2 noyabr – Jurnalistlarga qarşi jinoyatlar jazosiz qolişini töxtatiş xalqaro kuni

BMT Boş Assambleyasining 2013 yil 18 dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasiga asosan, 2 noyabr sanasi dunyo miqyosida Jurnalistlarga qarşi jinoyatlar jazosiz qolişini töxtatiş xalqaro kuni deb eʼlon qilingan.

Mazkur hujjatda BMTga aʼzo barça mamlakatlar jurnalistlarning xavfsiz faoliyat yuritişi uçun şaroit yaratiş, axborot olişni kafolatlaş va söz erkinligini taʼminlaş, jurnalistlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar va huquq­buzarliklarga nisbatan zarur çoralarni körişga çaqiriladi.

Kafolat

Yangi Özbekistonni barpo etişda jamiyat va   davlat boşqaruvi borasidagi tanqid yoki qarama-qarşi fikrlarga töğri munosabatni şakllantirişda söz erkinligi uçun xolis xizmat qiladigan axborot vositalari hamda jurnalistlar uçun, avvalambor konstitutsiyaviy kafolatlar juda muhim.

Şu bois, yurtimizda Konstitu­siyaviy qonun loyihasining 67-moddasiga köra: OAV va jurnalistlarning faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşganlik uçun javobgarlik belgilanmoqda:

Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlaş, oliş, axborotdan foydalaniş va uni tarqatişga bölgan huquqlari amalga oşirilişini kafolatlaydi.

Ommaviy axborot vositalarining va jurnalistlarning faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi.

Ommaviy axborot vositalari özlari taqdim etadigan axborotning töğriligi uçun javobgardir.

Raqamlarga murojaat qilamiz: 2012 yildan 2016 yilga qadar jahonda 530 nafar jurnalist öldirilgan. Eng köp qurbonlar tele va radiojurnalistlar hamda bosma OAV xodimlari orasida qayd etilgan. Jurnalistlar uçun eng xavfli hududlar – Arab mamlakatlari. Asosan xalqaro jurnalistlarning ölimi ovoza bölsa-da, halok bölganlarning 92 foizi – mahalliy muxbirlar. Taʼkidlaş joizki, jurnalistlarga qarşi jinoyatlarning 90 foizi jazosiz qolmoqda!

BMT boş kotibi Antoniu Guterrişning sözlariga köra, yana bir xavotirga asos böluvçi tendensiya – OAVda işlovçi ayollarga qarşi zöravonlik holatlarining ösişi bölib qolmoqda.

Jurnalistika —

jinoyat emas!

Antoniu Guterriş: “Jurnalistika – jinoyat emas. Jurnalistlarning va halok bölgan hamkasblarining mehnati bizga haqiqat heç qaçon ölmasligini eslatib turadi”.

Sörovnomaga köra, butun dunyo odamlari OAV erkinligi mohiyati va qadrini tan olişmoqda. BMTda jurnalistlar himoyasi masalasi oldingi örinlarga çiqmoqda – u Boş Assambleya va Xavfsizlik Kengaşining kun tartibiga kiritilgan. YUNESKO taşabbusi bilan, Boş Assambleya jurnalistlar xavfsizligini taʼminlaşga oid çora-tadbirlar rejasini tasdiqladi va bu borada muayyan yutuqlarga erişildi. Maʼlumot erkinligi haqidagi qonunni qabul qilgan mamlakatlar soni beş yil içida 90 tadan 112 taga oşdi. YUNESKOga aʼzo mamlakatlarning 74 foizi jurnalistlar xavfsizligiga oid maʼlumotlarni taqdim etib keladi.

Taʼkidlaş joizki, sönggi 5-6 yilda mamlakatimizda matbuot va OAV vakillariga munosabat ijobiy tomonga özgardi. Ayniqsa, söz va matbuot erkinligini taʼminlaşda Davlatimiz rahbari tomonidan katta eʼtibor qaratilayotgani quvonçli holdir.

Muhayyo TURDIALIYEVA,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi masʼul kotibi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan