Vijdon ursa qalb içra tuğyon…

Farida AFRÖZ

 

Muallif haqida:

Bötayeva Farida Qöziyevna   ( Farida Afröz) — 1956 yili   Qöqon şahrida tuğilgan. Qöqon davlat pedagogika institutini bitirgan.

1999 yili Özbekiston Prezidenti farmoni bilan “Şuhrat” medali hamda   2001 yili “Özbekiston Mustaqilligining 10 yilligi” kökrak nişoni, 2017 yilda “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Şoiraning “Qirqkokilligim”, “Iztirob köylagi”,   “Tunlar isyoni”, “Közim manim…”, “Qurbonjon dodxoh”,   “Özimdan özimgaça”, “Uşşoq”, “Tasbih”, “Öşa kun bugundir”, “Kuzdan arazladim”, “Men, sen, u” singari şeʼr va dostonlardan iborat kitoblari çop etilgan. Moskvada, Turkiyada bir qança şeʼriy kitoblari naşrdan çiqqan.

Şoira bugungi kunda Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputati. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

 

            Vijdon ursa qalb içra tuğyon…

 

                    * * *

Ona yer – tufroq qolib,

osmon bilan ovvoramiz,

Jon berib, joning olar, jonon bilan ovvoramiz.

 

Közlaringga jovdirar,

sarson visol, sargaşta işq,

Yoş tökib, yirtib   yaqo, hijron bilan ovvoramiz.

 

Tegramizda   xur   malaklar,

biri singil, biri yor,

Insof qolib, inson qolib, şayton bilan ovvoramiz.

 

Otamiz mezbon   edi,

oh, onamiz mezbon erur,

Zor etib   har   ikkisin, mehmon bilan ovvoramiz.

 

Har nafas yoningda   dildoş,

har muşkulotingga yeçim,

Yaxşilar   bunda   qolib, yomon bilan ovvoramiz.

 

Çin haqiqat   yöli   boşqa,

çin vafoliq özgadir,

Haq qolib, iymon   qolib, yolğon bilan ovvoramiz.

 

Köngli ummon   kimsalarning

jilğasidin suv içib,

Roz qolib, şukron qolib, töğon bilan ovvoramiz.

 

Bizni Haq hur   ayladi,

nur ayladi, ozod etib,

Har tarafga qulf urib, qörğon bilan ovvoramiz.

 

Har kişiki, közi oçdir,

kör qilar, tözoni ganj,

Yöl körsatar sarbon qolib, karvon bilan ovvoramiz.

 

Kimki bizga   intizordir,

Farid Afröz çin sözim,

Jonim nisor, çin döst uçun qurbon bilan ovvoramiz.

 

            ONA TILIM

 “Ona tilim!” desam, birdan,

Turku turon boş kötarar,

Toş bitiklar, Örxun xati,

                                          ilmu urfon boş kötarar.

 

“Ona tilim!” desam, nogoh,

Qad rostlaydi “Alpomiş”lar,

“Göröğli”yu “Kun tuğmiş”lar,

                                           qadim arkon boş kötarar.

 

“Ona tilim!” desam, yo, Haq,

Moturidiy, Zamaxşariy,

Buxoriylar qonda yoqqan nuri

                                           Qurʼon boş kötarar.

 

“Ona tilim!” desam, masrur,

Beruniyning qomuslari,

Ibn Sino malham tutgan dardga

                                           darmon boş kötarar.

 

“Ona tilim!” desam, mağrur,

Yarim jahon tilga kirar,                

Silsilasi zilziladay

                                    Sohibqiron boş kötarar.

 

“Ona tilim!” desam, abad,

Navoiydan navo kelar,

Beş qitʼaga nur taratgan beşta

                                           doston boş kötarar.

 

“Ona tilim!” desam, şahdam,

Saf tortgaydir Uluğbeklar,

Ali Quşçi xuşin olgan yulduz,

                                            osmon boş kötarar.

 

“Ona tilim!” desam, yo, Rab,

Söz yonadi otaş misol,

Maşrabini dorga osgan ğofil

                                                  arqon boş kötarar.

 

“Ona tilim!”desam, yiğlar,

Uvaysiylar, Nodiralar,

Momolarim nazm etgan latif

                                                Höqon boş kötarar.

 

“Ona tilim!” desam, örtab,

Şahid ketgan Qodiriylar,

Avloniylar, Usmon Nosir, Fitrat,

                                                Çölpon boş kötarar.

 

“Ona tilim!” desam, titrab,

Ğafur Ğulom, Oybek, Qahhor,

Mirtemirlar umrin yegan buyuk

                                                  armon boş kötarar.

 

“Ona tilim!” desam, şaksiz,

Haqqim köpdir dunyolarda,

Buyuklarni bot-bot bergan

                                        pokiza qon boş kötarar.

 

“Ona tilim!” desam, endi

Öz tilimda Öz Bekka xos,

Men söz aytsam, bani başar,

                                      jumla jahon boş kötarar.

 

“Ona tilim!” desam, bugun,

Ajdodlarim, qarang, qarang,

Yana Şarqdan yangilangan

                                   Özbekiston boş kötarar.

 

                      * * *

Alla aytsa, millat onasi,

Yulduzlar poyiga tökilar.

Osmon tuşar oyoq ostiga,

Falakning çoklari sökilar.

 

Alla aytsa, millat onasi,

Indamay tinglaydi dunyolar.

Duv tökilar, qoya toşlari,

Şaştidan qaytadi daryolar.

 

Alla aytsa, millat onasi,

Vatandan xoinlar çiqmagay.

Öğil-qizi or deb yaşaydi,

Kelinlar nojinslar tuğmagay.

 

Alla aytsa, millat onasi,

Nomuslar yançilmas, qul qolmas.

Işq içra yonar jömardlar,

Va aslo ayoli tul bölmas.

Alla aytsa, millat onasi,

Tomirda hur hayot uyğonar!

Oh, ayol, allang ayt, allangdan,

Allohning Arşi ham tebranar…

 

                                * * *

Burgut bölsang, samoviy parvozingda uç,

Oxumisan, toğu toş qoyalaring quç,

Ey, sen, fitna, razolat – xayollari puç,

Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.

 

Sen magarki, şamolsan, ortingga qaytma,

Quyoş bölsang, şafaqning qöşiğin aytma,

Mardmisan, jömardlik taxtidan ketma,

Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.

 

Maydasanki, çil-parçin bölişing tayin,

Tegirmonda yançarlar, yançilgan sayin,

Ey, dunyosi xaroba, umri betayin,

Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.

 

Zörmisan, gar, zörliging körsatib ötgil,

Ğörmisan, bas, peşonang qismatga tutgil,

Noçormisan, noçorlik şarobin yutgil,

Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.

 

Çumoli ne qilar, fillar jangida,

Muz yonmagay, aslo, olov rangida,

Tun kezmagay, illo, omad tonggida,

Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.

 

Aslida-ku, ğoliblik Haqdan inoyat,

Har ne işga qöl urar, bölar karomat,

Bu ham bitta hidoyat, ajib, sinoat,

Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.

 

Kuzak ötib, qiş keldi, keladi navröz,

Har bir maysa, har çeçak, aytar ğolib söz,

O, mağlublik sengamas, Farida Afröz,

Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.

 

                             * * *

Baʼzida joningga   tegadi kunlar,

Hatto sokinlik ham, oyning jamoli.

Ruhim istaganda, bemavrid isyon,

Seni soğinaman,

Qöqon şamoli.

 

Bu yerda har neki, tökis, sarhisob,

Madaniyat barq urur, har iş maʼnoli.

Nima ham der edik, poytaxt- poytaxt, lek,

Bir sen, yetişmaysan,

Qöqon şamoli.

 

Şaharni kezaman, salqin, saharlar,

Köngil tuğyon urar — şeʼrli, safoli.

Ammo bir yaproq ham “şitr” etmaydi,

Qaydasan, qaydasan,

Qöqon şamoli?!

 

Sen duv – duv tökasan, meva qurtlasa,

Sen zaif ildizning, mörtning zavoli.

Sen borsan, sinov bor, imtihon, jazo,

“Adolat peşvosi” –

Qöqon şamoli.

 

                        * * *

Tomçisini, qizğanmaydi,

ummoni borlar,

Nafasini sanab olmas, osmoni borlar.

 

Kuz kelmasdan

hazon bölar, yantoq yobonda,

Tört fasl ham gullayverar boğboni borlar.

 

Karvonni deb,

yov bölganlar, yovga oldirar,

Balolardan omon çiqar sarboni borlar.

 

Dona donin,

özi yemas, yedirmas sulloh,

Siçqonga ham ozor bermas xirmoni borlar.

 

Qayda mansab,

qayda şuhrat, undan qoçarlar,

Yuragida şayton emas, rahmoni borlar.

 

Hiyla-nayrang,

fisqi-fasod, boş kötargan çoğ,

Zanjirband, zindonbanddir, vijdoni borlar.

 

Döstni sotmoq,

yordan tonmoq, kasbi olçoqning,

Har insonni hikmat bilar, iymoni borlar.

 

Qöy, kuyinma,

Farid Afröz, yangi tong otdi,

Seni kutar mehr degan, qörğoni borlar.

 

                   * * *

Qöşiğingni ayt, yomğir,

Raqslarga tuş, yaproq.

Ey, kuz, bunça gözalsan,

Bahordan-da, bahorroq?!

 

Behi qalqir anhorda,

Anorzorlar vaqti çoğ.

Ey, dil, bunça yayraysan,

Bahordan-da, bahorroq?!

 

Boğlar sokin, onamday,

Tunlar oydan, oydinroq.

Ey, işq, bunça, umidbaxş,

Bahordan-da, bahorroq?!

 

Yelkadagi toğlar yöq,

Armon nedir, ne firoq?

Ey, jon, bunça, oromvaş,

Bahordan-da, bahorroq?!

 

Şarob tutar, uzumzor,

Xirmonlarning köksi toğ.

Ey, yurt, bunça, körkamsan,

Bahordan-da, bahorroq?!

 

Kuzak, sensan, sarhisob,

Burçsan, şondan şarafroq.

Ey, umr, sen yaşnab qol,

Bahordan-da, bahorroq?!

 

                   * * *

Içingga

dunyolar çökkani sayin,

Yelkalaring oğir, qöllaring oğir…

Qadamlar oğirdir, alamlar oğir,

Xatarlar oğirdir, xabarlar oğir…

 

Içingga

in qursa ayriliq quşi,

Bahorlar oğirdir, çamanlar oğir…

Xijrondan har çeçak qovjirab tursa,

Vodiylar oğirdir, vohalar oğir…

 

Içingda

özingni yöqotib qöysang,

Joningni topmasang izlab, izillab.

Isming ham hattoki, tanimay tursa,

Jismlar oğirdir, ilmlar oğir…

 

Içingda

bir qizça tursa jilmayib,

Yillar ötaversa unga qaramay.

Qarişlar oğirdir, qarğişlar oğir,

Sevişlar oğirdir, seviliş oğir..!

 

                        * * *

Öz holimga qöymaslar heç ham,

Öz holimni talaşar hamma.

Ixtiyorim hurkib, qunişar,

Eşigiga bosadi tanba.

 

Holim esa kundan-kun xarob,

Çinqiradi ehtiyojlarim.

Hasratimni tinmay taşiydi,

Sovuq tilli simyoğoçlarim.

 

Atrofda-çi, hayot qaynaydi,

Döst-birodar, bariga töqsan.

Bir kun kelib umringga kirsang,

Hamma boru, bir özing yöqsan!  

 

                          * * *

Millat bölsa, bayroq topilur,

Kötarguvçi bilak topilur.

Vijdon ursa qalb içra tuğyon,

Vatan, degan yurak topilur!

 

Elni degan, engaşib qolmas,

Doniş kişi kengaşib tolmas.

Vatan, degan, vatan bölajak,

Suvda çökmas, heç ötda yonmas!

 

Vatan borki, soğinç sözi – ğam,

Yurt deganda közlarida nam,

Sen boşimda porlagan quyoş,

Ey, muşfiqim, muştipar onam! –

 

Qaytar bir kun azaliy şukuh,

Qaytar ğurur,o, pokiza ruh,

Qadri baland bölsa gar odam,

Qadar bölar boşidagi tuğ!

 

Momo zamin, o, bobo tuproq,

Vujudimni titratgan titroq.

Seni bilsang, közimday sevdim,

Kipriklarim oçmoqda yaproq!

 

Tomirimda oqqan qonim, sen,

Millat tuqqan, onam — şonim, sen,

Dunyolarga daholar bergan,

Ayol boşim, qirqda jonim, sen!

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan