Qadr topgan qoraqalpoq eli bu!
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi yöllanmasi bilan
Vatan ostonadan boşlanadi, degan naql naqadar rost! Ostonadan oyoq oşirdingmi, qadrdon mahllaga, sevimli guzarlarga, jonajon köçalarga yuzlanasan. Ularning obodligini, çiroyini körib közlar yaşnaydi, yuzlarida, nigohlarida şodlik, turmuşdan mamnunlik balqib turgan qöni-qöşnilarni, yoru birodarlarni uçratib köngillar quvnaydi. Bunday farahga, bunday şukuhga ne yetsin?! Mana şu ilk uçraşuv, ilk taassurot bizga doimo hamrohlik qiladi. Mana şu şirin diydor, huzurbaxş manzaralar sabab dilimiz yorişadi, xayolotimizda yangidan-yangi orzular, rejalar tuğiladi, yangidan-yangi bunyodkorlik işlariga iştiyoq uyğonadi. Şuning uçun ham bugun yurtimizda, Yangi Özbekistonda mahallalarni obodonlaştirişga, u yerda aholi turmuş darajasini yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, bu olamşumul loyihalar Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturlarda belgilanganidan, strategik taraqqiyot yönalişiga ustuvor kiritilganidan, “Inson qadri va mahallani qöllab-quvvatlaş yili”ning eng muhim vazifalari qatoridan joy olganidan xalqimiz xabardor.
Bugun uşbu rejalarning bemisl şijoat bilan hayotga tatbiq etilayotganiga guvoh bölib turibmiz. Ayniqsa, çekka tuman va qişloqlardagi bunyodkorlik işlari, obod bölayotgan göşalar, aholi uçun yaratilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar barçamizga quvonç, ğurur baxş etadi. Kuni keça davlatimiz rahbari Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi davomida körkiga körk qöşilayotgan, yaşnaş-yaşariş pallasiga kirgan çekka mahallalarga taşrif buyurdi, u yerdagi aholi bilan dildan suhbatlaşdi, yangidan-yangi bunyodkorlik işlariga tamal toşi qöydi.
Biz Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi yöllanmasi bilan Davlatimiz rahbari taşrifidan söng Qoraqalpoğistonga borib, uzoq yillar davomida ekologik qiyin bölgan hudud ahli bilan suhbatlaşib qaytdik, bu elning Prezidentimiz taşrifidan naqadar şod, xursand bölganiga şohid böldik. Şundoq Nukus şahri biqinida joylaşgan Çimboy guzarida qisqa fursat içida amalga oşirilgan işlar bilan tanişib, oçiği hayratda qoldik. Bölar ekanu, bunday şart-şaroitlarni, obodonçilikni bir yarim oyga yetar-yetmas vaqtda amalga oşirilişi huddi tuşga öxşaydi, deyişdi çimboyliklar.
Quyidagi sözimiz ana şu mahalla xususida.
Atigi qirq kun içida taşlandiq, xaroba ovul gözal bir şaharçaga döndi! Atigi qirq kun içida ikki mingdan ziyod xonadonga obi hayot, zangori olov, nur kirib bordi! Qiş osmonida quyoş çaraqlagani kabi tund çehralarga şodu xurramlik, mamnuniyat, adolatga, haqiqatga işonç balqdi! Odatda, bunday hodisalarni möʼjiza, deb ataymiz. Möʼjizalar esa ertagu çöpçaklarda böladi, deymiz. Ammo bizning hikoyat ayni haqiqatdir! Işonmaganlar Qoraqalpoğiston Respublikasining poytaxti Nukus şahri biqinidagi Çimboy guzariga kelib körsin! Bu yerdagi el-ulusdan sörab-suriştirsin! Qirq kun avval Çimboy guzari qanday ahvolda edi? Qum uyumlariga kömilib yotgan, quyuq yulğunzorga, yantoq-tikanlarga burkangan, çala-yarim imoratlardan iborat bir maskan edi! Katta bir şaharning şundoqqina qanşari ostida bunday ayançli, taşlandiq mahalla bölişiga, albatta, birov işonişi qiyin. Ammo afsuski, hammasi rost, aççiq haqiqat! Ana, yaqindagina barpo etilgan ravon, asfalt yöl böylab ketayotgan Aybika Jöldas qizi ham hammasiga guvoh! U asli Kegayli tumanidan. Bir parça tomorqasida amal-taqal tirikçilik qilib yurardi… Hamma körgulik ön beş yil avval, mahzun kunlarning birida boşlandi. Eri, usta Nurlan göyo xuşxabar topib keldi. Nukusning yonginasida odamlarga yer-uçastkalari bölib berilyapti ekan, taniş topib qöydim, oz-moz xarajat evaziga bir hovlilik joy olib beradi, dedi. Erning sözlaridan Aybikaning quvonçi kökka örladi. Bir yumalab şaharlik bölib ketiş orzusida örtandi. Kegaylidagi keng-mölgina, biroq suvsizlikdan qavjirab yotgan tomorqa, uy-joy sotildi. Uning puliga özlari reja qilgandek, Nukus biqinidagi Çimboy guzaridan tört sotix yer “gaplaşib” olişdi. Çala-yarim xonadon tiklandi. Ne tongki, ular kabi şaharga yaqin böliş ilinjida yurgan odamlar köp ekan. Yer-uçastkalar talaş böldi. Aholi soni tobora orta bordi. Şu barobarida, barça orzular asta-sekin sarobga aylana boşladi.
— Yaşaşga mutlaq şaroit yöq edi, — deb eslaydi Aybika, — ovuldagidan battar ahvolga tuşdik. Yöl, köça deganlari yozda çang-qum, qişda botqoq, şaharga yetib oliş uçun avval beş çaqirim yayov yurib, katta trassa böyiga çiqib olişimiz kerak edi. Yöl azobidan bezillab qolgandik. Suv, gaz, elektr masalalarini-ku aytmasa ham böladi.
Kunlar ketidan kunlar, yillar ortidan yillar ötardi. Çimboy guzari aholisi obodonçilik sörab idorama-idora yugurişdi, rahbarlarning eşigini qoqişdi. Lekin heç qanday naf bölmadi.Sal insofi bor rahbar vaʼdani quyuq qildi, zariyu zöriga işonganlari döq-pöpisa bilan bösağadan quvib soldi. Mahallangiz davlat planida yöq, özboşimça örnaşib olgansizlar, guzarni yaqinda tekislab taşlaymiz, çet ellik biznesmenlarga sotamiz, esingiz borida u yerdan tezroq köçib keting, deydiganlar ham topildi, hatto. Naçora, osmon uzoq, yer qattiq: çimboyliklar oğir ahvolda qoldi, kimdir köçib ketiş payiga tuşdi, kimdir xörliklarga çidab amal-taqal kun körişda davom etdi.
— Erim Nukusdan iş topolmadi, Ural tomonlarga ketdi. Biroq xastalikka çalinib uç yil avval vafot etdi, — deb köz yoşlar bilan hikoya qiladi Aybika, — men uç nafar bola bilan beva qoldim. Şaharda kosa-tovoq yuvib kun keçirdim. Ötgan kuzda men ham kasal bölib qoldim. Koranavirusga çalindim-ov, deb qörqqandim, biroq, xayriyat, unday emas ekan.
Ha, unday emas ekan. Şifokorlar ham tuzukroq taşxis qöyişa olmadi. Sizning kasalingiz juda oğir, uni dori-darmon bilan tuzatib bölmaydi, deb qoldi bir kuni taniqli şifokor. Aybika uning huzuridan otilib çiqdi. Uyiga kelib körpa-töşak qilib yotib oldi. Kegaylidan kelgan singlisi rözğoriga qaraşib turgan böldi.
— Bir oyça burun, ertalab ğala-ğovurdan, gurillagan, tarillagan tovuşlardan uyğonib ketdim, — deb hikoyasini davom ettiradi Aybika, — mahallani çini bilan buzişga kelişdi-yov, degan xayolda taşqariga çiqdim. Qarasam… köça töla amaldor siyoqli odamlar, turli texnikalar…
Ha, öşa tongda Çimboy guzarini obodonlaştiriş işlariga oq fotiha berildi! Yanada töğriroq taʼriflaydigan bölsak, Çimboy guzari ham mamlakatimizdagi neça-neça çekka hududlar kabi ulkan bunyodkorlik maydoniga aylanib ketdi.
Albatta, quriliş, taʼmirlaş, obodonçilik işlarinining salmoqli qismi energetika sohasi xodimlari zimmasiga tuşişi sir emas. Bu yerda ham “Qoraqalpoğiston hududiy elektr tarmoqlari” aksionerlik jamiyatiga qaraşli işçi-xizmatçilar, texnikalar tunu kun mehnat qildi. 100 donadan ziyod sim ustunlari tiklanib, salkam 50 kilometr masofaga elektr tarmoqlari tortildi, 11 dona transformator qurilmalari örnatildi. Yölsozlarning, suv, gaz taʼminoti korxonalarning xizmatlari ham beqiyos böldi. Guzardagi 3 mingga yaqin xonadonlar içimlik suvi, zangori olov bilan taʼminlandi. Köça-köylar, yöllar tekislanib, beton, asfalt qoplamalar yotqizildi. Qirq kun avval safarga ketib, nihoyat, uyiga qaytgan çimboylik kişi öz mahallasini, öz xonadonini taniyolmay qolgan bölsa, ajabmas.
— Albatta, bu yerda faqat obodonçilik işlari bilan çeklanib qolinmaydi, —deydi mahalla faoli Azira Boltabekova, — aholini iş bilan taʼminlaş, bandligini yölga qöyiş borasida ham qator rejalar amalga oşirilmoqda.
Ha, darhaqiqat şunday. Qişin-yozin daromad beradigan qator issiqxonalar qurib egalariga topşirildi. Köpgina xonadonlarga çorva mollari, parrandalar ulaşildi. Öz tadbirkorlik işlarini yuritiş uçun zarur mablağlar bilan taʼminlandi. Ayniqsa, guzar yonida 300 nafar xotin-qizlarni öz bağriga oladigan tikuv-biçuv korxonasi qad rostlagani barçani quvontirdi. Qahramonimiz Aybika Jöldas qizi ham xuddi möʼjazgina göşaning qöli gul xodimasiga aylandi. Ayni kunda işçi-xizmatçilariga maxsus liboslar tikiş bilan band.
Kuni keça hudud bilan tanişiş, oddiy odamlar bilan dildan suhbat quriş, ulardan hol-ahvol söraş maqsadida taşrif buyurgan mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Çimboy guzari aholisi xuş- kayfiyat, kötarinki ruh bilan kutib oldi. Har bir sözida elga, yurtga mehr-muhabbat, fidoyilik, ehtirom röy-rost sezilib turgan davlatimiz rahbarini qizğin olqişladilar. Çunki muhtaram Prezidentimiz Çimboy guzariga taşrif buyurişdan avvalroq Qoraqalpoğiston Respublikasining qator tumanlarida bölgan, u yerlarda qoraqalpoq elining farovon kelajagini taʼminlaydigan, turmuş darajasini yanada oşiradigan qator loyihalar borasida söz yurtilgan edi. Jumladan, Beruniy tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda şamol elektr stansiyasi qurilişiga tamal toşi qöyildi. Mazkur loyiha işga tuşgaç, 110 ming xonadonni qöşimça elektr energiyasi bilan taʼminlaş mumkin böladi. Yiliga 106 million kub metr tabiiy gazimiz tejaladi. Yana bir muhim tomoni, stansiya qurilişida ming nafar qoraqalpoq yoşlari ham qatnaşadi. U işga tuşgaç esa, 100 nafar malakali muhandis va texnik xodimlar yuqori daromadli doimiy iş bilan taʼminlanadi. Albatta, bu hali hammasi emas. Davlatimiz rahbari Beruniydagi nufuzli anjumanda qayta tiklanuvçi energiya manbalari şarofatidan kelgusi beş yil içida 3 mingga yaqin yangi korxonalar taşkil etilib, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi qariyb 2 barobarga oşirilişini alohida taʼkidladi. Buning barçasi farzandlarimiz, kelajak avlodlar manfaati uçun, dedi. Qoraqalpoq eli, jumladan, Çimboy guzari aholisi uşbu olamşumul mujdalardan behad sevindi. Davlatimiz rahbari bilan öz mahallalarida uçraşişgaç, dil sözlarini, quvonçlarini izhor qilişga şoşildilar.
— Mahalladagi özgarişlarni, sizlarning işli bölganingizni körib, xursand böldim, — dedi Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev yengil jihozlardan tezkor qurilgan korxona faoliyati bilan tanişa turib, — qölida hunari bor ayolning kayfiyati yaxşi, oilasi ham barqaror böladi. Bunday işlarni hali köp qilişimiz kerak. Albatta, qiyin böladi. Lekin biz bir oilamiz. Birlaşib, hamma rejalarni amalga oşira olamiz.
Biz bir oilamiz! Yurakdan çiqqan bu samimiy sözlar, çimboyliklarning yuragiga nurdek singdi! Bu uluğvor, sermaʼno iboraning haroratini, iforini, lazzatini ular öz hayotlarida teran his qilib turardilar.
Öşa unutilmas uçraşuvdan şodu xurram kayfiyatda yoruğ, şinam, fayzli xonadoni tomon qaytarkan, Aybika Jöldas qizi nogoh öşa, kasalingiz juda oğir, uni dori-darmon bilan davolab bölmaydi, degan şifokorni uçratib qoldi. Aholini tibbiy körikdan ötkazib yurgan ekan. Ayol mağrur yurib uning yoniga bordi.
— Kasaling oğir, tuzalmaysan, deb aytgandingiz, — dedi salom-alikdan söng, — mana, butkul soğayib ketdim!
Şifokor jilmaydi.
— Siz öşanda sözimni oxirigaça tinglamay çiqib ketdingiz. Men sizga jismingiz emas, ruhingiz kasal, umidsizlik, tuşkunlik sizni çarçatgan, buni dori-darmon emas, faqatgina mehr-muhabbat, ğamxörlik, eʼtibor tuzatadi, demoqçi edim. Mana, yuzlab, minglab çimboyliklar qatori siz ham davlatmiz rahbarining, hukumatimizning ğamxörligiga, eʼzoziga erişdingiz. Bu sizni oyoqqa turğazdi. Qaddingizni tik qildi.
Aybika şifokorning sözlari naqadar haqiqat ekanligini iç-içida his etdi. Şukrona, mamnuniyat balqqan nigohlar bilan atrofiga boqdi. Angladiki, bugun faqatgina qadrdon mahallasigina emas, balki neça-neça şikasta dil, qöli kalta, armoni uzun insonlarning köngli ham obod böldi. Angladiki, uylar, köça-köy qator-qator çiroqlar yoğdusidan yorişgani kabi ming-ming qalblar, yuraklar qadr-qimmat tuyğusidan, şukuhidan çarağon böldi.
Luqmon BÖRIXON
