Mehribonlik (Oilaviy hangomalar)
Baliqning boşi
Ertalabdan ota-bola yer çopayotgan edik. Oşxonada nimadir pişirayotgan xotinim çoyga çaqirdi.
— Çoy içib olinglar. Kel, öğlim, qorning ham oçib ketgandir. Ertalabdan beri işlaysan axir, – dedi xotinim odatdagiça.
Qöllarni yuvib, oşxonaga kirdik.
— Oila boşliği men bölsam nega öğlingni çaqirasan-u, menga indamaysan? – dedim biroz jahlim qistab.
— Oila boşliği sizsiz-a? – dedi xotinim neçundir jilmayib.
— Esingdan çiqib qoldimi?
— Unda öğlingiz oilamiz dumimi?
— Yöq! – dedim qatʼiy, – öğlim örtasi, sen dumisan!
— Siz oila boşi, öğlim örtasi, men dumimanmi? – Qayta söradi xotinim.
— Ha! Qarorim qatʼiy. Öz sözimda qolaman! – dedim tantanavor ohangda.
— Gapingizdan qaytmaysiz va tonmaysiz, – xotinim labidagi tabassum meni hayron qoldira boşladi.
— Ha! – dedim yana.
—Unday bölsa, – dedi u yangi pişirgan baliqni taqsimlarkan, – oila boşliği bölganingiz uçun baliqning boşi sizga, menga dumi, öğlimga örtasi…
Manzarali daraxt
Işdan kelib odatimça hovlini aylanarkanman, öğlim buyurgan işlarimni çala qilganligini körib asabim buzildi.
— Öğling qani?! – dedim oşxonada kuymalanib ovqat tayyorlayotgan xotinimga zarda bilan.
— Hozir kelib qoladi. Örtoğining uyida haşar bor ekan, şunga ketuvdi. Biron işingiz bormidi?
— Yöq! – dedim keskin ohangda. – Biron işni oxirigaça bajarmaydigan öğlingda nima yumuşim bölişi mumkin?!
Xotinim gapim ohangiga mutlaqo ahamiyat bermagani meni ğoyat ajablantirdi. Ustiga ustak u jilmayib qarab turardi.
— Nimaga iljayib turibsan? – dedim jahlni hayronlikka almaştirib. – Öğlingni urişmoqçi bölsam kulasan-a?!
— Ha, endi dadasi, özingiz aytasiz-ku. “Mevali daraxtga toş otiladi” deb.
— Iya, öğling hali mevali daraxt bölib qoldimi? – dedim jiğibiyron bölib.
— Ha, şunaqa, öğlim – mevali daraxt! – dedi xotinim yana kulib.
— Unda men-çi? – dedim jonholatda.
— Sizmi? – dedi u favqulodda xotirjamlik bilan. – Siz endi manzarali daraxtsiz, dadasi, manzarali.
Qovoq somsa
Işga ketayotganimni körgan xotinim oşxonaga çopib kirdi-da, sellofan xaltaga solingan narsani kötarib çiqib, qölimga tutqazdi va:
— Işxonada yersiz, – dedi.
— Nima bu? – dedim uning noodatiy mehribonligidan hayratga tuşib.
— Ötgan kungi pişirgan qovoq somsam.
— Neçuk öğlingga bermay menga ilinding?
— Keça öğlingizga opketgin desam, işxonaga qovoq somsa oborgani uyalaman, – dedi.
— Men-çi? Uyalmaymande, a…
— Ana şunaqasiz-de. Sizga biron narsayam ilinib bölmaydi, – dedi xotinim öşşayib.
Iloj qança?
Keçki oqşom oila davrasida har kim öz işi bilan maşğul. Men kitob öqiyapman, xotinim körpaça qaviyapti, öğlim telefon bilan ovora.
Kitobni öqigan sarim özimni kulgidan töxtatolmasdim. Oxiri bölmadi: portlaş yuz berdi.
— Ha, sekinroq, munça xaxolamasangiz, – dedi xotinim közoynagi ostidan ajablangança menga qarab.
— Qahhor zör yozuvçida… Adabiyot öqituvçisining savolini qara – Saltikov kattami Şedringmi?
Xotinim hayron bölgança qarab turganini körib qitmirligim tutdi.
— Xöş, seningça qaysi biri katta? – dedim unga qarab.
— E… boşqa savolingiz yöqmi? – dedi xotinim işini tikişda davom etib. – Qaysi birini katta deb aytsam baribir xato böladi.
— Sen nima deysan? – dedim yuqori sinfda öqiydigan öğlimga qarab. U “bilmayman” degandek yelkasini qisdi va yana telefon bilan ovora böla boşladi.
— Nega indamaysan? Maktabda adabiyot darsi bormi? Adabiyot öqitiladimi özi? – dedim öğlimning qiliğidan jahlim çiqib.
Öğlimga berilayotgan ketma-ket zarbalardan söng xotinim zarda bilan menga qaradi.
— Almoyi jalmoyi savollaringiz bilan bolamning boşini qotiravermang. Özi maktabdan çarçab kelgan bölsa. Bizni, – dedi xotinim öğlining yoniga ötib olib, – qaçon aytganimiz töğri böluvdiki, endi töğri bölsa? Özingiz biling, xöpmi? Siz öşalarning qaysi birini katta desangiz könamiz. Ilojimiz qança?..
Birinçi böliş
— Öğling keldimi? – dedim xotinimga inqillab.
— Yöq, hali kelgani yöq, – dedi u biroz taşvişli ohangda.
Oradan yarim soat ötdi. Yana söradim. Boyagi javob. Oradan bir soat ötsa hamki öğlimdan darak yöq edi.
— Öğling qaçon keladi? Keladimi özi? – dedim hasratimdan çang çiqib.
— Doktorda uşlanib qolibdi, dadasi. U ham nima qilsin?! Xotinining ketida yuribdi-da.
— Ha, – dedim öksib. – Unga xotin kerak. Qarigan otadan nima foyda. Men keçadan berib yotibman, işi yöq. Özi kasalligimni aytganmiding?
— Aytuvdim, dadasi, aytuvdim. Ozgina sabr qiling, kelib qolar. Munça besabr bölmasangiz. Ahvolingiz u darajada yomon emas-ku.
— Ha, ölar holatda yotsam ham seningça yaxşiman! – dedim biroz öksinib. – Çunki nariyoqqa ketişga ham birinçi raqamli nomzodman. Bunaqa odam kimga kerak? Töğrimi?
— Siz, – dedi xotinim meni yupatmoqçi bölib, – heç taşviş tortmang, dadasi. Komil işonç bilan aytamanki, özingiz aytganingizdek hamma sohada birinçi bölasiz. Birinçi…
Bahrom AKBAROV,
Özbekiston Yozuvçilar
uyuşmasi aʼzosi
