Buyuk şoirning xalqparvarligi yoxud Hirotdan Xorazmga ming oila köçgan(mi)?

Mutafakkir Alişer Navoiy tavalludining 582 yilligi

 

Navoiy amirzoda edi. Uning otasi – Ğiyosiddin Kiçkina temuriylar saltanatining sodiq mulozimlaridan biri bölgan. Onasi ham ana şu temuriylar xonadonining xizmatidagi ayollardan edi. Navoiyning özi bu haqda:

Otam bu ostonning xokbezi,

Onam ham bu saro böston kanizi, –

deb yozgan edi. Navoiylar oilasi bilan temuriylar xonadoni örtasida ilgari zamonlardan kökaldoşlik, yaʼni sut emişganlik bölgan.

Alişerning onasi amirzoda şayx Abu Said Çangiyning qizi bölgan. Toğalari – Mir Said Kobuliy, Muhammad Ali Ğaribiylar ham davlat xizmatida bölişgan. Abu Said Mirzo Sulton Husayn Boyqaroning maslahatçilaridan biri bölgani uçun 1461 yili Mir Said Kobuliyni, keyinroq esa Muhammad Ali Ğaribiyni ham qatl ettiradi.

Olimlarning taxminiga köra, 1453 yili Ğiyo­siddin Kiçkina vafot etadi. Otadan yetim qolgan 12 yoşli Alişer saroy xizmatiga kiradi. 1456 yili Abulqosim Bobur poytaxtni Maşhadga köçiradi. Navoiy ham saroy ahli bilan birga yangi poytaxtga boradi. 1457 yili bu hukmdor vafot etadi. Demak, Navoiy 4 yil uning saroyi xizmatida bölgan.

1464 yili Navoiy Hirotga qaytadi. Lekin Hirotni Abu Said Mirzo egallagan, poytaxtni Samarqanddan Hirotga köçirgan edi. Tabiiyki, Abusaid Navoiyni yoqtirmaydi. Şoir Hirotni tark etişga majbur böladi. Zahiriddin Muhammad Boburning yozişiça: “Bilman, ne jarima bila Sulton Abusaid Mirzo (Navoiyni – S. O.) Hiridin ixroj qildi (çetlaştirdi – S. O.)”. 1466 yili Alişer Samarqandga keladi.

Körinib turibdiki, Navoiyning hayoti bevosita saroy bilan çambarças boğliq holda keçgan. 1468 yili Ğarbiy Eron uçun yurişlari çoğida Abusaid Mirzo öldiriladi. 1469 yil boşida Sulton Husayn Boyqaro Mirzo Hirot taxtini egallaydi. U zudlik bilan maxsus maktub yöllab, Navoiyni Hirotga çaqiradi. Şoir Samarqanddan yana ona şahri – Hirotga qaytadi. Şu yilning aprel oyida Ramazon hayiti munosabati bilan Husayn Boyqaroning taxtni egallaşini muborakbod etib, “Hiloliya” qasidasini bitadi. Sulton Husayn Navoiyni muhrdor qilib tayinlaydi. Köp ötmay badiiy ijod bilan şuğullaniş ilinjida Navoiy bu lavozimdan isteʼfoga çiqadi. Örniga dösti Amir Şayxim Suhayliy tayinlanadi.

1472 yili Husayn Boyqaro, Navoiyning noroziligiga ham qaramay, uni amir, yaʼni vazir qilib tayinlab, unga “amiri kabir”, yaʼni “katta amir” unvonini beradi. Amir Muzaffar barlosgina Navoiydan yuqoriga muhr bosişi mumkin edi. Demak, amalda şoir davlatning uçinçi örinda turadigan mansabdori edi.

1476 yili Navoiy amiri kabirlik mansabidan rasman isteʼfoga çiqdi. Biroq “amiri kabir” unvoni unda umrining oxirigaça saqlanib qoldi.

1487 yil qişida Husayn Boyqaro Navoiyni uzoq Astrobodga hokim qilib jönatdi. Strategik jihatdan Astrobod Xuroson davlatining ğarbiy çegarasidagi eng muhim jabha hisob­lanar, sersuv, kökalamzor, obod, ipakçilik rivoj­langan, savdo-sotiq uçun eng qulay yer edi.

1488 yili Navoiy öz örniga Amir Burhoniddinni qoldirib, hokimlikni topşiriş niyati bilan Hirotga keldi. Biroq Sulton Husayn uni qaytarib yubordi. Bir neça oydan keyin, baribir, Navoiy Hirotga qaytdi.

Navoiy örniga Astrobodga Husayn Boyqaroning katta öğli Badiuzzamon Mirzo hokim qilib yuborildi. Şuning özi ham Astrobod qançalik strategik joy bölganidan dalolat beradi.

Demak, Navoiy jami 13 yilça davlat xizmatida bölgan. Biroq umrining oxirigaça u davlat va jamiyat taşvişidan ortmagan.

Bir yerda şoir:

Yöq edi boş qoşiğali fursatim, ‒

deb yozadi.

Maxsus davlat xizmati topşirilmagan bölsa ham, Sulton Husayn unga “muqarrabi hazrati sultoniy”, yaʼni “hazrat sultonning eng yaqin kişisi” degan unvon berdi. Bu unvonning bir vakolati şu ediki, muayyan masala yuzasidan hukmdorga töqqiz martagaça murojaat qilişi mumkin edi.

Xöş, Navoiy ana şu “muqarrabi hazrati sultoniy” unvoni vakolatlaridan foydalandimi?

Ğiyosiddin Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarida dalolat berişiça, Navoiy bu vakolatidan örni-örni bilan foydalangan ham. Biroq har gal u öz şaxsiy manfaati uçun emas, xalq dardi bilan şohga murojaat qilgan.

Birgina misol keltiramiz. U zamonlarda Xorazm ham poytaxti Hirot bölgan Xuroson davlati tarkibida edi. Husayn Boyqaro Xorazmni yanada yuksaltiriş uçun Hirotdan 3 ming oilani Xorazmga köçirmoqçi böladi. Navoiy qayta-qayta murojaat qilib, hukmdorni bunday qilmaslikka çaqiradi. Çunki naqliyot (transport) mukammal darajada rivoj­langan hozirgi zamonda ham bir oilani majburan qariyb ming çaqirim uzoqqa köçiriş ‒ qançalar oğir va murakkab muammo? Axir, şunça odam ixtiyorsiz ravişda mulkidan bemulk, vatanidan bevatan böladi-ku.

Husayn Boyqaro qadrdon döstining raʼyini qaytargisi ham, öz fikridan qaytgisi ham kelmaydi. Oxiri, Husayn Boyqaro 3 ming emas, 1 ming oilani Hirotdan Xorazmga majburan köçiradi.

Davlat siyosatida salohiyati qaysidir sohaga kuçliroq aholini nisbatan qoloqroq yerlarga köçiriş, şu tariqa bu yerda ham rivojlanişni taʼminlaş taj­ribasidan XX asrda şöro davlati ham toza foydalandi. 30-yillarda dehqonçilik madaniyatini kötariş maqsadida Farğona vodiysidan bir qism aholi Surxondaryoga majburan köçirilgan. Keyinçalik bu tajriba Mirzaçölni özlaştirişda ham qatʼiy qöllanildi.

Husayn Boyqaro ham bu aholining Hirotdan Xorazmga dehqonçilik, umuman, işlab çiqariş madaniyatini olib kelişini közda tutgan.

Oçiğini aytganda, bugun esa Xorazmda hayot darajasi ham, umummadaniy yuksaliş ham hozirgi Hirotdagidan bir neça karra yuksak ekanini qayd etib ötiş şart bölmasa kerak. Bu: “Sivilizatsiyalar köçib yuradi”, – degan qoidaning naqadar töğri ekanini körsatadi.

Tarix şu hodisani örganişi, bu ming oila Xorazmning aynan qayeriga köçirib olib kelinganini, ularning keyingi taqdiri qanday bölganini manbalardan qidirib körişi zarur. Çunki u zamonlarda “Xorazm” deyilganda hozirgi Xorazm viloyati, Qoraqalpoğis­ton Respub­likasi hamda qöşni Turkmanistonning Toşhovuz viloyatining aholi ziç yaşaydigan obod, yaʼni sunʼiy suğoriladigan yerlarga ega joylari közda tutilgan.

Qöşköpir tumanining “Ohdarband” degan qişloğida hozir ham forsiy tilda sözlaşuvçi aholi yaşaydi. Bu qiş­loq keksalari ajdodlarining XIX asr 70-yillarida Erondan kelib qolişgani haqida sözlaşadi. Bu yerda forsiy til hozirgaça saqlanib qolgani ham ularning yaqin tarixda köçib kelganidan dalolat beradi. Demak, bular Hirotdan köçib kelganlarning avlodlari emas.

Köngildan yana bir mulohaza ham ötadi. “Hazorasp” degani “ming ot” degan maʼnoni anglatadi. Ehtimol, ana şu Hirotdan kelgan oilaning har biri köç-köronini bittadan otga yuklab, Xorazmga ravona bölgan va hozirgi Hazoraspga kelib örnaşgandir?

Yana kim biladi? Çunki köhna tarix qumlarga singib ketgan yomğirga öxşaydi…

Navoiy zamonasida Hirot şahri va uning atroflarida hozirgi tojiklar, özbeklar va turkmanlarning ajdodlari istiqomat qilgan. Ammo ming oila, yaʼni taxminan 5 ming kişi öşa davrlarda Xorazmga köçirilgan bölsa, tabiiyki, ular bizning davrlarga qadar mahalliy aholiga singişib ulgurgan, yaʼni assi­milyatsiya bölib ketgan. Demak, bugungi xorazmliklar tomirlarida ana öşa hirotliklar qoni ham oqadi.

Bu fakt buyuk Navoiyni yana bir jihatdan ona yurtimizga çambarças boğlanganini körsatadi.

Sultonmurod OLIM,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan