Bu köhna dunyoga yangi baxt ulaş

Ikrom Iskandar

 

Muallif haqida:

Ikrom Iskandar — 1972 yili Jizzax viloyatida tuğilgan. Özbekis­ton Milliy universitetini tamomlagan. Şoirning “Yomğirli fasl”, “Yaşil xirgoyi”, “Fasllar ohangi”, “Şamol qöşiği”, “Visol quşlari”, “Men sen bilan baxtliman” singari önga yaqin kitoblari naşr etilgan.

 

                   * * *

Yöllar, bu qadim yöllar,

nurdek bir qatim yöllar,

goho olis şafaqdek,

gohi bir odim yöllar.

Aytgil, ravon yöl qayda,

çaroğon yöl bormikan?

Yurtimning yöllariday

qadrdon yöl bormikan?

Dil tubida porlagan

gözal orzu singari,

yöllar çorlaydi bizni

kelajak manzil sari.

Dilda tugarmi orzu,

umidlar ham möl ekan.

Asli inson umri ham

past-baland bir yöl ekan.

Insonki, gar istasa,

quş misoli uçgaydir,

samolarga yöl topib,

yulduzlarni quçgaydir,

lekin köhna dunyoning

bir hikmati şul ekan –

barçasidan bir qalbga

yöl topmoq muşkul ekan.

 

                  * * *

Aşulamas, şuʼlamas –

Bu şam tökkan közyoşdir.

Yoruğ olam aslida

Lov-lov yongan quyoşdir.

 

Nur demagil moziydan

Köringanni yaraqlab…

Oçsang ötmiş kitobin,

Yonayotir varaqlar.

 

                              * * *

Nega havas qilmay sobitligingga,

Har bahor qaytadan gullay olmoq – baxt…

Har neçuk, zaminda qadamlarimdan

Sening ildizlaring mustahkam, daraxt.

 

           MANZARA

Quyoşning şaşti past

yo bir öyga ğarq,

közin qisib qarar

olamga befarq.

Nima bölayotganin

anglolmay karaxt,

atrofga bezovta

boqar har daraxt.

Şamol esa xuşhol

topganday tilla –

barglarni birma-bir

yulqir bu palla.

Parvoyiga kelmay

şamolning öyi,

işiga qunt bilan

kirişgan köyi,

yaşil yaproqlarga

berib oltin tus,

boğda kezib yurar

alkimyogar kuz.

 

               BALKI…

Qirqma qirq örim soçni,

Qöy, qirqma qirq örimni.

Pörim bölay demagil,

Qiz soç bilan körimli.

 

Ösma tortma qoşingga,

Qölingga xino qöyma.

Gözal bölay deb yana

Özingga bino qöyma.

 

Şunday deymanu, lekin…

Balki, bu pardozmasdir?

Axir sen deb aqlidan

Ozganlar ham ozmasdir.

 

Balki şudir maqsading –

Oşiq ğamin yegaysan,

Uşşoq uçun soçlarim

Dor bölmasin degaysan.

Upa surtib yuzingga,

Böyarkansan közingni,

Pardoz ortiga, balki,

Yaşirgaysan özingni.

 

OY VA YULDUZLAR TEGRASIDA

                           I

Dardim senga yetkazsin deya,

Aytsin deya soğinganimni,

Huzuringga yubordim oyni…

 

Köp kuttirdi, bir oy deganda

Çöpday ozib yana boşi ham,

Qaytib keldi qaddi bukilib.

 

Yöl azobi ezdimi uni,

Mahtal qoldi eşigingda yo

Yetkazişdan xijolatdami

Sendan olgan xabarni menga?..

 

Yana senga yubormoqdaman,

Omon qaytsin endi, oy borib.

 

                                 II

Sen haqingda yaxşi gaplar aytgan edilar,

Huzuringga boşlab kelgan edilar meni,

Seni kutar, seni sevar, degan bir ulkan

Işonçni ham yuragimga solgan edilar.

 

Hamroh bölib kelgan edi özlari hatto…

 

Mana endi ostonangda turibman zor-zor…

 

Çiqarmisan, tezroq çiqa qolsangçi… Axir,

Közlarimdan bekingança çekka-çekkada,

Qoronğuda milt-milt kiprik qoqib,

                                                           jonsarak,

Xijolatdan yerga boqib turar yulduzlar.

 

                  * * *

Yo aka yoki uka

yoki teng-töşmi böldim –

bir muddat uç azamat

terakka qöşni böldim.

Köksida havo töla,

adl edi böylari,

tun-kun betin şivirda

aks etardi öylari.

Sözdan qaytiş yöq, deb ont

içgan bölsa kerak-da,

bir xil şivir-şivirga

sodiq edi teraklar.

Quşlarning nağmasiga

nazar ham solmas edi,

na-da şamol ahdidan

qaytara olmas edi.

Hatto bağrin öysa ham

yomğirning nayzalari,

asti yöldan qaytmasdi,

borardi orzu sari…

Baʼzan turfa tuyğular

ezar ekan yurakni,

esga olaman nogoh

uç azamat terakni.

 

                                 * * *

Çiqqil uyingdan sen – şamol kabi yel,

Mana, ostonangda turibman poylab.

Çiqqil uyingdan, men – ğarib sari kel,

Mehr uruğini köksingga joylab.

 

Çiqqil, izlaringga tölsin köçalar,

Çiqqil, izlaringdan unsin gul-çeçak.

Oy tölgan palladay yorisin bir pas

Nurafşon yuzingdan qoronğu keça.

 

Bu köhna dunyoga yangi baxt ulaş,

Çinakam bahorni körsin boğlar ham.

Toki közlaringda yongan sevinçdan

Ming yillik ğussalar topgaydir barham.

 

Olam — olam emas, zimiston tunda

Bir parça ziyoga taşna yurakdir.

Bebahra qoldirma, söldirma bexos,

Çiqqil – bu olamga quyoş kerakdir.

 

                        * * *

Hayron bölmangki, bul munça

kezmiş deb devonavor,

Işqida çekkanim mudom

nolayu ranjdir hamon.

Garçi hajrida köpdinki

buzilmiş könglim uyi –

Ul vayrona içra vasli

umidi ganjdir hamon.

 

                   * * *

Huzuringga şamolday

şoşilib borajakman,

şovullagan qöşiğim –

senga bitgan qasidam

avjlaridan daraxtlar

larzaga kelar, yakkam

surating köringaydir

şaffof vaqt oynasidan.

 

Bir zum tin olmoqqa ham

bormidi ixtiyorim,

qaçonki dilga vasling

istaklari joylanar –

imkonlarni daraxtday

silkitadi qarorim…

Şamolga doş berolmay

tars sinadi oynalar.

 

                   * * *

Xayolimda çorlasam gar,

eşitmagin nolamni,

çunki menga sening öying,

xayol ham bir olamdir.

Bu olamda sening rasming

parilardan qolişmas.

Bu bir lof yo mubolağa,

gapni katta olişmas,

xayolimda sen bir hilol,

nur taratib turgaysan,

malaklarga malohatdan

saboq berib yurgaysan.

Sözlarimni simillatib

soğinçlaring balqisa,

tomirimga mador kirar

har öyingdan.

   Alqissa,

xayolimda çorlasam gar,

kelib qöyma tağin-ay,

seni töyib öylab olay,

mazza qilib soğinay.

 

                           HANUZ

Qalbing – qoyadagi mustahkam qalʼa.

Hanuz çoğlanurman zabt etmoq sari…

Şaxdam qadam taşlab, saf bölib

ötib borar Vaqtning laşkari.

 

                    * * *

Kimlar mening bağrimni

zarralarga böldilar?

Tanimdagi tarqoqlik

oxir meni öldirar.

 

Men şu qora tuproqman,

köngli yara tuproqman,

men bir karra gul edim,

ming bir karra tuproqman.

 

Kaftday könglim yerça keng

ezgulikni tusadi,

kiftimda esa yaşnab

xiyonatlar ösadi.

 

Çanglar mening ohimdir,

köksimni sitolmadim –

zarra-zarra ohlarga

aylanib ketolmadim.

 

Dil bandini tortar mung,

bilmam, qayga yetaklar.

Yuragimni silkitsam,

tökiladi ertaklar.

 

                 * * *

Seni bir bor kördimu,

men ayrildim huşdan, gul,

osmonlardan yurakni

poklaş uçun tuşgan gul.

Ey, egnida libosi

yurakdan rang olgan gul,

gulzor emas men bilan

sahrolarda qolgan gul,

seni sevib qalbimdan

ardoqlaşni qöymadim,

har dam yonimdasan lek

visolingga töymadim.

 

Ey, yuzlari farişta,

ey, maʼsumu biyron gul,

sen kökda oy, men yerda

gungu lolu hayron, gul.

Ey, qalbimga baxt bergan,

ham ayirgan huşdan, gul,

osmonlardan yurakni

poklaş uçun tuşgan gul,

seni öylab dilimni

bir savol ezar karaxt:

men sen bilan baxtliman,

sen topdingmi mendan baxt?

 

                    * * *

Sen tomon borar bölsam,

yöllar özi yöl boşlar,

girdida poyandoz gul

şakliga kirgan toşlar.

Semirgayman simirgan

sarim – sarin havolar.

Daraxtlarning mavjida

avjlanadi navolar –

çamamda, daraxtlar ham

sen haqda öylagaydir,

şoxlarida jon quşi

vasfingni kuylagaydir.

Yaqinlaşar olislar,

bir ğubor yöq orada.

Olam çiroyga, nurga,

sirga tölib boradi.

Şabadaning qatida

çorloving ilğayurman.

Yuragimni şabnamning

suvlariga çayurman.

Kökayimni soğinçlar

selday yuvar guldirab,

oqib ketar ğam-qayğu,

yöqoladi kudurat…

 

Közida quyoş kulgan,

soçi tun, qoşi qamar,

sensan borar manzilim,

oşiqman, oşiqaman.

 

                 * * *

Oyparçam, gulistaram,

nafasi yalpiz islim.

Soçlari taram-taram,

öynoqi irmoq mislim.

 

Tuğyon bordir tinida,

boqişidan nur olay –

kipriging epkinida

soyalar juft quralay.

 

Gullayotgan boğlarning

quvnayotgan jarangi

yuragimga boğlandi –

oppoq kulgungning rangi.

 

Tegramda namoyişsan,

köksimdagi ğuluvu

hayratimga boissan,

tarçeçak, kunsuluvim.

 

                  * * *

Sahardan keçga dovur

quvonçga tölib-toşgan

taşna vujudi bilan

bahra olar quyoşdan.

Quyoş bilan birga u

osmonlarda sayr etar –

tongda tutgança qölin,

kunbotar qadar ketar,

çopqillaydi, bu visol

yuragiga zavq solar,

unga heç ğala-ğovur

va tiqilinç avtolar.

Kun botganda qoronğu

öylar örtab köksini,

katta köça böyidan

qaytar ekan öksinib,

taqqa qotar va nogoh

tasavvurga qorişar –

kun aksi köz öngida

çiroq kabi yorişar…

 

Sen ketganda soğinçing

qadalganday yurakka,

şaharning çiroqlari

uyqu bermas terakka.

 

           YUZINGNI KÖRGALI

Yuzingni körgali oy uyolmişdir.

Sözlaring inju, lablaring bolmişdir.

Agarki husn mulkida bahs etsalar,

Layliyu Şirin poyingda qolmişdir.

 

Bu ne holmişdir, vasling umidida

közlarim yöllaring poylab tolmişdir.

Orzum röyobi röyo, neça vaqtkim

betin vaqt kabi tinçim yöqolmişdir.

 

Bu ne laşkar kabi oh emiş, mudom

ayriliq köksima lak-lak solmişdir

kim, hajringda gar bir oh ursa Ikrom

Iskandar kabi dunyoni olmişdir.

 

* * *

Yoz oqşomi osmonning

oqarişib darasi,

dalalarga quyular

yulduzlar şarşarasi.

Yorişadi könglim ham,

yo şunday tuyuladi,

xayoling yulduzlarday

şovullab quyuladi.

Menga şuning özi bas,

şuning özi baxt kabi,

faqat oqimga qarşi

sakragan baliq kabi

öying bilan qonmagan

soğinç örtar gohida…

 

Öyinqaroq bir yulduz

sakrar terak şoxida.

 

* * *

Könglimga qil siğmas.

Şamol berk derazani

turtar tirsagi bilan…

 

 

 

UMR

Bahor şoşqinligi öxşaydi selga,

Yoz ötar mahtal böp bir tutam yelga.

Horğin közlaringga urinadi kuz…

U endi sen bilan qolişga kelgan.

 

POLIZ NATYURMORTI

Bir taraddud kezar polizda.

Garçi hali osmon moviydir,

qaynoq kunlar qolgan olisda –

tarqayotgan tun salqinida

qovunning badani soviydi.

 

Ötayotgan vaqt talqinida

tasvir topgan qoq qovoqqa boq.

Mana, endi suvlar tinidi,

qanday yetildi u, bir paytlar

handalakdan olgandi saboq.

 

Quyoş hali öqimay baytlar,

hali qoçmay şudringning nami,

tarvuz tongga salomlar aytar –

tarsillagan tarang tanidan

taraladi tarovat taʼmi.

 

 

YAPROQLAR SARĞAYAR…

Tuşunaman, şartmas, albatta, afsus,

öz vaqti-soati bor-ku har damning…

Faqat… nega bunça şoşib kelar kuz,

nega bunça yöli uzoq köklamning?

 

* * *

Huşimni oldimi nozu nağmasi,

dardimni aytganim unga nimasi,

qança parivaşu yuzida oro,

qança pardoz bölsa, şunça beparvo –

sening toifangdan gul ham çamasi…

 

 

* * *

Mana, yillarki,

huzurimga kelib-ketib yurar,

eski jarohatlarim davolar –

menga unutmoqni örgatadi Vaqt.

 

* * *

Yomğir yoğar…

Quloqlarga

    qoçib

      kiradi

şitirlab

yomğirda

   ivib ketgan

       bir

        Tovuş.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan