Namuna

Abduqayum YÖLDOŞEV

 

Muallif haqida:

Abduqayum YÖLDOŞEV — 1962 yili tuğilgan. 1990 yildan “Sirli olam”, “Qalb közi”, “Yoşlik”, “Hurriyat”, “Mohiyat”, “XXI asr” singari gazeta-jurnallarda işlab kelmoqda. Ayni paytda “Adolat” gazetasida boş muharrir örinbosari vazifasida xizmat qiladi.

1993 yildan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. “Şuhrat” medali va “Özbekis­ton Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangan.

Yigirmadan ortiq nasriy kitoblari çop etilgan. “Kiçkina odamlar”, “Uqubat”, “Iqtidor”, “Vijdon”, “Qadamlar”, “Nigoh”, “Burç va muhabbat”, “Ustyurtga yöl”, “Tinçlik ortida”, “Opa” kabi badiiy filmlarning, “Hayot jilğalari”, “Sinov”, “Odamlar orasida”, “Ona daryo” seriallarining ssenariy muallifi.

 

NAMUNA

(Hikoya)

Jurnalimizga odamlar oqib keladi desam lof bölar-ov, har qalay, kuniga kamida biz oğzimizni töldirib “muxlisimiz”, “öquvçimiz” va hattoki köksimizga urguday bölib “muştariyimiz” deb ataydigan uç-tört kişi qadam ranjida qilib turadi.

Masʼul kotib telefonda “Bir opa özingiz bilan uçraşmoqçi ekan” deganida avvaliga taysallanib turdim-u, söng rozi böla qoldim. Baribir, qiladigan işim yöq, agar piçoqqa ilinadigan “muxlis-öquvçi-muştariy” bölsa, bahonada yillik obunani böyniga ilvoraman.

Öttiz yoşlar atrofidagi xuşsurat ayol iymanibgina kirib keldi. Salom-alikdan söng odatdagi savolni berdim:

— Jurnalimizni öqib turasizmi, opa?

Tabiiyki, bunaqa paytlari javob ham odatdagidek va ehtimolki andakkina ötrik ham aralaşgan bölardi, deylik “Albatta… har sonini… qöldan qöymay…” tarzida.

Biroq kutilmaganda juvon:

— Yöq, – deb qolsa böladimi. – Keça kioskada körib qolib, oldim.

Darhol otni qamçiladim:

— Judayam yaxşi-da. Hoynahoy, içidagi maqola, şeʼr-hikoyalar sizga maʼqul kelib qolganu, biz bilan hamkorlik qiliş niyatidasiz.

Aftidan, juvon “hamkorlik” sözining mağzini tuşunmadi. Şungami, menga hayron bölib qaragaç, gapni çuvalaştirib ötirgisi kelmadi çoği, maqsadga öta qoldi:

— Bir iltimos bilan kelgandim. Agar vaqtingiz bölsa, gapni boşidan boşlasam.

Hali aytganimday, şu kunlari menda vaqtdan boşqa narsaning özi yöq edi. Şu bois, işqilib şikoyatçi bölmasin-da, degan öydan hafsalam pir bölganini yaşirişga uringança:

— Bemalol, – dedim. – Qölimizdan kelgança, qonun doirasida, vakolatlarimizdan çetga çiqmagan holda yordam beramiz, albatta.

Darhaqiqat, ayol gapni uzoqdan boşladi:

— Erim şoşilinç xizmat safarini rökaç qilib turib oldiyu, erinmasdan borib, meni özining qişloğiga taşlab keldi.

Kelişuvimizga köra, bu yerda bir hafta turişim, söng şanba kuni ertalab yölga çiqişim kerak edi. Sodiqjon akam meni avtobekatda kutib turadigan bölgandi.

Ammo oçiğini aytay, şaharning qulay şart-şaroitlariga ança örganib qolgan ekanman. Qişloqda oddiygina gazni aytmay qöya qolay, çiroqning tez-tez öçib turişi, ayniqsa, sovuq suvning vaqti-vaqti bilan kelişi asablarimni öynata boşladi.

Uç kun çidadim, tört kun, qarasam, juda qiynalib-ezilib ketayapman. Şaharning muzday suvlarini soğina boşladim. Bu yerning iliq, taʼmi allaqanday ğalati suviga heç könika olmadim. Çoyini-ku, içib çanqoğim qonmasdi.

Axiyri qaynonamga juma kuni qaytişim lozimligini, çunki xuddi şu kuni Sodiqjon akam meni şahardagi avtobus bekatida kutib turişini bildirdim.

Işqilib, bir kun bölsayam ertaroq qaytmoqçiydim. Zero, qişloqqa kelganimdan buyon har kuni terlayman. Göyo vujudimga açimsiq ter isi örnaşib qolganday.

Sodiqjon aka meni şu ahvolda körmasin, degan öyga ham bordim. Axir onangni otangga bepardoz körsatma deganlar. Yaxşisi uyga borib, yuvinib, kiyimlarimni almaştirib, atir-upalarning yoqimli isiga burkanaman-da, erimni kutib ötiraman. Sodiqjon akamga bir “syurpriz” tayyorlay.

Işqilib, uydagilarni işontirdimu, eski bir avtobusda terlab-pişib şaharga yetib keldim.

Pulni har qança iqtisod qilişga urinmay, baribir sabrim çidamadi – avtobekatdan uyga qadar taksida keldim.

Törtinçi qavatga uçib çiqdim öziyam. Eşikni içkaridan yopdimu, özimni quşday yengil sezdim!

Nihoyat öz makonimga yetib keldim! Öz uying – ölan töşaging, deb bejiz aytmaganlar axir. Uyimning har bir qariçi közimga ötday körinib ketdi.

Çuqur nafas oldim va baxtiyor qiyofada devorga suyanarkanman, hozir vannaga kirib, muzday suvda maza qilib çömilişimni tasavvur qildimu, badanim huzurdan jimirlaşib ketdi.

Bir paytlar rahmatli onam aytardilar:

— Erga tekkan ayoldan heç narsa qoçib qutulmaydi, endi u terisi bilan ham köra boşlaydi.

Töğrisi, bu gapga aslo işonmagandim. Özi doim şunaqa bölarkan, boşingga tuşmagunça…

Xullas, engaşib poyabzalimni yeçayotgan paytimda… Men avvaliga his qildim. Begona isni… Ha, bu begona is edi va, adaşmasam, ayol kişiga tegişli edi. Har qalay, bunaqa ötkir hidli atirni işlatmasligim aniq. Sodiqjon akam ham heç qaçon bunaqa hid taratib yurmagan.

Birdan böşaşib ketdim. Tuflimni apil-tapil yeçdimu, narsalarni şu yerda qoldirgan köyi yotoqxonaga otildim.

Könglim bir narsani sezgan ekan… Yotoqxonada bu hid dahşatli darajada hamma joyni egallab olgan edi.

Böğilib ketdim. Ammo eng dahşatlisi hali oldinda edi. Mening… bizning töşagimizda birov yotgani aniq-tiniq körinib turardi. Ğijimlangan körpa divandan sirğalib, pastga tuşib qolgan. Oppoq çoyşab behayolarça oçilgan…

Nima qilişimni bilmay qoldim. Köngilda esa bitta, birgina istak: “Hozir oşpiçoqni olamanu, Sodiqjon akamni qiymalab taşlayman!..”

Beixtiyor piçirlab yuboribman:

— Mana, qanaqa ekan erjonimning xizmat safari…

Ayol kişining qonida bormi izquvarlikka moyillik yoki bunaqa paytlari yaşirin isteʼdodlar oçilib ketadimi, haytovur, men engaşib, nimagadir xonaga töşalgan gilamni diqqat bilan kuzatib çiqa boşladim. Nima izlayapman, özim ham bilmasdim.

Yöq, tezda topdim. Bu yana bir dalil edi – ayol kişining uzun-uzun soç tolalari. Qönğirtob. Demak, böyalgan. Demak, “modnitsa” juvonlardan. Beixtiyor Sodiqjon akam bir-ikki marotaba işdan şunday qizlarning rangli suratlari tuşirilgan jurnallarni olib kelganini eslagandim.

— Ha, tinçlikmi, mallavoylarni kötarib qopsiz? – deb söragandim ham öşanda.

— Ha, endi bular gözallik timsollari, sanʼat asari, – deb qutulgandi erim.

Demak, öşa paytlariyam köngli sust ketib yurgan. Demak, xizmat safari bahona men omi, befarosat xotinidan qutulganu, şartta bittasini boşlab kelgan!

Kim biladi, qaçondan beri yuradi! Kim biladi, qayerlarga birga borişgan!..

Tutaqib ketdim. Asta-sekin közimga qon töla boşladi. Özimça öç oliş rejasini tuzişni istardim, ammo hozirça buni eplay olmayotgan edim. Men erimga qöşib öşa malla soçli oyim­çaning ham boplab taʼzirini berişni istardim. Lekin qanday qilib?..

Tan olay, saratonda yoqqan qorday bu kutilmagan holatdan esankirab qolgandim. Bu mening xotirjam mulohaza yuritişimga xalaqit berardi. Közimga köringani qon va yana qon edi, xolos. Istagim ham şunga yaraşa: qonli qasos!

Şu turgan holatimda qotib turib qoldim.

Axiyri qörğoşinday oğirlaşgan oyoqlarimni arang sudrab, oşxonaga ötdim. Xolodilnik eşigini oçdim. Kutganimday, ikkita konyak, bittasining oğzi oçilgan, suv, qazi-qarta, şokolad va tort. Issiğim çiqib ketdi.

Men u yoqda yuribman terga botib, bu yerda esa Sodiqjon aka maişatning zörini qilib, konyak içib, gazagiga şokolad yeb yuribdi!..

Stolga qaradim. Ikkita finjon. Beixtiyor şivirlab yubordim:

— Kofe içişibdi, yaşşamagurlar!

Holbuki, bu finjonlarni erimning özi 8 martda sovğa qilgandi. Öşanda hatto maqtanib:

— Qiş kelsa, sovuq tuşsa bularda maza qilib kofe içib ötiramiz, – deb maqtangandi ham.

Şu gaplarni aytgunça tilginang uzilib tuşsa bölmasmidi, ablah!

Dasturxonga qöl tekkizişga ham jirkanardim.

Ana şunda… Ana şunda taşqaridagi temir eşikka kimdir kalit solganini eşitganday böldim. Asab tolalarim benihoya zöriqqan edi, har bir narsani körib, his qilib, körmaganlarimni tasavvur etib turardim.

Adaşişim mumkin emas edi. Men şamoldek yelib bordim va qişloqdan ölay deb kötarib kelgan xaltalarni kötarib balkonga ötqazib qöydim. Özim esa… eşik ortiga ötib, yaşirinib oldim.

Men nimanidir kutardim. Ölay agar, nima kutayotganimni özim ham bilmasdim. Biroq hozir nimadir sodir bölişini sezib-his qilib turardim.

Mana, temir eşikning ikkinçi qulfi ham oçildi. Nimadir şiqirladi, taqillagan tovuş esa polga baland poşnaning urilganiga öxşardi.

Oradan men uçun yillardek çözilib ketgandek tuyulgan bir neça soniya ötdi va men… Men kördim. Öz közlarim bilan kördim. Yigirma beş yoşlardagi, yelkasiga tuşgan silliq soçlari malla, rosa böyab-bezangan, torgina, yoqasi öyiq qora köylagi badanini sirib, qomatini köz-közlab turgan juvon… tasavvur qilasizmi, huştak çalgança, beparvo tarzda kirib keldi!

Nima qilişni ham bilmay qoldim. Ammo hamon eşik tirqişidan közimni uzmasdim.

Ayol şu köyi yotoqxonaga kirib ketdi va zum ötmay guldor xalatni yelkasiga taşlab çiqdiyu, vannaxonaga özini urdi.

Men joyimda şamday qotib turardim.

