Boğlar qiyğos gulda
1 mart — Özbekiston xalq şoiri zulfiya tavallud topgan kun
Zulfiya
Boğlar qiyğos gulda
Boğlar qiyğos gulda — yaxlit bir çaman,
Har daraxt anvoi bir tarovatda.
Bir kaft boğ mehnatu hosilga vatan,
Özga körk, özga rang har bir daraxtda.
Har navda bir gulda, har gulda bir röy,
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya,
Har birin hosili özgasiga körk,
Biri-biri uçun qudrat, himoya.
Vatanim közimda: qay burçi aziz,
Bilmam, qayda tole serzavq, serjilo?
Yalpi tölişadi bedaxl yurtimiz,
Naq har qariçi dil, jon tomir göyo,
Bir qardoş tinçisiz — özga beorom
Birining nonisiz — özga emas töq…
Bu — qadim dunyoda yangi bir olam,
Bunda orqa toğsiz bir tirik jon yöq.
Tayanç bölmasaydi odamzod albat,
Özi kaşf etardi, kaşf etganday baxt.
SOĞINIB
Şu kunlarda bahorga zorman,
Navjuvonlik öti tanda yöq.
Kuz singari zaʼfar ruxsorman,
Mevalar ham şoxlardan uzuq.
Şu kunlarda bahorga zorman,
Tanxastalik ezadi ruhim.
Tanho emas, qatorda borman,
Yana neni izlaydi suqim?
Şu kunlarda bahorga zorman,
Şaffof, yorqin kuy tilar köngul.
Yaxşiyamki, qalamga yorman,
Sözlab turar bor dilimni ul.
Şu kunlarda bahorga zorman,
Öz bahorim kabi bemisol.
Bahor qaytmas, yonuvçi qorman,
Yo nönoq qöl butagan nihol.
Şu kunlarda bahorga zorman…
BAHOR KEÇASI
Keça jimjit, köp gözal keça,
Qaraysanu suqing kiradi.
Yonadi gul, jilmayar ğunça,
Yellar ğir-ğir esib turadi.
Bahor keçi tiniq va oppoq,
Borliq tölgan gullar hidiga.
Hislar uyğoq, tabiat uyğoq,
Uyğun bölib kişi diliga.
Ajab, göyo tiniq tölin oy
Hokim sezar osmonda özin,
Baxtli bilar şu dam hoynahoy,
Sayr etgan-çun butun yer yuzin.
Tun musaffo, keça beozor,
Bizdayin sof nafas oladi.
Unda yöqdir ötmişdagi zor,
Yangi kuyga quloq soladi.
Oyda kuliş, elektrda nur,
Yuragimda sevgi tölqini.
Daydi şamol yeladi hur-hur,
Olib ketar közdan uyquni.
Yerga bahor çaman töşagan,
Olma hali gulin tökmagan.
Kök baxmalga gullar burkangan,
Lab oçmagan, bulbul öpmagan.
Közim tuşdi olma guliga,
Dedim, taqsam eng gözal birin –
Söylab bersa…
mening çakkamda,
Dilbarligin, gözallik sirin.
Şunday gözal bahorning guli,
Undan gözal biz ösgan hayot.
Gul tutadi hur inson qöli,
Gulga tölgan butun koinot.
Şu manzara, şu ajib çaman,
Quçoğida sevinçga botdim.
Oqşom zavqin qonib içib men,
Toğ ortiga oyni uzatdim.
* * *
Havo köm-kök, unda yöq ğubor,
Quyoş nurin behad soçadi.
Yerda ajib tölişib bahor,
Har kun yangi çehra oçadi.
Qişdan çiqqan boğçalar, boğlar,
Bezanadi bahor guliga.
Maysa ötlar, zilol yaproqlar
Ilhom berar kişi diliga.
Ariq labidagi binafşa,
Kaşf etadi özi bir bahor.
Köngillarga beradi naşʼa,
Sayrab bulbul çiroyli nahor.
Xayolingni maftun etadi
Gözal oppoq firuza tonglar.
Uyqularni olib ketadi
Allaqanday mayin şamollar.
Bahor körib yaşnar daralar,
Qir ham iş zavqiga töladi,
Mehnat bilan zumrad dalalar
Kundan kunga dilbar böladi.
Işga çiqar, sevib, şoşilib,
Quyoş bilan teng turgan qizlar;
Işlar bahor kabi oçilib,
Yonar baxmal loladay yuzlar.
Bahor, yoşlik işga tuşar tez,
Tongda mehnat zavqli böladi.
Baxtli tongday kulgan özbek qiz
Traktorning rulin buradi.
Qişi bilan yetilgan tuproq
Qiz qöliga oçar köksini.
Oltin kuzda oçilgan oppoq
Hosil erkalaydi közini.
Yuraklarda, közlarda bahor,
Yerda, kökda bahor yuradi.
Hatto soçi oqargan çollar,
Bahor kabi yaşnab kiradi.
Şunday soçib gullarin har gal,
Yeru kökni bezaş odati.
Gul yozadi bahordan gözal,
Şod insonning hur saodati.
