Özbekmisan, Özbek böl!

21 oktyabr — Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Birinçi uçraşuv

Bu voqeaga çorak asrdan oşdi. Viloyat hokimining ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari lavozimida işlayotganimning birinçi yili edi. Hokimlikning pogonli eşikbonidan tortib, binoning ön ikkinçi qavatida ötiradigan birinçi rahbarigaça özaro boşqa tilda, men bilan esa  binoyidek özbek tilida gaplaşardi. Ötkaziladigan katta-kiçik majlislar davlat tilida boşlansa-da, birozdan söng ikki tilda davom etardi. Dolzarb masalalarga bağişlangan bunday yiğiliş­larda baʼzan hukumat idoralarining rahbarlari, vazirlar, Oliy Majlis deputatlari qatnaşar, ammo lom-mim demasdan ketişardi.

Buning ustiga, xuddi qonunda belgilab qöyilgandek, hokimiyat rahbarlari poytaxtdan borgan mehmonlar oldida heç bir istiholasiz öz xodimlari bilan özga tilda sözlaşar, bundan zarraça bölsin, xijolat çekmasdilar. Viloyat markazi va uning atrofidagi tumanlardan qabulga kelgan fuqarolar ham fikrini nodavlat tilida bayon etar, men ularni töla-tökis tuşunayotgandek jimgina eşitib ötirardim. Ikki tilda ijod qilgan buyuk yozuvçi va olim Sad­riddin Ayniy tuğilgan qöşni “Soktari” qişloğidagi adib nomi bilan atalgan özbek tilidagi örta maktabda (öqituvçi va sinfdoş­larimning ançaginasi şu qişloqlik bölib, ular bir-birlari bilan tojikça muloqot qilardilar) öqiganimning taʼsirimikan, suhbatdoşimning muddaosini anglagandek bölardim. Bu borada menga uzoq yillar gazetaning issiq-sovuğini totgan, keyinçalik obkomda işlab, tizimning ikir-çikirigaça özlaştirib olgan kotibiyatimiz mudiri, jurnalist Behbud Jumayev kömakdoş bölar, u ham tojik tilini bilmasa-da, umri şaharda ötgani uçunmi, maqsad nima ekanligini darrov bilib olardi. Men işni şu tarzda davom ettiriş, davlat tili töğrisidagi qonunga zid ekanligini bilaturib jim ötirişim mumkin emasligini butun vujudim bilan his etar, bundan tezroq qutuliş yölini izlardim. Bir kuni qabulga birinçi bölib kirgan öttiz-öttiz beş yoşdagi oq-sariqdan kelgan, xuşbiçim, did bilan kiyingan, qaddi-qomati havasli juvon salomlaşib, tojikça gapira boş­laşi bilan uzr sörab töxtatdim. Fuqaroning ismi-şarifi, qayerda kim bölib işlaşi, manzili va qanday masala bilan kelganligini yozib turadigan yordamçim Bobur Saidov va uning yonida ötirgan Behbud aka menga yarq etib qaraşdi. Men heç narsa bölmagandek, aspiranturaga kirib öqişga yordam sörab kelgan universitetning yoş öqituvçisiga yuzlandim:

— Universitet davlatga qaraşli bölgan taʼlim muassasasi. Töğrimi?

— Töğri, — dedi yoş öqituvçi xiyol huşyor tortib.

— Hokimiyat-çi?

— Hokimiyat ham davlat idorasi.

— Ha, hokimiyat ham davlat taşkiloti, — davom etdim men. — 1989 yilning 21 oktyabr kuni qabul qilingan “Özbek tiliga davlat tili maqomi beriş töğrisida”gi Qonunga asosan davlat tilida gaplaşsak, eʼtirozingiz yöqmi?

Pasportida millati özbek deb yozilgan yoş öqituvçi uyaldimi,“yöq” maʼnosida boşini xam qilgança ohistagina tebratib qöyaqoldi.

— Bu boşqa gap,  — dedim men uni xijolatlikdan çiqarmoqni istab. — Axir, biz ziyo­limiz-ku. Ikkimiz ham öz örnimizda nafaqat davlat tilida gapirişda, balki öqiş, yoziş, iş yuritişda ham boşqalarga ibrat bölmasak, ona tilimizning sofligi va ravnaqi uçun jon kuydirmasak, bu ezgu işni bizga birov çetdan kelib qilib bermaydi-ku, singlim. Şunday emasmi?!

Suhbatdoşim fikrimni maʼqullagaç, iltimosini özbek tilida amal-taqal qilib tuşuntirdi. Uning masalasini belgilangan tartib-qoida böyiça körib çiqişga kelişib, xayrlaşdik. Eşik yopilişi bilan Behbud aka labini tişlagança boşini sarak-sarak qildi.

— Tinçlikmi, aka? — ajablanib söradim undan.

— Bu qizning kimligini bilasizmi? — savolga savol bilan javob berdi u.

— Bularni siz yaxşi bilasiz, —  dedim,  menga qiziği yöq degandek, — men esa endi körib turibman.

— Bu maşhur şikoyatçi falonçining qizi, — dedi Behbud aka xavotir bilan. — Siz bilan mening ustimdan mağzava ağdariş uçun onasi ataylab yuborganga öxşaydi. Uç kişi ötirganimiz uçun janjalga bahona topolmadi, şekilli. Yolğiz bölganingizda, siz bilan yoqa vayron bölişdan ham qaytmasdi. Uçovimizga bas kelolmasligini bildi, şekilli, indamaygina ketdi. Lekin onasi tinç ötirmaydi. Baribir yozadi…

— Çumçuqdan qörqqan tariq ekmas ekan, — dedim kimlarningdir noğorasiga öynab, yuqori idoralarga uzoq yillardan buyon tinimsiz “dumaloq xat”lar yöllab, universitetni loyqalatib kelayotgan keksa öqituvçi ayolni eslab, — parvo qilmang, vaqti-soati bilan bunga ham çek qöyiladi.

Şu kuni qabulga kelganlarning pasportlarida “millati özbek” deb yozilgan bölsa-da, davlat tilida muloqot qilişga toblari yöq edi. Men esa ularning har biriga yoş öqituvçiga aytganlarimni takrorlab, davlat tilida sözlaşga undardim.

— Bizning ona tilimiz tojik tili, akamullo, — dedi kasalxona boş hakimidan şikoyat qilib kelgan uzun böyli, ozğin, yoşi bir joyga borib qolgan şifokor. — Bu şaharda hamma uyida ham, köça-köyda ham, işda ham şu tilda gaplaşadi. Siz ham bir muallim olib, örgansangiz zarar qilmaysiz…

— Siz va şahar xalqining uyda, köça-köyda nafaqat tojik tilida, xohlagan tilda gapirişga haqqi bor. Bunga heç kim monelik qilmaydi. Lekin, mana bu yerda, umuman, davlat idoralarida davlat tili hisoblangan özbek tilida gapiriş, iş yuritiş — bu qonun talabi. Qonun esa barçaga barobar. Buning ustiga, pasportingizda millati özbek, deb yozilgan. Demak, muallim menga emas, sizga kerak, “akamullo!”.

Bu gaplar öşa kuniyoq yaşin tezligida butun viloyatga tarqalganini, menga qaraşli bölgan taʼlim, fan, tibbiyot, madaniyat va sanʼat, din, ommaviy axborot vositalari, yoşlar, harbiy, siyosiy partiyalar, kasaba uyuşmalari, sport, turizm sohalarining rahbar va xodimlari davlat tilida iş yuritişga kirişgan­liklarini odamlar haligaça mamnuniyat bilan eslaşlarini eşitganimda, dil-dilimdan quvonaman.

Ikkinçi uçraşuv

Qizim maktabga çiqadigan bölganda şahar xalq taʼlimi bölimi mudiri bilan maslahatlaşib, yaşayotgan joyimizga yaqin bölgan Alişer Navoiy nomli maktabga töxtaldik. Bu maktabni şahar hokimi ham maqtab, öqituvçilari bilimdon va tajribali ekanligini eʼtirof etdi. Qizim birinçi sinfda öqiy boşladi. Sinfdoş dugonalari hokimiyat mehmonxonasi va uylariga tutaş mahallada yaşar, ularni uyimizga taklif qilib, birga dars qilar edi. Men undan maktabdagi tartib-intizom, öqituvçilarning darslarni yaxşi ötişi haqida iliq fikrlar eşitib, xursand bölardim.

Bir kuni tuşlikka keçroq keldim. Qizimning dugonalaridan biri uy vazifasi qilib berilgan şeʼrni yod aytayotgan ekan. Yaqinroq borib quloq tutdim. U şeʼrni tojik tilida burro va ravon aytdi. Navbat qizimga kelganda u ham yodlagan şeʼrini tutila-tutila tojikça irod etdi. Bundan hayron bölib, qizaloqlar davrasiga qöşildim. Ularni şeʼr­­ni yaxşi öqiganliklari bilan tabrik­lab, ustoz­larining ismi-şarifini, nimalarni örgatayotganligini sörab-suriştirib, haqiqiy ahvolni bilib oldim. Buni qarangki, birinçi sinf öquvçilarining qizimdan boş­­qa hammasi tojik tilida gaplaşar, şuni asos qilibmi yoki öquvçilar “darsni yaxşi özlaştirişi” uçunmi, özbek tilida ötilişi kerak bölgan dars boşqa tilda ötilayotgan ekan. Qizim qançalik qiynalmasin va öqituvçidan yumşoqqina dakki eşitmasin, onasiga ham, menga ham oğiz oçmay, sinfdoş dugonalari yordamida tojik tilini örganayotgan ekan. Bundan xursand böldim. Ammo bu “himmat” özbek tilidagi maktabda bilibmi-bilmaymi qilinayotganligi meni qattiq taşvişlantirib qöydi. Bundan, viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi boş­liğini ogoh etib, masalani şov-şuvsiz oydinlaştirişni söradim.

— Sizning qizingiz öqiyotgan birinçi sinf­­da özbek tilida ötilişi kerak bölgan darslar tojik tilida ötilayotganligiga özim guvoh böldim, — dedi ertasi kuni boşqarma boşliği qönğiroq qilib. — Hozir sababini örganayapmiz. Bir qarorga kelgaç, sizga xabar beraman.

Öşa kuni keçqurun şahar hokimi, “oblono” va “gorono” mudirlari hamda maktab direktorini taklif qilib, taʼlim tizimida davlat tili töğrisidagi qonun talablari oçiqdan-­oçiq buzilayotganligi çuqur tahlil qilinib, viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği bilan şahar hokimi jiddiy ogohlantirildi. Öz vazifasiga loqayd qaragani va qonun  buzilişiga yöl qöygani uçun şahar xalq taʼlimi bölimi mudiri, maktab direktori va öqituvçi egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bundan tegişli xulosa çiqarib oliş uçun tizimdagi barça maktablarni voqif etiş viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi boşliğiga topşirildi. Qizim esa öqişni boşqa maktabda davom ettirdi.

Uçinçi uçraşuv

Yaqinda nufuzli oliy öquv yurtlaridan birining taklifi bilan “Özbek tilining keçagi va bugungi kuni” mavzusida maʼruza qilgani bordim. Professor-öqituvçilaru talabalar bilan liq tölgan haşamdor zalga kirişim bilan nigohim buyuk allomalarimiz, şoir va yozuvçilarimizning ona tilimizni madh etgan gözal fikrlari bitilgan rang-barang şiorlarga tuşib, dil-dilimdan quvondim. Sahna peştoqida Navoiy bobomizning çiroyli yozilgan maşhur “Tilga ixtiyorsiz — elga eʼtiborsiz” hikmati közga yorqin taşlanib, koşonaga özgaça bir uluğvorlik, bayramona kayfiyat baxş  etib turar, tadbir iştirokçilari ruhiyatida ğurur, faxru iftixor uyğotmay qolmasdi. Bu şubhasizki, mening ham qalbimdagi tuyğularni jöştirib, ona tilimiz haqida ayt­moqçi bölgan fikr-mulohazalarimga qanot böldi.

Yoşlar masalalari va maʼnaviyat işlari böyiça oliy taʼlim dargohidagi masʼul tadbirni oçib, menga söz berdi. Ona tilimizning ötmişdagi qismati va mustaqillik yillaridagi ravnaqi haqida özim şohidi bölgan voqealar, kitoblaru gazeta-jurnallarda öqiganlarimdan misollar keltirib, qabul qilingan qonun va qarorlar ijrosi haqida töxtalib, yutuq va kamçiliklarimizni ham örtaga taşladim. Savol-javobga kelganimizda ayrim nuqsonlarimiz “manaman”, deb yaqqol böy körsatdi. Ayniqsa, nafaqat talabalar, balki professor-öqituvçilar ham sakkiz-ön sözdan iborat özbek tilidagi savolga rusça söz qöşib gapirişlari, ularning öz ona tillariga bölgan hurmat va muhabbatlari neçoğli ekanligini körsatdi. Buning ustiga, kitobdan şeʼr va matn öqigan talabalar ham sözlarni talaffuz qilişda qiynalib, prorektorni çuqur xörsinişga undadilar. Men ularning bunday kamçiliklardan qutulişlari uçun köproq badiiy adabiyot öqişlarini tavsiya qilib, sevimli şoirimiz Erkin Vohidovning mana bu törtligini misol keltirdim:

 

Parvoz çoği tayyoraning dilbar kelini

Kök toqini bizga taxti Sulaymon qildi.

Lekin eʼlon öqiganda özbek tilini,

Davlat tili bölganiga puşaymon qildi.

 

Özbegim, özi öziga begim! Özingni, özligingni teran anglamoq istasang, ona tilingni onangni sevgandek sevgin! Har bir sözini ardoqla, asra! Boyligiga boylik, kuçiga kuç qöşgin! Uning qaddini, qadrini hamişa va hamma joyda yuksak tut! Toki hazrat Navoiy bobomizning ruhlari doimo şod bölsin!

Nuriddin OÇILOV,

Özbekiston Milliy universitetining

jurnalistika fakulteti öqituvçisi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan