Terak uçidagi sönggi yaproqdek titragan umr

Har kungi odatim böyiça işdan keliboq Miraziz aka yotgan xonaning eşigini oçaman. Uyquda bölsalar yo hatto mudrayotgan bölsalar ham eşikni ohista yopib qöyaman. Ammo bugun juda tetik körindilar.

— Kel, Bekam, keldingmi? — dedilar, nazarimda ovozlariga ham bir jarang qöşilgandek edi.

— Bugun ança yaxşisiz… Köz tegmasin… endi kiraverişga çiqmoqçi bölib turgandim, Miraziz aka kompyuter turgan stolga işora qildi:

— Kitob keldi.

Yuragim hapqirib ketadi. Allohning Yangi yil tuhfasi bizga. Ikki qöllab zörğa kötarsa böladigan muhtaşam kitob! Bir neça yillar avvalTurkiya davlat madhiyasini (Hozir ham  şu madhiya kuylanadi) yozgan Mehmet Akif Ersöyning “Sahifalar” kitobi. Bolalarim dadasining neça yillik zahmatlari samarasi. Yetti kitobdan iborat bu asarni hali közlari xiralaşmasdan, quloqlari yaxşi eşitadigan paytlarda kompyuter boşiga muk tuşib, tunlarni tonglarga ulab tarjima qilgan edi. Oxirgi kitoblariga kelganida  laʼnati Afğon uruşlarida jarohat tuşib, keyinçalik yetti-sakkiz marta operatsiya körgan umurtqa poğonasidagi oğriq kuçayib, yozişga qurbi kelmay qolgandi. Ammo sal oğriqlari pasaysa, yana darrov kompyuterga ötirar edi.

— Imkondan ortiq imkon topilmas, degan ekan bir donişmand. Özingizni hadeb urintiravermang, — deya  koyinsam:

— Bu mening sönggi işim bölişi mumkin. Ulgurişim kerak, — derdi.

Mana, Yaratganga şukur ulguribdilar. Turkiyaning madaniyat-maʼrifat tarğibotidagi bir taşkiloti homiyligida kitob çop etilibdi. Uy ki­yimlarimni yeçişga ham toqatim yetmay xonaga kiraman, kitobni varaqlayman. Birinçi betida muallifning — bundan bir neça yillar avval öz xalqining oğriqlaridan   joni kuyib,  kuyrab mana bu asarni yozgan şoirning yillar tözonida sarğaygan suvrati… Söng Turkiya davlati Prezidenti Rejep Tayyib Erdöğonning “Taqdim” sarlavhali boş sözi (davlat madhiyasi muallifiga  hurmati yuzasidan yozilgan-da bu “Taqdim”) keyin kitobga homiylik qilgan taşkilot rahbarining suvrati, navbatdagi  sahifada Turkiya va Özbekis­ton bayroqlari… Yonma-yon, döstona qöllar kabi bir- biriga çirmaşib ketgan… Közlarimga yoş keladi.

— Muborak bölsin! Bu kitob tarjima  asari bölsa-da, Sizning safarga çiqqan yuragingiz. Safari xosiyatli bölsin! — deyman.

— Bunda sening ham xizmatlaring bor, sengayam qutluğ bölsin, — dedi Miraziz aka.

Gap şundaki, bu kitob avval bir saxovatli inson — Ilyosbek (uzr, familiyalarini bilmayman) homiyligida özimizning naşriyotlarimizdan birida çop etilgan edi.

Ammo boya aytganimday, “Sahifalar” asarining oxirgi kitoblarini tarjima qilayotganlarida  salomatligi yaxşi bölmagaç, qilgan işlaridan özining unça köngli tölmagan edi. Homiy topilgaç, çop ettirişga rozilik berişga berib qöydi-yu, biroq özi:

— Beş, oltinçi, yettinçi kitoblariga yana ança mehnat qilişim kerak edi, — degani degan edi. Turkiyalik birodarlar bu tarjima haqida xabar topib, kitobga xaridor bölişgaç, ikki tilni yaxşi biladigan Sabohat ismli muharrir ayol qölyozmani sinçiklab körib, tahrirtalab joylarini belgilab berdi. Şu örinda bu sabr-bardoşli, xuşmuomala ayolga alohida minnatdorlik bildirgim keladi, çunki  u asarning tahrirtalab joylarini körsatibgina qöymay, baʼzi turkça sözlarning özbekça variantlarini ham taklif qilgan edi. Bu paytda tarjimon yotib qolgan, yoziş tugul, yostiqqa suyanib ötirişi ham amri mahol edi.

— Bekam, sen menga közu qöl böl, şu tarjimani poyoniga yetkazaylik, — dedi.

Özi yillar davomida kitob, jurnallarning tahrir işlaridan bölarim bölib yurgani uçun böynim yor bermadi. Axir, bemor yotgan odamning boşida turib kim ham luğatlar bilan işlaşni gardaniga olardi? Qizimning işi öziga yetarli, bola-çaqasidan ortmaydi, şunday bölsa-da dizayner sifatida  kitobni sahifalab bergan edi. Öğlim bu sohadan yiroq. Rahbarim Munavvara Usmonova iş tiğizligiga qaramay, taʼtil berdi:

— Işga bir kun kelmasangiz ham mayli. (Odatda tahririyatda odam kamligi uçun heç kim tölaligiça mehnat taʼtilida dam ololmasdi, zimmasidagi işni özi qilişi kerak edi)  Şu odamni rozi qiling, — dedi. Avval böynim yor bermay boş­langan iş bir-ikki sahifadayoq öziga tortib ketdi. Mayda-çuyda bidʼatlarga öralaşib taraqqiyotdan orqada qolib ketgan millat, ular orasidagi fitna-fujurlar… Balandga kötariliş uçun bilim olişga daʼvat… Öxşaş illatlar, öxşaş oğriqlar… Quloğimga Mehmet Akif Ersöyning ovoziga qöşilib özimizning millatparvar jadidlarning hayqiriqlari, qiçqiriqlari kelganday bölar edi. Miraziz aka yotgan köyi satrlarni tuzatar, men kompyuterda töğrilardim. Baʼzi satrlarning oxiriga yetgunimizça boşi eslaridan çiqib qolar… Iş  nihoyatda qiyinçilik bilan keçardi. Rahmatli Omon Matjonning “Gaplaşadigan vaqtlar”iga öxşab satrlari uzun-­uzun edi… (Balki, Omon akayam bu asarni öqigandir, axir, aşaddiy kitobxon edi).

Hozir töq jigarrrang muqovali muhtaşam kitobni qölimga olar ekanman, öşa zahmatli kunlarni esladim.

Xonadonimizga kutilgan kitob kelib, ruhiyatimizda bayramona kayfiyat boşlangan tunda közimga sirayam uyqu kelmadi. Xotiralar sudrab ketaverdi. Miraziz aka bu kitobni — turkiy xalqlar dardnomasini tasodifiy tarjima qilmagani haqida öyladim. Muallifning tili aççiq, zaharli. Aynan tarjimonning yoziş uslubiga mos keladi. Ammo ularni tanigan, öqib yurgan odamlar bu aççiq-tiziklar, zaharxandaliklar ortida millatning nuqsonlarini foş qiliş, uning ustidan mağzava ağdariş emas, balki, xatolardan xoli köriş, millatning yuksalişini orzulaş istagi yotganini yaxşi biladi. Bu istak Mir­aziz akaning şunçaki qalbidagi tuyğulardan biri emas, hayot tarzi, yaşaş tamoyili edi.

1980 yillar… Miraziz aka Ğafur Ğulom nomidagi adabiyot va sanʼat naşriyotining şeʼriyat bölimida katta muharrir lavozimida faoliyat yuritar edi. Hali yurtimizda Çölpon, Usmon Nosirlarday hurriyat daʼvatkorlarining asarlari tölaligiça çop etilmagan vaqtlar, Erkin Vohidov, Abdulla  Oripovday yoş ovozlar jasoratidan yuragimizda erk soğinçi uyğona boşlagan damlar edi. Adabiyotimizga aynan şu uyğoniş ruhidagi bir guruh yoş şoirlar kirib kelgan. Ular Şavkat Rahmon, Usmon Azim, Azim Suyun,  Muhammad Rahmon,  Xurşid Davron… Ularning ilk kitoblari “Avtorning birinçi kitobi” seriyasida naşr qilinar, bunday seriyaning taşabbuskori Ğafur Ğulom nomidagi adabiyot va sanʼat naşriyoti direktori, Özbekiston xalq yozuvçisi Hamid Ğulom bölsa-da, adabiyotga yangi nafas olib kirayotgan yoş şoirlarning şeʼrlari senzuradan osonlikça ötmasdi. Miraziz aka bu kitoblarning aksariyatiga muharriri sifatida har bir satr uçun talaşardi. Lekin bu talaşiş­larda hovliqmalik, özini körsatişga iştiyoq yöq edi. Har bir kitobga jiddiy yondaşardi: masalan, Şavkat Rahmon Lorkani tarjima qilganlarida Mir­aziz aka kitob bosmaga tuşişdan avval bir hafta Şavkat akaning Qorasuvdagi uyida yotib, tarjima ustida birga işlaşgan. Keyinçalik maşhur bölib ketgan bir şoirga esa: — Siz yaxşi şoirsiz, lekin  menga tarjimon sifatida boşqa duç kelmang! — deb ko­yiganlari esimda. Ana şunday talaşiş-torti­şişlarda baʼzan tahririyat şu qadar şovqin -suron bölib ketardiki, şeʼriyat bölimi boşliği Omon aka (Omon Matjon):

— Oqsoqol, iltimos kliyentlaringizni foyeda qabul qilsangiz, işlab bölmayapti, — deb kesatib qöyardi. Şunday deganlari bilan Omon akayam aslida öşa yoşlarga xayrixoh edi. Men nimaga “ Sahifalar”dan boşlangan gapimni saksoninçi yillarga olib borib ulayapman? Asar tarjimoni bu millat qayğusiga tutaş asarga köp yillar va yöllardan ötib kelganligini aytmoqçiman. Saksoninçi yillar örtalarida sobiq ittifoqning ayrim mamlakatlarida millat hurligi uçun kuraşgan maʼrifatparvarlarning asarlari çop etildi. Ammo bizda öşa paytlarda ham Çölponlar, Usmon Nosirlar, Botu, Elbeklarning asarlari  çop etilmayotgan edi (Rahmatli  Ozod Şarafiddinov domlaning saʼy-harakatlari bilan çop etilgan “Tirik satrlar”ni hisobga olmaganda. Bu töplamning boşiga ham ne kunlar tuşganini köpçilik biladi). Bir guruh yoşlar ularning kitoblarini naşr qilişni talab qilib Moskvaga  xat yozadilar. Bu xatlar Darxondagi bizning uyimizda yozilar, har kuni işdan söng oqşomda eskiça yaşaşni xohlamayotgan bir guruh ziyoli yoşlar biznikiga töplanardi. Xatdagi har bir jumla qayta-qayta körilar, tahrir qilinardi. Mustaqillik arafasi, hali erk-ixtiyorimiz özimizda emas, KGB degan taşkilotning maşinalari derazamiz ostida aylanib yurar, baʼzan çiroqlarini derazamizga uzoq tuşirib turardi. Miraziz aka uyimizning “Ştab” deb atalişidan ham, hur fikr­­li yoşlarning har oqşom töplanişidan ham zarraça çöçimas:

— Qizil imperiya saltanati çayqalib turgan paytidan foydalanib millatimizga manfaat keltiradigan nimalardir  undirib qoliş kerak, — derdilar.

Xatimiz manzilga yetgaç, tegişli taşkilot odamlari yozuvçilarning öşa paytdagi rahbarlaridan birini çaqirib:

— Özi bu yoşlaringiz nima istaşyapti? — deb söraganlarida u kişi xatdagi talablarni aytmay:

— Ularning köpida uy yöq. Maşina, uy, dala hovli, deganlarday… degan, buni eşitganda Mir­aziz aka yarador arslondek ökirgan edi:

— Bizning dardimiz şu edimi? Aytişga yuraksinmasa, yolğon gapirmasayam bölardi-ku, — deb  yonib yurganlarini eslayman.

Keyin ona tilimiz mavqeini kötariş uçun kuraşlar boşlandi. Ziyolilar, jumladan, öşa davr­ning yoş şoir, yozuvçilari bu kuraşning boşida bölişdi. Bizning ikki xonali uyimiz hanuz “Ştab” vazifasini ado etardi. Qayerda, qaçon  kimlar gapiradi… Ança tortişuvlar, talaşuvlardan söng ona tilimizga davlat maqomi berildi. Xalqimiz hayo­tida katta voqea bölgan bu özgarişda Miraziz akaning xizmatlarini börttirmoqçi emasman. Faqat u kişi minglarning biri bölganligini, Istiqlolgaça ham hurriyat unsurlari bölgan hamma narsa uçun kuraşlarda bitta fuqaro sifatida  sobit yaşaganligini, öz hayotiy prinsiplaridan heç qaçon çekinmaganligini aytmoqçiman, xolos. Zamonga qarab turlanib-tuslanib turadigan odamlarni, Abdulla Qahhor domla aytmoqçi, botinkasining ipigaça yomon körardi. Köpçilik içida ham:

— Sen munofiqsan, — deb tikkasiga aytar, buning uçun aksariyat paytlarda yomon körinardi.

“Sen siyosat bilan şuğullangunça asaringni yoz!”, deganlar böldi. Mustaqillik bölib, asar yozadigan paytlar ham keldi. Miraziz aka ham  özining işini qilişga ötdi. Eng avvalo, maktab öquvçilari uçun bir, ikki pardali maʼrifiy peʼsalar yozdi. Qahramonlari — Buxoriy, Farobiy,  Ibn Sino, Farğoniy… Ular bolalarga allomalarimiz, uluğlarimiz haqida yoşiga yaraşa bilim beradi.Çunki öşa payt­larda biz “Beruniy bobomiz, Xorazmiy bobomiz”, der edik-ku, lekin ularning nima iş qilganligini köpçiligimiz, ayniqsa, öquvçilar bilişmasdi. Mana, bugun ular haqida kitoblar naşr qilinyapti, kinolar işlanyapti. Ommaviy taniş, ommaviy faxrlaniş boşlangan. Miraziz akaning xizmati ehtimol, alanga içidagi çöğçalik ham emasdir, lekin bu xizmat baribir bor va bölgan, şunisi ahamiyatli, deb öylayman.

Şundan söng ikki tomlik “Buyuklar muhabbati” dunyoga keldi. Taşqaridan qaraganda, bu maşhur insonlarning muhabbat savdolari haqida. Lekin bu qoliplovçi hikoyalar. Aslida buyuklar muhabbatiga tösqinlik qilgan, ularni qiyinçilik girdobiga taşlagan ijtimoiy muhit tasviri birinçi planga çiqqan.

“Qirq bolaga qirq savol”… Bolalarga Vatan haqida ilk tuşunçalar beruvçi, kimlarning avlodi ekanligini bildiruvçi qisqa şeʼrlar.

Jahon adabiyotidan tarjimalar… Tarjimon, avval ham aytganimday,  tarjima uçun tasodifiy mualliflar tanlamasdi. Çet avtorlarning asarlari qay bir jihatlari bilan bizning hayotimizga ham­ohang bölsa, kitobxonning dilidagi savolga javob bölsa, yo savol tuğilişiga sabab bölsagina tarjimaga ötilardi.

Şarq mutafakkirlaridan Abu Homid Ğazzoliyning “Qalblar kaşfiyoti”, “Saodatga eltuvçi yöl” kabi tarjima asarlaridan söng avvalgi yili “Xotiralar” deb atalgan original asari çop etildi. Qahramonlari — ustoz şoir, yozuvçilar, özlarini öqitgan muallimlar… Ularning ijodiga bir nazar, şaxsiyati haqida bilganlari…

Bu kitob çop etilgaç, yaxşi fikrlar köp böldi. “Heç kim aytmagan jihatlarini aytibsiz”, degan gap­lar aytildi. Şu bilan birga:

— Nima keragi bor edi ötganlarni kovlab, — degan toşlar ham otildi. Hatto, özim ham:

— Şartmidi, zör bir şoirning zamona zayli bilan qilgan xatosidan söz oçib…, — deya eʼtiroz bildirdim.

— Yana şu xatolar takrorlanmasligi, bir millatga mansub kişilar döppi tor kelganida bir-birini sotmasliklari, balki bir-biri uçun fido bölişlari uçun haqiqatni yozdim… Miraziz akaning javobi şu böldi.

Mana, haqiqatni yoza-yoza bahor kelsa, umr vafo qilsa sakson yetti yoşga kiradilar.

Keyingi paytlarda öqiş, yozişga qurbi kelmay qolgani uçun televizor bilan vaqt ötkazadilar. Miraziz akani avvallari aksariyat yoqtirmaydigan odamlar:

— Nuqul oğriqlardan gap oçadi, — deb yozğirişardi. Aziz döstlar, adaşibsiz, quvonsa böladigan narsalardan rosa quvona oladigan insonlar!

Mamlakatimiz rahbari yaqin qardoşlarimiz bilan döstona munosabatlar örnatganlarida, tomiri, ildizi bir bölgan mamlakat rahbarlari bilan oğa-inilarday quçoqlaşib körişganlarida boş­lari osmonga yetadi:

— Bölar ekan-ku… — deydi, yoş boladay hayajonlanib.

Prezidentimiz taşabbuslari bilan ötkazilgan “Mehr” operatsiyalariga tegişli xabarlar, körsatuvlarni bitta qoldirmay köradilar.

— Qalbida millatparvarlik tuyğusi mustahkam bölgan rahbargina öz millatdoşlarini begonalarning oyoği ostiga taşlab qöymaydi, xor bölişiga çidamaydi, — dedilar bir kuni.

Öğil-qizlarimiz xalqaro olimpiadalardan ğolib bölib qaytganlarida, birgina ösmirimiz birvarakayiga dunyoning beş-oltita taʼlim dargohida öqiş imtiyozini qölga kiritganlarida, Prezident, ijod maktablari oçilganida, Ishoqxon Töra Ibrat haqidagi kinoni tomoşa qilganlarida… quvonganlarini körsangiz edi! Yana Tojikiston kinoijodkorlari bilan birgalikda Alişer Navoiy va Jomiy hazratlari haqida badiiy film olinayotganidan darak topganida…

— Qöqon muxtoriyati haqida ham badiiy film oliş kerak,  oz yaşagan bölsa-da, u bizning ilk mus­taqil davlatimiz…

— Bir paytlar “Navoiy”, “Yulduzli tunlar”, “Diyo­nat”, “Girdob” kabi asarlar serial qilingan edi. Bugun ekranlaştirilayotgan köplab saviyasi past milliy seriallar örniga Luqmon Börixonning “Jaziramadagi kişilar”, Uluğbek Hamdamning “Muvozanat”, Risolat Haydarovaning “Javzo” kabi asarlari serial qilinsa bölmaydimi?, — tarzidagi fikrlarni aytib ötiradilar.

Hatto, “Sevimli”, “Zo’rTV” kabi xususiy telekanallarning “Zamon”, “Bu kun “ kabi informatsion körsatuvlarini ham kutib köradilar.

— Rost gapni aytiş, eşitiş davrlarida yaşaş manglayimda bor ekan, şukur, — deb qöyadilar.

…Gap avvalida aytganimday, “Sahifalar”ni “Oxirgi işim”, degan edi. Miraziz aka dunyoning juda köp davlatlariga borganlar. Baʼzilariga xizmat safarlari bilan, baʼzilariga esa döstlarining takliflari bilan. Turkiyaning öziga olti marta boriş nasib qilgan. Vaqti-vaqti bilan turkiy tilli davlatlarda ötkazilib kelinadigan şeʼriyat oqşomlaridagi faol iştiroki uçun bir gal Jaloliddin Rumiy nomidagi birinçi mukofot bilan taqdirlangan ham. Afğoniston, Moldaviya, Ozarbayjon, Gretsiya, Tatariston… xullas, borgan davlatlari haqida “Yölyozmalar” nomli asar yozgan edi.

— Men nimani körgan bölsam şuni yozganman, zarraça töqima yöq, — degandi asarni yozib tugatgaç. Ammo keyingi yillar salomatligidagi muammolar bois uni çop ettirişga işonçi yöq edi. Çunki kitobning hajmi juda katta, örtada mablağ masalasi bor.

“Sahifalar” qölga tekkaç, qizimga qönğiroq qilib:

— Orzu, “Yölyozmalar”ni sahifala, — dedi.

Demak, yana umid uyğondi. Umid yaşasa, inson ham yaşaydi ekan. “Jannat” deymiz, “ikki dunyo saodati” deymiz… Terakning uçidagi sönggi yaproqdek ilinib turgan umr bölsa-da, baribir tiriklikka, tiriklik quvonçlariga yetadigan quvonç bormi…

Men bu keçinmalarni yozişdan avval rosa ikkilandim. Ayol boşim bilan özimning turmuş örtoğim — Miraziz Aʼzam haqida yoziş, xorazmça aytganda, avaş (baçkana maʼnosida) körinmasmikan, deb öyladim. Töğri, Lui Aragonday yozuvçi ham öz turmuş örtoği haqida yozgan, Nozim Hikmatning Vera Tulyakova haqida dostoni bor… Lekin  ular er kişilar… Lekin baribir yoziş istagidan voz keça olmadim.

Yana bir jihati, bunday narsalar yana kimningdir yubileyi bölsa  yoki peşonasi yarqirab mukofot olsa, yozilişi mumkin edi. Miraziz akaning oltmiş, yetmiş, saksonlari oilamiz davrasida ixçamgina ötib ketgan. Mukofot… Keling, şu masalani gapirmay qöya qolay…Çunki  u kişi uçun bu “hayot-mamot” masalasi heç qaçon bölmagan.

Xöş, bölmasa nega yozdim?

Biz bugunidan suyunib, faxrlanib,  kelajagiga katta umidlar boğlayotgan mustaqilligimiz bunyodida juda köp fidoyi, millatparvar insonlar qatori Miraziz akaning ham hissasi borligini aytgim keldi! Töğri, bu hissa maşhur alloma Ibrohim Möminov yoki boşqa köp dovruğli insonlarniki kabi katta bölmasligi mumkin. Lekin ummonlar içida tomçiça bölsa-da, u bor. Va şu borligi bilan ahamiyatli, qadr­­li. Yuragida, ijodida Vatani bor, millati bor va ularga sadoqati, sevgisi bor inson öz örnida nurli nuqta. U heç bölmasa özi turgan joyni şuʼlalantirib turadi, özi turgan nuqtani qoraytirmaydi. Özim bilgan, tanigan şu haqiqatni yana siz azizlargada bildirgim keldi.

Mabodo, “bu “Adabiyot va sanʼat”ning materiali yo “Kitob dunyosi”ning”, degan eʼtirozlar bölsa: —  Yöq, bu aynan “Hurriyat”ning mavzusi deyman. Çunki Miraziz Aʼzam degan isteʼdod egasining, nihoyatda zahmatkaş va öz qaraşlarida sobit bir inson hayot, ijod tolalari bilan aynan şu hurriyat tuşunçasiga boğlanib yaşagan va yaşayapti, tarzidagi javobimni aytgim keldi.

Qutlibeka RAHIMBOYEVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan