Navoiy bobomizning çiroqlari öçmagay

                                    (Bağişlov)

                                                             Professor Şuhrat Sirojiddinov,

                                                             otdoşlari va navoiyşunos olimlarga

 

Bizda Şuhratlar bisyor. Bari elga dastiyor,

Har Şuhrat ham el aro nom qozonmiş, eʼtibor.

 

Deylik, Şuhrat domladan qolmiş “Şinelli yillar”,

Yaxşi otu yaxşi yod ham zanglamas oltinlar.

 

“Mahallada duv-duv gap” kinosini olgan zot –

Şuhrat Abbos domlaning nomi doim barhayot.

 

U körsatmiş ekranda çin özbek onasini,

Lutfixonim ayaning haqiqiy siymosini.

 

Şon-şuhratning dunyoda turfa maʼnilari bor,

Arboblardan aytsam gar – Şuhrat Ğanilari bor.

 

Şunça otdoşlar aro, goh rizo, goh norizo,

Şuhrat Jabbor ham bordir, bor yana Şuhrat Rizo.

 

Şuhrat Hayitdan aytsam – muxlislari rozidir,

Tarix kanalining u jonbozi, sarbozidir.

 

Qolmayin deb zamondan orqada çarçab, horib,

Şuhrat Aziz talpinar, tinmaydi Şuhrat Orif.

 

Aytabersam, yana bir Şuhrati zamon bordir,

Navoiy bobomizdan unda bir unvon bordir.

 

Qölyozma matnlarning nuktadon bilimdoni,

Ikki mungluğ közidir donolik siyohdoni.

 

Mumtoz adabiyotdan nogoh guftor aylagay,

Ikki közi ham şu on ajib raftor aylagay.

 

Har baytu ğazal misli boju xiroji dindir,

Men aytmoqçi bölganim – Şuhrat Sirojiddindir.

 

Yaʼnikim, Şuhrat domla – Navoiyşunos olim,

Ne keçardi, ey döstlar, biliksiz mening holim?

 

“Xamsa” uzra örtanib qaydin imdod kutardim?

Öz bobomni bir umr men bilmasdan ötardim.

 

Qölyozmalar uzrakim tunu kun çekib jonlar,

Umrin baxş etib ötmiş ne Hamid Sulaymonlar.

 

“… Qalb daftari” deb bitmiş Izzatli Sultonlaring,

Aliybek Rustam qayda – Rustami dostonlaring?

 

Bir yangi bayt topsa gar – göyo buyuk inʼom-la,

Jilmayib kelar hanuz Azizxon Qayum domla.

 

Nomlari mening qarzu farzliklarimda bordir,

Natan Mallayev domla darsliklarimda bordir.

 

Bu böstonda bir umr gulgaşti çaman aylab,

Suyima opa ketmiş har satrin Vatan aylab.

 

Navoiyning har bayti dil töyiga töyxatmiş,

Najmiddin Komil domla – komillikka örgatmiş.

 

“Xizr çaşmasi” debon bitganida muallim –

Biz oliy madrasada olganday böldik taʼlim.

 

Bir-birovga uyqaşsiz, bir-birovga öxşaşsiz,

Siz – Vohid Abdulloyu Botir Valixöjasiz.

 

Men bu uluğ zotlarni körganlarni körganman,

Navoiyni men asli şulardan örganganman.

 

Demak, har bayt misoli boju xirojidindir,

Men aytmoqçi bölganim Şuhrat Sirojiddindir.

 

Yaʼnikim, Şuhrat domla – Navoiyşunos olim,

Ne keçardi, ey döstlar, şularsiz mening holim?

 

Ne baxtu tolelarkim elga ilm keltirgay,

Elning farzandlariga zavqu bilim keltirgay.

 

Zahmatkaş insonlarning mehrpayvandi, nasli,

Kattaqörğondan, yaʼni Samarqandiydir asli.

 

Men, Sirojiddin Sayyid, istab dil navoini,

Şuhrat Sirojiddindan örgansam Navoiyni.

 

Bobur Mirzo aytganday, men bir tolibi ilm,

Paxtazorlarda qolmiş darslarim, bilimlarim.

 

Şu boisdan, ayb etmang, men ham ilmga zorman,

Ming-minglab talabalar safida men ham borman.

 

Öz-özidan kelmagay şuhrat, martaba, obrö,

Oliy dorilfununda rektördirsiz baobrö.

 

Muazzam peştoqida hazrat bobo nomi bor,

Bunda muallimlarning na tinç, na oromi bor.

 

Har biri mehru soğinç şodasida gavhar, dur –

Töqqiz ming talabaning közlarida çaqnar nur.

 

Men ham davru zamonning toblariga eşilsam,

Şu öğil-qizlarimning qatoriga qöşilsam.

 

Sizga aytsam çin dildan, ey tolibi ilmlar,

Bilim birlan yeçilgay bu dunyoda tilsimlar.

 

Bunda adab böstoni, çeksiz çaman yaralgay,

Bunda yoş qalblar bilan tengsiz Vatan yaralgay.

 

Şuhrat domla, yaʼnikim, Navoiyşunos olim,

Şu qutluğ dargohlarda men ham olsaydim taʼlim…

 

Ilmu irfon yölida bölmas aslo tanaffus,

Vatan adabiyoti saboqdir keça-kunduz.

 

Vatan nomi köngillar kitobidan köçmagay,

Navoiy bobomizning çiroqlari öçmagay.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan