odamlar qulonlar ortidan quvib
Jonliğ keltirganda omoç-molaga.
U buloq suvini uzatdi quyib,
Gul bargini bitib loy piyolaga.
Balki öşa tasvir, balki öşa sir
Havoning Atoga bölgan dilidir?
Bilaman, qaysi söz bölmasin öşa,
U mening yuragim – Özbek tilidir!
Bobolar tili bu, ey Ona tilim,
Sendan kelar olis dala-daşt isi.
Uçar arğumoqlar qanotida sen
Qoldirgan izlarda kuraşlar izi.
Sen demaysan: “Öldir, yondir, qasos, qon!”
Sen degaysan: “Bağrim, sevaman, işon!”
Million yillik oçiq dasturxoningda
Buğdoy sözu buğdoy yuragingdir non!
Samo uzra soçib lavh hattoti
Hikmatlar kitobin etganda tamom.
Bir söz-la jam qildi ajdodlar yodin
“Qutadğu bilik”ka Xos Hojib bobom!
Kimdir buzib ötar, kim esa tuzib,
Baxt na Maqdun, Çingiz olgan taxtdadir!
Qiliç soyasida jannatdir, va lek
“Kuç birlikda, qudrat Adolatdadir!”
Öylaganmi tarix ming yillar nari
Körayin deb dunyo özbeklarini.
Sohibqiron tutgan tuğ bilan ğolib
Tuzganida “Temur tuzuklari”ni!
Olis yulduzlarga çözib qölini
Zamin izlaganda yillar qaʼridan,
Yorqin tafakkurning yoruğ yölini
Topdi Uluğbekning jadvallaridan!
Sen – osmon ilmini bitguvçi kitob,
Senda giyohlarning rangin tuşlari.
Senda oçiladi axir bobma-bob
Milliard yulduzlarning nurtovuşlari…
Sen – maysalar tili, bulbul köz yoşi,
Sen – şeʼrning qanoti, ruhdir mukammal.
Beş doston beş qitʼa bölib porladi
Navoiy hayratdan şeʼr aytgan mahal!
“Oson emas bu maydon içra turmoq,
Nizomiy panjasiğa panja urmoq!”
Şeʼr ahli yuz yillab tuzgan dunyoni
Bir şer panjasi-la oldi u biroq!..
Hazrat Navoiydan qolgan qutluğ söz,
Ilohiy ilhomdan yaralgan tilim.
Boburni yiğlatgan, yetti iqlimga
“Boburnoma” bölib taralgan tilim.
Seni unutmadim istibdod çoği
Har lahza qonimda qiliçdek ösding!
Çirmab kelganida zulmat quçoği
Qalbimni quçoqlab nur bölib tösding!
Qadim ohanglardan men seni topdim
Izladim tafakkur osmonlaridan.
Bir buyuk xalq bölib çiqib kelding sen,
“Göröğli”, “Alpomiş” dostonlaridan.
Kim seni tanimas, tan olmaydi kim,
Kamtar kamolingni maqtaş şart emas!
Futbol maydonida eng odil hakam,
Şaxmat qirolining yurişiday bas!
Olimp sahnasida özbek kuraşi,
Bugun dunyo bilar “yonboş”, “çala”ni.
Halollik yölini örgatding jangda
Örgatding mehrning siri – allani!
Hatto döppisining çetida bir şeʼr,
Kaştali köylagin yoqasi – ğazal.
Jannat eşigini oçguvçi bir sir –
O balki, özbekiy kalomdir azal!
Sen – tilim tagida turgan aççiq toş,
Sensiz men heç kimman, yöqdirman, bildim!
Sen – tirik xazina, sen – tirik afsun,
Seni angladim-u, dunyoga keldim!
Qisinib-qimtinib yurmayman çetda,
Kibr yo manmanlik emas falsafam.
Özbek kalomida Iymon, Nomus, Or
Va ikki dunyoning saodati jam!
Sen – muhabbat tili hamda erk tili,
Sen borki, Haq bilan sirlaşamiz biz!
Sen jasorat tili va mardlik tili,
Sen borki, xalq bölib birlaşamiz biz!
2016 y.
QAYTING
Uyga qayting…
Yurakka qayting…
Agar qolgan bölsa…. Sevgingiz omon…
“Nihoyat…Men keldim!
Keldim!..” – deb ayting…
Qolsangiz-da, zulmat içida pinhon…
Yölga tuşing,
Tuşing ğurur otidan…
Bu yoği Yolğizlik – Ruhiyat yöli…
Çiqing bu qafasdan…
Xasm yodidan…
Çirmaşib tortsa-da çirmovuq qöli…
Dunyoni qoldiring…
Qoldiring tanni…
Ilon terisini yeçgandek… Yeçing!
Izlang… içingizda kutgan Vatanni…
Zanjir Oltin bölsa-da… Keçing!..
Onangizga boring…
Tirik bölsa – U!
Ketgan bölsa, agar… qabriga boring.
Yoruğ diydorini körmoq bölsangiz,
Köksingizning örtasin …yoring!
Bir piyola çaşma…
Bir obi hayot…
Sizga bergan köz yoş –
tomgan tomçi Nur!
Tirik tomiringiz tuproqda toki…
Demak,
Ruhingizda Haq etar zuhur!
…qayting. Uyga qayting…
Loysuvoq… devor…
Öçmagansiz hali xotirasidan…
Bir dilni topasiz…
Rumiy yo Maşrab…
Va yoki Navoiy çodirasidan!..
…agar unutmagan bölsangiz yölni,
Tikonlar qoplagan bölsa söqmoqni…
Isodan…
Musodan sörang…. Duç qilsin
Rasullulloh bayt qilgan toğni!
…agar toş ustida bölsa musiça,
Agar ğor oğzini tössa örgimçak…
Qayting!
Belingizda hali zunnor bor,
Hali içingizda Butlar bor… demak!
…joynamozga yiğlang…
Kökka oçing kaft…
Çök tuşing…
Eng gözal vasldir Sujud!
“Axir borligingiz uçun dunyo bor,
Axir yorligingiz uçun Işq mavjud!”
…hijob – Siz!
Devor – Siz!..
Eşik – özingiz!..
Taqillating uni!..
“Keldim!..” deb ayting!
Sizni kutib turgan şu diydor haqqi..
Parvardigor haqqi,
Asl Yor haqqi…
Içkariga kiring!..
Yurakka qayting!
2020 y.
NAVOIYGA TATABBUʼ
/Lahjalar izidan…/
Ming bir qirrasi bor bu sözlarning:
Köhna çoponiga öranib olgan
Çöpondek tuyular odmi, anoyi…
Valekin yaqinroq borganing zamon,
Qölingda bir ajib guldek oçilar,
Atrin soça boşlar xuşböy, anvoyi…
Tinglasang, qalbingga jimgina qöyib,
Çanqovuz nolasi, asrlar yodi,
sir kabi oqadi bir daryosimon…
Biroq bu yovvoyi erkning ruhini,
Anglamay, bepisand olsang labingga—
Yosumanga dönar yosuman…
Nafaqat tilingni tiladi, balkim
Jodisida qiymalar jodu,
Tilkalaring qilib tilimroq…
“Yo-Hu!” day yangraydi har qanday “Yoğu”,
Xanjar ösib çiqar xanjarlaringdan,
Alamdan köksingga tikasan bayroq.
——————————————-
Yosuman — oq gul,
Xanjar — xalqum, jodi — katta qayçi,
Alam — bayroq.
TURKIY TIL TABIATI
Özagida asl özlik bor.
Şakllangan butun mamlakat
Tabiatin ayon qilar feʼl.
Asoslangan qatʼiy nizomga:
Boş özagi buyruq feʼlidan
Çiqib kelar butun boşli el…
Göyo Temur qöşini kabi,
Yo Tömaris laşkarlariday
Evrilgandir sodiq çerikka.
Qöşilmaydi öngdan yo söldan,
Tiziladi bir karvon kabi,
Garçand molik har biri erkka!
“Kök”ka tegib turadi “köks”i,
Kökdan tuşib kelgan özi ham,
Tabiati—tirik sözidan.
“Ega” erur Yaratgan Egam.
Şuning uçun bu buyuk millat
Köpayadi faqat özidan!..
