Mehribonlik (Oilaviy hangomalar)
Yaqindagina qarz-havola qilib olgan yangi “Lasetti” maşinamdan tuşar ekanman, xotinim yuzidagi tabassumni körib hayron qoldim. Bu safargi işdan kelişim uni şunçalar zavqqa töldirişi xayolim köçasiga ham kirmagandi.
– Voy, dadasi, orzuingiz uşaldi! Suyunçi bering, – dedi u hovliqqança qölimdagi narsalarni olarkan. – Qoyilman, dadasi, qoyilman, nihoyat niyatingizga yetdingiz.
Xotinim iloji bölsa öyinga tuşadigan darajada şod edi.
– Nima gap özi? Tinçlikmi? Nima, şeʼrlarim gazetada çiqibdimi?
– E… qayoqdagi gaplarni gapirasiz-a? Qöying, öşa şeʼrlaringizni. Undan ham aʼloroq iş bölibdi, dadasi.
– Nimaykan? Ja, seni şunçalik quvonçga töldirgan? – dedim hayronligim oşib.
– Öğlingiz “prava” olibdi. “Prava”… Ana şunga.
– Xöş, nima bölibdi “prava” olgan bölsa, – dedim biroz ensam qotib.
– Voy, dadasi suyunsangiz-çi, aytuvdingiz-ku, qaçon men doktor aytganday piyoda yurib avtobusda ketarkanman deb. Mana, nihoyat niyatingizga yetdingiz. Ertadan öğlingiz maşinada, siz esa piyoda yurib avtobusda işga ketaverasiz…
* * *
– Dadasi, – dedi xotinim men bergan qölidagi pullarni sanab, – mukofot puli olganingiz yaxşi bölibdi. Ançadan beri bunaqa pul olmagandingiz. Direktoringizga rahmat. Şunça pul beribdi. Endi şunga özingizga tufli, şim, köylak olsangiz bölarkan. Tuflingiz titilib, şimingiz suzilib ketibdi, köylagingizning yoqasi borligi hatto bilinmaydi.
Xotinimning bunçalar meni öylab, samimiy gapirişidan közim yoşlandi. Ertasi kuni kasb bayramida kiyarman, deb u aytgan narsalarni bozordan olib keldim. Könglim ança kötarildi. Yangi kiyim baribir boşqaça-da.
Ikki kundan söng endi hovliga çiquvdim, xotinimning diydiyosi quloğimga çalindi.
– Yaxşiyam, öğil tuqqan ekanman. Şuni orqasidan kunda gap eşitaman. Gap eşitaverib, ikkala quloğim töldi.
– Yana nima böldi? Senga hali heç kim heç narsa degani yöq-ku. Namunça ertalabdan hiqillamasang, – dedim asabiylaşib.
– Aytmagan bölsangiz, endi aytasiz. Nega öğling yangi tuflimni kiyib ketdi, deb aytasiz…
– E… şunga şunçami? Böpti, indamayman. Tuflimni kiysa kiygandir. Ota öğil-da. Har qalay yangi köylakni ham kiyib ketmagandir.
– Ana, aytmadimmi, – dedi xotinim sönggi quroli – yiğisini işga solib. – Hozir gap eşitişni boşlayman…
* * *
– Ovqat qalay? Açimabdimi? – dedi xotinim huzur bilan ovqat içayotganimni körib.
– Yöq, yaxşi. Moşxörda darrov aynamaydi-ku.
– Könglingiz-çi, könglingiz aynimayaptimi? Faqat töğrisini ayting.
– Mana, boyadan beri sen bilan bemalol gaplaşib ötiribman-ku. Nega bunça taşvişlanib sörab qolding?
– Unday bölsa, – dedi xotinim sovitkiç eşigini oçarkan. – Öğlingizga ham şu ovqatdan isitib bersam bölarkan.
* * *
Uyda işxonadan olib kelgan qölyozmani öqib, dam olib ötiruvdim. Nimanidir qattiq gursillagan tovuşi eşitildi. Şu payt eşik oçilib, xonaga rangi quv öçgança xotinim kirdi. U yoq-bu yoqqa alangladi-da, menga qaradi. Meni kördi-yu, yuziga biroz qizillik yugurdi.
– Nima böldi? – dedim uning avzoyiga qarab.
– Nima bölardi, etakdagi devorning yarmi ağdarilib tuşdi.
– Ha, endi otamdan qolgan tuproq devor qulaydi-da, – dedim xotinimga tasalli berib. – Jon omon bölsin. Yetmaganiga uç kundan beri yomğir yoğayapti, köryapsan-ku!
– Şu desangiz, dadasi, qolgan yarmiga tirgovuç qöysangiz yaxşi bölardi. U yoği ham yiqilib tuşmasin. Xotinimning iltijoli yuzi rahmimni keltirdi.
– Böpti, öğlingga ayt. Qaraşib yuborsin.
– Voy, nimalar deyapsiz, dadasi, öğlimni devor bosib qolsinmi?! Şu işni özingiz qilaqoling…
Bahrom AKBAROV,
Özbekiston Yozuvçilar
uyuşmasi aʼzosi
