Zamondoş haqida risola

Yaqinda taniqli yozuvçi Luqmon Börixonning “Şu zamin farzandi” nomli biografik risolasi çop etildi. Unda zamondoşimiz, uzoq yillardan buyon neft-gaz sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan Şermat Şamsiyevning faoliyati, hayot yöli qalamga olingan.

Mustaqillikni mustahkamlaşga hissa qöşgan va bu yölda alohida şijoat körsatib, oldingi safda borayotganlar talaygina. Şulardan biri – zamondoşimiz, Muborak gazni qayta işlaş zavodining direktori Şermat Şamsiyevdir.

Risolani qölga olar ekansiz, mehnat faxriysi Kamol Ernazarovning “Zamondoş siymosi aks etgan asar” sarlavhali maqolasiga közimiz tuşadi. Maqola muallifi mustaqillikning dastlabki yillari haqida fikr yuritib, mamlakatimiz uçun oğir keçgan damlarga asosiy eʼtiborni qaratadi. Sobiq ittifoq parçalanib, uning örnida qator davlatlar paydo böldi. Natijada eski moliyaviy iqtisodiy aloqalar uzildi. Har bir mustaqil davlat öz aravasini özi tortadigan böldi. Bu yoqilği-energetika masalasida ham bir qator muammolarni keltirib çiqardi. Yetakçi mutaxassislar yirik korxonalardan juftakni rostlaşdi. Ularda mahalliy kadrlar bizning işimizni qay darajada uddalaydi degan şubha gumonlar ham yöq emas edi. Tezkor çora-tadbirlar tufayli yoqilği-energetika sohasida işonçli qadamlar taşlandi.

1997 yilga kelib davlatimiz maşaqqatli mehnatlar evaziga neft va gaz mustaqilligiga erişdi. Bu eng avvalo, istiqlol tufayli qölga kiritilgan imkoniyatlarimiz, qolaversa, yurtimiz olimlari, yetuk mutaxassislari, neft va gaz konlari qidiruvçilari va mazkur soha olimlarining fidokorligi, omilkorligi tufaylidir. Mamlakatimiz yoqilği-energetika resurs­lari mustaqilligini taʼminlaşda va uni mus­tahkamlaşda tarmoqning tayanç jamoalaridan sanalmiş “Muborak neft-gaz” unitar şöʼba korxonasi işçi-xizmatçilarining ulkan hissasini taʼkidlaş joiz. Ular çinakam jasorat namunalarini körsatib işladilar va hozirgi kunda ham fidoyilik körsatişyapti.

AQŞning “Kellogg” kompaniyasi bilan hamkorlikda bunyod etilgan “Kökdumaloq” kompressor stansiyasi özining mustahkamligi bilan jahonda sanoqlilardan, MDH davlatlari doi­rasida esa öxşaşi yöq inşoot hisoblanadi. “Kökdumaloq”da neft-gaz, gaz kondensati konlarini özlaştiriş borasida asrlarga tatigulik ulkan rejalar amalga oşirildi. U yerda köplab neft va gaz quduqlari kovlandi. Neft va gazni kompleks tayyorlaş qurilmalari, nasos stansiyalari barpo etildi. Barça qulayliklarga, şart-şaroitlarga ega işçilar şaharçasi qad rostladi.

Ayni paytda mamlakatimizdan qazib olinanayotgan gazning 50 foizidan ortiği, neft mahsulotlarining deyarli teng yarmi şu joy hisobiga töğri keladi. Uni “Muborakneftgaz” tarmoğidagi eng yirik yölboşçi korxona deb atasak töğri böladi.

Ötgan davr mobaynida bu yerda öz işini puxta biladigan mutaxassislarning yangi avlodi şakllandi. Ular orasida Şermat Şamsiyev alohida ajralib turadi. Toşkent politexnika institutining “Neft-gaz” fakultetini tamomlagaç, mehnat faoliyatini “Pomiq” konidan boşlagan bu muhandis yigit “Kökdumaloq”ni özlaştirişda özining yorqin iqtidorini körsata oldi. Xuddi şu yerda korxona rivojiga, işlab çiqariş samaradorligiga ahamiyati katta bölgan qator ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari muallifi böldi. Köplab şogirdlar yetiştirdi. Şermat Jöraquloviçning ilmi, sohani keng va çuqur bilişi, rahbarlik salohiyati yuqori taşkilotlarning doimo eʼtiborida turardi. Şu boisdan u 2006 yilda “Muborakneftgaz” unitar şöʼba korxonasi direktori etib tayinlandi. Ş. Şamsiyev mazkur korxonani 10 yildan ortiq boş­qardi. Işlab çiqarişni rivojlantirişda, jamoa turmuş farovonligiga katta eʼtibor berdi. 2016 yilda esa Şermat Şamsiyev “Muborak gazni qayta işlaş zavodi” direktori lavozimiga munosib körildi.

Risola muqaddimasida köhna tarix zarvaraqlaridan voqif bölasiz. Buxoro, Qaşqadaryo viloyatlari bilan boğliq köplab voqea va hodisalarga duç kelasiz. Ipak yölining qoq örtasida joylaşgan bu sirli hududning öziga xos tomonlari haqida maʼlumotlar beriladi.

Muallif “Men kasbim taqozosiga köra Muborakka uç marta borganman”, – deb hikoya qiladi. “Har gal borganimda olam-olam taassurotlar bilan qaytganman. Öşa borganlarim asosida tuğilgan mulohazalarimni mazkur risolada aks ettirişni niyat qildim”.

