Söz erkinligi: huquqiy kafolat va masʼuliyat

8 dekabr — Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

 

Har qanday davlatning yuzi, obrö-eʼtibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir. Asosiy Qomusimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Bir söz bilan aytganda, Konstitutsiyamiz tom maʼnoda xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsulidir.

Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasining umumeʼtirof etilgan normalari hamda mazkur sohadagi boşqa xalqaro hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari hamda erkinligini taʼminlaş va himoya qiliş mexanizmini özida mujassam etgan asosiy Qonunimiz jahon meʼzonlari talablariga javob beribgina qolmay, xalqaro miqyosda namuna bölgulik huquqiy hujjat ekanini ham körsatadi. Bu mazmundagi eʼtiroflarga öz-özidan sazovor bölingani yöq. Xalqimizning tinç, obod va farovon hayotini taʼminlaş hamda mamlakatimiz hayotining barça sohalarida islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşirişda mustahkam poydevor bölib xizmat qilayotgan Konstitutsiyamiz inson hayoti davomida duç kelişi mumkin bölgan har qanday vaziyatni hisobga olgan holda işlab çiqilgan.

Konstitutsiyamiz qabul qilingandan buyon ötgan 30 yil Boş Qomusimizda mustahkamlab qö­yilgan xalqimizning orzu-umidlari, bugungi va kelajak manfaatlariga javob beradigan ustuvor tamoyillarning naqadar töğri ekanligini amalda isbotladi. Aytiş joizki, inson huquqlari oliy qadriyat deb belgilangan Konstitutsiyamizda davlat ham, jamiyat ham, avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilişi, uning haq-huquqlarini himoya etişi ustuvor tamoyil sifatida aniq belgilab qöyilgan.

Amaldagi Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida mamlakatimizning siyosiy qurilişi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi, davlat va fuqarolarning, jamiyat tuzilmalarining huquq hamda majburiyatlariga oid masalalarni qamrab oldi, barça sohada erişilgan yutuqlarimizning huquqiy poydevori bölib keldi. Lekin vaqt deganlari yugurik. Zamon şiddat bilan özgarib bormoqda. Buni ham hisobga olişimiz şart, albatta. Asosiy qonunimizni amalga oşirilayotgan islohotlarga, jamiyatdagi real voqelikka, yurtdoşlarimizning ongu tafakkuridagi özgarişlarga, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga hamohang tarzda takomillaştiriş hayo­tiy zarurat hisoblanadi.

Agarda bu borada dunyo tajribasiga eʼtibor qaratadigan bölsak, sönggi 30 yillikda 90 ga yaqin davlatda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oşirilib, ulardan 53 tasida yangi kons­titutsiyalar qabul qilingan.

Xöş, mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlar nima uçun kerak va bu islohotlar mazmun-mo­hiyatida qanday maqsadlar mujassam, degan savol tuğilişi tabiiy.

Eʼtirof etiş joizki, bugun kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatni anglagan holda Kons­titutsiya tamoyillari asosida amalga oşirilayotgan har bir islohot zamirida mustaqilligimizni mustahkamlaş, aholi turmuş farovonligini yuksaltiriş, Özbekistonni eng rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam örin egallaşi kabi maqsadlar mujassam.

Xususan, fuqarolarning axborot oliş va tarqatiş erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlaş – Yangi Özbekiston Taraqqiyot strategiyasi yettinçi yönalişining dastlabki va muhim maqsadi sifatida belgilangan. Bundan şuni anglaş mumkin: biz yaşayotgan globallaşuv va axborot asrida hayotimiz, jamiyat taraqqiyoti, mamlakat ravnaqi zamonaviy mediamakon va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan çambarças boğliqdir.

Albatta, mamlakatimizda keyingi yillarda barça sohalar qatorida Özbekistonning axborot siyosati uçun ham öziga xos özgarişlar davri böldi. Özbekiston Davlat mustaqilligiga erişgan 1991 yildan 2002 yilgaça sohaga tegişli bölgan 5 ta yaxlit qonun qabul qilingan bölib, keyingi davr­­da bu qonunçilik bosqiçma-bosqiç takomillaşib kelmoqda. Keyingi 6 yil içida OAV sonining 30 foizga oşib, internet naşrlari esa 2 barobarga köpaygani yuqorida aytilgan fikrimizning yaqqol dalilidir. Bu örinda, ayniqsa, xususiy media hissasi salmoği yanada ortgani, ularda mavjud muammolar erkin va oçiq tarzda yoritilayotgani eʼtiborga molikdir.

Sönggi yillarda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari orqali obʼyektiv va haqqoniy maʼlumot oliş imkoniyatlari yanada kengayib, söz erkinligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilayotgani yurtimizda demokratiyaning barça tamoyillariga amal qilinayotganligini körsatmoqda. Zero, demokratiya davlatning OAVga bölgan eʼtibori va munosabati bilan ham ölçanadi.

Texnika va texnologiyalar taraqqiyoti jamiyatda axborotning ahamiyatini yanada oşirdi. Axborot barça sohaga çuqur kirib borgani, inson va jamiyat hayotiga taʼsiri misli körilmagan darajada ortgani, öz navbatida, ularni tartibga soliş zaruratini ham yuzaga keltirdi.

Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar fuqarolarning axborot sohasidagi huquqini yanada kengroq röyobga çiqariş uçun imkon yaratiş, OAVlarning davlat hokimiyati va boşqaruv organlari fao­liyati ustidan jamoatçilik nazoratini taʼminlaş borasidagi rolini kuçaytirişga xizmat qiladi.

