Har bitta sukutda bor bitta afsus

Dadaxon MUHAMMADIYEV

 

Muallif haqida:

Dadaxon MUHAMMADIYEV — 1989 yil Paxtaçi tumanida tuğilgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Tirik toş” nomli kitobi çop etilgan. Hozirda ÖzRFA Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanç doktoranti.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi ­aʼzosi.

 

                  TESKARI ERTAK

Ertak sönggi bilan boşlandi bir kun,

Keyin bir boşidan boşlandi ğamlar,

Ular murodiga yetdilar birdan,

Taşvişlar boşlandi, kuraşlar, janglar.

 

Ertak teskariga boşlangan öşa

Maşʼum kun heç qaçon qaytib kelmadi.

Ertakçi oxirga yetar çoğida

“Bir yöq ekan”, dedi,

“Bir bor”, demadi…

 

                              * * *

Kel, men bilan sayr etgin, hilol,

Böm-böş yöllar kuzatsin maʼyus.

Hammayoq tinç, yopiq eşiklar,

Xiyobonlar töla ğam, afsus.

 

Qoçib ketging kelar jimlikdan

Odam istar köngling, bir ODAM.

Tökin hayot, sarişta turmuş –

Hammasi bor va… nimadir kam…

 

Oramizda masafo – talab,

Pardalarni tutmoqlik bajo.

Oy yuzingning tölişin tilab

Yolğiz-yolğiz qilaman duo.

 

Biz heç kimga nolimaymiz va

Umr ötar, kuzatamiz jim.

Tahlikaga töla dunyoda

Tuşunmaydi bizlarni heç kim.

 

                         * * *

Men suzişni bilmagan odam –

Suv yuzida va çökmayman ham.

 

Çökayotgan xasga yopişar,

Men ham xasmi, çöpmanmi yo par?

 

Najot kutar çökayotgan dam,

Mana, xasman, çökma, ey odam!

 

      TOŞGA URILMAGAN

            BOŞ HAQIDA

 Nimalarni körmagan bu boş,

Bu soç yillar deya oqargan.

Odamlarga rost gapdan köra

Aldaganing köproq yoqarkan.

  

Yana bu boş boşini olib

Ketavergan har gar har tomon.

Qança aziz boşlar ötgan-u,

Bu boş qolgan har safar omon.

 

Axir bu boş neça yuz yillik,

Kim köribdi bu qadar yoşni.

Toşga uriş kerak bölganda,

Istamagan toş ham bu boşni.

 

                   EŞIK

 Içkarida bir sarhuş navo –

Taşqarida qor bosgan havo.

 

Içkarida eng gözal sözlar,

Taşqarida sukunat bözlar.

 

Içkarida bir quş saqlar jon,

Taşqarida qotib qolar qon.

 

Içkarida tört devor, eşik,

Taşqarida ayoz… ozodlik.

 

              SAHRODA

 Yer teskari aylandi asta,

Bir çoh çiqdi va tösdi yölim.

Qimirlasam qum tortar pastga,

Tinç turmoqlik – baribir ölim…

 

                               * * *

Sendan heç taʼna ham gina qilmadim,

Odam ham bölmadim har qança bölsam.

Qançalik tirikman, rosti, bilmadim,

Tabibim, uyğotib qöyarsan, ölsam…

 

                                * * *

Sindirilgan subut,

Qaytarilgan raʼy,

Aytilmagan sözlar, qilinmas gunoh.

Telefon göşagi, piyolada may,

Tor xona şiftiga tikilgan nigoh.

 

Xiraroq kelayotgan qizning ovozi,

Yiğimi, xörsiniq – ezilar vijdon.

Taşlab ketayapti yuzga çang bosib,

Qaçonlardir taşlab qöyilgan imkon.

 

Eng sönggi nafasday titrayapti işq,

Eng oxirgi qadam – izi qolmagan.

Işqning eng sönggi çin izhorini ham

Jurʼati yetmagan, ayta olmagan.

 

Endi har tong yangrar bitta söz:

Kelma…

Töy qilib töymading, ayirding, dunyo!

Könikdik, köndik va taqdirni kutdik,

Ölmasdan oldin ham diydor bormi yo?

 

                                * * *

Ölmadim, taqdirga çap berdim çoği,

Azroil yonimdan ötib ketdi jim.

Öttiz yil hayqirdim, höngradim gohi

Ammo menligimni bilmadi heç kim.

 

Kunlar ötaverdi oğir, bemajol,

Daryoga tör taşlab kutaverdim men.

Dunyo ötaverdi mensiz bemalol,

Har kuni dunyodan ötaverdim men.

 

Birda yomğir bölib, birda şamolday,

Xudo – borligini eslatib turdi.

Koinot zarradan bunyod böldi va

Mening borligimni bir odam kördi.

 

Heç kim rozi emas – arz etdim birga

Har tongda osmonga uraverdim döq.

Hamma taʼna qilar, ammo taqdirga

Savol beray desam savolim ham yöq.

 

                             * * *

Xudoning amriga itoat qilmoq,

Taqdirga könikmoq va yaşamoq jim.

Çegarasiz hislar – Haqdan ham yiroq,

Işq esa zolim.

 

Söroq bor, javob yöq va ruh qörqinçi,

Içingda hadikmi, titroqmi yo ğam.

Men borman va U bor.

Vujud ötkinçi –

Özimdan qörqaman, özimdan.

 

Biz faqat aytganni bajaramiz, lek,

Har koru amaldan kutamiz şafqat.

Sen borsan,

men borman,

yana çeksizlik –

Mehr körsatişga qodirmiz faqat.

 

Har bitta ingraş bir ohangdan yuksak,

Har bitta sukutda bor bitta afsus.

Yolğiz sen malhamsan,

yolğiz sen kerak

Va yana “Kel” degan bittagina söz…

 

               TIRIK TOŞ

 Toş – tongaça gapirib çiqdi,

Turkiy tilmi yo qadim lahja.

Toş könglini bir dam yoray deb,

Çayqalib ham qöydi bir lahza.

 

Begona köz ötsa yonidan,

Sal panaga olardi özin.

Oftob urib, suvlar yemirib,

Silliqlanib ketgandi yuzi.

 

Ming yillarning hasrati bölib,

Qotib qolgan tomçi yoş edi.

Örxundami yo Enasoyda

Bitigi yöq – tirik toş edi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan