Madaniyat xodimi kim?

Madaniyat xodimi kim yoki qanday kadr, mutaxassis bölmoği kerak, degan savol köpdan beri mutaxassislarni, tadqiqotçilarni qiziqtirib keladi. Hamon esimda, 1974 yili oliy maʼlumotli madaniyat xodimi tayyorlovçi Toşkent davlat madaniyat instituti oçilgaç, “Özbekis­ton sanʼati”, hozirgi “Sanʼat” jurnali “Madaniyat xodimi kim?” degan ruknda mutaxassislarning çiqişlarini, bahslarini uyuştirgandi. Uni institutimiz rektori Azizxon Qayumov oçib bergandi. Domla, ustozim, madaniyat xodimi yuksak axloqiy fazilatlarni tarğib etadigan, elini, xalqini sevadigan, ularga sodiq, fidoiy inson, oliyjanob kasb egasi bölmoği zarur, degan konseptual ğoyani ilgari surgandilar. Bu ğoyada öşa paytdagi ideologiyaning taʼsiri ham bor edi, albatta, balki şu bois unga heç kim eʼtiroz bildirmagan. Ustozimning ğoyasi aslida özbek xalqining maʼnaviy-axloqiy tajribalariga, Navoiy (ustozimiz navoiyşunos edi-da) maʼrifiy ğoyalariga qurilgan edi. Kommunistik ideologiya, sinfiy yondaşuvning tarafdori bölsa-da, Navoiy gumanizmiga heç qanday tösiq qöya olmagan.

Xullas, ustozimning, madaniyat xodimi maʼnaviy-axloqiy taj­ribalarni tarğib etuvçi, oliyjanob, gumanistik qadriyatlarni şakllantirişga xizmat qiluvçi fidoiy inson, kasb egasi, degan ğoya davlat tomonidan işlab çiqilgan kvalifikatsion tavsiflarga ham asos qilib olingan.

Keyin davlatlar özgardi, ideologik ustqurma yangilandi, madaniyat xodimi kim va kim bölişi zarur, degan savol yana paydo böldi. Madaniyat institutiga teatr va rassomlik instituti qöşilib, u hozirgi Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga aylantirildi. Oçiq aytişim kerak, ular qöşilgunga qadar Madaniyat instituti havaskorlik jamoalarini taşkil etuvçi, aholi böş vaqtini uyuştirib, ularda axloqiy qadriyatlarni şakllantirişga xizmat qiluvçi kadrlarni tayyorlab kelgan. Kadrlar asosan ommaviy sanʼat va havaskorlik ijodini rivojlantirişni zimmasiga olgan. Ikki institut qöşilgaç, endi   Madaniyat ins­tituti kabi ommaviy, havaskorlik sanʼatini qöllab-quvvatlaydigan kadrlar tayorlanişi kerakmi yoki Teatr va rassomçilik instituti kabi professional saʼatkorlar tayyorlanişi kerakmi, degan savol paydo böldi. Ming afsuski, bu savol ayrim mutaxassislar öyida aylanayotgan bölsa-da, u jiddiy muhokama qilinmagan. Natijada Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida ommaviy, havaskorlik sanʼati uçun ham, professional sanʼat uçun ham kadrlar tayyorlaş davom etmoqda. Bunda men biror ğayrihayotiylik körmayman, yuqorida ikki yondaşuv bir biriga muvofiq kelavermasligini bilaman. Professional sanʼat ommaviy, havaskorlik sanʼatidan yuqori. Aslida ham şunday bölmoği kerak. Köpgina professional sanʼatkorlar havaskorlardan ösib çiqqan, K.Stanislavskiy, M.Yaxontov, M.Turğunboyeva, S.Eşontörayeva, K.Otaniyozov, O.Otajanov, F.Umarov kabilar şular jumlasidandir. Gap diplomda, qaysi institutni bitirganingda emas ekan, gap qanday mahoratga ega ekaningda ekan.

2021 yili Yoşlar kuniga bağişlangan tantanada Prezident, köp sohalarda, şu jumladan, madaniyatda ham, köp lavozimlar böş turganini, bunga diplom talab etiş sabab bölayotganini aytdi. U mazkur tartibni özgartiriş zarurligini bildirdi.

Agar öringa daʼvogar qobiliyatli bölsa, şu sohani sevsa, nega uni böş lavozimga qöymaslik kerak? Maʼlumotlarga qaraganda, Madaniyat, turizm tizimidagi madaniyat muassasalarida xizmat qilayotganlarning juda oz qismi oliy maʼlumotli kadrlar. Lekin har yili Sanʼat va madaniyat institutini 400 dan ziyod kadrlar tugatayotganiga qaramay, madaniyat muassasalarida ularning ösiş dinamikasi kuzatilmaydi.

Ming afsuski, bu hol köp yillardan beri özgarmay qolmoqda. Demak, oliy maʼlumotli madaniyat xodimi tayyorlayotganimiz behuda ekan-da?! Yöq, oliy maʼlumotli madaniyat xodimida şaroitga, davr talablariga moslaşiş kuçli.Bir misol keltiray. 1979 yili biz, 74 ta yoş Madaniyat institutining metodist-taşkilotçi bölimini bitirganmiz. Oradan qirq yil ötgaç uçraşdik, ularning aksariyati öqituvçi, baʼzilari tadbirkor, fermer, quruvçi, şofyor, hatto mayda tijoratçi bölib işlayotgan ekan. Faqat bittasi qişloq klubi mudiri bölib işlayotgan ekan. Körinib turibdiki, ötiş davri murakkabliklariga duç kelgan oliy maʼlumotli xodim özini yöqotib, diniy mutaassiblik yoki içkilik­bozlik kabi ğayriijtimoiy qiliqlarga berilib ketmagan. Tinmay özgarayotgan hayot talablariga moslaşiş bilim, sof aql, iroda va yangi sohalarni özlaştirişga moyillikni taqozo etadi. Şu sababli institutimizni tugatayotgan kadrlarning turli sohalarga ötib ketişini tasavvur etiş mumkin. Baribir jamiyatimiz yutadi, kadrlarimiz ijtimoiy hayotga, maʼnaviy muhitga nimanidir olib kiradi.

Menimça, 1997 yili qabul qilingan Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi bugungi reallikka muvofiq emas. Endi kadr­lar tayyorlaşning yangi dasturi kerak. Unda asosiy eʼtibor milliy taʼlim taraqqiyoti manfaatlari ustuvor bölişi kerak. Çet ellik filiallarda milliy taʼlim ehtiyojlaridan yaxşi xabardor, xalqimizning gumanistik merosi va qad­riyatlarini hurmat qiladigan mutaxassislar dars bersin. Baʼzan şunday bölyaptiki, hatto xalqimizning salomlaşiş urfini bilmaydigan xorijiy professor öz tilida istagan narsasini vaʼz qilib ketyapti. Ularni nazorat qiladigan, vaʼzini kerakli tomonga buradigan mexanizm yöq. Ularning maʼruzalari kutubxonalarda yöq, borlari esa özbek tiliga ögirilmagan. Xullas, biz xorijiy taʼlim modellarini keng joriy etyapmiz, lekin ularning milliy taʼlim manfaatlariga qançalik muvofiq kelişini hozirça yetarliça örganmadik, bilmaymiz.

Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti davlat muassasalari uçun kadrlar tayyorlaşga yönaltirilgan. Ammo negadir keyingi yillarda uning öquv rejalarida kommersiya, tadbirkorlik predmetlari ustuvorlik qila boşladi. Davlatning boş buyurtmaçi ekani unutilib, talabalarni kommersiya va tadbirkorlikka örgatiş avj oldi. Buni baʼzi “mutaxassislar” iqtisodiyotni öqitiş, baʼzilari esa ğarbning kommersiya tajribalarini uluq-yuluq özlaştiriş asnosida amalga oşirdilar. Ğarbdagi madaniyat muassasalari kommersiya, tadbirkorlikka qurilgan, bizda ular asosan davlat yoki davlat taʼsirida bölgan kasaba uyuşmalari, ijodiy taşkilotlar, Yoşlar ittifoqi tasarrufidadir. Davlat ularni byudjetidan qöllab-quvvatlaydi, barça şaroitlarni yaratib berişni öz zimmasiga oladi. Şunday ekan, davlat madaniyat muassasalari xodimlari boş buyurtmaçining talablarini bajarişi şart. Kommersiya, tadbirkorlikning maqsadi esa pul, mablağ topiş, mulk orttiriş. Bizda davlat madaniyat muassasalari davlatning madaniy-axloqiy tarbiya, innovatsion tafakkurli yoşlarni Yangi Özbekiston bunyodkori qilib tarbiyalaşga öz hissasini qöşişga daʼvat etilgan. Şu nuqtai nazardan davlat madaniyat xodimlarini vatanparvar, ommani ijodga örgatuvçi, fidoiy bölişga undaydi. Kommersiya va tadbirkorlarda bunday maʼnaviy-axloqiy va fidoiy, vatanparvar bölişga daʼvat kuzatilmaydi, ular turli şou, ommaviy tryuklar orqali mömay pul topişni istaşadi. Ğarb kommersiya öçoqlariga xos bu jihatlarni yetarli örganmay, bilmay, yuzaki tasavvurlar bilan davlat madaniyat muassasalariga tadbiq etiş taajjub uyğotmaydimi? Bölğusi davlat madaniyat muassasalari xodimlariga ğarbona tajribani singdiriş ularni real voqelikdan uzoqlaştirib qöymaydimi? Axir real hayotimizda madaniy tadbirlarga aholimiz pul tölaş imkoniga egami? Mayli, bir-ikki aşulaçining çiqişiga u kelişi mumkindir, ammo bu bilan u madaniyat xodimlarini pul bilan taʼminlagan bölmaydi-ku? Tuman va qişloqlardagi madaniy ehtiyojlardan jindek xabardor kişi pullik madaniy xizmatga tentakning xom xayoli, deb qaraşi turgan gap. Öquvçi meni kommersiya, tadbirkorlikka qarşi deb öylaşi mumkin. Men 1997 yili “Madaniyat muassasalarida iqtisodiy boşqariş usullari” degan monografiyani çop ettirganman. Unda madaniyat öçoqlari istiqboli xöjalik hisobida, özini özi mablağ bilan taʼminlaşda, degan fikrni ilgari surganman, keyinçalik uni doktorlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilganman. Himoya paytida ustozim, ilmiy rahbarim, akademik Azizxon Qayumov bilan bahs kelib çiqqan. Ustozim, madaniyat xodimi madaniy-axloqiy yetuk, vatanparvar, fidoiy bölişi zarur, deb menga eʼtiroz bildirgan. Men öz fikrimni tak­rorlaganman. Mana, şundan beri 23 yil ötdi, endi angladimki, ustozim haq ekan.

Kommersiya muassasalarining buyurtmalari davlatnikidan farq qiladi, şuning uçun ular özi uçun zarur kadrlar tayyorlovçi tizimga, dasturlar va ilmiy potensialga ega bölişi darkor.Ular kommersiyaga, marketingga intensiv öqitişga muhtoj, uzoği bilan bir yil ularga yetarli. Davlat taʼlim standarti esa tört yilga möljallangan.

Davlat madaniyat muassasalari xodimlari ham kommersiya, tadbirkorlik asoslariga öqitilişi mumkin, davlat — şerikçilik bunga imkon beradi. Biroq ular boş buyurtmaçining talablari doi­rasida bölişi şart, aks holda öqişni bitirgan yoş kadr real hayotda mutlaq özgaça, nazariyaga töğri kelmaydigan vaziyatga tuşib qoladi, uning kasbiga bölgan qiziqişi sönadi. Töğri, nazariyaning sal oldinda yurgani maʼqul, lekin real hayotdan uzoq nazariya nokerak vaʼzga aylanişi mumkin. “Quruq gapdir har qanday ğoya, mangu tirik hayot daraxti” (Gyote).

Nazariyani hayot talablaridan kelib çiqib yaratiş kuçli ilmiy salohiyatni taqozo qiladi, albatta. Institutni bitirgan, hatto oliy öquv yurtida ikki­-uç yil işlagan ham ilmiy salohiyatli bölavermaydi. Davlat madaniyat muassasalarini kommersiya madaniyat öçoqlaridan, davlat madaniyat xodimini tadbirkordan farqlaş, davlatning milliy madaniyatni rivojlantiriş konsepsiyasini anglaş, kadrlar tayyorlaş va ularning modellarini işlab çiqiş ilmiy potensial orqali amalga oşiriladi. Madaniyat xodimi kim, degan savolga ham avvalo u javob berişi darkor. Nazariya zaifligi — amaliyot zaifligi, amaliyot talabidan orqada qolgan nazariya esa   özini özi avraşdir. Biz quruq, havoyi sözlar bilan özimizni özimiz avraş uçun kadrlar tayyorlayotganimiz yöq, ijtimoiy-madaniy rivojlanişimizni real voqelikka aylantiriş birinçi galdagi vazifamizga aylanmoği kerak.

Viktor ALIMASOV,

falsafa fanlari doktori,

ÖzDSMI professori

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan