“Oltin qalam” XVII milliy mukofoti uçun xalqaro tanlov ğolib va sovrindorlari
I. JURNALISTIKA SOHASIDA BOŞ MILLIY MUKOFOT
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti — fakultet dekani: Mahliyo MIRSOATOVA
Milliy jurnalistikamiz rivojiga qöşgan ulkan hissasi, milliy media tuzilmasiga salohiyatli kadrlar tayyorlaşdagi hamda ommaviy axborot vositalari ravnaqi yölidagi alohida xizmatlari uçun
II. ASOSIY NOMINATSIYALAR
Eng yaxşi jurnalistik material uçun (televideniye)
1-örin – Şunqor ÇORIYEV, Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali” davlat muassasasi direktorining örinbosari — Mamlakatimizdagi islohotlar mazmun-mohiyati, odamlar hayotida bölayotgan özgarişlar şukuhi aks etgan turkum körsatuvlari uçun
2-örin – Yulduz HOŞIMOVA, “Milliy” telekanali Ijtimoiy-maʼrifiy dasturlar bölimi boşliği, “Otalar sözi” loyihasi badiiy rahbari — Ijtimoiy mavzudagi turkum körsatuvlar, madaniy-maʼrifiy loyihalar muallifligi uçun
3-örin – Yulduzxon OLIMOVA, “Ozod yurt tölqinlari” masʼuliyati çeklangan jamiyati muassisligidagi “Mening yurtim” telekanali “Markaziy studiya” informatsion loyihasi 1-toifali muxbiri — Madaniy va maʼrifiy yönalişdagi, yoşlar hayotiga doir turkum körsatuvlari uçun
Eng yaxşi jurnalistik material uçun (radio)
1-örin – Nazira INOYATOVA, “Avtoradio”da dasturlar böyiça direktor hamda efir boşlovçisi — Mamlakatimizda bölayotgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazişga qaratilgan eşittirişlari uçun
2-örin – Botir IMOMALIYEV, “ORIAT Dono” radiosi muharriri — Jadidçilik harakati, şu jumladan, maʼrifatparvar ajdodlarimiz hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvçi “Jadidlar” maʼnaviy-maʼrifiy dasturi uçun
3-örin – Ilhom RAXMATOV, Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi “Yangi asr” radiokanali boş muharriri — Informatsion, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy radio dasturlari orqali barça sohalardagi yangilaniş jarayonlarini tahlil qilib bergani uçun
Eng yaxşi jurnalistik material uçun (matbuot)
1-örin – “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi, Boş muharrir: Qurbanbay BAYNIYAZOV — Qoraqalpoğiston Respublikasida bölayotgan ulkan özgarişlar va yangilanişlar tahliliga bağişlangan publitsistik materiallari uçun
2-örin – “Adabiyot ziyosi” gazetasi, Boş muharrir: Mahmud TOIR — Adabiy muhitni şakllantiriş, yoş ijodkorlarni katta yozuvçi-şoirlar bilan ğoyibona uçraştiriş va qadimiy göşalar, aziz avliyolar hamda Toşkent viloyatida yaşab, ijod qilgan allomalarni xalqimizga yanada yaqinroq taniştiriş maqsadida eʼlon qilingan turkum materiallari uçun
3-örin – “Tong yulduzi” gazetasi, Boş muharrir: Feruza ADILOVA — Mamlakatimiz taʼlim tizimidagi islohotlar va öquvçi-yoşlar taʼlim-tarbiyasini, maʼrifatini oşirişga, ularni rağbatlantirişga qaratilgan turkum materiallari uçun
Eng yaxşi jurnalistik material uçun (internet-jurnalistika)
1-örin – Xuşnud XUDAYBERDIYEV, Özbekiston Milliy axborot agentligi Boş direktori örinbosari — Ijtimoiy-huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy va taʼlim yönalişidagi turkum materiallari uçun
2-örin – Jamşid NIYAZOV, Kun.uz internet naşri şarhlovçisi — Dolzarb mavzudagi tanqidiy-tahliliy mavzulardagi turkum materiallari uçun
3-örin – Kobil XIDIROV, “davletovuz” telegram kanali asosçisi — Mamlakatimiz hayotining turli sohalarida amalga oşirilayotgan yangilanişlar haqidagi tezkor va tahliliy materiallari uçun
Çet ellik jurnalistning
Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali uçun
San XAOYANG, “Jenmin xuabao” naşriyoti muharriri (Xitoy Xalq Respublikasi) — Özbekistonning turistik salohiyatiga bağişlangan materiallari uçun
Mirasror AHROROV, “Jumhuriyat” gazetasi muxbiri (Tojikiston Respublikasi) — Özbekiston va Tojikiston örtasida yaxşi qöşniçilik munosabatlari tarğib qilingan materiallari uçun
Şerali AVEZMETOV, “Fars nyus” axborot agentligining Özbekistondagi muxbiri (Eron Islom Respublikasi) — Özbekistondagi yangi islohotlarni, şuningdek, mamlakatimizning iqtisodiy va turizm salohiyatini fors matbuotida tarğib qilgan materiallari uçun
Muhammadşarif MAMATQULOV, “Reyter” axborot agentligining Özbekistondagi muxbiri (Buyuk Britaniya) — Özbekistonda amalga oşirilayotgan demokratik islohotlar, muhim siyosiy jarayonlar, matbuot va söz erkinligini taʼminlaş borasida olib borilayotgan işlar haqida turkum maqolalari uçun
Ahmad TARABEK, “Al-Diplumasiy” va “Eurasia Dairy” gazetalari siyosiy muxbiri, Markaziy Osiyo böyiça ekspert (Misr Arab Respublikasi) — Özbekistondagi amalga oşirilayotgan içki va taşqi siyosatdagi ijobiy özgarişlar haqidagi turkum maqolalari uçun
III. RAĞBATLANTIRUVÇI MUKOFOTLAR UÇUN NOMINATSIYALAR:
Insonga eʼtibor mavzusi eng yaxşi yoritilgan materiallari uçun
Rustam TULENOV, “Nurli jol” gazetasi muxbiri — Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, xususan, inson huquqlari himoyasiga oid turkum tanqidiy-tahliliy maqolalari uçun
Şoqahhor SALIMOV, Faxriy jurnalist — Prezidentimizning taşabbusi bilan “Yangi Özbekiston – Yangi qöşniçilik” tamoyilining hayotga izçil tatbiq etilişi, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik, yaxşi qöşniçilikni mustahkamlaş borasidagi turkum maqolalari uçun
Oila va mahalla mavzusi eng yaxşi yoritilgan materiallari uçun
Marğuba BOBONAZAROVA, Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi muharriri — Mustahkam oila va mahalla tizimidagi islohotlarga bağişlangan turkum tahliliy körsatuvlari, reportajlari uçun
Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxşi yoritilgan materiallari uçun
“Postda – Na postu” gazetasi, Boş muharrir: Bernora SADIKOVA — Yoş avlodni harbiy-vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalaşga oid turkum maqolalari uçun
Internet tarmoğida eʼlon qilgan eng yaxşi materiali uçun
Kiril ALTMAN, “Alter Ego Intervyu” kanali asosçisi — “Alter Ego Intervyu” kanalida dolzarb mavzulardagi suhbatlari uçun
Laziz XAMIDOV, “Ular” podkast loyihasi muallifi — Mamlakatimizda jadidçilik harakatining tarixiy ahamiyatini keng tarğib qiliş borasidagi loyihalari, xususan, “Jadidlar” nomli hujjatli filmi uçun
Şokir ŞARIPOV, Erkin ijodkor — Davlat boşqaruvi va jamiyatni şakllantirişga undovçi turkum multiplikatsion dasturlari uçun
Liliya NIKOLENKO, Ijtimoiy tarmoqlardagi “Potrebiteli.uz” sahifasi asosçisi — Köp millatli Özbekistonda yaşovçi xalqlarning milliy madaniyati va qadriyatlarini tarğib qiluvçi turkum materiallari uçun
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxşi yoritilgan materiallari uçun
Muhammadjon OBIDOV, jurnalist — Bosma naşrlar va ijtimoiy tarmoqlardagi islohotlar şukuhi aks etgan ijtimoiy-iqtisodiy va tanqidiy-tahliliy maqolalari uçun
Bandlik va ijtimoiy himoya masalalari eng yaxşi yoritilgan materiallar uçun
Saodat BEKNAZAROVA, “Ovozi tojik” gazetasi muxbiri — Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qiliş va iş bilan taʼminlaş mavzularidagi turkum maqolalari uçun
Eng faol tele va radio boşlovçi
Dilfuza ŞONAZAROVA, “Özbekiston tarixi” telekanali boş muharriri örinbosari — Milliy qadriyatlarimiz va tarixiy mavzulardagi turkum körsatuvlari uçun
Publitsistik janrdagi eng yaxşi kitob uçun
Nazira TOŞPÖLATOVA, ÖzJOKU kafedra mudiri — “Yöldaman…” nomli kitobi uçun
Eng yaxşi fotoreportaj uçun
Maqsad HABIBULLAYEV, Özbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça fotomuxbiri — Yangi Özbekiston manzaralari aks etgan turkum fotoreportajlari uçun
Xalqaro hamkorlar nominatsiyalari
- YUNESKOning Özbekistondagi vakolatxonasi taʼsis etgan “Inson huquqlari himoyasiga qaratilgan eng yaxşi material uçun” nominatsiyasi ğolibi – Mirza SUBHANOV, Özbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatining Samarqand viloyat bölimi raisi.
- Belgiyaning GOPA Com., S.A.DNA kompaniyasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştirilgan loyiha doirasida taşkil etilgan “Agrar oziq-ovqat sektoridagi islohotlarning taʼsiri haqida aholining xabardorligini oşiriş böyiça eng yaxşi material uçun” nominatsiyasi ğolibi – Nasiba ZIYODULLAYEVA, Özbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri.
