Rizq va umr yoxud ular orasidagi farq qança?

Yaratgan — Xoliq insonga bir bora umr ato etadi, deyişadi. Hayot davomida odam bolasi neça yil umr köradi, rizqining ölçovi qança, buni ham oldindan heç kim aytib bera olmaydi. Bu mavzu haqida yozişimga ona tomonimdan bobom – mulla Eşmuhammadning hayotida bölib ötgan qiziqarli voqealar sabab böldi.

Bir kuni onam rahmatli bilan bobomning uyiga mehmonga bordik. Bobom – qordek oppoq soqollari köksiga tuşib turgan qarilik ham unga özgaça çiroy, özgaça nur bağişlab turgan töqson yoşlar atrofidagi otaxon. Taşqaridan qaraganda yuzlarida xuddi quyoş çaraqlab turgandek edi.

Bobom ötgan asrning boşlarida Buxorodagi madrasani tugatib, Samarqandning Miyonqol hududidagi Oqtepa qişloğida umrguzaronlik qilardilar. Juda ham ilmli, dono va hayotning aççiq-çuçugini köp körgan bu inson har gal borganimizda falsafaga yöğrilgan ibratli hikoya-vo­qealarni sözlab berardi. Şunday kunlarning birida:

— Bola-a-a-m, deya ösmoqçilab gap boşladilar bobom, — insonning umri juda ham qisqa. Şu umr davomida qilgan yaxşiliklaringiz, zegu amallaringiz, ibodatingiz özingiz bilan yöldoş bölar ekan. (U kişi heç kimni sensirab gapirmasdilar).

Sizlarga bir voqeani aytib beray deya davom etdi bobom. — Ötgan asrning örtalari, yoşim oltmişdan oşib qolganmidi, hozir aniği esimda yöq. Bir kuni qöşnim tong sahardan yugurib çiqdi.

— Mulla bova, huv, mulla bova, — hovliqib tez-tez sözlardi-yu, u yon bu yonga alanglardi u. — Sizni uyingizni “obiska” qilişga partqöm bilan uçaskovoy kelişar ekan, katta nevarangizdan eşitib qoldim. Ehtiyo­tingizni qiling, deb ogohlantirgani çiquvdim.

Men esa:

— Xayr, mayli, kelişaversin, Ollohdan yaşirmaganimizni bandalaridan, hukumatdan ham yaşirmaymiz. Bizning borimiz şu, – dedim.

Biroq uyda ustozimdan qolgan bitta “Qurʼoni karim” va Fariddin Attor hazratlarining tasavvufga oid “Mantiq-ut tayr” va “Tazkiratul avliyo” kabi bir neça qimmatbaho kitob­larim bor edi. Şularni yiğib bir qopga joyladimu, hovlimizning bir burçidan çuqurroq öra kovlab kömib qöydim. Söngra hovlimizdagi ekin tikinlarni suğorgan kişi bölib suv qöyib yubordim.

Kun çoşgohga yaqinlaşganda darhaqiqat, uyimizga partqöm — hamqişloğim Ergaş bilan uçaskovoy bir sap-sariq kişi, hozir ismi yodimda yöq, haydovçisi bilan uç kişi bölib kelişdi. Kelişdi-yu, birdan dağallik bilan baqir-çaqir qila boşlaşdi. He yöq, be yöq, uyga töğri kirib kelib iskoviç itdek har yoqni titkilaşni boşlaşdi.

Men esa “tinçlikma, bolalarim, nima gap? Kimni, nimani qidiryapsizlar”, — dedim. Ulardan biri esa: “Uv, boboy, sen dindor ekansan”, — deya sensirab ödağaylardi. Qolganlari esa uyning içini ağdar-töntar qilib, rosa titkilaşdi.

Uydagi eski-tuski kiyim-keçaklardan taşqari deyarli heç narsa topişmadi. Şundan söng ular kelib meni hamma yoğimni titkilab, çöntaklarimni kovlab barça narsalarimni olib qöyişdi. Uç-tört söm pulu tasbehdan bölak heç narsa çiqmadi. Bu nima, bu nima – böğriqqaniça yoqamdan tutib böğib oldi partqöm Ergaş tasbehni körsatib.

— Hoy, Ergaş bolam, özingizmisiz? Keçagina mansabga ötirguningizça salomni kanda qilmasdingiz, bugun bunday beadablik qilyapsiz. Hammamiz ham musulmonmiz, axir bovangiz ham biz bilan masjidda namoz öqirdilar. Nima, siz Xudodan, musulmonçilikdan tondingizma, bovangiz tengi boboydi, yoqasidan uşlab, tomoğidan olişga uyalmadingizma?, — dedim.

Bu gaplardan söng tomoğimni battarroq qattiq böğa boşlaganidan ovozim xirillab çiqardi. Şundan söng, nafas yetmay qolib, qöl-oyoğim böşaşib, huşimdan ketib qolibman. Közimni oçganimda kiyim boşim jiqqa höl, yerda yotardim. Katta enangiz, beçara, yiğlagança tepamda ötirib, partqöm bilan uçaskovoyni qarğayotgan edi.

Ular – uyga kelgan “çaqirilmagan mehmonlar” esa allaqaçon juftakni rostlaşga ulgurişgan edi.

Birozdan söng özimga kelib, “qöying, onasi, qarğamang, qarğiş yomon narsa, undan köra ularga insof tilang. Insof kirmasa bizga öxşagan yana qança musulmondi uyini kuydiradi, bular”, — dedim.

— Özlarini uyi kuysin, battar javrardi katta enangiz, — yoqangizdan böğib, öldirib qöyay dedi-ya, juvanmarg ölgur. Ha, tomoqqinangdan böğilib ölgur, ha uying kuygur. Şu köyi katta enangiz ança vaqtgaça yiğlab ötirdi…

Oradan ança vaqtlar ötdi. Hovliga quyilgan suvlar qurib ketgaç, kitoblarni yer ostidan kovlab olganimizda ular Xudoni qudrati bilan qup-quruq turgan ekan.

Şu-şu bu voqealar ança unut bölib ketdi. Oradan bilmadim, neça yillar ötdi. Bir kuni qişloqdagi bir marosimda öşa “partqöm” – Ergaşning ösal bölib yotganini odamlar gapirib qolişdi. Döxtirxonadan ham döxtirlar javob berib yuboribdi. Şiposi yöq ekan. Qizil öngaçidan saraton kasali “qiltomoq”qa çalinib, neça kunlardan beri ovqat ham yeya olmasdan qiynalib yotgan emiş.

Yiğindan uyga kelib, katta enangizni çaqirib, “Ergaşni bekor qarğagan ekansiz, tomoğidan saraton bölibdi”, dedim qarğaganini eslatib. Keçki payt esa Ergaş partqömning katta öğli Tirkaş uyga kelib qoldi va:

— Mulla bova, sizdi otam çaqirtirib yubordilar. Bormasangiz bölmas ekan, — deb qoldi. Uning kay­fiyati juda past edi. Men indamasdan unga ergaşdim. Voqea deyarli tuşunarli edi. U jon berolmay qiynalar, mendan keçirim söraşni niyat qilgan çiqar, deb öyladim.

Darhaqiqat, ularning uyiga kirib borganimizda qavm-qarindoşlari yi­ğilgan, Ergaşning xotini esa uvvos solganiça yiğlar edi. Eşikdan bemor yotgan uyga kirdik. Ergaşning közi menga tuşdiyu, pitirlab örnidan turmoqçi bölar, ammo bemadorligidan tura olmasdi. Men esa qölimni silkitib, yoting-yoting işorasini qildim. U zörğa nafas olar, “Mullo bova, keçiring, keçiring, keçiring…” deya tinmay piçirlardi. Uning tomoği xirillab, ovozi zörğa çiqardi.

— Biz sizni keçirib yuborganmiz, bolam! Sizni Xudo keçirsin, bizdan ham rozi böling, dedim…

Oraga bir oz sukut çömdi. Şu payt yoşligimdagi şunga öxşaş bir voqea esimga tuşib qoldi. Ustozimizni ham sovet hukumatiga çaqirtirib, turli fitna-tuhmatlar qilgan bir kimsa bor edi. U ham şunday jon bera olmay qiynalib yotganida ustozimni çaqirtirib, keçirim söragandi. Öşanda ustozim xuddi şu sözlarni aytgan edilar va yaktaklarining etagi bilan uning yuzini siypalab qöyib çiqib ketgandilar.

Mening ham egnimda öşa ustozimdan qolgan muborak yaktak edi. Men ustozimga taqlid qilgan holda yaktakimning bir uçini uning yuzi-közlariga tegizib siypalagan böldim va eşikdan taşqariga yönaldim.

Uyimizga yaqinlaşay deganimda esa Ergaşning hovlisidan yiği-siği ovozlari baralla eşitila boşlagandi. Xudo rahmatiga olsin, deya yuzimga fotiha tortib, uyga keldim.

Ertasi kuni janazasini ham menga öqitişdi. Qabristondan odamlar tarqay boşlaganda, bir kişi kelib meni qöşni qişloqqa yana janaza öqib berişimni iltimos qilib qoldi.

Borganimda mayitni kimligini suriştirganimda esa bilasizmi, kim ekan?! Partqöm bilan bizni uyimizga neça yillar oldin kelgan öşa uçaskovoy ekan. Keça keçasi qaynisining nikoh töyidan içib kelib, mast holatda aravali mototsiklini oğilxona ayvoniga qöyib, qölidagi papirosini duç kelgan tomonga irğitgan. Mast holatda yotoqxonasiga kirib uxlab qolgan. Oğilxonadan çiqqan olov oqibatida uning butun uyi yonib kulga aylangan. Mototsikldagi benzin portlab, olov yanada kuçayib ketgan, içkariga uyda mast uçaskovoy ham şu yonğin oqibatida dunyodan ötgan ekan.

Mana şunaqa bolam, heç bir yomonlik jazosiz qolmaydi. Men sizlarga bu bilan umr va rizq haqida aytmoqçiman. Şunday insonlar böladiki, rizqi tugagan, umri tugamagan. Bunga partqöm Ergaşvoyning hayoti misol böladi. Kimningdir rizqi ham umri birdek tugaydi. Uçaskovoyning umri va rizqiga öxşab. Yana kimningdir umri tugaydi-yu, rizqi tugamay qolgan böladi. Ularning rizqini Yaratgan Egam şunday keng qilgan böladiki, tugatişga umri yetmaydi. Bu haqda ustozlarimdan köp eşitganman.

Hazrat Bahovuddin Naqşband, Imom al-Buxoriy, Mavlono Jaloliddin Rumiy, Mir Alişer Navoiy, Mirzo Bobur va bu kabi zotlarga öxşagan neça yuzlab, balki, minglab dunyo­dan ötib ketgan zotlarning umri va rizqini esa uçinçi toifaga kiritiş mumkin. Çunki ular dunyodan ötganlari bilan ulardan qolgan bebaho meros, xoh u nazm, xoh u nasriy asarlar bölsin, ularni kimdir kitob qilib çiqaradi, kimdir baytlarini qöşiq qilib kuylaydi va şuning orqasidan rizq topadi.

Aslida ana şu rizqda ularning hissasi beqiyosdir. Çunki muqaddas kitoblarda Olloh taolo insonlarni tafovut bilan yaratganligi, ularning rizqi va umrini ham har xil qilib berganligi xususida köp öqiganmiz. Yuqorida aytganimday, bu haqda rahmatli ustozlarimizdan ham köplab hikoyatlar, rivoyatlar eşitganmiz…

Hozirda yoşim qirqni qoralab qolgan bir paytda öylab körsam, bobomning falsafasida ham jon borga öxşaydi. Darhaqiqat, birinçi mutaxassisligim şifokor bölganligi sababli amaliyot çoğida xuddi şunday rizqi tugab, umri tugamay, yaʼni heç narsa yemay-içmay qöygan va neça kunlab şu alfozda yaşayotgan insonlarni öz közim bilan kördim.

Yana neça uluğ-uluğ olim, donişmand insonlarni juda ham erta dunyodan ketganligiga guvoh böldim. Ularning meroslarini esa neça önlab, yuzlab, balki millionlab insonlar örganib, şuning orqasidan tirikçilik qilib, oila tebratayotganligiga guvohmiz.

Yuqoridagi sözlardan xulosa şuki, inson kim bölsa ham bu dunyoda yaxşilik qilişni kanda qilmasin, yomonlik köçasidan esa aslo ötmasin ekan.

Bobomurod ADILOV,

faylasuf,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan