Taʼlim tizimidagi muammolar ildizi qayerda?
Maktab taʼlimini rivojlantiriş umumxalq harakatiga aylanişi zarur! Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga boğliq.
Şavkat MIRZIYOYEV
Ötgan asrning boşida 72 kun yaşagan Turkiston Muxtoriyati hukumati aʼzosi, maorif vaziri Nosirxon töraning bir neça bor qamoqqa olinişi va surgun qilinişi qismatini eslaylik. 1925 yil Nosirxon töra “sovetlarga qarşi siyosiy faoliyat olib borgani uçun” degan soxta ayblov va tuhmatlar bilan (1928 yilgaça) Orenburgga surgun qilinganini inkor etib bölmaydi. Şöro hukumati tomonidan qölga olingan Nosirxon töra 1930 yil 27 noyabrda SSSRning davlat xavfsizligi böyiça maxsus organi qarori bilan otişga hukm qilinadi. Şuningdek, Nosirxon töra bilan birga köplab uning safdoşlari va şogirdlariga ham ölim jazosi berilgan. Çunki Nosirxon töradan taʼlim olgan köplab yoşlar ulğaygaç, özlari ham maktablar oçib, yoş avlodni ilmli qilib tarbiyalaşga urinişgan.
Nosirxon töraning şogirdi, hayoti davomida islom fiqhi va tarixiga oid 47 ta asar yozgan Mubaşşirxon töra (1896-1977) maktablar oçgan, taʼqib kuçaygaç, 1930 yili Vatanni tark etgan. Nosirxon töraning şogirdlaridan yana biri, yirik olim, adib va tarjimon Oltinxon töra (1894-1992) 1932 yil sovetlar tuzumi tazyiqi sabab vatanni tark etişga majbur böladi. “Masjid ul-harom” va “Masjid an-nabaviy”da mudarrislik qilgan Oltinxon töra Qurʼoni karim maʼnolarini ilk bor özbek tiliga tarjima va tafsir qilgan zot edi.
Nosirxon töra bilan bir qatorda, undan oldin va keyingi davrlarda jadid-murabbiylarimiz va milliy ozodlik uçun kuraşgan ziyolilarimizni qatağon qilgan sovet hokimiyatining taʼlim siyosati Rossiyadan taşqari boşqa hududlarda, asosan, “arzon işçi qatlami”ni şakllaştiriş bölgan. “Ötgan yillarda maktablar har turli qöllarga ötgan edi. Ikki yil-uç yil bolasini maktabga qöygan har kim bolasining heç bir narsa örganmaganini körib, qaytarib oldi. Bu maktablardan bir foyda yöq ekan, degan bir fikr tuğildi. Bir maktabga talaba har qança davom etmak istamasa ham, kiyimlik yoki ozuqa berib turiş yöli bilan, har holda, oz-moz saqlanib turğon edi. Bu kun esa bular bitirilganidan maktablar yopildi. Na u yerda, na şaharda maktablar qolmadi”, deb yozadi Vadud Mahmud “Maorifimiz” nomli maqolasida (“Kambağallar tovuşi” gazetasi, 1922 yil 29 iyun va 4 iyul sonlari).
Sovet hokimiyati davrida umumtaʼlim tizimida maʼlum vaqtgaça (1956 yil 15 iyundagi qaror qabul qilinguniga qadar) maktab taʼlimi ham pulli bölgan. Özbekiston SSR Xalq komissariatining 1926 yil 7 dekabrdagi 46-sonli qarori bilan bepul taʼlimga çek qöyilib, bolalarning maktablarda yoki bolalar boğçalarida öqişlari uçun haq tölovçi ota-onalarning ijtimoiy ahvoli toifalarga ajratilgan holda pul miqdorlari belgilangan. Markazning bu siyosatdan közlagan asosiy maqsadi — maktablarni pulli qilib, byudjetni töldiribgina qolmasdan, öşa davrda arzon işçi kuçini işlatayotgan sovet hokimiyati yaxşi bilardiki, ota-onalar farzandlarini öqitiş uçun ham yanada köproq işlaşga rozi bölar va bunga majbur ham edilar.
Şörolar davlatining 1930 yil 14 avgustda qabul qilingan “Umumiy majburiy boşlanğiç taʼlim haqida”gi qonuniga köra, 8-10 yoşli bolalarni boşlanğiç maktablarning kamida 4 yillik kursi hajmida umumiy majburiy öqişga jalb etiş, 11-15 yoşli mehnat maktabining 4 yillik bosqiçida öqimaganlar uçun tezlaştirilgan 1-2 yillik öqişlar taşkil etiş, sanoat şaharlarida esa 1930 — 1931 öquv yilidan 7 yillik majburiy maktabga bolalarni tortiş masalalari körsatilgan edi.
Sovet hokimiyati bu zamin taʼlim tizimini nazorat qilmagan davrda “jadid” ziyolilarimiz öz milliy taʼlim andozalari va yaratgan darsliklari asosida qisqa fursat içida xalqning hatto harf tanimaydigan asosiy qismini ziyoli qila oldi. Hatto ularni öz hisoblaridan çet davlatlarga öqişga jönatişdi. Bu işlarning natijalarini körgan Sovet hokimiyati yaxşi bilardiki, taʼlim tizimi isloh qilinib, öz natijalarini beradigan bölsa, bu zamin rivojlanib, mustaqillik uçun kuraşib, unga, albatta, erişişi mumkin edi. Şuning uçun ham hokimiyat maorif tizimida qatağon siyosatini amalga oşirdi. Birgina misol, 1933 yil 27 martda VKP (b) MK Örta Osiyo byurosi öqituvçi kadrlar safini tozalaş haqidagi maxsus qaror qabul qiladi. Tozalaş deb atalgan bölsa-da, amalda taʼlim tizimining fidoyi xodimlari, sifatli taʼlim berayotgan öqituvçilar sohadan çetlatiladi, yaʼni qatağon qilinadi. Sovet tuzumi andozasidagi taʼlim tizimini örnatiş uçun ham maorif tizimida milliy kadrlarni yöqotiş amalga oşirildi. Sovet hokimiyati hattoki çet elga (Turkiya, Germaniya va hokazo) öqişga jönatilgan talabalardan sovet davlati foydasiga ayğoqçilik qilişni talab qiliş holatlari ham kuzatilgan. Boş tortgan talabalar esa taʼtil vaqtida uylariga qaytgaç, siyosiy ayblovlar qöyilib, qamoqqa olingan yoki öqişga qaytib borişini çeklab qöyişgan. Öz Vatanidagi bunday qatağon siyosatidan xabar topgan ayrim talabalar esa Vataniga qaytmasdan, öşa davlatlarda qolişga majbur bölişgan.
Ikkinçi jahon uruşi davrida erkak öqituvçilarning armiyaga çaqirilişi va köplab maktab binolarining gospitallarga aylantirilişi sabab darslar 3 smenada olib boriladigan va har bir dars 40 daqiqadan davom etadigan böldi. Musiqa va rasm darslari esa olib taşlanadi. Eng katta muammo — uruş boşlanişidan oldin, 1940 yil may oyida ÖzSSR Oliy soveti tomonidan “Özbek yozuvini lotinlaştirilgan alfavitdan rus grafikasi asosidagi yangi özbek alfavitiga köçiriş töğrisida”gi qonun qabul qilinganidan söng yuzaga keldi. Avvalgi darsliklar yiğib olingani, yangi yozuvdagilarini çop etişga ulgurilmaganligi sababli ham darsliklar yetişmasligi muammosi paydo böldi. Uruş yillarida Özbekistonga uruş bölayotgan hududlardan milliondan ortiq bolalar evakuatsiya qilinganligi sababli, bolalar uylari oçilib (1943 yil 154 ta, 1945 yili 242 ta), ularni öqitiş masalasi ham körildi va bu davrda butun sovet davlatlari hududida eng katta muammo — öqituvçilarning yetişmasligi kuzatildi. Uşbu muammo keyingi 10-15 yillikda ham davom etdi.
Uruşdan söng sovet hukumati taʼlim sifati yuqori natija berayotgan Şvetsiya taʼlim tizimini özida joriy etişni boşladi. Şvetsiya maktablarida öqiş 1930 yildan 7 yil, 1950 yildan esa 8 yil majburiy deb eʼlon qilingan. Sovet hokimiyati tomonidan 1949 yilda qabul qilingan qonunga binoan umumiy majburiy 7 yillik taʼlim tizimiga ötildi. 1962-63 öquv yilidan boşlab esa 7 yillik maktablar qayta taşkil etilib, 8 yillik maktablarga aylantirildi. Uruş yillarida va undan keyingi davrda Özbekiston hududiga köplab korxonalar köçirib kelinganligi, yangi zavodlarning oçilişi natijasida arzon işçi kuçiga katta ehtiyoj paydo böldi. Şu sababli ham, kasbga örgatiş maqsadida yangi texnikumlar soni köpaytirildi.
Maktab yoşidagi yoşlarni ön yillik umumiy örta taʼlimga ötkazişga 1975 yili, yaʼni sovet hokimiyati örnatilganidan deyarli 60 yil ötibgina erişilgan, xolos. Vaholanki, AQŞ XX asrning boşlariga qadar 8 yillik taʼlimdan foydalangan bölsa, 1930 yildan tölaqonli 12 yillik taʼlim tizimiga ötgan.
Özbekiston SSR, asosan, paxta yetiştirişga yönaltirilgan bölib, mustaqillik eʼlon qilinguniga qadar, 75 yil davomida erta bahorda dalalarda paxta çigiti ekilişidan tortib, dekabr oyida eng sönggi paxta hosilini terib olişgaça bölgan barça mehnat jarayonlarida maktab öqituvçilari va öquvçilar balogardon edi. Ular paxtadan taşqari, boşqa dala mehnatlariga ham jalb qilinardi. Paxtaga nisbatan “markaz siyosati” örnatilgan bölib, belgilangan reja bajarilmagunça dalalardan qaytiş man etilgan. 75 yil davomida va hatto 1990 yillarda ham: “Öqituvçilar va öquvçilarni majburiy mehnatdan ozod qiliş, ularni faqatgina taʼlim berişga yönaltiriş lozim”, degan fikrni bildirgan har qaysi pedagog yoki taʼlim tizimi mutasaddisi butunlay badarğa qilingan. Sovet hukumatining bu siyosati taʼlim tizimiga aloqador har bir şaxsda jazodan qörqiş hissini tarbiyalab, markazning har qanday topşiriği muhokama qilinmasdan bajarilişi şart degan tuşunça şakllanişiga xizmat qildi.
Mustaqillik arafasida Özbekiston maktablaridagi fanlarda milliy jihatlarga eʼtibor ança orqada edi. Yaʼni, sovet hukumati mustamlaka hududlarning taʼlim tizimida hatto fanlarga ajratilgan dars soatlarida ham xalqaro tajribalardan farqli ölaroq, “markaz”ning rejalariga amal qilinişini qattiq nazorat qilgan. Fikrimiz isbotini geografiya fani darsi misolida körişimiz mumkin. Geografiya darsiga ajratilgan dars soatlari öquv yili davomida SSSR Xalq taʼlimi davlat komitetining buyruğiga binoan 12 soat bilan çeklangan. Ammo Latviya, Litva, Estoniyada 68 soat, Ukraina va Gruziyada 34 soat, Qozoğistonda 24 soat ajratilişiga ularning özlari erişgan. Biz esa boşqa respublikalar singari milliy jasorat körsatiş örniga, komitetning 12 soatlik belgilangan “reja”sini bajarganmiz. Boşqa jumhuriyatlarning maorif sohasi mutasaddilari dars soatlarini köpaytirişga erişgan bir paytda, bizda komitet buyruğini “aʼlo” darajada bajaryapmiz, deb markazga hisobotlar berib, boşqa respublikalar singari tizimni mustaqil isloh qilmadik.
Endi bir tasavvur qilib köring, erta bahordan mavsumiy tarzda dalalarga jalb qilingan öquvçi va öqituvçilar yozgi taʼtil-kanikulgaça maktablarda sifatli taʼlim ololmasdi, nazorat butunlay yöq edi. Sentyabr oyida yangi öquv yili bilan bir qatorda paxta yiğim-terim mavsumi ham boşlanar va bu jarayon dekabr-yanvar oyigaça davom etar edi. Qiş faslidagina taʼlimda biroz erkinlik bölar, biroq qattiq sovuq sabab qator muammolar yuzaga kelar edi. 80-90-yillarda maktablarda dars bergan öqituvçilar hozirgi kunda: “Öşa davrda oylik maoşlar köp bölmasa-da, öqituvçilarga köplab imtiyozlar berilgan”, deyişi tabiiy hol. Çunki sovet hukumati öqituvçilar va ular yordamida öquvçilardan ham tekin işçi kuçi sifatida foydalanib, dalalardagi va hatto zavodlardagi mehnat unumiga erişgan. Million-million tonna oltin singari, dalalardan yiğib olingan hosillar, ularning foydalari faqat va faqat markazga, Moskvaga jönatilar edi. Öqituvçilarga berilgan ayrim imtiyozlar bahonasida xalqaro maydonda sovet hukumatining taʼlim tizimiga va öqituvçilarga munosabatini ijobiy körsatiş amaliyoti şakllangan bölsa-da, taʼlim tizimi iç-içidan yemirilgan edi. Sovet davridagi 75 yillik vaqt mobaynida şakllangan muammolar 90-yillarda ham davom etgani tarixdan yaxşi maʼlum. Birgina misol, 1994 yilda respublikadagi 2214 ta maktab ixtiyorida 3541 gektar ekin maydoni, 518 gektar boğ mavjud bölgan. Ayni şu yilning özida bu maydonlardan 2500 tonna paxta, 630 tonna ğalla va 282 tonna don mahsulotlari yetiştirilişi bilan bir qatorda, 25190 tonna poliz mahsulotlari va meva, 50 tonna yer yonğoq, 516, 5 tonna şoli hosili olingan bölib, bu ekin maydonlaridagi barça mehnat jarayonlariga (ekin ekilganidan to hosil yiğib olinguniga qadar) maktab xodimlari, öqituvçi va öquvçilar jalb qilingan. Mustaqillikdan oldingi sovet tuzumi davrida esa yuqoridagi raqamlar bundan bir neça barobar yuqori bölgan.
Yoşlarga taʼlim-tarbiya berişning ahvoli oliy taʼlim tizimida ham qariyb bir xil edi. Çunki barça oliy taʼlim muassasalari talabalari, öqituvçilari sentyabrdan to dekabr oyining oxirigaça paxta dalalarida “javlon urişi” heç kimga sir emas edi.
Taʼkidlaş joiz, sönggi yillarda maktab taʼlimi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonun va qarorlar, ularning ijrosi asosida yillar davomida jar yoqasiga kelib qolgan milliy taʼlim tizimi tiklanmoqda. Aytaylik, hozirgi bir yilda xalqaro fan olimpiadalarida erişayotgan natijalarimizga sovet davrida har 10 yillikda ham erişa olmaganmiz. Yaqin yillargaça davom etgan öqituvçi va öquvçilarning majburiy mehnatga doimiy jalb qilinişi şaxsan Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning qatʼiy irodasi tufayli bartaraf etildi. Bugungi kunda barça turdagi majburiy mehnatga çek qöyilib, öqituvçi va öquvçilarning asosiy vazifasi sinfxonalarda ötirib “sifatli taʼlim — milliy tarbiya” muhitini şakllantiriş ekanligi qatʼiy belgilandi. Ayniqsa, 2016-2017 yillarda oylik maoşlarni elektronlaştiriş tizimi yölga qöyilişi öqituvçilarning oyligi bilan boğliq neça yillardan buyon respublika miqyosida davom etib kelayotgan turli korrupsion holatlar bartaraf etilmoqda. Öz ustida işlab, yuqori natijalarga erişgan, yuksak taʼlim-tarbiya va bilimga ega, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida va turli körik-tanlovlarda yuqori örinlarni egallagan öquvçilar va ularning öqituvçilarini doimiy rağbatlantirib boriş mexanizmi yölga qöyildi. Buning natijasida öqituvçilar orasida ham, öquvçilar orasida ham erkin raqobat muhiti yaratildi.
Zavqibek MAHMUDOV,
ÖzFA Tarix instituti
kiçik ilmiy xodimi.
