“Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidir” yoxud olmos jilolari

Uluğ şoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburni öqiş, uqiş hamda anglaş uçun kitobxon u yaşagan davr muhiti ziddiyatlari-yu siyosatidan   xabardor bölişi lozim. Şundagina şoirning mumtoz lirikasidagi işq, vafo, muhabbat, visol, hijron, dard, alam zamirida öz   davrining surat va siyrati   qorişiq ranglarda köz   öngingizda namoyon böladi.

Boburning birgina   ğazalini olib köring.

Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,

Ğunça sirrin oçqon ul ikki labi xandonidur.

Xöş, “iki   rayhon” nima? Gul yuzini bekitgan uning yaproği — yorning zulfi, kokili   emasmi?! Axir yor jamoli qançalik yoqimli, xuş va benazir bölsa, uni   “yopqon” “rayhon” ham   şunçalik iforli va xumorlidir. Bobur nazdida yor jamoli — real hayot va uning inʼomi, şirindir, nordondir, tiriklik taşvişlari, taxt va mamlakat öyi, fuqaro va kelajak ğami.

Gulga yaproq, yaproqqa gul soya soladi. Lekin ikkisi ham birdek aziz va zarur bölsada, birining örnini biri bosolmaydi. Ammo birgalikda joziba va mukammallik kaşf etadi. Ularning ifori ham, xumori ham alohida, alohida… Yoinki, davlatni fuqarodan, fuqaroni davlatdan ayri körolmagan şoh va şoir juda katta siyosiy, ijtimoiy, ayni paytda, hayotiy muammoni   boburona gözal ifoda bilan taʼriflab,   çuqur falsafiy umumlaşma   hamda xulosaga keladi.

Boburning har bir ğazali va har bir ruboiysida şaxs   sifatidagi uning hayotdagi pozitsiyasini, badiiy, ijtimoiy, maʼnaviy, madaniy va siyosiy portreti — siyrat hamda suratini köriş mumkin. Alalxusus, şaxsning jonida, qonida bölgan mardlik, jasorat, muhabbat, salohiyat, sadoqat kabi oliy insoniy tuyğular uning hayotidagi faoliyatiga, amaliyotiga, bitiklarida ham öz aksini topgan. Bu isbot talab qilmaydigan — aksioma! Bobur   şaxsiyati va ijodi olmosga öxşaydi. Uni qançalik öqisangiz, örgansangiz   yangi-yangi qirralarining betakror   jilosiga duç kelaverasiz.

Betakror isteʼdod sohibi — Bobur mirzoning nafaqat   ğazallari, balki “Boburnoma”ning har bir sahifasida qudratli   siymoning ötkir nigohi   sizga boqib turganday böladi. “Men har ne taşviş bölsa va maşaqqat bölsa körayin, har neçuk va el toqat qilib tursa turayin, bir forsiy maqol bor:   “Marg ba yoron sur ast” (Döstlar bilan birga öliş töydir).   …“Boburnoma”dan olingan bu parçadan ham şoirning şaxsiyati mana men,   deb turibdi. Bunday misollarni qomusiy   asarning istalgan   sahifasidan topişingiz mumkin. Şu maʼnoda ham “Boburnoma” mumtoz, benazir asar bölib, birgina turkiy xalqlarning emas, balki jahon adabiyoti   hamda fanining rivojida badiiy,   tarixiy, juğrofiy, etnografiy   ilmiy qiymati jihatidan   bebaho manba ekanligini   butun dunyo tan olganligi ham şundadir.

Şoirlik Allohning   inʼomi, nisbasidir. U qondan   qonga, nasldan naslga ötmaydi, deyişadi. Şu maʼnoda   Bobur va boburiylarga Yaratganning nazari tuşgan,   vallohu   aʼlam. Qudratli imperiyaning ğam-taşvişi   kunu tun yelkasida turgan Bobur bolalari tarbiyasini, ularning ertangi kunini bir lahza bölsa-da, unutmagan tabarruk ota timsoli hamdir. Maʼlumingizkim, Boburning yetti farzandi bölgan. Ular Humoyun, Komron, Askariy, Hindol, Gulçehrabegim, Gulrangbegim va Gulbadanbegim. Ota eʼtibori va taʼsirini   qarangki, Allohning inoyati bilan Humoyun, Komron, Gulbadanbegimlar hassos   şoir va adib sifatida tarixda qoldilar. Ularning ijodkor bölişi — Bobur ota sifatida özining eng noyob xislatlarini bolalariga tinmay singdirişga harakat   qilganligi, farzandlar   tarbiyasini birinçi muhim masala, deb bilganligi hosilasidir.

