Qamişzorda

Sulaymon SAMAD

 

Qamişzorda

(voqeiy hikoya)

Sanatoriy hamşirasi meni beşinçi palataga keltirib qöydi. Xonada bir keksa otaxon deraza oldidagi karavotda ötirardi. Körişib olgaç, qölimdagi narsalarni tumboçkaga, kurtkamni şkafga ilgaç, biroz ötirib davolovçi vraç qabuliga kirişim kerakligini ayt­dim.

— Şoşilmang, vraçingiz yana bir soatdan keyin qabul qiladi, — dedi otaxon   könglimdan keçganlarini sezganday.

— Yaxşisi tanişib olaylik. Men Surxondaryodanman, Termiz şahrida yaşayman.   Ismi-şarifim Soli Vohidov, yoşim 82   da. Şu sanatoriy şuhratini eşitib, keldim. Aytganlaridek, ajoyib şifo maskani ekan. Hammasi menga yoqdi. Xursand böldim. Endi özlaridan eşitsak, ukam, — deya qölidagi piyolasini tumboçka ustiga qöydi-yu, yostiqni baland qöyib, unga suyandi.

— Şu viloyatdanman — Romitanda turaman. Öqituvçiman. Asablarim toliqqan şekilli, tört-beş kun dam olib davolanay deb şu şifoxonaga keldim, — gapni qisqa qildim.

— Yaxşi kasbingiz bor ekan. Xudo barakasini bersin, — çol joyidan qözğala boşladi. “Vaqt böldi, svet olişim kerak, tuşdan keyin massaj­ga boraman. Keyin suhbatimizni yana davom ettiramiz…

Oradan bir neça kun ötdi. Qariya bilan inoqlaşib ketdik. Soli bobo köpni körgan, qişloqda hosilot, brigadir, boğbon bölib işlagan, ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan, xuşsuhbat, kamtarin inson ekan. Ammo otaxon keçasi yaxşi uxlolmas, alahsirab çiqardi. Gohida tunda örnidan turib ançagaça pişillab turar, qon bosimi ham be­zovta qilardi. Baʼzan navbatçi vraçni çaqirib kelişimga töğri kelardi.

— Uzr, bolam, sizni ham uxlaşga qöymayapman. Nomi öçsin öşa uruşni. Uning asorati 60 yildan beri meni tinç qöymaydi, bomba portlaganida tuproq ostida qolib, kontujin bölganman. Uning asoratidan hozir ham qörqib uyğonaman, deb xijolat çekardi bobo.

— Men uçun sira afsus çekmang, bobojon, sizning yarim yoşingizdaman, özimni baʼzan eplay olmay izza bölaman-u, siz esa özingizni ko­yiyapsiz.   Hali davolanib yaxşi bölib ketasiz, xafa bölmang.

— Şunisiga ham şukur, oyoqda yuribmiz. Boşga tuşganini köz körarkan. Taqdirimga şu yozilgan ekan. Xudo ataganini köraveramiz-da, öğlim…

Bir kuni tuşdan keyin muolajalarni olib xonaga keldik. Men çoy damlab, qand-qurs, mayiz olib stolga qöydim. Boboga çoy quyib berdim. Söng:

— Otaxon, agar eriş tuyulmasa, bolalik xotiralaringizdan biror voqeani aytib bersangiz. Hali aytdim-ku öqituvçiman deb. Bolalarga ibrat böladigan qiziqroği bölsa yanada yaxşi. Uning tarbiyaviy ahamiyati zör bölardi-da, — dedim boboning kayfiyatini kötariş maqsadida. Otaxon miyiğida kulib qöydi-da, gap boşladi:

— Qiziq voqealar bolalik çoğlarimda köp bölgan, qay birini aytsam ekan… Yaxşisi, organ xodimlariga bir jinoyatçini tutişga yordam berganim haqida gapirib bera qolay. Öşa paytlarda törtinçi sinfda öqirdim. Yoz payti — kanikulda edik. Vali degan bir jöram bilan qiş­loğimizdan ikki çaqirim naridagi köldan baliq tutardik. Suv tiniqligidan öynab yurgan baliqlar şundoq körinib turardi.

Şunday kunlarning birida “kolxoz”ning oziq-ovqat omboriga kimdir öt qöyibdi. Köp odam töp­langan   bölsa-da,   suv kamligidan   olovni   öçirib bölmadi. Ombor binosi yonib kulga aylandi.

Bundan ilgari ham qişloqda kimningdir qöyi, eçkisi yöqolardi. Jinoyatçilar topilmasdi. Militsiya xodimlari, işlamay yurgan uç-tört kişini şaharga olib ketişdi. Baribir jinoyat oçilmay qoldi. Omborga öt qöyiş bundan ham ötib tuşdi.   Keçalari köçalarga navbatçilar qöyildi, har guruhga militsioner yoki harbiy askarlar rahbarlik qilardi. Odamlar topilmagan jinoyatçini “şpion” deb ataşardi. Ança vaqt ötgaç, Valinikiga bordim, u otasi bilan börining terisini şilayotgan edi. Böri “kolxoz”ning qöylar podasiga hujum qilib bir neça qöy-qözilarni qiyratgan ekan. Valining otasi yaxşi mergan edi. Şu kuni Vali bilan baliq oviga borişni kelişib olgandik. Köproq çuvalçang töp­laşni, non, suv olişni ham tayinladim. Çamasi soat önlarda eski makon – köldagi tepaçaga yöl oldik. Ovda omadimiz çopdi, qarmoğimizga kattaroq baliqlar ilindi, qiziqib ketib vaqtning qanday ötganini ham bilmay qolibmiz. Men non, çakki olgandim, Vali esa suv, patir olgan, yeb oldik. Şu payt qarmoq pökagi “çölp” etib suvga tuşib ketdi, baliq ilingan ekan. Vali şartta özini suvga taşlab qarmoq bilan baliqni olib çiqdi.

— Laqqa baliq ilinibdi! — quvonç bilan qiçqirdi u, — sen bölsang bu kölda laqqa bölmaydi devding, ana bor ekan-ku!

Şu payt birdan ov miltiğining “paq” etgan ovozi eşitildi: qamişzorlar ustidan uçayotgan tört-beşta ördaknng biri kölga   dumalab tuşdi. Tepalikning ustiga çiqib qaradik: heç kim körinmasdi. Şunda ikkovimiz ketma-ket yurib qamiş­larni qayirib, ördak yiqilgan joyga qarab intildik. Suv avval tizzamizdan, keyin kökragimizgaça çiqdi, yuriş qiyinlaşdi. Yalangoyoq edik, rosa qiynaldik. Şunda Vali: “orqaga qaytaylik, tutgan baliğimizni ham birov ilib ketmasin tağin” – dedi. Men unga: “Sen orqaga qayt, men yana bir oz axtarib köray, bölmasa izingdan yetib boraman”, dedim. Vali orqaga qaytdi. Men yana ön metrça oldinga qarab yurdim. Birdan yiqilgan qamişlarga közim tuşdi. Demak, ovçi ördakni olib ketgan, degan fikrga keldim. Haligi izdan bir oz yurgan edimki, kölning sayoz joyida ikki kişi körindi. Biri ördakning patini yulayapti, ikkinçisi öçoqqa ötin tiqib olov yoqayotgan edi. Töğrisi, bir oz qörqdim. Agar ular sezib qolişsa, meni ham otişlari mumkin edi-da! Suvga tomoğimgaça çömib, asta-sekin orqaga tisarildim. Ular öz işi bilan band, meni sezişmadi ham. Ortga qaytsam, Vali kiyimlarini kiyib qarmoqlarining ipini çöpga örayotgan edi.

— Namunça qolib ketding? — söradi u.

— Jim!.. — barmoğimni oğzimga qöyib belgi berdim, — iş çatoq, jöra, kölda ikki barzangi, soqol-möylovlari ösgan, juda şubhali odam bor ekan.

Kiyimlarimni kiydim, ikkimiz uyga tomon yölga tuşdik.

Bizdan ança uzoqda öng tomondan bir kişi qölida sumka, orqasida ötin kötarganiça köl tomon ketayotgan edi. Lapanglab yurişidan kimgadir   öxşatdim-u lekin eslay olmadim. Haligi odam çapga burilib biz ötirgan tepalikdan nariga qarab ketdi. Uyga yaqinlaşgaç, biz tutgan baliqlarimizni ikkiga bölib oldik.

Keçasi yaxşi uxlay olmadim, közim yumildi degunça köldagi odamsimon mahluqlar miltiqni menga töğrilab otmoqçi bölişardi. Ha, aytgança, sumka, ötin kötarib ketayotgan odamning kimligi ham esimga tuşdi. U köldan beş çaqirimça narida joylaşgan katta qabristonning qorovuli mulla Boqi edi. Uning qabristonni taşlab bu yerda sanğib yurişi menga şubhali tuyuldi.

Ertasi uyğonib Vali bilan birga körganlarimizni qişloğimizdagi   militsionerga aytib berdik. U quvonib ketdi: “Bu haqda heç kimga çurq etmanglar, baliq oviga ham bormanglar, xöpmi? Men hozir şahar militsiyasi bilan boğlanaman”.

Yangi öquv yiliga ham sanoqli kunlar qolgan edi. Tuşdan keyin kolxoz idorasi oldiga bir neça militsiya kiyimidagi kişilar va beş yulduzli qalpoq kiyib olgan askarlar töplanişdi. Qişloq oqsoqoli boşliq bir neça kişi ularning safiga kirişdi. Jangovar operatsiyada Valining otasi Salim bobo ham bor edi. Haligi harbiylar kölning şimoliy-şarqiy hududini örab olib qamişzordagi notaniş şaxslarni qölga olişdi. Mulla Boqi öşalarning şerigi bölib çiqibdi.

Yozgi taʼtilimiz ham tugadi, darslar boş­lanib ketdi. Bir kuni öqituvçimiz sinfga kirib: “Bugun katta tanaffusda maktab hovlisida majlis böladi, hamma qatnaşişi şart”, dedi. Maktab hovlisiga çiqdik. Hamma öqituvçi va öquvçilar töplanişgan. Davraning çetiga bitta stol, uçta stul keltirib qöyişdi. Unga maktab direktori, uçastkavoy Ermatov, pogonida törtta yulduzli harbiy kişi (biqinida töpponçasi ham körinib turardi) qöyilgan stullarga ötirişdi. Yiğilişni maktab direktorimiz oçdi. U sözni öşa töpponçalik harbiyga berdi. U töplanganlarni yangi öquv yili bilan tabrikladi. Hamma bolalarni yaxşi öqişga, intizomli bölişga, botir, jasur bölişga daʼvat etdi. Oxirida u: “Şunday huşyor bolalardan ikki nafari maktabingizdan yetişib çiqqanligi bilan faxrlaning”, — dedi bolalarga qarab, — ana şunday öquvçilardan biri Soli Vohidov, ikkinçisi Valijon Salimov böladi. Ularning maʼlumoti bois bir neça yildan beri qoçib yurgan öta xavfli jinoyatçilarni qölga oldik. Hozir ular ustidan jinoyat işi qözğatilgan”.

Söng uçastkavoy Ermatov bizni davraga taklif qildi. U bizga qizil lentaga boğlangan daftar, albom, qalamdondan iborat sovğa berdi. Hamma qarsak çaldi. Ana şu voqea heç yodimdan çiqmaydi.

Otaxon piyoladagi qolgan çoyni höplab, endi piça dam olaman, deganday boşini yostiqqa qöydi.

Öylayman: yaxşiligu yomonlik, mardligu qörqoqlik, jasoratu loqaydlik odam bolasida yoşligidanoq namoyon bölarkan-da. Bolaligida şunday mardlik körsatgan inson ikkinçi jahon uruşida ne-ne fidoyiliklar körsatgan ekan- a?!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan