Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri shunday dedi
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 31-maktabda o'qituvchi ayollar kaltaklanishiga munosabatni bildirib, bu holatni “juda achinarli” deb atadi.
Hilola Umarova,
O'zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri:
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bo'lib o'tgan bu holatni ko'rib, to'g'risi, o'zim juda dahshatga tushdim. Hurmatli Yurtboshimiz tomonidan ustozlarga, ayollarga bo'lgan e'tibor paytida ustozlarimiz, ziyolilar qatlamida shunday ishlar bo'layotgani, ustozlar orasida bir-biriga qo'l ko'tarilishi juda achinarli holatdir.
Manba:Kun.uz