Yuksalişdan zavq olib…
Vatan sözini, kalomini tilga oliş bilanoq har qanday kişining qalbida iliqlik, mehr hissi uyğonadi. Bu tabiiy, albatta. Odam bolasining qalbi, yuragi hamişa talpinadigan möʼtabar dargoh bu — ona Vatandir. Aslida, sayroqi bulbul öz tikanzorida yayrab, emin-erkin qöşiq kuylaganidek, odamzod ham öz tuproğida, ota makonida baxtga çulğanib yaşaydi. Şu bois ne-ne uluğ bobolarimiz ham ona yurt soğinçi bilan yaşab, uni qömsab asarlar bitgani bejiz emas. Şunday ekan, har bir insonda, farzandlarimizda Vatanga bölgan mehru sadoqatni yanada östiriş, unga hamişa kamarbasta böliş iştiyoqini qalbga singdiriş nafaqat ustoz-muallimlarning, tarbiyaçilarning, balki har bir ota-onaning ham, katta-kiçik har bir rahbarning ham muqaddas burçi bölmoği kerak.
1
Yaxşi bilamizki, bugun yurtimizda ulkan yangilanişlar, islohotlar röyobga çiqarilmoqda. Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş, Yangi Özbekistonni dunyoda heç qaysi yurtdan kam bölmagan mamlakatga aylantirişdek buyuk maqsad yölida Davlatimiz rahbari Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev rahnamoligida tarixiy özgarişlarga asos solinmoqda.
Mana yaqinda barçamizga maʼlumki, Toşkentda ötkazilgan Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining navbatdagi sammitida jahonda öz örniga, salohiyatiga ega önga yaqin davlat rahbarlari iştirok etdi. Unda davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi. Ayniqsa, “Bugungi oliy darajadagi uçraşuvimiz bizning umumiy taraqqiyot yölida köp tomonlama hamkorlikni kengaytirişga bölgan qatʼiy intilişimizning yaqqol dalilidir. Taşkilotni isloh qiliş va uning samaradorligini oşiriş, xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltiriş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda. Xususan, transport vazirligimiz qabul qilgan Toşkent deklaratsiyasining muhim ahamiyatini alohida qayd etmoqçiman. Boku şahrida Toza energiya markazini taşkil etiş va mintaqaviy elektr energiyasi bozorini yaratiş masalasi böyiça amaliy işlar qilinmoqda”, degan qanotli sözlari davlat rahbarlari tomonidan iliq qabul qilindi. Bularning bari Vatanimizning tobora yuksalib borayotganini körsatadi.
Ötgan yetti yil mamlakatimiz taraqqiyotida ulkan özgarişlar, mahobatli bunyodkorlik, yaratuvçilik bosqiçlari böldi. Yangi Özbekiston jahon hamjamiyatida mustahkam örin egalladi. Egalladigina emas, köp jabhalarda yetakçi davlatlar safida bölişga tirişib-tirmaşdi. Ğalla, neft va boşqa eng muhim strategik mahsulotlar işlab çiqarişda tom maʼnoda mustaqillikka erişdi, şu bilan kifoyalanmasdan, ana şu mahsulotlarni eksport qiliş borasidagi salohiyatini uzluksiz oşiriş, avtomobil sanoati, neft va gazni qayta işlaş majmualarini bunyod etiş, paxta tolasini işlab çiqarişni yanada köpaytiriş, uning asosiy qismini özimizda qayta işlaşga erişiş, buning uçun zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ulkan miqyosdagi sanoat tizimining yaratilişi, işlab çiqarişning boşqa jabhalarida ham tub özgarişlarga qöl urilişi, bunda xorijiy investisiyalar jalb qilişga urğu berilişi va yana köplab islohotlar bunga mustahkam asos böldi. Nafaqat iqtisodiyot, balki infrastruktura, fan, oliy va örta-maxsus taʼlim, sport jabhalaridagi tub özgarişlar Yangi Özbekistonimiz istiqbolining hayotbaxş kuç-qudratini, ozod yurt ahlining benazir azmu şijoatini yorqin namoyon etmoqda. Zotan, “Yangi Özbekiston strategiyasi, olijanob niyatlarni amalga oşiriş, yangi hayot quriş yölidagi beqiyos özgarişlar eng katta jonbozlikni talab etadi”, deb özining “Yangi Özbekiston strategiyasi” kitobida aytganlarida, mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ming bor haqlar desak xato bölmaydi.
Endi tumanimizda olib borilayotgan işlar haqida töxtalsak. Alohida taʼkidlaşni istardimki, köhna Iştixonning bugungi körki zabardast Samarqand viloyatiga husnu malohat bölib turibdi. Iştixon Buyuk ipak yöli böyidagi bekat manzilgohlardan hisoblangan. Qadimiy va hamişa navqiron Iştixon ötgan vaqtlar mobaynida şuhrat topib kelgan. Ayniqsa, u Mustaqillik davrida, Yangi Özbekistonni quriş zamonida tamoman yangidan çiroy oçib, gullab-yaşnayotir. Ha, Iştixon tumani uluğ va aziz Istiqlol bilan hamqadam gurkirab, ösib, ulğayib bormoqda. Bu göşada amalga oşirilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvçilik mehnatida yurtdoşlarimizning saxovati, himmati, mehnati mujassam. Zero, ozodlik va hurlik insonga berilgan bebaho neʼmat, baxt-saodat ekanligini qalbdan his etgan har bir iştixonliklar ruhlanib mehnat qilmoqdalar.
2
“Döppidekkina, sölim va maftunkor qişloqlar… Qişloq odamlari didiga mos, vobasta qurilgan baland-past uylar. Insonning bahri-dilini oçuvçi manzara. Bu manzara qişloqqa ilk bor kelgan kişini yana ham kelişga çorlab turadi. Darhaqiqat, anvoyi gullarning ajib tarovati, şarqirab oqayotgan zilol suvdagi jöşqinlik, baland-past, tuyalarning örkaçlarini eslatuvçi egri-bugri qir-adirlar, dov-daraxtlarning, toklarning yaşillikka burkangani köngilga iliq tuyğular bağişlaydi. Har gal ajoyib odamlar, takrorlanmas manzaralarga serob bölgan Iştixon qişloqlari haqida öylaganimda, köz oldimda ana şu tabiat inʼom etgan manzara bot-bot namoyon bölaveradi. Rosti, oğir sinovlarni yelkasida mardonavor kötarib, hayot daryosining qil köpriklaridan bukilmay, özlarini ğoz tutib ötgan, özlaridan yoniq taassurot qoldiradigan iştixonliklarga qança taʼzim qilsak, şunça oz. Oçiği, tuproq siqimlagan odamlarning umri ham turfa hayotda öz örniga, mavqeiga ega bölişi, oilada, jamiyatda, mehnat jamoasida masʼuliyatni his etişi, ular umrining mazmunini belgilab bergan ekan. Ularning dunyoda keçayotgan voqea-hodisalarga munosabat bildirişdagi jurʼati töğri sözligi asnosida izohlanadi. Jonkuyarliklari va boşqa talay fazilatlari bilan ajralib turadilar. Darhaqiqat, Iştixon qadimiy maskan. Keçmişi, tarixi uzoq moziydan sözlaydi. Şu boisdan tumanning bir qismi Nurota toğ tizmalarining ajralmas tarmoğiga, bir qismi qir-adirli lalmikor yerlarga ulangan bölsa, yana bir qismi adoqsiz paxtazoru ğallazorlarga, boğu çorboğlarga, yam-yaşil ösgan tokzorlarga burkangan. Yangi Özbekistonni barpo etiş yillarida rivojlaniş yaqqol közga taşlana boşladi. Fermerlik keng quloç yozdi, tadbirkorlik rivojlanmoqda. Yangilanişlar natijasini har bir qişloq, har bir mahalla, mehnat jamoasida köriş mumkin. Muytan, Şayxlar va boşqa qişloqlar Iştixonning eng obod, körkam manzillaridandir. Ularning qadimiy turkiy nomlar bilan atalişi qişloqlarning köp yillik tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. Ayniqsa, Muytan uruği haqida tarixiy manbalarda köplab bir-biridan qiziq maʼlumotlar uçraydi. Tumandagi qişloqlarning barçasi Yangi Özbekistonni quriş, tiklaş yillarida tubdan özgardi. Aslida, bu yangilanişlar kişilar qalbida, ongida aks etayotgani quvonçlidir. Kişilarni qadrlaş, mehr-muhabbat, muruvvat körsatiş kabi fazilatlarimiz qaytadan şakllanib, böy körsatmoqda. Boya aytganimdek, qişloqlarda, soddadil, bağri keng odamlar orasida ösganimdan, dilimda ğurur, qalbimda faxr tuyğusini tuyaman.
3
Samarqand viloyatining barça manzillarida “Şu aziz Vatan, Yangi Özbekiston barçamizniki, uning istiqboli, farovon kelajagi uçun yaşaş har bir inson uçun katta baxtdir” deb yozib qöyilgan katta pannolarni uçratasiz. Iştixonliklar bu kabi purmaʼno sözlar maqsad va intilişlarning, bunyodkorliklarning oliy ölçovi ekanligini yaxşi bilişadi, köngildan anglaşadi. Şu mezon bilan yaşab, mehnat qilişmoqda.
Tumanda turli millat vakillari yaşaşadi. Ularning uylari ham, töylari ham, orzu-havaslari, udum-anʼanalari ham uyğunlaşib ketgan. Ötgan yillar iştixonliklarning maʼnaviy-maʼrifiy hayotida esda qolarli kun böldi, desak mubolağa bölmasa kerak. Çunki xuddi şu sanada tumanning bir qator iqtidorli yoşlari yuksak natijalarni qölga kiritişdi. Bular safiga AQŞning Janubiy Florida universitetida öqiyotgan Timur Abdalimov, Rossiyadagi Glazov davlat pedagogika institutida öqiyotgan Barno Xuşvaqtova, Jahongir Zubaydullayevni bemalol aytsak böladi. Birgina 2022 yilning özida tumanimizdagi 3117 nafar bitiruvçining 830 nafari turli oliy öquv yurtlariga talabalikka qabul qilindi. Ularning 76 nafari maktabni oltin, 10 nafari kumuş medal bilan tamomlagandi. Çindan ham, iştixonlik yigit-qizlar istiqlolimizning şirin va totli mevasini şodon va baxtiyor holda kutib oladilar. Hayotda faqatgina soğlom vujud, tiniq aql sohiblarigina öz oldilariga qöygan vazifani uddalaşga, ilmu urfon egallaşga qodir böladi. Bu narsa umid nihollari deya eʼtirof etilgan yoşlarning har doim diqqat markazida turadi, deging keladi. Darhaqiqat, maktabsiz, maorifsiz, ilmsiz, hunarsiz taraqqiyot yöq. Şuning uçun butun hayotini yoş avlod tarbiyasiga bağişlagan jonkuyar öqituvçilar, ustoz-murabbiylar mehnatini munosib rağbatlantiriş, ularning iş va turmuş şaroitini yaxşilaş, jamiyatdagi obrö-eʼtiborini oşirişga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Bugungi kunda tumanimizda 99 ta taʼlim muassasasi mavjud bölib, maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tizimida 48959 nafar öquvçiga 4604 nafar pedagog-öqituvçi taʼlim-tarbiya berib kelmoqda. Albatta, insonning kamolotga yetişida kitobning örni bölakça. Ana şu holat inobatga olinib, tumandagi axborot-kutubxona markazida 10 ming dona kitob joylaştirilgan. Hozirda bu manzil yoşu keksaning sevimli manziliga aylanib ulgurgan. Şu bilan birga joriy yilning özida “Ustozlar xiyoboni”da yana 10 ming kitob fondiga möljallangan xususiy kutubxona iş boşladi.
Xalqimizda “Salomatlik tuman boylik” degan naql bor. Bunda soğlikning naqadar ahamiyatli ekanligiga işora mavjud. Hozirgi paytda Iştixon tumani tibbiyot birlaşmasi 263279 nafar aholiga xizmat körsatadi. Birlaşmada “2023-2025 yillarga möljallangan “Töğri ovqatlaniş va soğlom turmuş tarzi” deb nomlanuvçi umummilliy harakatni röyobga çiqariş borasida aniq va rejali işlar amalga oşirilmoqda. Maqsad — “Aholi örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, reproduktiv madaniyatni yuksaltiriş, zararli odatlarga qarşi kuraşiş, aholining tibbiy madaniyatini rivojlantiriş, jismoniy tarbiya-soğlomlaştiriş va ommaviy sport harakati tibbiyot profilaktikasi” ommaviy tadbirlari ötkazişdir. Masalan, şu yil 7 aprel kuni tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli köp tarmoqli poliklinikada taşkil etilgan “Salomatlik soati”da respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining 20 nafar, viloyat şifoxonalarining 20 nafar va tuman tibbiyot birlaşmasining 70 nafar şifokorlari tibbiy körik ötkazdilar. Şu bilan birga, Iştixon tumani umumiy foydalanuvdagi avtomobil yöllarida jami 20 çaqirim yölda 2.97 mlrd sömlik kartali va yamoqli taʼmirlaş işlari bajarildi.
4
Paxta qadimdan mömay daromad keltiruvçi xomaşyo. Şu bois uni yetiştirişga yil sayin köproq ahamiyat qaratilmoqda. Sönggi yillarda milliy boyligimizning qadri dunyo bozorida yanada ortdi. Bu xalqning turmuş darajasini oşirişga, yurt obodligini yaxşilaşga va Vatan kuç-qudratini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Samarqandda Iştixon tumanining öziga xos örni va salohiyati bor. Negaki, azal-azaldan bu yerda zamin bilan tillaşa oladigan tajribali dehqonlar, usta paxtakorlaru boğbonlar, mohir çorvadorlar yetişib çiqqan. Ular bugungi kunda yuzlab fermer xöjaligi rahbarlariga yaqindan kömaklaşmoqdalar. Yangi Özbekistonni bunyod etiş yillarida tumanda çinakam evrilişlar röy bermoqda. Bunday ijobiy özgarişlar nafaqat markazda közga taşlanadi, balki çekka-çekka qişloqlarda ham böy körsatmoqda. Fermeru tadbirkorlarning qölga kiritayotgan muvaffaqiyatlari natijasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar şitob bilan rivojlanmoqda. Fidoyi va jonkuyar iştixonliklar taşabbusi bilan keng kölamli bunyodkorlik hamda obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda.
5
Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantiriş, işbilarmonlarga turli imtiyozlar beriş, ularning faoliyatini qöllab-quvvatlaşga, quloçini keng yoyişga yetarliça şart-şaroit yaratib berilgan, desak, mubolağa qilmagan bölaman. Öz örnida tadbirkorlar ham davlatimizning ğamxörligidan yetarliça foydalanmoqdalar. Ayniqsa, ular yangi-yangi taşabbuslar buloğining köz oçişida, qöşimça iş örinlari yaratib berişda, hududlarning işlab çiqariş salohiyatini oşirişda, aholiga xizmat körsatiş sifatini yaxşilaşda keragiça tajribaga ega böldilar. Bunday ahdi qatʼiy, taşabbuskor tadbirkor va işbilarmonlar Iştixonda ham köplab topiladi. Bu esa yangi kurtaklarning yaproq yozişiga turtki bermoqda. Ayonki, umr daftarining har bir novdasida orzu-umid ğunçalari yuz oçadi. U tört fasl asnosida butun borliqni öz körki-tarovati bilan ziynatlaydi, gurkirab gullaydi, yaproq yozadi, meva beradi. Safoxöja mahalla fuqarolar yiğini hududida istiqomat qiluvçi yakka tartibdagi tadbirkor Zamira Muxtorova mana şunday insonlardan. Iş faoliyatini 2016 yilda boşlagan Zamira opa 2019 yili yangi binoga köçib ötdi. U hozirda tadbirkorlik faoliyatini davom ettirmoqda. Köplab işçi örinlari yaratildi. Ayni paytda “Nodirxon agro lyuks nur” MÇJ oilaviy korxonasida qirq nafar xotin-qiz va yoşlar mehnat qilişmoqda. Korxonaga Mahbuba Islomova rahbarlik qilmoqda. U “Faol tadbirkor” kökrak nişoni bilan taqdirlangan.
Bilasizmi, odamlar bilan köngildan muloqot qilişning heç ham yomon tomoni yöq. Negaki, ularning içiga kirib oçiq va samimiy sözlaşiş, dardini eşitiş faoliyatimizning tub negizini taşkil etişi kerak. Axir biz, nima bölganda ham, el-yurt taqdiriga masʼulmiz. Joylardagi törtta sektorga murojaat qilayotgan köplab vatandoşlarimizning kundalik turmuşiga daxldor savollari, muammolari, şikoyat va arizalarini imkon qadar joyida hal etişga, yeçimini topişga harakat qilayapmiz. Bu borada örta böğin rahbarlarining masʼuliyati ham katta. Ular xalq va uning manfaatlaridan yiroq bölib qolmasliklari bot-bot quloqlariga quyilmoqda.
Sözim avvalida taʼkidlaganimdek, Iştixon — Samarqand viloyatining yaşnagan böstoni. Bu muazzam maskanda köp sonli aholi istiqomat qilişi ham bejiz emas. Ular ham yangi yilni yaxşi niyatlar ila qarşi olmoqdalar. Islohotlar, yangilanişlar, taraqqiyot ham bu zaminda böy-bastini körsatmoqda. Mehnatda möʼjizalar yaratayotgan ijodkor, tanti, lafzi halol iştixonliklar Vatan osmonining musaffoligi, el dasturxonining tökinligi yölida jasorat va himmat körsatib kelmoqdalar. Bugun Iştixon yuksalmoqda, qaddini kermoqda. Mehnat ahli yangi yil bayramiga katta orzu-havaslar, ajoyib mehnat tuhfalari asnosida hozirlik körişmoqda. Nasib etsa, barça sohalar yanada rivojlanişi turgan gap. Çunki odamlarning ğayrat-şijoati şundan dalolat berib turibdi. Zero, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev özining “Yangi Özbekiston strategiyasi” nomli kitobida yozganidek: “Inson har tomonlama erkin va farovon yaşaydigan yangi davlatni barpo etişdek buyuk xalq harakati tobora kengaymoqda. Bunday qudratli safda bölişning özi katta baxt, katta şarafdir”.
Fazliddin RÖZIYEV,
Iştixon tumani hokimi.
