Ustuvor taşabbuslar aholining farovon turmuşi uçun
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasi özining mazmunan boyligi va keng qamrovligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea bölgan uşbu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy körsatkiçlar, yangi yilga möljallangan maqsad va vazifalar eʼlon qilindi. Murojaatnoma ilğor taşabbuslar va yangi takliflarga boy böldi. Unda islohotlarning yangi marralari va qonun ustuvorligi aniq misollarda va raqamlarda qayd etildi.
Murojaatnomada kötarilgan köplab masalalar, belgilab berilgan ustuvor vazifalar pirovardida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini röyobga çiqarişga qaratilgani bilan eʼtiborga molik.
Nutqning aksariyat qismi iqtisodiyot va uning tarkibiy islohotlariga bağişlanganida ham katta maʼno bor. Bugun jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan murakkab vaziyat iqtisodiyot tarmoqlarida keng kölamli çora-tadbirlarni amalga oşirişni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli va samarali islohotlar natijasida yalpi içki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oşdi. Iqtisodiyotimizga şu yilning özida 8 milliard AQŞ dollari hajmida töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar kirib keldi.
Mazkur vazifalar Ipakçilik va jun sanoatini rivojlantiriş qömitasiga ham katta masʼuliyat yuklaydi. Mamlakatimizda pillaçilik tarmoğini rivojlantiriş borasida ham qator işlar amalga oşirilmoqda. Birgina pillaçilik sohasini oladigan bölsak, yuksak eʼtibor va yangiça yondaşuv tufayli tarmoqda yuqori samaradorlik taʼminlanyapti. Ötgan 4-5 yil mobaynida davlat rahbarining uşbu sohaga doir qator qaror va farmonlari qabul qilinib, amaliyotga bosqiçma-bosqiç tatbiq etilayotgani bois özbek ipagining dovruği dunyoda oşib borayotir.
Qömitaning joriy yilgi faoliyati haqida töxtaladigan bölsak, 2022 yilda ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantiriş maqsadida pillaçilik klasterlari tomonidan 122,7 million tup tut köçatlari ekildi. Joriy yilda 4 marta pilla yetiştiriş mavsumida 26,7 ming tonna pilla xomaşyosi yetiştirilib, belgilangan prognoz körsatkiçlari 111 foizga bajarildi.
Tizim korxonalari tomonidan 2 trillion 15 milliard sömlik ipak mahsulotlari işlab çiqarildi va ötgan yilga nisbatan ösiş surʼatlari 152 foizga yetkazildi.
Xususan, mahsulotlar kesimida 2,5 ming tonna xom ipak, 1,2 ming tonna ipak momiği, 12 341,8 ming pogonametr ipak mato, 1,1 ming tonna kalavalangan ipak ipi, 1 694,6 ming dona tayyor ipakli mahsulot va 885 dona ipak gilamlari işlab çiqarildi. 95,7 million dollarlik ipak mahsulotlari eksporti amalga oşirildi hamda ötgan yilning mos davriga nisbatan ösiş surʼatlari 109 foizni taşkil etdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi qaroriga asosan 16 ta loyiha doirasida 24,9 million dollar miqdorida investitsiya mablağlari jalb qilinib (şundan 1,4 million dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar taşkil etdi), belgilangan reja ijrosi töliq taʼminlandi.
Sohaga aynan Prezidentimizning eʼtibori sabab bugun eski pillaxonalar örnida zamonaviy ipakçilik klasterlari taşkil etildi va qisqa davrda ularning soni 74 taga yetdi. Agar yanada aniqroq aytadigan bölsak, 2017 yilda bunday korxonalar soni, mamlakatimiz böyiça jami bor-yöği, 19 ta edi va 30 foiz quvvat bilan işlardi, xolos. Endilikda eski, taşlandiq binolar “nol” xarid qiymatida tadbirkorlarga berildi. Buning ortidan minglab iş örinlari yaratildi. Sohaga berilayotgan eʼtibor pilla yetiştiruvçilarni behad quvontirayotgani bor gap. Ular bir yilda uzoği bilan (3-4 mavsumda) bir oy davom etadigan, mavsumga yaraşa maşaqqatli mehnatlari qadrini topayotganidan mamnun.
Xususan, pilla yetiştiruvçilar qayta işlaş korxonasi bilan kelişgan holda bir kilogramm hosil uçun 24 ming 700 sömdan haq olmoqda. Birgina joriy yilning özida pilla yetiştiruvçilarga 656,3 milliard sömdan ortiq mablağlar yetiştirilgan pilla xomaşyosi uçun berildi.
Yana bir muhim jihat şundan iboratki, pillakorning qisqa muddatli işi rasmiylaştirilib, pensiya yoşi uçun talab etiladigan stajning uzluksizligi taʼminlanmoqda. Bularning barçasi davlatning soha rivojiga qaratayotgan eʼtiborining amaldagi natijasidir.
Joriy yilda umumiy qiymati 30,7 million dollarlik 11 ta yangi loyihalar foydalanişga topşirildi. Buxoro viloyatidagi “Gijduvon ipag tola” MÇJ, “Silk service” MÇJ, Samarqand viloyatidagi “Urgut silk fiber company” MÇJ, “Ishtixon silk” MÇJ, “Ziyovuddin silk” MÇJ, “Tayloq ipagi” MÇJ, Namangan viloyatidagi “Zilol silk” MÇJ, Surxondaryo viloyatidagi “Silk road text” MÇJ, Toşkent viloyatidagi “Jinjuz silk co” xorijiy korxonasi, Andijon viloyatidagi “Afghan Bazar Silk Carpets” MÇJ hamda Xorazm viloyatidagi “Xorazm pilla xolding” MÇJ kabi korxonalar kelajakda soha rivojini taʼminlab, eksport salohiyatini oşirişga zamin yaratadi.
Tizimda aholi bandligini taʼminlaş ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Tarmoqda 1 million 153 ming nafar aholining bandligi taʼminlanib, belgilangan reja 102 foizga bajarildi.
Mamlakatimizda yaşil olamni saqlaş va köpaytiriş davlat siyosati darajasiga kötarildi. Xususan, Prezidentimiz Murojaatnomasida ham “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi işlarni kuçaytiriş haqida töxtalib ötdi.
Yurtimiz böylab amalga oşirilayotgan bu taşabbusni Ipakçilik va jun sanoatini rivojlantiriş qömitasi, “Özbekipaksanoat” va “Yaylov xöjaligini rivojlantiriş” uyuşmalari xodimlari ham yakdillik bilan qöllab-quvvatlab, kötarinki ruhda amalga oşirişmoqda.
Xususan, “Dolzarb 40 kunlik”da qömita va uning tizimidagi uyuşmalar tomonidan mamlakatimiz böylab 53 million 140 mingga yaqin tut köçatlari ekilmoqda. Şuningdek, sohada tut köçatçiligi borasida ilmiy izlanişlar olib borilib, bunda yangi natijalarga ham erişilmoqda.
Xususan, Andijonda taşkil etilgan “In Vitro” laboratoriyalari orqali mahalliy olimlarimiz tomonidan 18 turdagi noyob tut navlarini köpaytiriş va yiliga 6,5 million tup tut köçatini yetiştiriş imkoniyati yaratildi.
Kelgusi yildagi rejalarga töxtalib ötadigan bölsak, asosiy eʼtibor Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni töla-tökis amalga oşirişga qaratiladi. Şu bilan birga, 4 ta pillaçilik mavsumlarida 487,9 ming quti ipak qurti parvarişlanib, 27,5 ming tonna pilla xomaşyosi yetiştiriş rejalaştirilgan. 2 trillion 997 milliard sömlik ipak mahsulotlari işlab çiqariladi va ötgan yilga nisbatan ösiş surʼatlari 149 foizga yetkaziladi.
Şu jumladan, 558 milliard söm miqdoridagi 2,7 ming tonna xom ipak, 310,8 milliard söm miqdoridagi 1,3 ming tonna ipak momiği, 807,3 milliard söm miqdoridagi 16 145,3 ming pogon metr ipak mato, 322,9 milliard söm miqdoridagi 1,5 ming tonna kalavalangan ipak ipi, 993,4 milliard söm miqdoridagi 4 967,2 ming dona tayyor ipakli mahsulotlar, 4,6 milliard söm miqdoridagi 1 140 dona ipak gilamlari işlab çiqariladi. 107,6 million dollarlik ipak mahsulotlari eksporti amalga oşirilişi belgilangan. 16 ta loyiha doirasida 25 million dollar miqdorida investitsiya mablağlari jalb qilinadi hamda umumiy qiymati 35,4 million dollarlik 16 ta loyihalar foydalanişga topşiriladi.
Umuman Murojaatnomada Prezidentimiz kelgusi 2023 yilda mamlakatda amalga oşiriladigan jamiki muhim yönalişlar böyiça vazifalarni belgilab berdi. Uşbu vazifalarni bajarişga esa har birimiz masʼulmiz.
Bahrom ŞARIPOV,
Ipakçilik va jun sanoatini
rivojlantiriş qömitasi raisi