Vannadan suvning şovullagani eşitildi. U… megajin mening vannamda çömilmoqda edi. Men olislardan terlab-pişib, orzu qilib kelgan vannamda!

Miyamga qon tepdi.

— Öldiraman! – deya piçirladim özimga özim. – Ikkalasini ham!

Ayni damda dilimda şundan özga istak yöq edi. Oşxonaga ötdim va tortmadan erim göşt maydalagan kezlari işlatadigan boltaçani oldim. Boltaçaning muzday dastasi menga quvvat bağişlaganday böldi.

Oyoq uçida borib, asta, şiqirlatmasdan vannani ustidan qulfladim. Endi erimning öynaşi qopqonda edi. Içkarida hamon suv şovullardi. Manjalaqi bir nimalarni xirgoyi qilgança çömilmoqda edi.

Miyam juda tez işlardi. Nimadir qilişim kerak edi. Erim keladimi yoki yöqmi? Kelsa, qaçon keladi?..

Asta yurib kiçkina xonaga ötdim.

Bunaqa paytlari ayol kişi kimga ham dardini aytardi? Eng yaqin, sirdoş dugonasiga-da.

Erimning – endi u kişini xayolimda ham “Sodiqjon akam” deb aytolmasdim – yigirma yillik qadrdon dösti Murodjon akaning xotini Lobar bilan juda apoq-çapoq edim. Töğrisi, hammaning bu oilaga havasi kelardi. Eri xotiniga qançalar mehribon, xotini eriga! Öziyam yarim kun körişmay qolişsa bas, bir-birini soğinib ölişardi! Er-xotinning bir-biriga muhabbati tillarda doston edi, köpçilik ularni orqavoratdan ham, oldilarida ham “Layli-Majnun”, qisqaroq qilib esa “LM” deb ataşardi. Xuddi atayin qilganday, Murodjon aka aynan şunaqa nomli sigareta çekardi.

Xullas, bu er-xotinning sadoqatiga, mehriga, muhabbatiga tasannolar aytmay iloj yöq edi. Hamma qatori men ham ularga havas qilardim va tez-tez bu Layli-Majnunni erimga ibrat qilib körsatardim:

— Örtoğingizni qarang! Xotinini boşiga kötaradi-ya, boşiga! Ikki soat körmasa soğinib, tentakka öxşab qoladi! Oila degani şunday bölsa-da…

Töğrisi, köp masalalarda Lobarga maslahat sörab murojaat qilardim. Bu gözal juvonning oqilaligiga ham tan berardim. Bir söz bilan aytganda, Lobar bilan Murodjon bir-biriga uzukka qöyilgan közday munosib edilar. Heç kim ularni bir-biridan ayro tasavvur etolmasdi.

Nima qilay, dunyo közimga qoronği körinib turgan mahali birinçi bölib ablah erimni emas, oilasidan baxt topgan gözal, oqila Lobarni esladim.

Lobarga qönğiroq qildim. Ammo u qöl telefonini kötargandan keyin ham bir neça soniya nima deyişni bilmay, entikib turib qoldim.

Qöl telefonida raqam paydo bölgan şekilli, nihoyat Lobarning özi:

— Bu sizmisiz, Dilrabo? – dedi. Indamay turganimni anglagaç esa xavotir bilan söradi: – Tinçlikmi, dugonajon.

Men arang lablarimni qimirlatdim va ölimga mahkum qilingan asira yangliğ sado berdim:

— Men erimni öynaşi bilan tutib oldim…

Lobar ham bir zum jim qoldi. Keyin ohista söradi:

— Endi nima qilmoqçisiz?

— Öldiraman! – dedim.

— Kimni? – hayron bölib söradi Lobar.

— Ikkalasini ham! – dedim piçirlab.

— Töxtang, töxtang, – dedi Lobar şoşib. – Avval özingizni bosib oling. Öldiriş qoçmaydi.

— Baribir öldiraman! – deb şivirladim qatʼiylik bilan.

— Öldiriş qoçmaydi, – deya takrorladi Lobar. – Avval bu xiyonatning sababini aniqlaş kerak.

— Xiyonatda… sabab böladimi? – dedim dovdirab.

— Albatta-da, – taʼkidladi Lobar. – Odatda, er kişi uyida yoki xotinida yetişmagan narsani köçadan, boşqa ayoldan izlaydi. Keling, Sodiqjonni bu yölga boşlagan sabablar haqida gap­laşaylik.

— Men heç narsani bilmayman, Lobar opa, – dedim dovdirab.

— Sizni tuşunmayapman, – dedi Lobar xavotirlanib.

— Bunday kun sizning boşingizga ikki dunyo­dayam tuşmaydi. Şuning uçun meni tuşunişingiz qiyindir. Lekin men…

Ortiq gapira olmay qoldim. Tomoğimga muştday bir nima kelib tiqilgandi.

— Töxtang, şoşmang! – deb qoldi Lobar. – Men hozir yetib boraman. Birgalikda xotirjam ötirib, hammasini muhokama qilamiz. Iloji bölsa Sodiqjon aka bilan özim gaplaşaman…

Lobar hamon allanarsalarni kuyib-pişib tuşuntirardi. Men göşakni apparatning yoniga qöydim va boltani çangallagan köyi asta vanna tomon yurdim…

Hali aytganimday, bunaqa mahallari ming titrab-qaqşamang, baʼzi lahzalarda miyangiz xuddi soatday aniq çiqillab işlarkan. Bölmasa göşakni joyiga qöymasligim lozimligini, çunki unda Lobar qönğiroq qilaverib bezor qilişini öylab ham ötirmadim, şunçaki bu işni beixtiyor bajardim.

Keyin vanna yoniga keldim. Içkarida mallasoç manjalaqi hamon suvni şovullatib, bir nimani baqirib xirgoyi qilgança çömilmoqda edi.

Içkaridan harom isi kelardi! Men… çiroqni öçirdim. Vanna içi qop-qoronği bölib qoldi. Birdan suvning şovullaşi tindi. Keyin manjalaqining nozli ovozi eşitildi:

— Bunaqa hazilmaşmang, akajon! Qoronğida biron narsani sindirib qöysam, keyin özingiz baloga qolasiz sevimli xotinçangizdan!

Voy “akajon” degan tillaring uzilib tuşsin! Xotini borligini bilib turib…

Lekin indamadim. Jimlikdan xavotirlandi şekilli, juvon endi sal hayiqqan ohangda ovoz berdi:

— Özingizmisiz?

Mana şunda “siçqon-muşuk” öyinini bas qilib:

— Bu menman! – dedim.

— Voy! – deb yubordi juvon jon holatda. Keyin içkari jim-jit bölib qoldi.

— Qani u? – dedim.

— Hozir kelib qoladi… – axiyri sado berdi juvon. – Maşinamga benzin solay deb ketgandi…

Istehzoli kulib qöydim. Erim beçora bir… xotinning oldida özini boy körsatiş uçun biron örtoğining maşinasini ham olib turganga öxşaydi. Kimnikini oldiykin? Töğri, dösti Murodjon akaning “Neksiya”si bor. Lekin Murodjon aka heç qaçon bunaqa işlar uçun maşinasini berib turmasligi aniq. Aksinça, erimni urişib-sökib taşlagan, darhol bu yöldan qaytargan bölardi. Demak, boşqa birovdan olib turgan u yaramas! Öl-a, siçqon siğmas iniga-yu…

Xuddi şu payt temir eşik oçilganday böldi.

Bu erim edi! Boşqa birov bölişi mumkin emas!

Men jon holatda atrofga alangladim. Nimagadir işni birdan boltadan boşlamayin degan qarorga keldim. Avval ikkalasini yuzlaştirib…

Közim oşxona eşigi yonida turgan çiqindilar solingan paqirga tuşdi. Paqir içida bitta böş konyak şişasi, bodring-pomidorlar, tuxum pöçoqlari körindi.

Şaxt bilan oğirgina çelakni kötardimu kiriş yölagiga otildim.

Allaqaçon içkariga kirib olgan erim endi engaşib tuflisini yeçayapti ekan.

Közimga heç narsa körinmasdi. Alam ustida jon-jahdim bilan çelakni erimning boşiga soldim.

Çelak darangladi. Içidagi narsalarning bir qismi erimning boşiga, ustiga soçildi.

Erim munkib ketdi, ammo yiqilmadi. Bir amallab qaddini rostladi.

Şu darajada qattiq uribmanki… Erimning çakkasidan qon oqardi. Yuzida bodring-piyoz pöçoqlari… Usti-boşi çiqindi…

Erim çayqalib ketdi va muvozanatini yöqotib, gursillab yiqildi.

Men qasos onlari yetib kelganini öylab, nafrat bilan uning yuziga qaradim. Ammo… Bu mening erim emas edi. Bu erimning eng yaqin örtoği Murodjon aka edi…

Biroq men hatto hayratlanişga ham ulgurolmadim. Xuddi şu mahal zinalardan kimningdir tapillab, şoşa-pişa çiqib kelayotganini eşitdim. Zum ötmay yölakda rang-quti quv öçgan Lobar paydo böldi va öşa yerda turiboq menga qarab baqirdi:

— Ulgurdimmi?

Lekin men javob bermasimdan burun Lobarning közi yerda uzala tuşib yotgan erkakka tuşdi.

Lobar jon aççiğida:

— Sodiqjon aka! – degança erkakka otildi.

Aytganimday, bu Sodiqjon aka emasdi…

Çiqindiga belanib, çakkasidan qora qoni oqib yotgan erini körgan Lobarning esxonasi çiqib, közlari ola-kula bölib ketdi…

Şu lahzada esa vanna içida, qoronğulikda ötirgan boyagi manjalaqi eşikni gursillatib urdi va bor ovozda:

— Murodjon aka! Keldingizmi? – deb baqirdi. – Qutqaring meni psix xotiningizdan!

Hammasi aralaş-quralaş bölib ketganday edi.

Ammo bizning boşimizga tuşgan savdolar şu bilangina tugamagan ekan. Mana şu ğavğoning ustiga qölida odatda safarlarga çiqqanda olib ketadigan kattagina jomadonini kötargan erim kelib qoldi!..

Xullas, voqea bunday bölgan ekan. Erim çindan ham xizmat safariga ketayotgan ekan. Bundan xabar topgan Murodjon aka “Uyingning kalitini ber, iş vaqti ozgina dam olişga kirarman”, deb turib olgan. Sodiqjon akam hayron bölgan, lekin baribir kalitni bergan… Mallasoç juvon esa Murodjonning yangi kotibasi ekan…

Uyni uç kun tozaladim öziyam. Baribir nimaningdir yomon isi örnaşib qolganday, heç uyga kirgim kelmasdi. Nazarimda, bu xiyonatning isi edi…

Erimga ham avval işonmadim. U qasam içib, har bir gapini yuzlab dalillar bilan isbotlab taşlaşga urinardi. Hatto u kişi xizmat safarida bölgan joylarga ham borib keldik.

Eng ajablanarlisi… Eng ajablanarlisi, mening kutganimning butkul aksiça, Murodjon bilan Lobar ajraşişmadi.

Ular hamon baxtiyor er-xotin… Köpçilikka ibrat. Hamma ularni hamon havas bilan tilga oladi.

Özlarini bir körsangiz edi, siz ham bunga iqror bölardingiz. Mehribonlikda er xotinidan ötgan, xotin eridan… Bir-birlariga mehr bilan, muhabbat bilan boqişadimi-yey…

Faqat nimagadir men ularni bu ahvolda körsam öz-özimdan uyalib ketaveraman…

Balki şu sabablidir, keyingi paytlarda hammaning hurmat-eʼtiboriga sazovor bu baxtiyor oila bilan bordi-keldi qilmay qöydik. Şunisi bizga maʼqulroqday…

Bizning oilamizda esa… Bilmadim, balki yanglişayotgandirman, ammo öşa voqeadan keyin oilamizda nimadir darz ketgandek. Bölmasa yurgan birov, xiyonat qilgan birov…

Lekin baribir nimadandir könglim tölmaydi. Baʼzan “Murodjon nima uçun aynan bizning uyni tanlagan? Demak, tillaring bir bölgan!” deb erim bilan jiqillaşib olaman. Sodiqjon akam kuyib-pişib özini oqlaşga tuşib ketadi, ota-­onasini örtaga qöyib qasamlar içadi. Bularni eşitib, sal taskin topganday bölaman. Lekin bu tuyğu vaqtinça ekanini sezib turaman. Zero, uç-tört kun ötib, bari boşidan boşlanadi…

Şunday paytlari Lobarni öylayman. Nimagadir unga… açinaman. Açiniş barobarida yiğlab-yiğlab olaman…

Keça…

Ayol entikib, jim qoldi. Uning sumkasiga qöl çözayotganini körib ğaladondan jurnalimizning sönggi sonini oldim. Muqovada şahar miqyosidagi “Eng namunali oila” tanlovida faxrli birinçi örinni qölga kiritgan Murodjon va Lobar Xalilovlarning rangli surati. Yelkalarini bir-biriga tekizib rasmga tuşişgan. Yoddan bilaman: uçinçi-oltinçi sahifada baxtiyor er-xotin xususida kattagina oçerk, suratlari bilan. Maqola sönggida bundan keyin jurnalimizda er-xotin Xalilovlarning qanday qilib mustahkam oila quriş haqidagi qimmatli ögitlari sonma-son berib borilişi, yil yakunida esa mazkur maqolalar jamlanib, kitob holida çop etilişi xususida eʼlon.

— Şularmi? – deb söradim.

Ayol unsiz boş irğadi.

Bir fursat jimlikda ötdi. Axiyri söradim:

— Maqsad, opa?

Ayol qiynalib gapirdi:

— Axir… qança odam öqiydi buni… Köradi… Bu… aldaş-ku…

Temirni qiziğida bosdim:

— Yaqinda televizorda bu namunali oila haqida yarim soatlik telelavha berildi, körmadingizmi?

Ayol yöq maʼnosida boş çayqadi.

— Radioda er-xotin har hafta “Namunali oila maktabi” degan eşittiriş olib borişadi. Aytişlariça, tinglovçilardan qoplab xatlar olişarmiş. Bundan ham xabaringiz yöqmi?

Ayol yana boşini sarak-sarak qilib çayqadi.

— Şunaqa… – deb qöydim.

Söng, vaziyatdan silliqqina çiqib ketiş uçun odatda bunaqa mahallari aytiladigan qisir vaʼdani takrorladim:

— Xöp, opa, fikrlaringizni albatta inobatga olamiz. Qimmatli vaqtingizni ajratib kelganingiz uçun rahmat sizga. Jurnalimizni muntazam öqib turing, fikrlaringiz bilan örtoqlaşsangiz biz sizdan minnatdor bölamiz.

Şu bilan juvon ketdi. Nimanidir his qildi çoği, minnatdorçilik bildirmadi, xayrlaşmadiyam.

Köngillarining köçalaridan… Aldaş emiş… Nima qilay bölmasa? Murodjon Xaliloviç kiçkina odam emas, kimsan Falonçi Pistonçiyeviçning tus jiyani. Kattakon toğaning esa bağri keng: gazeta-jurnalda çiqişni ölguday yaxşi köradigan, kitob desa özini tomdan taşlaydigan jiyan sabab har yili bizga biron ming dona atrofida obuna uyuştirib beradi. Yillik!

Şunday odam haqida bitta oçerk nima ekan, kerak bölsa kitoblar yozamiz, çiqarib beramizam. Axir, aslini olganda, şahar tanlovida boş sovrinni qölga kiritgan namunali oilani tarğib-taşviq qiliş bizning vazifamiz emasmi?! Oğziga kuçi yetmaganlar esa nima desa deyaverişsin… Şunaqa, opajon… Ana, özlari bizning jurnalimizga hattoki obuna bölmagan ekanlar-u, yana osmondan kelişlarini. Uyaliş kerak…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan