Tuman ramzi
(voqeiy)
1999 yil 7 mayda Baxmal tumanida respublika nazorat inspeksiyalari rahbarlarining seminari ötkazilişi rejalaştirilgan edi. Men öşa davrda tuman hokimining örinbosari — Nazorat inspeksiyasi rahbari vazifasida işlardim. Aprel oyining örtalarida tuman hokimi M.Anarboyev toğ qöyini tumanning ramzi etib belgilaş va seminar hujjatlari jildiga toğ qöyi rasmini qöydiriş şarti bilan meni Toşkentga yubordi.
Men “Baxmal şarob” aksiyadorlik jamiyati rahbari rahmatli Nosir Alimardonov bilan Toşkentda bölib, seminar hujjatlarining jildiga qöyning emas, ohu rasmini qöydirib, qaytdik.
Hokim hujjatlar jildida toğ qöyi örniga ohu qöyilganini körib, qattiq ranjidi, baqirib, qoğozlarni menga qarab otdi. Hurmati yuzasidan indamay çiqib ketdim. Hokim men bilan bir hafta gaplaşmadi, topşiriq ham bermadi, boşqa berilgan topşiriqlarning ijrosini ham söramadi. Ammo hokim tumanning turli hududlaridan örmonçi va ovçilarni, jumladan, rahmatli Önğar Tilavovni çaqirib, Oyqor toğida kiyiklar bor-yöqligini sörab, masalaga oydinlik kiritayotganini sezib yurdim.
Toğda kiyik borligiga işonç hosil qilganmi, hokim meni qabuliga çaqirdi. Avvaliga bugundan eʼtiboran meni işdan böşatişini, umuman heç joyda işlatmasligini aytib döq urdi. Keyin sal yumşagan bölib: “Gapir, nega mening aytganimni bajarmading?” — dedi.
— Siz tumanda Alloh nasib etsa, beş yoki ön yil hokim bölib işlarsiz, keyin boşqa bir yuqori lavozimga kötarilişingiz aniq, — dedim rahbarning menga yon berajakligini bilib yarim hazil-yarim çin aralaş. — Men esa şu xalq farzandiman, ular bilan bu yerda umrimning oxirigaça yaşayman. Men öz elimga “qöy” timsolini olib berganimdan köra ölganim yaxşi. Tumanning ramzi ohu bölmasa, ramzsiz qolaqolsin”.
Hokim öylanib qoldi va bosiq ovozda: “Men sening oriyatli inson ekanligingni bilmay yurgan ekanman. Qoyilman senga! Mayli, tumanning ramzi ohu bölaqolsin, roziman”, deb qölini uzatdi va meni jilmaygan köyi kuzatib qoldi.
Seminar yuqori saviyada ötdi. Yurtimizning turli burçaklariga ohu rasmi tuşirilgan seminar hujjatlari tarqab ketdi.
Işonçim komilki, u hujjatlarni qöliga olib öqigan har bir inson jildidagi rasmga ham nigoh taşlagan va Baxmalning ramzi ohu ekanligiga eʼtibor qaratgan. Şu gapdan xabari bormi, bilmadim, “Ösmat” ğişt zavodi direktori rahmatli Tursunboy Alişayev ohu şakli tuşirilgan “barelyef” yasatib, tumanning kiriş darvozasi tepasiga örnattirdi.
Mana 23 yildirki, Baxmal tumaniga kiriş darvozasi tepasiga qöyilgan tumanning ramzi — ohu bu yurtga kelayotgan sayyohlarni “kutib olib”, ketayotganlariga “oq yöl!” tilab turibdi…
Gulboy ALMATOV