Darhaqiqat, asarning birinçi qismi “Adaşmasam, bir ming töqqiz yuz töqson töqqizinçi yilning kuz oylari edi” deb boşlanadi. Körinib turibdiki, bu risola bir, ikki yildagi voqea hodisalarni emas, balki qariyb çorak asrlik kuzatişlar hosilasi. Boş muharrir topşiriği bilan Muborakka borgan ijodkor “Kökdumaloq”da Şermat Şamsiyev degan fidoyi, şijoatli yigit rahbar haqida oçerk yoziş uçun yölga otlanadi. Uning dastlabki suhbatdoşi korxona qorovuli böladi. Uning bildirişiça bugun-erta bu yerdan heç kimni topa olmaysiz sababini tuşuntirolmayman, – deydi. Ijodkor noiloj ortiga qaytadi. Şu payt beş-olti qadam narida örta böy, yelkalari keng, 40 yoşlar çamasidagi kişi kuzatib turganini payqaydi. U bilan salom alikdan söng maqsadga köçadi. Suhbatdan söng u kişi özini Şermat Şamsiyevning Kosondagi bolalikdan dösti Fatxiddin deb taniştiradi. Voqealar rivoji davomida suhbatdoş mabodo tanqidiy maqola yozsangiz yaxşi emas, ijobiy tomonlarni aks ettiruvçi oçerk bölsa Şermat dös­timni ayni paytda kayfiyatini kötargan bölardingiz, deb fikr bildiradi. Ijodkor maqsadga köçib, Ş.Şamsiyev haqida oçerk yozajagini aytgaç, uning dösti xursand bölib, yoşlik yillari, poytaxtda oliy dargohdagi taʼlim, yotoqxona izlab ijarama-ijara yurganliklarini hikoya qilib beradi. Şuningdek, Ş.Şamsiyevning kasb tanlaşdagi qiziqarli xotiralari bilan ham örtoqlaşiladi.

Asarda “Kökdumaloq” konidagi iş jarayoni, kutilmagan falokat oqibatlari ham kitobxonni befarq qoldirmaydi. Öziga xos matonat va jasorat timsoli – qahramonimiz “Kökdumalok” kompres stansiyasida röy bergan yonğinda jasorat, fidoyilik, vatanparvarlik namunalarini körsatadi. Yonğin tufayli biroz jarohat olgan bölsada, özini yöqotmadi. Tunu-kun jamoa bilan birga böldi. Prokuratura xodimlari bilan bölib ötgan suriştiruvda Ş. Şamsiyev özini vazmin tutdi. Voqea-hodisalarni bosiqlik bilan sözlab berdi. Mirişkor tumani sudida bölib ötgan sud majlisida ayrim hollarda nohaqliklar kuzatilgan bölsa-da, uni sabr-toqat bilan yengdi. Adolat uçun haq yölidan qaytmadi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev yurtimizga rahbar bölib iş boşlagan faoliyatining ilk davrida ijodkorlar bilan uçraşuv çoğida zamonamiz qahramonlari obrazini badiiy asarlarga olib kiriş haqida dolzarb fikr bildirgan edi. Bundan muallifning hayolida Muborak, u yerdagi fidoyi insonlar jonlandi. Şermat Jöraquloviçning barça qiyinçiliklarni ötmişda qoldirib, tağin iştiyoq va ilhom bilan işga kirişgani risola muallifini ruhlantiradi. Bir mahallar dilga tukkan kitob yoziş rejasi yozuvçiga tinçlik bermaydi. Qaşqadaryolik adib Jumaqul Qurbonov Toşkentga kelgan payti, u bilan suhbatlaşib, könglidagi niyatni bildiradi. J. Qurbonov L. Börixonning bu taşabbusini mamnuniyat bilan maʼqullaydi. Natijada, Ş. Şamsiyev haqida mazkur “Şu zamin farzandi” biografik asari yaratildi.

Asarning ikkinçi bobida Nurillo Qurbonov, Ş. Şamsiyevning şogirdlari Alişer Mustafoyev, Dilşod Haqberdiyev, turmuş örtoği Gulsara opa, Hoşim Jalilov, Axtam Aşurov, Jumaqul Qurbonov, Şarof Rahmatovlarning Ş. Şamsiyev haqidagi öylari, fikrlari, neft-gaz sanoatining fidoyilari Abdisalom Azizov, Ivan Keleş, Nuriddin Zayniyevning odamoxunlik, vatanparvarlik bilan yöğrilgan betakror fazilatlari qalamga olingan.

Şermat Şamsiyev nafaqat mohir rahbar, şu bilan birga yetuk mutaxassis, odamlar dardi, taşvişi bilan yaşaydigan fidoyi inson. U mehnat faoliyati davomida har bir neft-gaz uçastkasida bölib, eng avvalo işçi-xizmatçilarning şaroiti bilan qiziqadi. Deputat sifatida joylarda bölib, ularning muammolariga kamarbasta bölmoqda. Yöl va köpriklar barpo etiş, nogiron, yordamga muhtoj oilalarga beğaraz kömak körsatiş, Kitob tumanidagi “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvçilari holidan tez-tez xabar oliş, yoxud korxona tasarrufidagi “Yoş alangaçi” oromgohi bolalarining könglidan otalarça joy olişining özi vatan, elga mehr tuyğusi bilan yaşaşning ifodasidir.

Yozuvçi Luqmon Börixon qalamiga mansub uşbu risolada qahramonlar obrazini yaratişda badiiy böyoqlardan mohirlik bilan foydalaniladi. Neft-gaz sanoatining istiqlol yillaridagi ravnaqi fakt va raqamlarda aks etiş bilan birga Ş. Şamsiyev hayoti, faoliyatiga doir suratlar ham öquvçini befarq qoldirmaydi. Uşbu asar navqiron avlod tarbiyasida yoşlarning voyaga yetişida öziga xos ibratli qöllanma bölib xizmat qiladi.

Husan TEMIROV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan