Oila qörğoni mustahkam bölsa…
Bugun quvonçli kunlardan biri böldi, xonadonimga köp yillardan beri kelmagan “Hurriyat” gazetasi kirib keldi va şu bilan mening ança vaqtdan beri qalbimni bezovta qilib yurgan bir muammoni qözğadi. Bu ham bölsa yurtimizdagi zamonaviy oila va uning muammolari masalasi.
Masalani uning uzoq tomiridan boşlayin, bizda haqiqatda ham oila muqaddasmi? Bu tuşunça bugungi oilaga boğliq qadriyatlarimizning zamon talablariga qay darajada hamohangligi va u zamonaviy oila tuşunçasidagi bizning qadimiy urf-odat va qoida qadriyatlarimiz bilan mutanosib keladimi? Zamon talabi darajasida özgarayotgan (yoki özgarmayotgan) oilalarimizning oilaga boğliq qonun qoidalari va ayniqsa urf-odatlari özgaryaptimi? Agar özgarayotgan bölsa ularning qaysilarini qöllab-quvvatlaşimiz va qaysilaridan voz keçişimiz kerak? Nimaga biz oila masalasida, ayniqsa, ajralişga kelganda muammoning oqibatlari bilan kuraşamizu uning sabablarini körmaslikka olamiz.
Davlatimizda olib boriladigan statistika maʼlumotlarini ataylab batafsil keltirmayman, ular albatta, oilalarning ajralişlari yildan-yilga ösib borayotganini körsatadi. Bu masala, yaʼni oilalarning statistik ösişi butun jahonda ham şunday. Masalan, 2022 yilning 9 oyida oila quriş salkam 5 foizga kamaygan (men buni ijobiy holat degan bölardim.) va şu davrda oilalarning ajralişi salkam 19 foizga köpaygan. Nazarimda ajralişlar yanada köpayişi mumkin va buni öta salbiy holat deb qabul qilmaslik kerak.) Uşbu raqamlarning özigina hammamizni taşvişga solişi turgan gap. Ammo taşvişga tuşişimiz kerakmi, degan savol ham yuzaga keladi, çunki butun jahonda yana bir fikr aylanib yuripti, yaʼni oila instituti özining krizis nuqtasiga qarab ketişda tezlaşmoqda. Jahonda birga yaşab, ammo rasmiy oila qurişga şoşilmaslik holati kundan-kunga kuçayib bormoqda. Şu joyning özida “Oila instituti krizisga haqiqatda ham uçraydimi?”, degan savolga hali heç kim aniq javob berolmasa kerak. Ammo, bir mutaxassis sifatida aytişim mumkin, jamiyatdagi bu taşvişli savol axloqiy nuqtai nazar asosida örinsiz emas, albatta.
Öz oilalarimiz muammolariga qaytadigan bölsak, yaqin kun va yillarda oila quriş yoşini kötariş masalasida köp yozar va gapirar edik. Hatto bu yönalişda qonunlarga kerakli, deb sanalgan özgarişlarni ham kiritdik. Öylaymanki, bu masala öz-özidan sekin-asta çetga çiqib borayapti, yaʼni uylaniş yoşi öz-özidan kötarilayapti. Sababi borasida batafsil töxtalmasak ham böladi. Yoşlar oila va uning taşvişlarini his qila boşladi. Bu his qiliş albatta katta şahar va zamon kommunikatsiya, aloqa vositalari yaxşi yetib borgan joylardagina aniq sezilmoqda. Qişloqlarda hali ham “tezroq uylantirib qöyiş kerak”, degan tuşunçalar tarğibot va amaldan tuşgani yöq.
Demak, masalaning mana şu tomoniga biroz nazar taşlaymiz. Oila quriş umuman qaçon, qay yoşda bölişi kerak, degan savol albatta hammani qiziqtiradi. Amerikada bir vaqtlar bu yoş örtaça 28,5 yoşga töğri kelar edi. Yevropada 25 -27 yoşlar atrofida. Bu örinda öşa yurtlardagi yoşlarning özaro erkinligi, hayotda öz örningni topmasdan uylaniş öta masʼuliyatsizlikni sezişida edi. Bizda-çi, bu masala yoşlar orasida katta işonç bilan aytiş mumkinki, yoşlarning özlari tomonidan hal qilinmaydigan holatga köçib ketgan edi. Xayriyatki, mana endigina yoşlar uylaniş masalasini öz qöllariga olayotgani sezila boşlamoqda. Bu yaxşi yönaliş. Ammo yoşlar orasida uylanişga ular maʼnan va bilim darajasida yondoşişi qanday desangiz hali ham bu borada muammolar köpligini körasiz. Çunki ular özlarining “keçagi” ota-onasining eskiça tartibda qurilgan oilalaridan çiqib kelayapti. Demak, ularni hali köp yillar “odat” tuşunçasi çeklaydi va bu “odat” doirasidan ança yoşga yetib uylangan bölişsa ham çiqolmay yuradi.
