Tasvirlarda özligimiz aks etsa…

Xalqimizda aytaversang beti qotadi… degan naql bor. Şu naqlning töğriligini bugun ijtimoiy muhitda tobora keng quloç yozib borayotgan quyidagi hodisalarda ulardan kelib çiqadigan oqibatni çuqur anglamayotganligimizda kuzatişimiz mumkin.

Bugun til masalasiga eʼtibor, alifbo muammosi har qaçongidan ham köproq muhokama va munozaralarga sabab bölmoqda. Hayotimizda özlari na öqituvçi na madaniyat xodimi bölmasada til va alifbo masalasida axloqiylik va maʼnaviyatga köproq ahamiyat beradigan kişilar bor. Ular yiğilişlarda, uçraşuvlarda bu kabi muammolardan sözlaşmasa-da bajarayotgan işlari orqali butun jamiyatga saboq beradilar. Ularni köpçiligimiz bilmaymiz hatto. Xöş ular kim?

Köçalar, bozorlar, teatrlar, taʼlim muassasalari va boşqa jamoat taşkilotlarida har xil tasviriy tarğibot vosita (baner, panno, plakat, bilbord, peşlavhalar, qabariq hajmli yozuv) larga közimiz tuşadi. Bu tasviriy tarğibot vositalari özida muayyan bir voqelik, ğoya, qaraşlarni umuman turli mavzulardagi ijtimoiy voqea hodisalarga daxldor ğoyalarni aks ettiradi. Şu asosda jamiyat hayotiga özining bevosita taʼsirini körsatadi.

Bunday tasviriy tarğibot vositalari xususiy tadbirkorlar tomonidan ham işlab çiqarilayotganligi bor gap. Ularda asosan xususiy tadbirkorlarning faoliyatiga oid reklama va eʼlonlar aks etadi. Bunda buyurtmaçi tomonidan turli xorijiy atamalar va terminlarga eʼtibor kuçli bölsa, xususiy tadbirkorlar tomonidan ularga reklama töğrisidagi qonun, til va alifboning yoziliş talablari haqida yetarliça tuşunçalar berilmayapti. Mijoz hamişa haq tamoyili asosida iş körilyapti. Yoki ularning özlari ham bu töğrida yetarliça tuşunçaga ega emas. Şu boisdan ular tomonidan tayyorlangan köpgina tasviriy tarğibot vositalarida til, imlo qoidalari va yoziliş tartibining buzilişlari uçraydi. Yoki milliy mentalitetimizga, qadriyatlarimizga mos bölmagan tasviriy tarğibotlarning yoritilişiga ham guvoh bölmoqdamiz.

Ammo tasviriy tarğibotlarning qaysi turi bölişidan qatʼi nazar qonun talablariga hamda milliy qadriyatlarimizga mos kelişi, ularda özligimiz aks etişi şart.

Yurtimizda 1997 yilda taşkil etilgan “Tas­viriy oyina” ijodiy uyuşmasi Sirdaryo viloyat bölimi xodimlari tomonidan tayyorlanayotgan tasviriy tarğibot vositalari tilimizning sofligi, alifbomizning yozilişi, rek­lama töğrisidagi qonun talablariga töla javob berişiga jiddiy ahamiyat beriladi. Bugun Sirdaryo vohasida 300 dan ortiq umumiy örta taʼlim maktablari, 199 ta davlat va 700 dan ortiq Maktabgaça taʼlim taşkilotlari, oliy öquv yurtlari, kasb-hunar maktab­lari umuman tilimiz va yozuvimizga eʼtibor qaratiladigan, jamiyat hayotida özining örni va nufuziga ega bölgan taşkilotlar tasviriy tarğibot vositalarini “Tasviriy oyina” ijodiy uyuşmasi orqali tayyorlatadi.

— Bizning asosiy maqsadimiz Yangi Özbekis­tonning bugungi hayoti va tarixini, davlat va jamiyat oldida turgan muhim maqsad va vazifalarni ifodalovçi şiorlar matnini tayyorlaş, ularni töplaş, saralaş, ularning ijtimoiy muhitda namoyiş qilinişini taşkil etiş, nazorat qiliş, şu masalalar bö­yiça tavsiyalar işlab çiqişdan iborat. Bundan taşqari, amalga oşirilayotgan islohotlar, Vatan qahramonlari hayoti aks ettirilgan, yurtimizda ötkaziladigan xalq sayillari, bayramlar, tantanalarni, mamlakatimizdagi yangilaniş va islohotlarning asl ijodkorlarini namoyiş etadigan turli peşlavhalar tayyorlaş. Aks ettiriladigan har bir surat, matn amaldagi qonunlarimiz talablariga, til va alifbo qoidalariga mos kelişiga alohida eʼtibor qaratamiz. Çunki bu tasviriy tarğibot vositalarni barça kuzatadi, heç qursa bir közi tuşadi. Yaʼni uning jamiyat hayotida taʼsiri sezilarli. Şu sababdan jamiyat hayo­tida özini hurmat qilgan korxona va taşkilotlar bunday vazifalarni bizga işonib topşiradi. Vohamizning 60 yillik muborak töyi arafasida ham tasviriy tarğibot işlarini bajariş bizga işonib topşirilganligi faoliyatimizga yanada masʼuliyat bilan yondaşuvni talab etadi. Işimiz orqali xalqimizga maʼnaviyat, maʼrifat tarqatamiz, bundan faxrlanamiz. Har bir tarğibot vositalarida milliy özlgimiz aks etib tursa, deydi “Tasviriy oyina” ijodiy uyuşmasi Sirdaryo viloyat bölimi xodimi Husan Atabayev.

Darhaqiqat, ijtimoiy muhitda odamlar har bir narsaga nazar taşlab ötadi. Ayniqsa, tas­viriy tarğibot vositalaridagi xatolik va buzilişlar til va alifbo masalasi bilan boğliq bölsa, şundoq ham muammo bölib turgan milliy qadriyatlarimiz, özligimiz, til va alifbo masalasini yeçimiga emas ularni yanada çigallaşuviga, savodning yanada sayozlaşuviga olib kelişi turgan gap.

Demak, köça-köylardagi yozuvlarga, turli bino va inşootlar, işxonalardagi har qanday yozuvlarning sof özbek tilida töğri, xatosiz yozilişiga erişiş — eng muhim masala. Biz esa bu narsani 30 yildan buyon gapirişdan erinmaymiz. Nega? Çunki bu yurtimizda hamon oğriqli masala. Aslida, xohiş va jiddiy eʼtibor qaratilsa, bir oyda töğri yölga qöysa böladigan iş!

Bahrom BOYMURODOV

“Yangi Sirdaryo” gazetasi

bölim mudiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan