Boburning piri kim edi?
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi
Tarixiy qaror
Şu yilning 25 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk şoir va olim, maşhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Bu tarixiy hujjatda buyuk şoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda maʼlum va maşhur bölgan Bobur hayoti, faoliyati va ijodini örganiş böyiça hozirgaça qilingan ulkan işlarga umumiy baho beriladi. Şu bilan birga, jonajon Vatanimiz milliy rivojlanişning yangi bosqiçiga – Uçinçi Renessans davriga qadam qöyayotgan, hayotimizning barça jabhalarida tub özgarişlar yuz berayotgan bugungi kunda Bobur Mirzoning bebaho merosini çuqur örganiş va ommalaştiriş yanada muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida taʼkidlanadi.
Şundan kelib çiqib, qarorda uning ilmiy va ijodiy merosini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda yanada çuqur örganiş va tarğib etişga qaratilgan köp-köp vazifalar belgilab beriladi.
Avvalo, Bobur tavalludining 540 yilligini nişonlaş böyiça taşkiliy qömita tuzildi va ayni kunlarda mamlakatimizda ana şu sana puxta işlab çiqilgan çora-tadbirlar dasturi asosida munosib tarzda nişonlanyapti. Bu dasturda mamlakatimizdagi Bobur nomi bilan boğliq obida va qadamjolarni, jumladan, yodgorlik majmualarini taʼmirlaş va ularning hududlarini obodonlaştiriş; adib merosiga mansub qölyozma, qadimiy kitoblar, sanʼat asarlari va boşqa madaniy boyliklarni restavratsiya qiliş, ularni işonçli darajada saqlaş uçun zarur şaroit yaratiş; xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan bu uluğ şaxsning hayoti, ilmiy-ijodiy merosi hamda u yaşagan davrga oid noyob qölyozma asarlar va boşqa madaniy boyliklarni aniqlaş, ularning nusxalarini Özbekistonga olib keliş va tadqiq qilişni davom ettiriş; uning ilmiy-ijodiy merosini, davlatçilik va sarkardalik faoliyatini keng örganiş maqsadida xalqaro miqyosda ilmiy izlanişlar olib boriş va ularning natijalarini eʼlon qiliş, yangi ilmiy, badiiy-publitsistik asarlar yaratiş; bu zot hayoti va faoliyatiga bağişlangan yuqori sifatli media mahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratiş, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiliş, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarğib qiliş; Özbekistonimizning xorijiy mamlakatlardagi elçixonalari, Özbek milliy madaniy markazlari, vatandoşlar jamiyatlarida şoir ijodini keng örganiş va tarğib qilişga bağişlangan maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari taşkil etiş ham közda tutilgan.
Qarorda mutasaddi taşkilotlarga yana köplab maʼnaviy-maʼrifiy vazifalar, jumladan, adabiy-badiiy hamda ilmiy-nazariy anjumanlar ötkaziş, körgazmalar taşkil etiş, Bobur hayoti va asarlari asosida yangi spektakllar yaratiş, şoir ğazallari bilan ijro etiladigan eng yaxşi qöşiqlar tanlovlari hamda “Nazm va navo” maqom keçalarini uyuştiriş, badiiy va multiplikatsion filmlar suratga oliş, boburşunoslikka oid kitoblar çop etiş yuklatilgan.
Şuningdek, 2023-2024 öquv yilidan boşlab oliy taʼlim muassasalari talabalari uçun tarix va geografiya yönalişlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladigan böldi. Umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilari örtasida “Bobur asarlarining bilimdonlari” tanlovi va “Boburni anglaş” mavzusida inşolar tanlovi ötkaziladi, 2023 yil 1 avgustiga qadar özbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburşunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.
Bu qaror ijrosi, tabiiyki, bizni Boburga yaqinlaştiradi, uluğ bobokalonimizni dunyoga yanada köproq tanitişga hissa qöşadi.
Şuningdek, u Bobur şaxsi va murakkab hayot yölini teranroq tadqiq etişga ham undaydi.
Xoja Ahror Valiy qöygan muborak ism
Tasavvufda pir-muridlik – öta muhim jihat. Xalq orasida tojik tilidagi bir naql hozirgaça juda maşhur:
Bepir maşav, agar xohӣ amonӣ,
Agar boşӣ Iskandari zamonӣ.
Bu: “Agar zamonning Iskandari bölsang ham, pirsiz bölma, omon yurasan”, – degan maʼnoni anglatadi.
Ötgan zamonlarda odatda otaning piri öğilga ham murşidlik qilar edi. Agar otasining piri ötib ketgan bölsa, öğil öşa pirning muridlaridan bölgan uluğ zotning etagini tutar edi.
Bobur Mirzoning otasining piriga boğliqligi bundan ham kuçliroq edi.
Adabiyotşunos Vahob Rahmonov XIX asr tarixçisi Mirzo Olim Muşrifning “Ahsob ul-salotin fi tavorixi xavoqin” asari asosida bir yangilikni omma hukmiga havola etdi. Umarşayx Mirzo tönğiç öğli tuğilgaç, piri Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy huzurlariga borib, çaqaloqqa ism qöyib berişni söraydi. Ul zoti şarif yangi tuğilgan bolaga “Zahiriddin Muhammad” deb ot qöyadilar. Lekin oddiy odamlar uçun talaffuzi oğirlik qilişini hisobga olib: “Mirzo Bobur böla qolsin”, – deydilar. Şunga qaramay, xutbada xatiblar “Zahiriddin Muhammad Bobur” tarzida töliq qilib öqişadi (Bu haqda qarang: “Istiqlol sadosi” gazetasi, 2006 yil, 13 fevral).
Xoja Ahror – Umarşayx Mirzoning piri.
Uç savolga uç javob
Xöş, Boburning piri kim edi? Uning murşidiga munosabati qanday edi? Boburning hayot yöliga bu maʼnaviy rahnamoning taʼsiri bölganmi?
Bu uç savolga “Boburnoma”ning özidan boşqa manbadan aniq-tiniq javob topiş – muşkul.
Boburning “ustodi va piri” (Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. – Toşkent: Fan, 1960. – B. 112. Bundan keyin şu naşrdan olingan parçalarning sahifasi qavsda berib boriladi) Xoja Mavlonoyi qozi Abdulloh edi. “Boburnoma”da uning ota tarafdan Şayx Burhoniddin Qiliçga, ona tomonidan esa Sulton Ilik Moziyga borib boğlanişi ham bildirib ötiladi. Bu ikki nasab Farğonada avvaldan baobrö bölib kelgan edi: “Farğona viloyatida bu tabaqa muqtado (iqtido qilinuvçi, diniy yölboşçi – S. O.) va qozi böla kelgandurlar” (B. 112).
Boburning piri Umarşayx Mirzo bilan hampira, yaʼni u ham Xoja Ubaydulloh Ahror Valiyning muridi, ul zoti şarif qölida tarbiya topgan edi.
Şayxlar orasida valiy darajasiga yetganlar kam böladi. Bobur esa pirini şunday maqom egasi hisoblaydi va bu zoti şarifga yomonlik qilganlarning juda oz fursatlarda olamdan ötganini bunga eng işonçli dalil qilib keltiradi: “Xoja qozining valiyliğida mening heç şakkim yöqtur. Qaysi iş valoyatqa (valiylikka – S. O.) mundin yaxşiroq dalildurkim, alarğa qasd qilğanlardin oz fursatta osor va alomat qolmadi” (B. 112). Ikkinçi isbot ham – bor: “Xoja qozi qörqmas kişi edi. Qörqmoq anda aslo yöq edi. Onça daler kişi körilgan emas. Bu sifat ham valoyat dalilidur. Soyir el (tiriklar orasida – S. O.) har neça bahodur bölsa, andak dağdağasi (qörquvi – S. O.) va tavahhumi (vahimasi – S. O.) bölur. Xojada aslo dağdağa va tavahhum yöq edi” (B. 112).
Xuddi şu salohiyati bilan ham pir hamişa davlat işlarida muridi – Bobur Mirzoga yelkadoşlik qilgan.
1497-1498 yil voqealari bayonida Bobur yetti oy uruşib, Samarqand taxtini Boysunğur mirzodan olganini, poytaxtda podşoligi bu gal uzoqqa çözilmaganini oçiq yozadi: “Bu navbat Samarqand şahrida yuz kun podşohliq qildim” (B. 112).
Bobur Samarqandni olganida ahvol juda oğir edi. Askarlar taʼminotida ham katta tanqislik bor edi. Şu vaziyat tahlilini muallifning özi bunday davom ettiradi: “Biz ham elga nima yetkura olmaduk. Uylarini ham soğindilar. Birar-ikkirar qoçmoqqa yuz qöydilar. Avval kişikim, qoçti – Xonquli Bayonquli edi, yana Ibrohim Bekçik edi. Möğullar tamom qoçtilar. Söngra Sulton Ahmad Tanbal ham qoçti” (B. 110).
Ana şunday murakkab vaziyatda Bobur kimlarga suyangan? Albattaki, birinçi navbatda yonida bölgan piriga! Buning boşqa bir jihati ham bor edi – Axsida hukmronlik qilib turiş uçun qöyib kelingan Uzun Hasan ham özini Xoja qozining muridi hisoblar edi: “Bu fitnaning taskini uçun Xoja qozini yibordukkim, Uzun Hasan Xojağa özini xeli (ança – S. O.) muxlis va muʼtaqid (eʼtiqodli – S. O.) tutar edi. Uzun Hasanning ittifoqi bila qoçqonlarning baʼzisiğa sazo (jazo – S. O.) bergaylar, baʼzisini bizning qoşimizğa yiborgaylar” (B. 110).
Bobur Samarqandni Andijon laşkari kuçi bilan olgan edi. U Samarqandga bu galgi yurişini boşlaganda Andijonga Ali Döst tağoyini (Professor Hasan Qudratullayev Ali Döstni “Boburning toğasi” deb hisoblaydi. Qarang: “Mening boşimdin mundoqlar xeyli ötubtur” – “Mohiyat”, 2006 yil, 31 mart) Axsiga, aytib ötilganidek, Uzun Hasanni qöyib kelgan edi. “Söngra Xoja qozi ham kelgan edi” (B. 111), – deb yozganida pirining Andijonga kelganini közda tutadi. Çunki yuqorida körib ötganimizdek, Xoja qozi Axsiga – Uzun Hasanning oldiga maxsus vazifa bilan kelgan edi.
Şu voqealar tahlilining öziyoq Xoja qozi, xuddi piri Xoja Ahror kabi, siyosat işlariga bevosita va faol iştirok etib turganini körsatadi. Mana bu dalil buning şakli va darajasidan dalolat beradi: “Xoja qozi ul qalʼadorliqda mening davlatxohliğim uçun ön sekkiz ming qöyni qörğondaği yigitlarga va bizning bila bölğan yigitlarning köçlariğa ulaşti” (B. 111).
Demak, pir muridining manfaati uçun naqd ön sakkiz ming qöyni Axsi qörğonini qöriqlayotganlarga, şuningdek, Samarqandda Bobur bilan birga bölganlarning oilalariga tarqatadi. Şuning özi ham Xoja qozi, tasavvufdagi rahnamosi Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy singari, köp mol-mulkka ega bölganini tasdiqlaydi.
Naqşbandiy şayx, siyosat va xalq manfaati
Tasavvuf tarixidan yaxşi bilamizki, Xoja Ahror tinimsiz ravişda zamon hukmdorlari, xususan, temuriy mirzolar bilan yozişmalar olib borgan. Bundan közlangan asosiy maqsad esa Alloh rizoligini topiş, xalq tinçligi va farovonligi yölida taxt egalariga oqilona maslahatlar berişdan iborat edi.
Ana şu ezgu anʼana Xoja qozi va Bobur örtasidagi yozişmalarda ham davom etdi. “Boburnoma” buni töla isbotlaydi: “Muhosara (qamal – S. O.) muddatida mening volidalarimdin (onam va buvimdan – S. O.) va Xoja qozidin muttasil bu mazmun bila xatlar kelur edikim: “Bizlarni mundoq muhosara qilibturlar, agar kelib, faryodimizğa yetmasangiz, iş vubol bölğusidur. Samarqand Andijon kuçi bila olilib edi. Andijon ilikta (qölda – S.O.) bölsa, yana Tengri rost keltursa, Samarqandni iliklasa (qölga kiritsa – S.O.) bölur” (B. 111).
Boburning bu paytdagi vaziyati nihoyatda qaltis va fojiali edi: “Andijonğa böla Samarqandni ilikdin berduk. Andijon ham ilikdin çiqmiş edi. Bizga: “Ğofil az in jo ronda va az on jo monda” (“Ğofil kişi bu yerdan ketdi, u yerga ham yetmadi” – S.O.) degandek böldi” (B. 112). Bunday oğir kun şu paytgaça uning boşiga tuşmagan edi: “Bisyor şoqq (maşaqqatli – S.O.) va duşvor keldi, ne uçunkim, to podşoh bölub edim, bu navʼ navkardinu viloyattin ayrilmaydur edim, to özumni bilib edim, bu yösunluq ranju maşaqqatni bilmaydur edim” (B. 112 – 113). Şu holatda köp beklari uni taşlab ketdi. Bu ahvolga çidaş muşkul edi: “Manga bisyor duşvor keldi, beixtiyor ğalaba (dod solib – S.O.) yiğladim” (B. 113).
Boburning yuz kungina podşohlik qilib, Samarqandni taşlab çiqişiga yana bir sabab öşa kezlarda qattiq kasal bölib qolgani edi. Tuzala boşlagan bir paytda parhezga oxirigaça rioya qila olmagani uçun yana uzildi: “Tört kungaça tilim tutuldi, oğzimğa paxta bila suv tomizurlar erdi” (B. 111). Şu kunlari Uzun Hasan Axsida ahvol oğirlaşganini bildiriş uçun elçi qilib, navkar yubordi. Şunda, Boburning fikriça, beklar diplomatiya qoidasi böyiça öta jiddiy xatoga yöl qöydi: “…Raʼyda ğalat (xato – S.O.) qilib, meni körsatib, ruxsat berdilar” (B. 111).
Bu yerdagi “ruxsat berdilar”ni qaysi maʼnoda tuşuniş – kerak? Agar, Andijonga qaytib ketişga ruxsat berildi, deb tuşunilsa – bir maʼno, umuman, Axsini duşmanga topşirişga ijozat, deb tuşunilsa – tamoman boşqa maʼno kelib çiqadi. Har holda, ikkinçisi közda tutilgan körinadi. Voqealar tafsili şundan dalolat beradi.
Bir neça kundan keyin Bobur oyoqqa turdi. U qatʼiy ravişda Samarqanddan çiqib, Andijon sari yuriş qiliş fikriga keldi: “Çun onalarimdinkim, onam va onamning onasi Esan Davlatbegim bölğay, yana ustod va pirimdinkim, Xoja Mavlonoyi qozi bölğay, bu navʼ xatlar kelib, mundoq ehtimom (iltimos – S.O.) bila tilağaylar, ne köngul bila kişi turğay!” (B. 112).
Hamma işni ana öşa elçi buzdi. Bobur Samarqanddan çiqqan şanba kuni Ali Döst tağoyi Andijon qalʼasini duşmanga berdi. Sababi – muxoliflar Andijon qalʼasini qamal qilganda haligi elçi borib, podşohning ölim töşagida yotgani, tildan qolgani, oğziga suv tomizib turganlarini Ali Döst tağoyiga yetkazdi, buni öz közlari bilan körganiga ont içdi: “Bu sözdin bepoy (oyoqsiz, yaʼni ilojsiz – S.O.) bölub, muxoliflarni tilab, ahd va şart qilib, qalʼani berdi” (B. 112). Holbuki: “Zaxiradin va uruşur kişidin qörğonda heç kamlik yöq edi. Ğoyataş (bor-yöği – S.O.) ul munofiqi namakharom (tuzni harom qilgan, nonkör – S.O.) mardakning nomardliği edi” (B. 112).
Bir hafta yurib, keyingi şanba kuni Bobur Xöjandga yetib keldi. Andijon qöldan ketganini şu yerda eşitdi.
Mard ustod fojiasi
Xöş, Boburning ustodi va piri bu voqealarga qanday munosabatda böldi? Axir, u ham Andijonda – Ali Döst tağoyining oldiga yuborilgan edi-ku.
Duşman duşman-da. Andijonni olgan duşman Boburning Xöjandga yetib kelganini eşitib: “Xoja Mavlonoyi qozini ark darvozasida beizzatona osib, şahid qildilar. …Xojaning voqeasidan (ölimidan – S.O.) söng Xojağa mansub ellar – misli navkaru çokar va aymoqu (qarindoşu – S.O.) ahşomni (xizmatkorlarni – S. O.) tamom tutturub, talattilar” (B. 112).
Bu voqea nimadan dalolat beradi? Birinçidan, Xoja qozining fikran sotqin Ali Döst tağoyi bilan birlaşmaganini, muridi va şogirdi Bobur Mirzoga oxirigaça sodiq qolganini körsatadi. Ikkinçidan, bu Xoja qozi aynan Bobur bilan bir siyosiy maqsadda birikkani, bugungi tuşunçalar bilan ifodalaganda, Vatan himoyasi uçun qurbon bölganidan dalolat beradi.
“Boburnoma”ni öqiganimiz sari Boburni ham, uning atrofidagi kişilarni ham yaqinroqdan bila boşlaymiz.
Sultonmurod OLIM,
Özbekistonda xizmat körsatgan
madaniyat xodimi