Yana bir muammo, yoşlarimiz oila quriş oldida turganida oila psixologiyasi, oiladagi er va xotin orasidagi psixologik tuşunça bölmiş mutanosibliklardan, jinsiy aloqa va uning qonun-qoidalaridan xabardormi, degan savolni qöysak yana öşa uyda, öz oilasida körganidan, eşitganidan nari ötolmaydi. Yoşlarning öta katta foizi taşqariga çiqmagan, kinolardagi oilaviy munosabatlarni kino syujeti yuzasidangina tomoşa qilişadi-da oilaviy munosabatlarga sinçkov bilan eʼtibor berişmaydi.
Oila har qanday holatda ham faqat va faqat ikki şaxsning özaro hayotiy birga yaşaş tarzi va jamiyatda qabul qilingan ming yillik urf-odat, xolos. Bu örinda bizning şarqliklar orasida avj olgan umumiy oila, yaʼni ota-onalar bilan birga yaşaş tarzi köpinça yoşlarni masʼuliyatsizlikka örgatişdan boşlaydi, ular özaro, ajralamiz, degan fikrga kelgan paytlarida qaynona va boşqa oiladagi kattalar allaqaçon mojarolarning ösiş davrini sezib boradi-da ajralişga tayyorlana boşlaydi va bu örinda albatta kelin aybdorligi oldindan “pişirib” boriladi.
Biz şarqliklar nimagadir oila tuşunçasida kelin şaxsini inobatga olmaslikka örganib qolganmiz, bu şaxs ham inson va u ham qaysidir bir oilaning aziz farzandi, uning ham hayotda öz fikri va hayotda öz örni borligini tan olmaymiz. Juda kam holatlardagina, yaʼni kelinlar biror oliy yoki örta maxsus bilim yurtini bitirib kelgan bölsagina uning işlaş huquqi va öz fikri borligini tan olamiz, boşqa hollarda ular bilan hisoblaşmaymiz.
Şunday ekan, oilalarning ajraliş masalasida biz oqibat bilan kuraşişni öz hayotiy tajribamizdan çetga surib uning sabablari bilan kuraşişni boşlaymiz. Aslini olganda, yoşlarni oila qurişga va bu oilaning yaşab ketişi uçun nimalar kerakligiga eʼtiborimizni qaratişimiz kerak bölgan vaqt allaqaçon yetib kelgan. Buning uçun oilalarni ajratmaslikka qaratilgan mahallalarning “kuraş”lari va ayniqsa, sudlarning ajrimlarga olti oy, bir yillab muddat berişlariga emas, aslida oila quriş oldiga jiddiy sinovlar va imkonlar qöyişimiz kerak. (Sinovlarniku ayrimlar köpaytirib taşlar, men bu örinda asosan IMKONLAR masalasini ilgari surgan bölardim.)
Yoşlar uylanişga qaror qilişdimi, ularga mana şu joyda sinov, aslida imkon, tanişiş, biliş, tajriba orttiriş muddatini köproq beriş zarur, degan bölardim. Bizda esa bir oy vaqt beriladi-da, ular ikki uç marotaba uçraşadimi yöqmi, darrov töy taraddudi va “vadabang” boşlanib ketadi. Ajralişda esa olti oylab vaqt beriladi, ular allaqaçon bir-biri bilan birga yaşay olmaydigan holatga kelganligiga qaramasdan ularni, ikki mustaqil va erkin şaxsni birga yaşaşga majbur qilişga ötamiz.
Aslida yoşlar qançalik bir-birlarini yaxşi tanişib olişsa, bir-birlari bilan birga yaşay olişlariga işonç hosil qilganlaridan keyingina uylanişga rozilik beriş kerak. Mana şu örinda rozilik beriş kerak, deb aytayapmanu biz, jamiyat nega ularga rozilik berişimiz kerak, degan savol köndalang bölaveradi. Çunki birga yaşaş, oila quriş va ayniqsa, jamiyatimiz uçun farzandlar yetiştiriş bu ikki şaxsning öta şaxsiy hayotiy falsafasi va işi emasmi? Aytaylik, ular farzandsiz yaşaymiz yoki beş yildan keyin boşqa-boşqa yaşaymiz, deyişsa biz ularni nimagadir MAJBUR qilişga haqqimiz bormi? Yöq albatta. Demak, bu örinda ham tilimiz qudrati bilan aytayin, ularning oila qurişiga rozilik emas, ularning oilasini jamiyat oldida qayd qilişimiz kerak, xolos. Birga yaşaşni xohlaşmadimi, majburlaş kerak emas. Bu inson erki va huquqlari bilan boğliq tuşunça. Heç kim jamiyatning talabi bilan öziga yoqmagan kişi bilan birga yaşaşga majburlanişi mumkin emas va bu örinda ajralaman deganlarga majburan muhlatlar beriş örinsizdek nazarimizda.
Şunday ekan, bu masalani jamiyatimiz, millatimiz va xalqimiz maʼnaviy boyliklari, qadriyatlari asosida hal qilişga örganişimiz kerak. Inson qadri va uning haq huquqlari muqaddas bölişi bu jamiyatning soğlom bölişi bilan çambarças boğliq holatdir.
Biz oila muqaddas degan iborani köp işlatamiz. Ammo, yuqorida ham bu savolni qöyib haqiqatda ham oila tuşunçasi bizda muqaddasmi deb savol qöyildi. Bunday deyişga sabab, davlat bor ekan uning qonunlari muqaddas bölişi kerak. Demak, davlatdagi oilaga boğliq qonunlar ham muqaddasdir. Şunday ekan bugungi kunda avj olayotgan qonun doirasidan olganda noqonuniy oilalarning köpayişiga çek qöyiş vaqti keldi. Bu bilan aytmoqçimizki, nafsi buzuq mullalarning amali bilan nikoh öqilişi va noqonuniy ikkixotinlikni urçitiş, davlatimiz qonunlari nuqtai nazaridan qaralganda noqonuniy, aslini olganda esa…
Hozir bizda qonunlarimiz doirasida sobiq sovet tuzumidan qolgan qoida, qonunlaştirilgan odat hukum surmoqda. Bu ham bölsa bolalarni oila ajralişi holatida ayollar qaramoğida qoldiriş tajribasi va amaliyoti.
Maqola boşida, asosan mana şu fikr xayolimda bölgani uçun, masalaning şu tomonini közda tutgan edim. Biz turkiy xalqlar avlodni ota tomonidan surişamiz. Bu hatto alohida muhokama qilinadigan masala ham emas va buning keng tarixiy tomirlari ham bizda mavjud. Ana endi hozirgi ahvolimizga qaraylik. Ajralişayotgan oiladagi bolalar, bola ayol bilan ketsa u albatta ayol boşqa oila qurgança ayolning otasinikida, baribir begona hovlida hatto yaxşi qaralişi, parvarişda bölişi mumkin. Ammo ayol erga çiqişi tayin hol, demak bu holatda oilasidan ajralgan bolalar boşqa bir avlodning oilasiga sağir, aslida kelgindi bölib kirib boradi va öşa oila avlodlari qarindoş uruğlari xohlaymizmi yöqmi “ular qizim bilan kelgan”, degan iborada bolalarni öz uruğlariga qöşişmaydi va bolalar bir umr boşqa avlod kişilari bölib ösişadi. Ayol otasinikida bolalarini qoldirib ketgan holda esa bu bolalar yoşi katta ota-onalar qölida, amaki akalari bilan, aslida toğalari qarovida qolib ketadi. Qadimda-çi, turkiylarning qadriyat va uruğ surişlari ota tomonidan bölgani uçun bolalar ota uyida qolgan va şu uruğning vakillari bölişi bilan birga öz uy, hovlilarida, uruğ avlodlari qamrovida, doirasida katta bölişgan.
Albatta, bu masalalar öta nozik, çuqur örganiş va tahlilni, xolislikni taqozo etadi. Demoqçimizki, “qonun, tartib” deb har bir oilaga bir xil qaraş, çora qöllaş mumkin emas. Oilaviy ajrimlarga köpinça erkak taraf aybdor hisoblanişi ham töğri bölmaganidek, ayolning aybi bilan, oçiq aytganda deylik, ayolning eriga xiyonati yoxud boşqa ming xil sabablar tufayli oila darz ketayotgan bölsa, erkak qanday yöl tutadi? Bu albatta, ajrimga olib kelişi aniq.
Nima bölganda ham oila — muqaddas. Uning buzilişi jamiyat uçun katta fojia. Xalqimizda “çumçuqning ham uyasi buzilmasin” degan gap bejiz aytilmagan. Biroq har bir oila mustahkam, baxtli bölişi juda köp omillarga borib taqalişini ham unutmasligimiz joiz.
Har bir uyning mustahkam qurilişi uçun, avvalo, uning poydevori pişiq bölişi lozim bölganidek, oilalarning ham baxtli, farovon bölişiga boşidan eʼtibor yetarlimi? Oila quruvçi yoşlarga ota-onaning maslahati, ögitlari ziyon qilmas, ammo bu degani hamma narsa ota-onaga boğliq degan tuşunçadan xalos böliş, oila qurarman kelin-kuyovning öz mustaqil fikri, hayot pozitsiyasi bölmas ekan, barça amallar bekor ketişi heç gap emas.
Mahmud YÖLDOŞEV,
psixologiya fanlari nomzodi