Şoirning yana bir jihati, beşafqat va şiddatli taqdir nayranglariga qaramay, hayotdan zavq oladigan oddiy inson, bir banda sifatida öz davrining komilu orifi bölgan. Şu sababli ham Bobur hamma narsaning çaşmasi hayot ekanligini, tiriklik ziynatiga nimalar zeb berişini unutmagan dahodir:

“Yoz fasli, yor fasli, döstlarning suhbati:

Şeʼr bahsi, işq dardi, bodaning kayfiyati”, —

deb yozganida şoirni yuqoridagi jihatlardan kelib çiqib anglaş juda töğri bölardi.

Bunday olib qarasak, Boburni ijod, ijodni Bobur yuksak çöqqiga kötargan. Jangu jadallar, taqdir daşnomlari va qiynoqlariga qaramay Bobur samarali ijod qilgan siymolardan biri edi. Haqiqiy daho ijod uçun, tafakkur uçun vaqt va joy tanlab ötirmaydi. U davlat, siyosat işlari, harb yurişlaridan neçoğlik toliqsa-da, “Boburnoma”dek bebaho asarni yaratdi. Yana Boburning Şarq adabiyoti va şeʼriyati haqidagi “Mufassal” asari katta ilmiy ahamiyatga ega. Bunda aruzning bahrlari va vazni turlarini misollar bilan körsatib ötadi. Bundan taşqari aruzning bahrlari, qofiya sanʼati haqida söz yuritadi va ular borasida öz munosabatini bildiradi. Özbek fors şeʼriyati misolida aruzning nazariy asoslarini bayon qiladi. Uning xizmati şundaki, boşqa yozma ilmiy manbaalarda uçramaydigan faqat turkiy xalqlar şeʼriyatiga xos bölgan şeʼr vaznlarini ham “Mufassal” asariga kiritadi. Bobur özining bu asarida aruzning 19 bahri va 500 dan ziyod vazn turini misollar tariqasida keltirib ötadi. Aruz bahrlari haqida söz borar ekan, unga özi yozgan ğazal va ruboiylardan namunalar keltirib, fikrini ilmiy va amaliy jihatdan isbotlaşga erişadi. Yana bir muhim jihati, aruz vaznini 9 doi­­ra – turkum sifatida şarhlaşdan taşqari, özidan oldingi yozilgan bu boradagi   ilmiy-nazariy asarlarda yöl   qöyilgan xatolarni ham töğirlaydi.

Bundan taşqari Bobur “Harb işi”, “Mubayyin”, “Musiqiy” kabi noyob asarlar ham yozgan. Uzoqda bölsada, u öz vatandoş­lari, pir va döstlarini unutolmaydi. Şu sababli ham 1528 yilda Hoja Ahrorning “Volidiya” kitobini birinçi bölib, forsçadan özbek tiliga şeʼriy yöl bilan ögirgan uluğ tarjimonlardan biri hisoblanadi. Uluğ bobomizdan bizgaça 100 dan ortiq ğazal, 200 dan ziyod ruboiysi yetib kelgan bölsada, ular mumtoz adabiyotimizning eng yorqin namunalari sifatida yuksak badiiy qiymat kasb etadi. Ayniqsa, uning “Mufassal” asari Alişer Navoiyning “Mezonul-avzon”idan söng turkiy şeʼriyati nazariyasi borasidagi eng mukammal manbaa sanaladi.

Bobur şunday ijodkor va şaxski, heç qanday ortiqça bahoga, maqtovga muhtoj emas. Öz davrida Bobur şaxsiyati, ijodi bilan Ğarb va Şarqni lol qoldirgan özbek adabiyotining mumtoz vakilidir. “Bobur taxtda ötirganiga qaramay, oddiy turmuşning eng yaxşi tuyğularini va iştiyoqini özida saqlab qolgan. Biz Osiyodagi hukumdorlar içidan Bobur singari buyuk va isteʼdodli kişilarni kamdan-kam uçratamiz… Uning ötkir, xuşçaqçaq aqliy   faoliyati, sovuqqon va bevafo taqdirning nayranglariga qaramay, ruhining tetikligi, podşolar orasida kamdan-kam uçraydigan saxiyligi, mardligi, isteʼdodliligi, fanga, sanʼatga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli şuğullanişi jihatidan olib qaraganda, Osiyodagi podşohlar içidan Boburga teng keladigan birorta ham podşoh topolmaymiz”. Bu bitiklar bugun yoki keça öylangan, aytilgan gap emas. “Boburnoma”ni 1826 yilda ingliz tiliga töliq ögirgan tarjimonlar Jon Leyden   va Uilyam Erskinlarning eʼtiroflaridir.

Biz bejiz Bobur şaxsiyati va ijodini olmos jilolariga qiyoslamadik. Ming yillardan keyin ham Bobur meʼrosi jozibasi va badiiy qudrati bilan başariyatni ohangrabodek öziga tortaveradi, inşoolloh!

Safar OMON

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan