Milliy qahqahamiz sardori

(“Muştum” jurnali 100 yoşda)

 

Maʼlumki inson hayotida kulgining ahamiyati kattadir. Sihat-salomatlik, hayot zavqi, taşqi olamdan mamnunlik va şu bilan birlikda turmuşdagi mutanosiblikning favqulodda özgarişi insonda beixtiyor tabiiy kulgi uyğotadi. Şu bilan birlikda jamiyat hayotida, yaʼni ijtimoiy kulgi ham mavjud bölib u ijtimoiy sabablar natijasida yuzaga keladi.

Mutafakkir olimlar kulgining ijtimoiy-maʼnaviy asosini töqlik daʼvo qiluvçi puçlikdan, çiroylilik daʼvo qiluvçi xunuk­likdan iboratdir, deb taʼriflaydilar. Yaʼni öz umrini yaşagan tartiblar va zamonaga yaraşmagan holda qonuniylik daʼvo qiluvçi xatti-harakat, özini qonuniy deb çiranuvçi qonunsizlik va boşqa ijtimoiy nomutanosibliklar tabiiyki insonni ranjitadi va ular ustidan norozilik kulgisi uyğonadi. Rus yozuvçisi N.Gogol “Illat uçun uning payqalgani va uning ustidan qahqahali kulgi uyğonganini anglaşdan boş­­qa dahşatliroq narsa yöq”, deb bejiz ayt­magan edi.

Şunga binoan xalqimiz ham eskirgan tartiblar, özini abadiy hukmron deb biluvçi podşolar, xonlar va ularning amaldorlari ustidan, turmuşda yuz beradigan turli nomutanosibliklar, illatlar, odamlar feʼl-atvorida uçraydigan nuqsonlar ustidan turli latifalar, qoçirimli as­­kiyalar, lapar va tomoşalar vositasida hamişa kulib, eskilikni masxaralab kelganlar.

Bu jabhada rivojlangan mamlakatlarda naşr etib kelinadigan hajviy jurnallar ham muhim örin tutgan. Ana şunday naşrlardan biri asrimiz boşida ölkamizda vujudga kelgan “Muştum” jurnali böldi, uning birinçi soni bundan roppa-rosa yuz yil oldin – 1923 yilning 18-fevralida dunyo yuzini körgan edi. Uning asos­çilaridan bölmiş atoqli özbek adibi Abdulla Qodiriy jurnalning birinçi sonida bosilgan “Muştum” taʼrifida”   deb nomlanuvçi boş maqolasida “Bu “Muştum” zörlik muştumi emas – haqlik muştumidir; zolimlar muştumi emas mazlumlar muştumidir”, deb taʼrif berib ötgan edi.

“Muştum” jurnali mamlakatimizda yuz bergan juda murakkab bir tarixiy şaroitda dunyo yuzini kördi. 1917 yilning oktyabrida Rossiyada V.Lenin boşçiligidagi kommunist-bolşeviklar partiyasi davlat töntarişini amalga oşirib, hokimiyatni qölga olgan va bu öşa paytda Ros­siyaning mustamlakasi bölgan Turkistonda ham zöravonlik bilan amalga oşirilgan edi. Bolşeviklar öz hukmronliklariga erişiş uçun harbiy va ijtimoiy zöravonliklar qatorida matbuotdan ham keng foydalandilar va Rossiya qatorida Turkistonda ham mavjud bölgan barça matbuot körinişlarini tugatib, öz ğoyalariga xizmat qiluvçi naşrlarni vujudga keltirdilar. “Muştum” hajviy jurnali ham xuddi ana şu maqsadda taşkil etilib, uning oldiga mamlakatda mavjud bölib kelgan ijtimoiy qaraşlar va ğoyalarni siqib çiqariş, eski tuzumni masxaralab, uni mahv etiş va yangi tartiblarni joriy etiş vazifasi qöyilgan edi.

Butun umri böyi mehnatkaş omma tarafdori bölgan Abdulla Qodiriy jurnal xodimi va asosiy muallif sifatida işga kirişib, birinçi özbek hajviy jurnalining vazifasi bolşeviklar belgilab bergan tor sinfiy zöravonlik emas, jamiyatimizda asrlardan buyon hukm surib kelayotgan qoloqlik, jaholat va eskilik qoldiqlariga qarşi kuraşga qarşi qaratişni öz oldiga asosiy maqsad qilib qöydi. U jurnal muharriri sifatida iş olib borgan Ğozi Yunus bilan “Muştum”ning ijtimoiy va hajviy tamoyillari borasida matbuot sahifalarida olib borgan tortişuvlarida hajviy jurnal faqat siyosiy qurol bölib qolmasdan çinakam hajviy naşr bölişi va ijtimoiy kulgiga asoslanişi şartligini qayta-qayta taʼkidlagan edi. Adib özining qisqa hajviy-jurnalistik faoliyatida bu qonuniyatiga oğişmay amal qildi va öz felyetonlarida asrlardan beri davom etib kelayotgan eskirgan tartiblar, jaholat va qoloqlikni ayamay foş qildi. Misol uçun, Abdulla Qodiriy “Muştum”da bosilgan “Toşkent boylari” deb nomlanuvçi davomli felyetonida mehnatkaşlarni talab boylik yiqqan köplab boylarni foş qilsa, “Eşonlarimiz” deb nomlangan felyetonlar turkumida esa asrlar davomida ommani aldab boylik yiğib kelgan, qirqtalab xotin olgan maşhur eşonlar va ularning avlodlarini keltirib ötadi.

“Maskovdan xatlar” deb nomlangan felyetonlar turkumida esa adib Rossiya poytaxti – Moskvada bölgani paytida körgan-keçirganlari hamda öşa paytda çiqib turgan özbek matbuotidagi xom materiallar va şeʼrlarga özining ötkir kulguli hajviy munosabatini bildirib ötgan edi.

Öziga Julqunboy degan xalqona hajviy taxallus qöygan Abdulla Qodiriy “Muştum”dagi qisqa hajviy fao­liyatida hajviy jurnalistikaning eng murakkab va möʼtabar janri – hajviy obraz bilan birlaşgan felyetonlar turkumlarini yarata oldi. Bular – uning “Kalvak maxzumning xotira daftaridan”, “Toş­pölat tajang nima deydi” va “Şirvon xola nima deydi” kabi felyetonlar turkumlaridir. Bu xildagi felyetonlar turkumlarining öziga xos xususiyatlari şundan iboratki, ularda ijtimoiy voqealar yozuvçi tomonidan öylab topilgan töqima individual obrazlar orqali aks ettiriladi. Adib “Kalvak maxzum nima deydi” felyetonlar turkumida bir dindorning töqima obrazi orqali asrlar davomida xalqni jaholat va qoronğulikda saqlab kelgan diniy muttaassiblik va jaholatni foş etsa, “Toşpölat tajang nima deydi”da esa qoloqlik va ilmsizlik ustidan kuladi. Şu bilan birlikda mazkur obrazdan hayotda yuz berayotgan yangi tartiblar mevasi bölgan töraçilik va boşqa illatlarni foş etişda ham foydalanilgan. “Şirvon xola nima deydi” deb nomlangan felyetonlar turkumida esa xotin-qizlar hayoti qalamga olingan. Adib jurnalda bosilgan va öquvçilar tomonidan sevib öqiladigan hajviy asarlari uçun   “Felyetonlar qiroli” va “Kuldirib yiğlatuvçi va yiğlatib kuldiruvçi” degan nom olgan edi.

Afsuski, Abdulla Qodiriyga hajviy jurnalis­tika sohasidagi boy va ijodiy kaşfiyotlarga boy faoliyatini töla işga solişga imkon berilmadi, u köp ötmasdan yuqori doiralar tomonidan uyuştirilgan tuhmat natijasida “Muştum” jurnalidagi faoliyatini töxtatişga majbur böldi. Öşa yillari hajviy “Muştum”da qatnaşa boşlagan şoir jurnalda bosilgan hajviy maqolalaridan birida adibning hajviy faoliyatini qattiq tanqid ostiga olib ötgan edi…

1920-1930 yillarda “Muştum” jurnalida şoir Ğafur Ğulom, yozuvçi Abdulla Qahhor, jurnalist Ziyo Said va boş­qalar faoliyat körsatdilar. Jurnal hajviy jihatdan “jiddiylaşib” bordi va kommunistik partiyaning ğoyaviy quroliga aylandi. Ikkinçi jahon uruşi yillari çiqişdan töxtagan “Muştum” 1951 yildan boşlab yana faoliyat yurita boşladi. Jurnalda şoirlardan Ğafur Ğulom, Sobir Abdulla, Çarxiy, yozuvçilardan Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Mirmuhsin, Sami Abduqahhor, Neʼmat Aminov, jurnalistlar Tölqin Alimov, Olim Qöçqorbekov va boşqalar faoliyat körsatdilar. Jurnal hayotimizdagi kamçilik­larga qarşi kuraşda iştirok etdi, öquvçilarning hurmatini qozona oldi. Öz davrida Abdulla Qodiriy “Muştum” oqsoqlangan emiş”, deya jurnalning moddiy ahvolini yozib çiqqan bölsa, 2018 yilga kelib, jurnal yana çiqmay qolgan edi. Ammo köp saʼy-harakatlar bois, jurnal bir yildirki, yana naşr etilayotgani maqtovga sazovor. Hozirda özining bir asrlik tö­yini nişonlayotgan “Muştum” jurnalining ijodiy jamoasi mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-maʼnaviy islohotlarning amalga oşirilişida, ijtimoiy illat va nuqsonlarga qarşi kuraşda faol iştirok etib, xalqimizni kuldirib yurişida katta ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Şoir Sobir Abdullaning quyidagi şeʼri jurnal va uning xodimlari, mahalliy muxbirlarining faoliyatiga berilgan xolis baho böla oladi

 

Köring, saf-saf, qator – muştumçilarmiz,

Qalamkaş, baxtiyor muştumçilarmiz,

Xiyonat ahlini qöymay savaşda

Xaloyiqqa mador muştumçilarmiz.

Kimiki bölsa nafs ovorasi, bas –

Kelur bizga duçor – muştumçilarmiz,

Qilib hajv, kuldirib ham yiğlatarmiz,

Bu – bizning kasbu kor – muştumçilarmiz.

 

Muxtor XUDOYQULOV,

sobiq “Muştum”çi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan