Gazeta
Sultonmurod OLIM,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi
GAZETA
Bolalikning kitoblari yopilmas,
Bolaligin unutganlar topilmas.
Bolalikdan söylab bersam men sizga,
Taʼna-daşnom yoğdirmassiz siz bizga.
Uç keçani uxlolmasdan ötkardim.
Uni endi sizga qanday yetkardim?
Biri – otam rubob olib bergan kun,
Tongga qadar bedorlikda ötdi tun.
Ön uçimda çiqdi yozgan maqolam,
Mendek uxlay olmadi heç bu olam.
Yana bir tun uxlamadim, qaytmayman,
Farzandlardan uyalaman – aytmayman.
Ellik beş yil böldi, mana, tinim – yöq,
Gazetasiz ötgan biror kunim – yöq.
Gazeta bu elning aytar sözidir,
Ham olamga boqar ötkir közidir.
Internetga işonmanglar, tezkordir,
Yuzing-közing, demas, juda bezkordir.
Fikr bor-u, köpinça bir dalil – yöq,
Xabar aytar, ongni oçar tahlil – yöq.
Gazetasiz yaşagan el ğör bölar,
Gazetasiz qolgan közlar kör bölar.
Yuzdan oşib, ötganimda, orzum – şul,
Gazetaning bosilmayin qolgan ul,
(Ustingizdan kulsa-kulsin ming-minglar),
Qoğozidan kafan qilib, köminglar.
16.09.2022.
