Surxonning sayqali erur bu Denov

Bugun “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy ğoya   va boş mezon sifatida kun tartibiga qöyilgan. Eng muhimi,   Taraqqiyot strategiyasining   yetti yönalişi ham inson huquqlari va manfaatlarini har tomonlama taʼminlaşga qaratilgan.   Yurtboşimizning “2020-2022 yillarda   Surxondaryo   viloyatining Denov   tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy   rivoj­lantiriş töğrisida”gi 4667-sonli qarori sababli barça sohalarda tarixiy özgariş­lar yuz   bermoqda. Çetdan kelgan kişi ham tumanimiz darvozasidan hatlaşidanoq buni yaqqol his etadi. Uşbu qaror ijrosini taʼminlaş borasida Vazirlar Mahkamasining 222-sonli qaroriga köra 3 trillion 49 milliard 373 million   sömlik 505 ta loyiha dasturga   kiritilgan. Bu hazilakam gap emas!

Ötgan vaqt davomida   sanoat sohasida 38 ta, xizmat körsatiş böyiça 45 ta, qişloq   xöjaligida 39 ta, yöl-transport infratuzilmasini yaxşilaşda 67 ta, içimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlari sohasida 7 ta, elektr energiya tizimi borasida 42 ta, gaz tarmoqlarini yaxşilaşda 17 ta, maktabgaça taʼlim taşkilot böyiça   51 ta, umumtaʼlim   maktablarida 17 ta, soğliqni saqlaş muassasalarini taʼmirlaş va quriş böyiça 9 ta, sport   obʼyektlari uçun 4 ta, madaniy- tarixiy yodgorliklar sohasida 3 ta, “Xavfsiz şahar”   konsepsiyasi böyiça 8 ta, irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxşilaşda 8 ta   loyiha işlari   amalga oşirilgan. Bundan taşqari mahalliy byudjet, homiylar, korxonalarning 61   milliard 690 million   sömlik mablağlari hisobidan   15 ta loyiha töliq   yakunlangan bölsa,   yana 6 ta loyihada quriliş   işlari   qizğin bormoqda. Hali mab­lağ ajratiş çoralari körilayotgan önlab   lo­yihalarni tilga olmadim. Bu loyihalar evaziga   4,5 mingdan ortiq yangi iş   örinlari   yaratildi.

Bugungi kunda   Denov şahri va mahallalari yangiça meʼmoriy qiyofa   kasb etiş bilan birga,   yirik   sanoat markaziga aylanyapti. Bunga   ayrim misollarni keltirmoqçiman. “Denov yoğ-moy klasteri” MÇJ negizida   30 ming tonna çigit va kungaboqar   donini qayta işlaş quvvatiga ega bölgan, loyiha   qiymati 68 milliard sömlik   yirik sanoat korxonasi   iş boşladi. Şuni aytiş kerakki, tumanimizda juda katta   hajmda quriliş, obodonlaştiriş işlari ketayotgan bir payt­­da “Gold Bizhes Pro”   MÇJ tomonidan 70,5 milliard   sömlik temir-beton mahsulotlari işlab çiqaruvçi zamonaviy korxonaning işga tuşirilişi   ayni muddao böldi. Quruvçi va mutaxassislarimizning   uzoği yaqin, oğiri yengil böldi. Ham iş örni köpaydi,   ham quriliş materiallari tannarxi arzonlaşdi. Bundan taşqari, “Sino Silk” MÇJ korxonasi şu yerning özida pillani qayta   işlab mato va gilam mahsulotlari tayyorlaydigan, lo­yiha qiymati 23,1 milliard   sömlik sönggi rusumda   jihozlangan yangi korxonani   foydalanişga topşirdi.

Şahar markazidagi   Sayyid Otaliq madrasasida 12,8   milliard sömlik taʼmirlaş va tiklaş işlari olib borilib, bu tarixiy- meʼmoriy   yodgorlik “Ijod- ijod” MÇJ bunyodkor   mutaxassislari tomonidan körganda köz quvonadigan holatga keltirildi. Endigi nav­bat loyiha qiymati   11 milliard 500 million söm bölgan “Denov qörğoni” tarixiy obidasini   restavratsiya qiliş va Madaniyat   markazini bunyod etişdir. Şuningdek,   “Denov temir yöl bekati”, “Yer tuziş   va köçmas mulk kadastri”, IIB maʼmuriy   majmuasi,“Mikrokreditbank”, “Milliy bank” tuman bölimlarining yangi binolari qurilib işga tuşirilgan bölsa, Xalq banki tuman bölimi, şahar va tumangaz maʼmuriy binolari, şohbekat tubdan taʼmirlanib, zamonaviy   körinişga keltirildi.

Kun, oy sayin aholi soni ortib, yangi oilalar köpaymoqda. Fuqarolarning uy- joyga bölgan talabini qondiriş, turmuş şaroitini yaxşilaş   maqsadida davlat dasturi asosida keng   kölamli quriliş işlari olib borilyapti. Salkam ikki yilda tumanning “Nurli manzil”   mahallasida “Qişloqqurilişinvest” unitar korxonasi tomonidan zamonaviy tejamkor loyiha asosida qurilgan 6 ta 5 qavatli   uy maxsus komissiya   xulosasiga köra 180 ta kam   taʼminlangan, uy- joyga muhtoj oilaga imtiyozli tarzda berildi. Bugungi kunda tuman ahli “Denov siti”   deb atayotgan “Loçin” massivi quriliş va obodonçilik borasida   hammaning eʼtiborida. Bu yerda 834 xonadonga möljallangan turarjoy bunyod etil­yapti. Jumladan, barça qulaylik   va şaroitga ega bölgan 384 xonadonli 4 ta 16 qavatli uy foydalanişga topşirildi va fuqarolar köçib ötişdi. Şu massivda yana 450   xonadonli, loyiha qiymati 173 milliard 873 million söm bölgan 8 ta köp qavatli uyda söng­­gi pardozlaş işlari olib borilyapti. Tadbirkorlar tomonidan esa 914 xonadonga möljallangan 17 ta köp qavatli turarjoyni bun­yod etiş jadal surʼatlarda   bormoqda. Bir hovlida   uç-tört oila bölib,   qiynalib   yaşayotganlar ham ançagina. Ular ham şu uylardan birini sotib oliş orzusida. Arğamçiga qil quvvat, deydilar. Eng muhimi, uy- joyga muhtoj bölgan 455 nafar fuqaroga ipoteka krediti böyiça dastlabki badal va foiz tölovlarining bir qismini qoplab beriş uçun 17,6 milliard söm mablağ ajratildi.

Bundan taşqari, tumanimiz markazining Turkiston köçasida   “Prof grup” MÇJ bunyod etgan 5 qavatli 72 xonadonli turarjoy   IIB   xodimlariga ipoteka   krediti asosida olib berildi. Şuningdek, xavfsiz şahar   konsepsiyasi böyiça 4 milliard 860 million sömlik yana 4 ta loyiha amalga oşiriladi. Tuman markazining Ş. Raşidov köçasida tadbirkorlar va tijorat banklari mablağlari hisobiga 60 ta xizmat körsatiş şaxobçasiga ega bölgan 356 xonadonli 11 ta köp qavatli turarjoy qurilyapti. Töğri, bunça uy qurildi,   degani hamma muammo hal etildi,   degani emas. Xalqimizning yaşaş va turmuş şaroitini   yanada   yaxşilaşga harakat qil­yapmiz. Şu maqsadda tuman markazida 12,2 kilometrli   zamonaviy piyodalar va   velosiped yölaklar qurilib, foydalanişga topşirildi.

Tan oliş kerak, davlat dasturiga tuşmasdan oldin tumanimiz   hududidagi yöl- transport infratuzilmasi talabga javob bermas edi. Bugungi kungaça 5 km. avtomagis­tral, şaharda 22,9, tuman markazidagi 18 mahallaning 63 ta içki   yöliga 36,5 km. asfalt yotqizildi, 68 mahalladagi 120, 6 km. yölga     toş töşaldi. Ayni paytda 16   km. avtomagistralni, 17 km. içki yöllarni joriy va mukammal taʼmirlaş, “Bişkek-Termiz-Duşanbe” avtotrassasini boğlovçi temir yöl   ustidan   loyiha qiymati   58 milliard söm bölgan körpikni   quriş jadal davom etmoqda. Yana ikkita köprikda mukammal taʼmirlaş işlari borayapti.

Şuni alohida qayd etişni istardimki, “Obod qişloq” dasturi doirasida tumanning Yurçi, Paxtakuraş   qişloqlarida 25,7 milliard sömlik   quriliş va obodonlaştiriş işlari   bajarildi. Jumladan, 6   milliard sömlik 2 ta 660 örinli maktab, 90 örinli boğça, 2 ta mahalla idorasi bunyod etilib,   talab darajasida jihozlandi. Qişloq aholisiga qulaylik yaratiş maqsadida 2,4 km. piyodalar   yölakçasi qurilib, 53 ta tungi yoritgiç çiroqlari örnatildi. Ikki   qişloqda 12,5 km. elektr tarmoği taʼmirlanib, 247 dona simyoğoç almaştirildi. Yangitdan uçta transformator örnatilib, 9 tasi   sozlandi. Qişloqlarga 12 km. içimlik suv quvuri tortilib, 4 ta suv inşooti barpo etildi. Yurçi va Paxtakuraşda istiqomat qilayotgan 116   nafar kam taʼminlangan oilaning uy- joylari homiylar mablaği hisobidan   taʼmirlanib, 11,7 km.   qişloq köçasiga asfalt   yotqizildi. Şahardagidan qolişmaydi. Bunday şaroit va qulaylikdan yoşu qari minnatdor.

Dastur asosida içimlik   suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini taʼmirlaş hamda yangitdan quriş işlariga   alohida eʼtibor qarat­yapmiz. Sababi qurilayotgan turarjoy va boş­­qa imoratlarning pirovard faoliyati şu narsaga boğliq. Bu borada qiymati 171 milliard 538 million sömlik 11 ta loyihani bajariş belgilangan. Jumladan, “Boğinav” mahallasida 3,   “Dahana” mahallasida 7,   şahar markazida 13,1, ön sakkizta   mahallada 31,5 km.ga yangi içimlik suv quvuri tortildi. Beşta yer osti   suv oliş quduği qazilib, törtta suv   saqlaş inşooti qurildi va muhofaza   devori bilan örab olindi. Mahalliy byudjet hisobidan 8,3 km. suv quvuri yotqizilib, 2 ta tarqatiş inşooti rekonsturk­siya qilingan bölsa, respublika byudjetidan yangitdan 16,1 km. quvur tortilib, kötarma   nasos stansiyasi barpo etildi. Endilikda 62,4 kilometrga içimlik suv quvuri ötkaziş, yangi 3 ta suv inşooti   va tarmoğini barpo etiş işlari qizğin bormoqda.

Tumanda   uzoq yillardan buyon muammo bölib kelayotgan, “Surxon diyor” mahallasidagi   oqova suvni   tozalaş (kanalizatsiya) tarmoği va inşootini   rekonstruksiya qiliş boş­langani ayni muddao böldi. Bu loyiha   uçun xalqaro moliya institutlari mablaği hisobidan 141 milliard söm ajratilgan. Tozalaş inşooti zamonaviy sanitariya va ekologik talablarga   töliq javob berişi kerak. Busiz osmonöpar   uylarda yaşayotgan aholi turmuşini, yirik sanoat va işlab çiqariş korxonalari faoliyatini tasavvur etib bölmaydi. Bu işga şu nuqtai nazardan yondaşilmoqda.

Şuningdek, tumanda elektr taʼminotini yaxşilaş maqsadida 29 ta yangi transformator örnatilib, 64,4 km.ga   elektr tarmoqlari   ötkazildi. Tumanda 452 dona temir-beton ustunlari tiklanib, 14,7 km.ga SIP simlari tortildi.   “Loçin” mahallasida köp   qavatli uylarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlaş uçun loyiha   qiymati 26,1   milliard söm bölgan   nimstansiya qurilişi nihoyasiga   yetkazildi. Aholiga   zamonaviy telekommunikatsiya, yuqori sifatli internet, telefon, IPTV   xizmatini taqdim etiş uçun 5120 port siğimga ega 4 ta   OLT stansiyasi işga tuşirildi. Tumanimizdagi 32 ta ijtimoiy obʼyektda 25 km.dan ortiq optik tolali aloqa tarmoği bunyod etildi.

Aholiga tabiiy gaz yetkazib   berişni yanada yaxşilaş maqsadida tumanimizda 115,9 km. gaz quvuri almaştirildi va rekonstruksiya qilindi. Bundan taşqari 18934 ta hisoblagiç örnatilib, 2180 ta maişiy gaz baloni aholiga tarqatildi. Öz vaqtida xonadonlarga suyultirilgan gaz yetkazib beriş maqsadida 3 ta yangi maxsus   maşina ajratildi.

Bugungaça dastur doirasida 18 ta umumtaʼlim   maktabi mukammal taʼmirdan   çiqarilgan bölsa, 7 tasida işlar uzluksiz davom etmoqda. 2 ta jismoniy tarbiya va sport obʼyektida   32 milliard sömlik quriliş- taʼmirlaş işlari tugallaniş arafasida. Şuningdek, 11 ta maktabgaça   taʼlim muassasasi rekonstrutsiya qilingan bölsa, davlat şerikçiligi asosida 3 ta, 24 ta oilaviy, bitta yangi boğça qurildi. Endilikda 1 ta “Çambil” mahallasida 9 milliard sömlik, davlat xususiy şerikçiligi asosida mahalliy byudjet hisobidan   umumiy qiymati 19 milliard 953 million söm bölgan 6 ta, 550   million söm evaziga 4 ta   oilaviy MMT quriş va taşkil etiş işlari boşlab   yuborildi.

Dasturga köra soğliqni saqlaş muassasalarini tubdan   taʼmirlaş va yangi binolar quriş   uçun 30 milliard 400   million sömlik 9 ta loyiha belgilangan. Ayni payt­­da esa 20 milliard 700 million sömlik 4 ta loyiha töliq amalga oşirildi. Yana bir   şifoxonada respublika   byudjeti hisobidan 2 millard sömlik   taʼmirlaş   işlari olib borilyapti. Şu barobarida tizimdagi 4 ta obʼyektni   mukammal taʼmirlaşga 7 milliard 700 million söm mablağ ajratilyapti.

Mutaxassislar hamda dehqonlar tajribadan bilişadiki, qişloq xöjaligi samaradorligini oşirişda irrigatsiya va melio­ratsiya tarmoqlarini yaxşilaş muhim rol öynaydi. Sohada 8 ta loyihani   amalga oşirişda 18 milliard 289 million söm mab­lağ belgilangan. Tuman hududidagi 143 kilometr kollektor tarmoqlari tozalanib, taʼmirlandi. “Otkamar”, “Sangardak” kanallari rekonstruksiya qilinib, 1-, 2-, 63-kollektor   tarmoqlarida qayta tiklaş   va quriliş işlari davom etmoqda. Bu borada yana 6 milliard 300 million sömlik   uçta   loyiha amalga oşiriladi.

Bularning barçasi muhtaram Prezidentimizning tegişli qarorlari asosida amalga oşirilayotgan işlar. Tumanimizda tadbirkorlik va xizmat körsatiş sohasini yanada rivojlantiriş niyatida 3 ta kiçik, 1 ta erkin iqtisodiy sanoat zonasi taşkil etildiki, bu yuzlab yoşlarni foydali mehnat bilan band qiliş imkoniyatini berdi. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida tuman   hududida yangi boğ-roğlar barpo etiş borasida ham bir munça amaliy işlar qilindi. “Vodiy”, “Buyuk ipak yöli,”   Zahiriddin Bobur, “Navbahor,” “Surxon” mahallalarida 1, 1,5 gektarli yaşil hududlar taşkil etilib minglab mevali va manzarali köçatlar ötqazildi. “Qiziljar, “Dahana”, “Qizilgul,” “Sina” mahallalarida 57,5 gektarli yangi boğlar taşkil etildi. Birgina kuz va bahor oylarida haşar yöli bilan 1 million 70 ming tupdan ortiq turli xil daraxt köçatlari ötqazildi. Şahar markazidagi dendirariy boği “Eko boğ”ga aylantirildi. Birgina akademik M.Mirzayev   nomidagi boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasining tumanimiz hududidagi 150 gektarli maydonida 2 million 177ming 350 tup eng noyob mevali hamda manzarali daraxt köçatlari parvarişlanmoqda. “Denov nav   sinaş” stansiyasida esa unuvçanligi va hosildorligi yuqori bölgan millionlab daraxt köçatlar nafaqat tumanimiz, vohamizga, balki qöşni viloyatlarga ham yetkazib berilmoqda. Barçamizning ezgu niyatimiz betakor va   sölim Denov tumanini yaqin kelajakda Surxon vohasining betakror göşasiga aylantirişdir.

Abdumalik ALLAMURODOV,

Denov tuman hokimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan