Özbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar: Dunyo jamoatçiligi eʼtibori va eʼtirofi
Mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohot jarayonlarining yangi bosqiçi boşlanmoqda. Joriy yilning 1 avgustigaça umumxalq muhokamasidan ötkazilgan “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yaqin orada Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yalpi majlisi kun tartibiga olib çiqiladi. Qonun loyihasining matni tayyor bölişi bilan deputatlar muhokamasiga kiritiladi va xalq vakillarining fikrini inobatga olgan holda referendumga qöyiladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikerining birinçi örinbosari, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov bilan konstitutsiyaviy islohot jarayonlaridan xalqaro hamjamiyat va xorijiy mamlakatlar jamoatçiligini xabardor qiliş borasidagi işlar haqida suhbatlaşdik.
– Hurmatli Akmal Xolmatoviç, Sizning iştirokingizda Jeneva, Nyu-York va Pekin şaharlarida Özbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga bağişlab ötkazilgan xalqaro davra suhbatlari tafsilotlaridan xabarimiz bor. Uşbu yönalişdagi işlarning kölami va ahamiyati qanday?
– Konstitutsiyaviy komissiyaning mamlakatimizda amalga oşirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatidan jamoatçilikni xabardor qiliş böyiça tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Şu asosda ötgan qisqa davrda 11 ta xorijiy davlatga Özbekiston delegatsiyasining taşriflari amalga oşirildi.
Xususan, AQŞ, Buyuk Britaniya, Şveysariya, Polşa, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda Özbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga bağişlab davra suhbatlari, har tomonlama muloqot hamda uçraşuvlar taşkil etildi. Şuningdek, BMT, BMT Inson huquqlari böyiça kengaşi, BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Boşqarmasi, YEXHT, YEXHT Parlament Assambleyasi, Parlamentlararo Ittifoq, Xalqaro mehnat taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti rahbarlari va ekspertlari iştirokida ayni mavzuda xalqaro davra suhbatlari va muloqotlar ötkazildi.
– Xalqaro hamjamiyat va xorijiy mamlakatlar jamoatçiligining mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohotlarga munosabati qanday?
– Xorijiy taşriflar doirasida Özbekiston delegatsiyasi iştirokida 50 dan ortiq ikki tomonlama va köp tomonlama uçraşuvlar bölib ötdi. Bu tadbirlarda ikkinçi tomon sifatida rasmiy şaxslar, siyosatçilar, siyosiy muhitni şakllantiradigan doiralar vakillari, turli tahlil markazlari vakillari va xorijdagi vatandoşlarimiz iştirok etdilar.
Uçraşuvlarda xorijiy va xalqaro hamkorlarimiz Özbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga, albatta, öz munosabatlarini bildirdilar. Bu munosabatlar turliça fikr-mulohaza, baho va qaraşlardan iborat bölsa-da, ularning zamiridagi konstitutsiyaviy yangilanişlarimizga bölgan qiziqiş, eʼtibor va eʼtirof alohida diqqatga loyiqdir.
Uşbu tadbirlarda, avvalambor, Özbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar har bir inson qadri va huquqlarini taʼminlaşga qaratilgani qayta-qayta taʼkidlandi. Mamlakatimizning konstitusiyaviy islohotni amalga oşirişda xalq manfaatlaridan kelib çiqqan holda iş tutayotgani nihoyatda ijobiy yondaşuv deb baholandi. Şu bilan birga, Özbekistonning yangilanadigan Konstitutsiyasiga kiritilayotgan özgarişlar BMTning 2030 yilgaça bölgan davrga möljallangan Barqaror taraqqiyot maqsadlariga uyğun va hamohang ekani eʼtirof etildi.
– Xorijiy va xalqaro hamkorlarimizning şu fikrlari, baho va qaraşlaridan ayrim misollar keltiriş mumkinmi?
– Xususan, şu yil 1-5 iyul kunlari London şahrida bölib ötgan muloqotlarni olaylik. Buyuk Britaniya Parlamenti deputatlari J.Uittingdeyl, M.Pritçard, N.Smit, F.Smit va R.Xuk Özbekistonning Asosiy qonuniga kiritiladigan özgartiş va qöşimçalarning umumxalq muhokamasini taʼminlaşga qaratilgan izçil saʼy-harakatlarimizni qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Şuningdek, YEXHT Parlament Assambleyasida uçraşuv ötkazildi. YEXHT Parlament Assambleyasi raisi M. Sederfelt mamlakatimizda amalga oşirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning dolzarbligi va zaruriyligini taʼkidladi. Uning fikriça, uşbu yangilanişlar mamlakatni siyosiy modernizatsiya qiliş, boşlangan şiddatli islohotlarning ortga qaytmasligiga erişişga qaratilgan.
Öz navbatida, YEXHT Parlament Assambleyasi Boş kotibi R.Montella qayd etganidek, yaqin orada yangilangan Konstitutsiyaning qabul qilinişi timsolida jahon hamjamiyatiga “Yangi Özbekiston” yuz oçadi. Binobarin, siyosiy va iqtisodiy modernizatsiyani çuqurlaştiriş uçun mamlakatga mustahkam huquqiy baza suv va havodek zarur.
– Jeneva şahridagi muloqotlar tafsilotiga yangi qöşimçalaringiz bormi?
– Joriy yilning 2-5 iyul kunlari Jenevada ötkazgan tadbirlarimiz ham juda samarali böldi. Bu örinda, avvalo, Parlamentlararo Ittifoq Boş kotibining eʼtirofiga alohida töxtaliş lozim.
Janob Martin Çungong qayd etganidek, Özbekistonning Asosiy Qonunga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasidan ötkazilgani va uşbu jarayonda jamoatçilikning keng iştirok etgani, öz navbatida, bölajak referendumning qonuniy negizda yuksak uyuşqoqlik bilan ötişiga yöl oçadi. Özbekiston Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş jarayonlarini izçillik bilan amalga oşiriş borasida boşqa köplab mamlakatlarga namuna bölmoqda, deb taʼkidladi Parlamentlararo Ittifoq Boş kotibi.
Öz navbatida, Xalqaro mehnat taşkilotining Boş direktori örinbosari, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari böyiça mintaqaviy direktori Heynz Koller Özbekistonda Xalqaro mehnat taşkiloti konvensiyalari dasturulamal prinsiplarini konstitutsiyaviy normalar maqomida mustahkamlaşga qaratilgan saʼy-harakatlarni astoydil maʼqulladi. Xususan, uning sözlariga qaraganda, surunkali bolalar mehnati va majburiy mehnatni taqiqlaş, ijtimoiy davlat ğoyasi bilan suğorilgan konstitutsiyaviy normalar nihoyatda muhimdir.
BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining Universal davriy şarh bölimi boşliği Jianni Magazzeni esa Universal davriy şarhning oldingi bosqiçlari doirasida taqdim etilgan qonun ijodkorligi bilan boğliq takliflarimiz ham Özbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasida öz aksini topişiga umid bildirdi. Uşbu xalqaro siyosatçi ham Özbekistonda inson qadri va huquqlarini himoya qilişga qaratilgan islohotlar amalga oşirilayotganini qöllab-quvvatlaşini oçiq aytdi.
BMT Inson huquqlari böyiça kengaşining Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari böyiça maxsus maʼruzaçisi Diyego Garsiya-Sayan mamlakatimizda ölim jazosi qöllanmasligi haqidagi norma Konstitutsiyada mustahkamlab qöyilişini olqişladi. Uning eʼtirof etişiça, Asosiy qonunda “Xabeas korpus” institutini rivojlantirişga jiddiy ahamiyat berilayotgani va barça şaxslarning mamlakat hududida erkin harakatlanişi kafolatlanayotgani, sudyalar, yanada muhimi, advokatlarning haqiqiy mustaqilligi sözsiz taʼminlanayotgani ham nihoyatda ahamiyatlidir.
BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissarining örinbosari Nada al-Naşif qayd etişiça, konstitusiyaviy islohot içki konsensusga, yaʼni xalq birdamligi va jamiyat hamjihatligiga tayanişi şart. Şu maʼnoda, u Özbekiston rahbariyatining bu boradagi rejalarni aholi bilan keng muhokama qilişga qaratilgan saʼy-harakatlariga ijobiy baho berdi.
BMT Inson huquqlari böyiça kengaşi raisi F.Villegas ham konstitutsiyaviy islohotlarni xalq xohiş-irodasi asosida amalga oşirilişini maʼqulladi. Özbekistonning bu maqbul yondaşuvi Asosiy qonunni takomillaştiriş borasidagi işlarni jahon hamjamiyatiga oçiq namoyon qiliş uçun qulay imkoniyat hisoblanadi.
– Nyu-York şahriga, yanglişmasam, Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan bir neçta taşriflar uyuştirildi?
– Şu yil 7-11 iyul kunlari bölib ötgan dastlabki taşrif doirasida, avvalo, BMTda uçraşuvlar ötkazildi.
Jumladan, BMT Boş kotibi örinbosari, BMT Aksilterror boşqarmasi rahbari Vladimir Voronkov Özbekiston Konstitutsiyasiga kiritiladigan özgarişlarga oid takliflar aholi örtasida keng muhokamalardan ötkazilayotganini qöllab-quvvatladi. Uning taʼkidlaşiça, umumxalq muhokamasida kelib tuşgan fikrlarning hisobga olinişi, şubhasiz, mamlakatning har bir fuqarosi yangilangan Asosiy Qonunni “Bu – mening Konstitutsiyam” deb tan olişi uçun muhim kafolatdir.
AQŞ va Kanadadagi Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Qandov haqiqatan ham Özbekiston Konstitutsiyasini takomillaştiriş fursati yetgani xususida sözladi. Uning taʼkidlaşiça, bu yangilanişlar mamlakatda amalga oşirilayotgan siyosiy, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan hamohanglik kasb etişi darkor.
Bundan taşqari, joriy yil 1-4 avgust kunlaridagi taşrifimiz doirasida BMTning Nyu-York şahridagi qarorgohida Özbekistonda amalga oşirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarga bağişlangan xalqaro davra suhbati bölib ötdi. Uşbu nufuzli forumda BMTga aʼzo davlatlarning Osiyo, Yevropa, Amerika va Afrika qitʼalariga mansub 40 dan ortiq missiyasi vakillari hamda ekspertlari, şuningdek, BMT tarkibidagi turli tuzilmalar xodimlari – jami 55 nafar iştirokçi qatnaşdi.
Şuningdek, AQŞda bir qator uçraşuvlar ham ötkazdik. Xususan, Parlamentlararo Ittifoqning Nyu-York şahridagi ofisi rahbari P.Torsni Özbekiston rahbariyati konstitutsiyaviy islohotga puxta tayyorgarlik körgani va uni izçil amalga oşirayotganini eʼtirof etdi.
Parlamentlararo Ittifoqning Nyu-York şahridagi ofisi rahbarining maslahatçisi A.Motter esa Asosiy qonunda xalqaro huquq ustuvorligini belgilaş masalasini ham körib çiqişni tavsiya etdi. Uning sözlariga qaraganda, xalqaro şartnoma ratifikatsiya qilinganidan söng töğridan-töğri milliy qonunçilikning uzviy qismiga aylanadi, degan prinsipning Konstitutsiyada mustahkamlanişi ayni şu natijaga erişiş imkonini beradi.
BMT Boş kotibining birinçi örinbosari A.Mohammed keng jamoatçilikka konstitutsiyaviy islohotning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tuşuntiriş borasida aniq amaliy işlar qilinayotganini maʼqulladi. U Özbekistondagi konstitutsiyaviy islohot yakuniga yetganidan söng dunyoning boşqa mamlakatlari uçun öziga xos modelga aylanişiga işonç bildirdi.
Turkiston-Amerika Assotsiatsiyasi Prezidenti A.Xöja özi rahbarlik qilayotgan uyuşma vakillari Özbekistondagi konstitutsiyaviy islohotni qöllab-quvvatlaşlarini maʼlum qildi. Zero, bu özgarişlar vatandoşlar taqdiriga ham daxldordir.
BMT Boş Assambleyasi Raisi A.Şahid Özbekiston Konstitutsiyasiga kiritilişi möljallanayotgan özgartirişlar BMTning taraqqiyot maqsadlari bilan hamohangligiga eʼtibor qaratdi. Bunday yondaşuv Barqaror taraqqiyot maqsadlarini röyobga çiqarişda amaliy ahamiyat kasb etişi tayin.
– Konstitutsiyaviy komissiya vakillarining Polşaga taşrifi samarali keçdimi?
– Varşava şahriga taşrif joriy yil 4-5 iyul kunlari amalga oşirildi. Safar jarayonida asosan taʼlim, maʼrifat muassasalari vakillari va fuqarolik jamiyati institutlari faollari bilan muloqot alohida diqqat markazida turdi.
Jumladan, Polşa Tabiiy va gumanitar fanlar universiteti professori Ye.Şukalski Özbekiston Konstitutsiyasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya sohalariga taalluqli, şuningdek, ayollar, bolalar, nogironlar huquqlari himoyasini kafolatlaşga oid yangi huquqiy normalar kiritilayotganini ijobiy baholadi. Bularning barçasi Özbekiston jahon hamjamiyati uçun ustuvor ahamiyatga ega maqsadlar sari intilayotganidan dalolat beradi.
Konstitutsiyada fuqarolik jamiyatining roli qançalik aks ettirilişi – davlat taraqqiyot sari şunçalik intilayotganini körsatadi, deydi “Polşa-Şarq” hamkorlik assotsiatsiyasi Prezidenti Y.Brill. Özbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi bu borada namuna bölişiga uning işonçi komil.
Şuningdek, “Polonia Union” fondi Prezidenti E. Skarzinski esa Özbekiston Konstitutsiyasida yoşlarning har tomonlama rivojlanişi uçun şaroitlar yaratiş borasida davlat majburiyatlari belgilab qöyilişini maʼqullaydi. Bu, şubhasiz, kelajak avlod uçun yuksak javobgarlik hissining ifodasidir, deydi u.
Öz navbatida, Varşava Menejment universiteti rektori professor P.Çarnetskiy Konstitutsiyada taʼlim, ayniqsa, oliy taʼlim sohasi va pedagoglar obrö-eʼtiborini oşirişga oid yangi normalar kiritilayotganini olqişladi. Uning fikriça, bunday yondaşuv Özbekiston rahbariyati mamlakat istiqboliga ğoyatda ulkan masʼuliyat bilan yondaşayotganini anglatadi.
– Osiyo qitʼasidagi qaysi davlatlarga Konstitutsiyaviy komissiya vakillarining taşriflari amalga oşirildi?
– Bu örinda Yaponiya va Hindiston, Xitoy va Janubiy Koreya davlatlariga taşriflarni alohida qayd etiş lozim.
Tokioga şu yil 7-11 iyul kunlaridagi taşrif doirasida Yaponiya Parlamenti Quyi palatasi deputati, “Özbekiston bilan döstlik” parlament ligasi ijroqömi rahbari K.Sudzuki bilan uçraşuv böldi. K.Sudzukining taʼkidlaşiça, konstitutsiyaviy islohot timsolidagi taqdirulamal özgarişlarni röyobga çiqariş jarayonlarida milliy xavfsizlikni taʼminlaş va inson huquqlarini himoya qiliş masalalari örtasidagi muvozanatning buzilişiga yöl qöymaslik juda ham muhimdir.
Yaponiyaning Xalqaro munosabatlar instituti Boş direktori Içikava Tomoko eʼtirof etişiça, Özbekistonning konstitutsiyaviy islohot jarayonlariga fuqarolarni faol va keng jalb etiş borasidagi tajribasi yaponiyalik qonun ijodkorlari uçun qiziqarlidir.
Nagoya Universiteti professori M.Sato ham konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan bildirgan aniq fikrlari bilan bizni hayratda qoldirdi. Yapon olimining eʼtirof etişiça, yangilanayotgan Özbekiston Konstitutsiyasining 13-20-moddalaridagi normalar inson huquqlarini himoya qiliş borasidagi dunyoda misli körilmagan yangi taşabbuslar ekani bilan alohida diqqatga molikdir.
Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari instituti Boş direktori T.Tanaka Özbekiston Konstitutsiyasining 90-moddasiga tavsiya etilayotgan tuzatişni mantiqan asosli, deb hisoblaydi. Nega deganda, şu yöl bilan joriy islohotlarni kelgusida yanada çuqurlaştiriş uçun mustahkam huquqiy zamin yaratilmoqda.
– Hindistonlik ekspertlarning konstitutsiyaviy islohotlarimizga munosabati haqida ham söramoqçi edim?
– Joriy yil 12-14 iyul kunlari Dehliga taşrif doirasida Hindistonning bir qator yetakçi siyosatçilari, davlat va jamoat arboblari bilan ayni mavzuda muloqotlar ötkazildi. Hindiston Taşqi işlari davlat vaziri M.Lekxi bilan uçraşuv şular jumlasidandir.
M.Lekxi yangilanayotgan Özbekiston Konstitutsiyasida millatlararo, dinlararo va gender tenglikni mustahkamlaş prinsipining aks ettirilişi insonparvarlik bobida butun mintaqa uçun namuna, qolaversa, köplab musulmon mamlakatlari va sobiq sovetlar saltanati örnida taşkil topgan mustaqil davlatlar uçun munosib ibrat bölişini taʼkidladi. Hindiston Taşqi işlari davlat vaziri, şuningdek, davlat bilan xususiy sektor manfaatlari yuzasidan istiqbolda qandaydir nizolar kelib çiqmasligi uçun konstitutsiyaviy qonun loyihasini yetakçi milliy va xorijiy ekspertlarning sinçkov nigohidan yana bir bor ötkazib olişni tavsiya etdi.
Hindiston Parlamenti Yuqori palatasi Boş kotibi, Devon rahbari P.Modining eʼtirof etişiça, Özbekistonning yangilanayotgan Konstitusiyasi nafaqat mamlakat fuqarolari, balki butun mintaqa aholisi uçun nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Şuningdek, “Tillotoma Foundation” markazi yetakçi ilmiy xodimi Mina Singx Roy ham mamlakatdagi konstitutsiyaviy islohot istiqboldagi şiddatli demokratik yangilanişlarni joriy özgarişlar bilan uyğunlaştirişning muhim tarixiy va mantiqiy bosqiçi ekanini taʼkidladi.
Hindistonning Özbekistondagi sobiq elçisi V.Kumar sönggi vaqtda aholi va fuqarolik jamiyati institutlaridan 100 mingdan ziyod taklif kelib tuşgani haqida töxtaldi. Şu omilning özi ham mamlakat Prezidenti olib borayotgan siyosat xalq tomonidan neçoğlik keng va faol qöllab-quvvatlanayotganini yaqqol körsatib turibdi.
Hindiston Saylov komissiyasi raisi R. Kumar Özbekistonning davlat organlari yangilanadigan Konstitutsiya normalarini amaliyotga samarali tatbiq etişga layoqatli bölişlari kerakligini taʼkidladi. Aks holda, dedi u, jamoatçilikning tanqidi va yangiça özgarişlarga nisbatan işonçsizlik kuçayadi.
– Mumkin bölsa, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistonida konstitutsiyaviy islohotlarimiz tarğibotiga bağişlab ötkazilgan uçraşuvlar tafsilotlariga ham töxtalsangiz?
– Seul şahriga joriy yil 19-22 iyul kunlari amalga oşirilgan taşrif doirasida, jumladan, “Özbekiston-Koreya” biznes-assotsiatsiyasi direktorlar kengaşining raisi K.Keon bilan uçraşuv böldi. Uning taʼkidlaşiça, Koreya Respublikasining yirik biznes doiralari Janubiy Koreyaning Özbekistondagi işbilarmonlik faoliyatiga kömaklaşişga qaratilgan konstitutsiyaviy islohotni qöllab-quvvatlaydi.
Koreya Respublikasi Parlamentining “Özbekiston-Koreya” döstlik uyuşmasi raisi Pak Kvan On fikriga qaraganda, Özbekistondagi konstitutsiyaviy islohot xususiy mulkka oid huquqni töla kafolatlaydi. Bu, öz navbatida, Janubiy Koreya investitsiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etiş uçun jozibali muhit yaratişga xizmat qiladi.
Koreya Respublikasi Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ço Xyon Dong Janubiy Koreya Özbekistondagi konstitutsiyaviy islohotni töliq qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Asosiy qonunga kiritilayotgan özgartirişlar, uning eʼtirof etişiça, Özbekistonda eski tizimdan demokratiya va bozor iqtisodiyoti sari uzil-kesil ötilayotganidan darak beradi.
Bundan taşqari, 24-27 iyul kunlari Jidda şahriga taşrif doirasida Saudiya Arabistoni Qirolligi Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Valid al-Xorijiy bilan muloqot bölib ötdi. Uning eʼtirof etişiça, mamlakatimizdagi konstitusiyaviy islohot Özbekiston Prezidenti rahbarligida amalga oşiriş möljallanayotgan demokratik yangilanişlarni tölaqonli implementatsiya qilişning muhim va mantiqiy bosqiçidir.
Islom hamkorlik taşkiloti Boş kotibi X.Taxa mazkur xalqaro tuzilma Özbekistonning islohotlar yölini töliq qöllab-quvvatlaşini maʼlum qildi. IHT Boş kotibining fan va texnologiyalar böyiça örinbosari A.Musinov, öz navbatida, Özbekistonning konstitutsiyaviy islohot modeli kelajakda IHTga aʼzo mamlakatlar tomonidan örganilişi va tatbiq etilişi mumkinligini taʼkidladi.
– Akmal Xolmatoviç, savollarimizga atrofliça javob berganingiz uçun katta rahmat.
Ğulom MIRZO suhbatlaşdi.