Yangi Özbekistonni barpo etişda   jamiyat va davlat boşqaruvini tanqidga, ayniqsa, qarama-qarşi fikrlarga töğri munosabatni şakl­lantirişda söz erkinligi uçun xolis xizmat qiladigan axborot vositalari hamda unda faoliyat yuritib kelayotgan jurnalistlar uçun, avvalambor, konstitutsiyaviy kafolatlar juda muhim.

Umumxalq muhokamasiga taqdim etilgan yangi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 67-moddasida: “Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlaş, oliş, axborotdan foydalaniş va uni tarqatişga bölgan huquqlari amalga oşirilişini kafolatlaydi” degan norma ham öz ifodasini topmoqda.

Buning eʼtibor va eʼtirofga loyiq tomoni şundaki, davlat OAV hamda Özbekistonning taraqqiyoti va xalqning turmuş farovonligini yanada yuksaltiriş yölida öz faoliyati bilan ulkan hissa qöşib kelayotgan jurnalistlar faoliyatining erkinligini qonun yöli bilan himoyalanişini davlatning asosiy qonuni bilan kafolatlaşni taʼminlamoqda.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari taj­ribasiga köra, söz va matbuot erkinligini taʼminlamay turib, iqtisodiy rivojlanişga erişiş ham, jamiyat aʼzolarining turmuş farovonligini oşiriş ham oğir keçadi. Agar Özbekiston Respub­likasining amaldagi Konstitutsiyasi 67-moddasiga çuqurroq nazar taşlasak, uşbu moddada OAV hamda jurnalistlarning öz kasbiy faoliyatini erkin amalga oşirişi uçun zarur va yetarli kafolatlar belgilanmaganligiga amin böliş mumkin. Taklif etilayotgan yangi tahrirdagi moddada esa, aynan ana şu “böşliq” töldirilib, OAV va jurnalistlarning faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşganlik uçun javobgarlik belgilanmoqda. Jumladan, 67-moddada “Ommaviy axborot vositalarining va jurnalistlarning faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi”, degan norma mavjud.

Maʼlumki, davlatimiz rahbarining 2022 yil 27 iyunda qabul qilgan “Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori 2022–2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekiston Taraqqiyot strategiyasini amalga oşiriş, şuningdek, ommaviy axborot vositalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilişni kuçaytiriş, ular faoliyatini har tomonlama qöllab-quvvatlaşda yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda. Bunday imkoniyatlar media sohasi vakillaridan mamlakatimizda keçayotgan yangilaniş jarayonlarida har qaçongidan ham faol, xolis, halol va öta masʼuliyatli bölişni talab etmoqda.

Yuqorida taʼkidlab ötilganidek, keyingi yillarda barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlarning ijrosini nazorat qiliş va   erişilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda kamçilik­larni oçiq-oydin ayta olişda jamoatçilik, şu jumladan, ommaviy axborot vositalarining örni va roli ortib bormoqda.

Söz erkinligi konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlangan jamiyatlarda, albatta, bu huquqdan foydalanişning muayyan tartibga solingan qonun-­qoidalari ham mavjud: masalan, söz va axborot erkinligining huquqiy himoyasi axborotning mazmun-mundarijasi va uni ifoda etiş vositalariga, usullariga boğliq. Axborot erkinligi internet va zamonaviy axborot texnologiyalari şaroitida şaxsning boş­­qa huquqlariga, xususan, har bir şaxs­ning insoniy qadr-qimmati va şaʼni bilan boğliq, şaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligi bilan boğliq huquqlariga zarar yetkazmasligi kerak.

Şu bois, taklif etilayotgan qonun loyihasining 67-moddasida “Ommaviy axborot vositalari özlari taqdim etadigan axborotning töğriligi uçun javobgardir”, degan norma kiritilgani soha vakillarining axborotni oliş, töğriligini tekşiriş va tarqatiş borasidagi masʼuliyatini yanada oşirişga turtki böladi, deb öylaymiz.

Konstitutsiyamizning 56- va 67-moddalariga qöşimça tarzida kiritilayotgan, keng jamoatçilik tomonidan kelib tuşgan takliflar asosida takomillaşayotgan Kons­titutsiyaviy qonun loyihasida belgilangan huquqiy normalar ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini taʼminlaş hamda milliy jurnalistikamizni yanada rivojlantiriş, soha vakillari örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantirişda yangi imkoniyatlarni oçiş barobarida el-yurt manfaati va Yangi Özbekiston taraq­qiyotiga ham xizmat qiladi.

Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni jurnalistlar oldiga şunday vazifalarni qöymoqdaki, Asosiy qonunga kiritilayotgan har bir özgartiş va qöşimçalarni, eng avvalo, jurnalistning özi çuqur anglaşi, har jihatdan xolisona tahlil eta olişi zarur. Bu öz navbatida, jurnalistning tayyorlagan materiali orqali jamoatçilik eʼtiboriga töğri va mukammal ifodalangan holda, havola etilişi şart.

Jurnalistikaning asosiy vazifalaridan biri – jamoatçilik fikrini şakllantiriş, jamiyatda yuz berayotgan özgarişlar, islohotlar mohiyatini aholiga, har bir şaxsga töğri tuşuntirişdan iborat. Toki har bir fuqaro, har bir şaxs konstitutsiyaviy islohotlar kelajak uçun muhim ekanligini, tahrir etilayotgan har bir norma, har bir band oddiy bir inson, fuqaro hayotida neçoğlik muhim ahamiyat kasb etişini tuşunib yetsin.

Şubhasiz, jurnalistlar jamiyatning boş­qalardan köra bir qadam oldinda yuradigan ilğor vakillari sifatida öz missiyalarini töliq ado etayotgan bölişadi. Ayni islohotlar jarayonida esa biz jurnalistlardan çindan ham boşqalardan köra bir qadam oldinda yuriş talab etilmoqda.

Olimjon ÖSAROV,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan