Özingni kut
Bugun tilimizda şunçalik köp söz, terminlardan foydalanamizki, baʼzan ularning bir qançasi ham bobo-momolarimiz qöllagan birgina jumlaning mazmunini anglatmaydi.
Yoşligimizda Ulboş enamiz (oxirati obod bölsin) bolam “özingni kut” — derdi. Töğrisi buni tuşunmasamda, xöp deb qöya qolardim. Negaki, dars tayyorlayotganimda ham, ovqatlanayotganimda ham, köçaga çiqqanimda ham, biror yumuş bilan maşğul bölganimda ham şu sözni aytar edilar.
Ulboş enamiz butun qişloğimizning momosi edilar. Ularning oldiga nafaqat qişloğimizdan, balki qöşni qişloq va tumanlardan ham odamlar maslahat söraşga, muammolarini aytib yeçim topib berişga umid qilib kelar edilar. Xuddi maşhur kinofilm qahramonlari — Farmonbibidek, Anzirat xoladek — edilarda özlariyam.
Esimdan çiqmaydi yigirma yillar oldin qöşni qişloqdan bir er- xotin uyimizga keldi. Ikkalasi ham xafaqon, tund qiyofada edi. “Momojon dedi er, turmuş qurganimizga 10 yildan oşdi. Farzand doği qiynaydi bizni. Odamlarning gap sözlari yuragimizga naştardek sançiladi. Hamma qölini bigiz qilib bizni körsatayotgandek bölaveradi”. Enam jimgina ularni eşitdi. Ularni eşitib bölganlaridan keyin, yigitga qarab, özingçi, yaşaş niyating bormi xotining bilan dedi. Ha, lekin… lekin pekini yöq, yaşaysanmi yoki… deya qayta söradi. Ha dedi er. “Özingni kut”gin bolam…, tuşundingmi dedi. Ha dedi yigit javdirab. Şunday savol javob juvon bilan ham takrorlandi. Unga ham “özingni kut”gin qizim, tuşundingmi dedi. Ha dedi juvon ham közlarini yerga tikib. Böpti boraveringlar dedi, murodlaring hosil bölsin, deya duo qilib.
Men esa hayronman. Enamiz er-xotinga bir xil maslahat berdi. Va ular öylaşimça tuşunmasalarda tuşundik deb javob qaytardi. Ana şunda birinçi marotaba enamdan “özingni kut” degan gapning mazmunini söradim. Hayotda har qanday tuşunmovçilik, qöydi-çiqdi, odamlarning bir-birlari bilan ğarazli munosabatlari, yoşlar tarbiyasiga beeʼtiborlik, umuman jamiyatdagi axloqiy-maʼnaviy parokandalik, ijtimoiy illatlar zamirida “özini kut”maslik turadi bolam dedilar enam. Bu jaydari falsafaning mazmunini endi oradan şunça yil ötib sal-pal tuşungandayman. Uning zamirida sabr, jasorat, matonat, axloqiylik, madaniyat, maʼnaviyat, sifat umuman odamiylikning barça xislat, fazilatlari mujassam ekan.
Ha, bobo-momolarimiz biz kabi biror muammoning yeçimini hal etişda ortiqça gap-sözlarga örin qoldirmagan. Birgina jumlalarni “Sabr tagi – rahmon”, “noumid şayton” kabilarni işlatiş orqali har qanday masalaning ijtimoiy, maʼnaviy, axloqiy mazmun-mohiyatini tuşuntirib qöyişganlari har qanday eʼtirof va ehtiromga loyiq desak mubolağa emas.
Oradan bir yildan ortiq vaqt ötib, enamiz yoniga farzandli bölganliklarini aytib, minnatdorçilik bildirişga kelgan er-xotinlar “özimizni kut”gandik ena, Sizga katta rahmat degandilar şodlikdan közlari yonib.
Bugun-çi, bugun odamlar nega bunça sabrsiz, qanoatsiz bölib qolişgan. Heç kimni kutgilari kelmaydi. Hammasi birdan bölsa, darrov böla qolsa.
Anglasam uluğ tarbiya, uluğ qadriyat ekan-da, özni kutmoqlik!
B.BAHROMOV,
“Yangi Sirdaryo” gazetasi
bölim mudiri
