Munosiblar bellaşgan maydon
Poytaxtimizdagi “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovining ğolib va sovrindorlari tantanali ravişda taqdirlandi
Söz qaçon möʼjizaga aylanadi? Yaratgan “Yaral!” deganidan bunyod bölgan ön sakkiz ming olam sözning qudratidan dalolat emasmi aslida?! Sözni hayot mayoği deb biladigan kasblardan biri bu jurnalistikadir. Jurnalist nigohi qaratilgan muammolar öz yeçimini topmoqda. Uning qalami kirib borgan joylarda jamoatçilikning huşyorligi ortib, yozganlari besamar ketmayapti. Bugun söz jurnalist uçun qudratli qurolga aylana oldi.
Kuni keça poytaxtimizdagi “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi tomonidan ötkazilgan “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovning ğolib va sovrindorlarini taqdirlaşga bağişlangan tantanali tadbirda ham ana şunday soha fidoyilaridan bir guruhi munosib eʼtirof etildi. Nufuzli marosim davlatimiz rahbarining “Men haqiqat va adolatni öz eʼtiqodi deb biladigan barça jurnalistlarni islohotlarning faol iştirokçilari, özimning eng yaqin döstlarim deb bilaman”, degan sözlari ifodalangan maxsus videorolik namoyişi bilan boşlandi.
Tantanali tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining örinbosari Komil Allamjonov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining örinbosari — Prezident Matbuot kotibi Şerzod Asadov iştirok etdi.
3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bağişlab taşkil etilgan uşbu tadbirga ommaviy axborot vositalari xodimlari, sohaga oid oliy öquv yurtlarining professor-öqituvçilari, ekspertlar, yoş ijodkorlar, yurtimizda akkreditatsiyadan ötgan xalqaro taşkilotlar va elçixonalarning vakillari, şuningdek, bir qator xorijiy davlatlardagi media uyuşmalarining mutasaddilari taklif etildi. Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi v.v.b, tanlov taşkiliy qömitasi raisi Xolmurod Salimov keyingi yillarda mamlakatimizda milliy jurnalistika sohasini tubdan isloh etiş, fuqarolarning söz va axborot oliş erkinliklarini taʼminlaş borasida ijobiy özgarişlar yuz berayotganini taʼkidladi.
Darhaqiqat, 2006 yildan buyon ötkazilib kelinayotgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovi jurnalistlarni ijodiy izlanişga çorlaş, ularning faolligini oşiriş, islohotlar şiddatini tezkor, xolis va haqqoniy tarzda aholiga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan jurnalistlar uçun yanada keng imtiyoz va imkoniyatlar yaratilgan. Prezidentimizning 2022 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida 2023 yildan boşlab “Oltin qalam” tanlovi rağbatlantiruvçi nominatsiyalari 5 tadan 12 taga köpaytirildi. Boş milliy mukofot sohibiga yengil avtomobil berilişi belgilandi. Joriy yildan 1-öringa bazaviy hisoblaşning 200, 2-öringa 175, 3-öringa 150 barobari, şuningdek, rağbatlantiruvçi nominatsiya ğoliblariga esa 100 barobari miqdorida pul mukofotlari topşirildi.
Taʼkidlaş joizki, bu yil “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovda har yilgidan köp — 500 dan ziyod OAV vakillari 4 mingga yaqin ijodiy işlari bilan iştirok etdi. Xususan, televideniye yönalişi böyiça mamlakatimizdagi davlat va nodavlat telekanallarda faoliyat olib borayotgan 125 nafar jurnalist qatnaşgan. Hakamlar hayʼati tomonidan ularning 900 ga yaqin ijodiy işlari körib çiqilgani tanlovning uşbu yönalişi böyiça materiallari taqdim etilgan ijodkorlar orasida xalqimiz mehrini qozongan, keng jamoatçilik eʼtirofiga sazovor bölgan, şuningdek, turli tanlovlarda ğoliblikni qölga kiritgan jurnalistlar köp ekanligi alohida eʼtirofga molik, albatta.
Radio yönalişi böyiça hakamlar hayʼati tomonidan 43 nafar jurnalistning 300 dan ziyod ijodiy işlari körib çiqildi. Mazkur yönaliş böyiça tanlovda iştirok etganlarning köpçiligi ayol jurnalistlar. Ularning ijodiy işlarida informatsion-tahliliy materiallar, Yangi Özbekiston ruhi, Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati, zamonamiz qahramonlari hayoti, madaniyat va sanʼat namoyandalari bilan suhbatlar asosiy örin egallaydi.
Bu yil ham “Oltin qalam” tanlovida bosma ommaviy axborot vositalari yönalişi böyiça iştirok etgan jurnalistlar köpçilikni – 173 nafarni taşkil etdi. Ularning bir ming ikki yuzdan ortiq ijodiy işlari hakamlar hayʼati tomonidan körib çiqildi. Taqdim etilgan ijodiy işlarda bugungi dolzarb mavzularga alohida eʼtibor qaratilgan. Mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, odamlarni rozi qiliş maqsadida Prezidentimiz rahbarligida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar aniq misollar asosida oçib berilgan.
Ötgan yili “Oltin qalam” tanlovida internet-jurnalistika yönalişi böyiça 45 nafar jurnalist iştirok etgan bölsa, bu yil ularning soni 76 nafarga yetdi. Uşbu yönalişda nodavlat internet naşrlari faolligi kuzatildi. Tanlovga taqdim etilgan ijodiy işlarda yoş jurnalistlar turli sohalarga doir köplab muammolarni dadil kötarib çiqqani, jurnalistik suriştiruvlar köpaygani aks etgan. Ular asosida jamoatçilik fikri şakllanib, hatto turli sohalarga oid qaror loyihalariga özgartirişlar kiritilganini köriş mumkin. Internet-jurnalistika yönalişidagi ijodiy işlar ommaviy axborot vositalari haqiqatan ham “törtinçi hokimiyat” darajasiga kötarilayotganidan dalolat beradi.
Çet ellik jurnalistlarda Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, madaniyat, turizm va boşqa sohalarni yoritişga intiliş kuçli bölgani uçun ularning mamlakatimiz haqidagi ijodiy işlari soni yildan-yilga ortmoqda. “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovda 25 davlatdan 50 dan ziyod jurnalist qatnaşgani, ular orasida Yevropa va Osiyo qitʼasidan soha vakillari borligi ham buni tasdiqlaydi.
“Oltin qalam” tanlovining rağbatlantiruvçi nominatsiyalari böyiça joriy yildan boşlab 12 nafar jurnalist mukofotlanadigan böldi. Mazkur 12 nominasiyadan biri — “2022 yilda çop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxşi kitob uçun” yönalişi böyiça ğolibni 28 nafar jurnalist-publitsist orasidan aniqlaş hakamlar hayʼati aʼzolari uçun oson bölmaganligi aytib ötildi. Tanlovning “Eng yaxşi fotoreportaj uçun” nominatsiyasi ğolibi esa 19 nafar fotojurnalistning 150 ga yaqin ijodiy işlarini baholaş orqali aniqlangan. Qolgan ön nominatsiya ğoliblari tanlovning televideniye, radio, bosma OAV, internet-jurnalistika yönalişlari böyiça 500 nafardan ziyod OAV vakillari orasidan mukofotga loyiq körilgan.
Taʼkidlaş joiz, “Oltin qalam” tanlovi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan xalqaro taşkilotlar, qator xorijiy mamlakatlar elçixonalarida ham katta qiziqiş uyğotmoqda. Bu yil tanlovda YUNESKOning Özbekistondagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi va Belgiyaning GOPA Com., S.A.DNA kompaniyasi öz nominatsiyalari bilan iştirok etdi.
Biz ham taqdirlaş jarayonida bu yilgi ğolib va sovrindorlarning hayajonli onlarining guvohi böldik.
Mahliyo MIRSOATOVA, Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovida Boş milliy mukofot sovrindori — Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti dekani:
— Bu mukofot nafaqat bizning jamoamizga, balki Özbekistonning yetuk jurnalistlarini kamolga yetkazgan otaxon va tabarruk dargohga bölgan ehtirom va eʼtirof ifodasi böldi. Axir Yangi Özbekiston jurnalistikasining ayni paytdagi dadil qadamlari ham uşbu dargohda saboq olgan ijodkorlarning yutuqlari bilan baholanmoqda. Bu rağbat bizga juda katta şijoat bağişlaydi. Kelgusida yurtimizdagi islohotlarni teran anglab yetgan holda talabalarni bugungi jurnalistikaning zamonaviy uslub va yangiliklaridan bahramand etişga harakat qilamiz.
Şunqor ÇORIYEV, tanlovning “Eng yaxşi jurnalistik material uçun” (televideniye) birinçi örin sohibi, Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali direktori örinbosari:
— Eʼtirof qilişimiz kerakki, sözni qadrlaydigan, erkin sözni töğri talqin qiladigan davlat rahbari qöllab turganidan keyin jurnalistlar işlayapti bugun, özini körsatayapti. Yaʼni “Oltin qalam” şunçaki tanlov emas, bu söz erkinligining katta bir mukofotiga aylanib boryapti. Davlatimiz rahbari bot-bot takrorlayotgan “Men jurnalistni qöllab-quvvatlayman. Men ularning ortida turibman”, degan sözlari şunçaki balandparvoz gaplar emas. Bu sözlar bizlarni yanada ruhlantirib, oçiqlik, oşkoralikni taʼminlaşimiz, voqeliklarga xolisona yondaşuvimizda dalda bölyapti. Demak, yelkamizda katta masʼuliyat bor. Şu katta vazifani, katta masʼuliyatni bajarişimiz kerak. Bu mukofot ana şu yönalişda bizga yanada kuç böladi.
Qurbanbay Bayniyazov, tanlovning “Eng yaxşi jurnalistik material uçun” (matbuot) birinçi örin sohibi, “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi Boş muharriri:
— Söz va fikr erkinligi bugun öz kuçini körsatmoqda. Mazkur tanlov esa erkinlik minbari bölib xizmat qilmoqda. Bugun faoliyat olib borayotgan gazetamizda yoş kadrlar salmoği köproq. Ular özlarining kreativ fikrlari, ğoyalari bilan bosma naşrlar sohasiga yangiça ruh olib kirişmoqda. Davlat rahbari doim söz qadrini uluğlovçi biz–jurnalistlarni qöllab-quvvatlaydi. Bunday yuksak işonç jurnalistga faqat va faqat qanot beradi. Tanlovda Qoraqalpoğiston Respublikasida bölayotgan ulkan özgarişlar va yangilanişlar tahliliga bağişlangan publitsistik materiallarimiz bilan iştirok etdik. Ğoliblik esa butun jamoamizga ikki karra masʼuliyat yuklaydi.
Laziz Hamidov, “Internet tarmoğida eʼlon qilgan eng yaxşi materiali uçun” nominatsiyasi ğolibi, “Ular” podkast loyihasi muallifi:
— Men turli mavzularda materiallar tayyorlayman. Yaqinda Qoraqalpoğiston Respublikasidan Orol dengizi böyiça video tayyorlab, Youtube dagi özimning şaxsiy kanalimga joylaştirgan edim. Bundan taşqari, “Jadid”, “Mustaqillik”, “Suv” singari loyihalarimiz ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilgan. Men uşbu tanlovga heç qanday hujjat, material topşirmasam ham hakamlar hayʼati eʼtibor qaratganidan xursand böldim. Aytiş joiz: şu paytgaça hujjat topşirmaganlar tanlovda iştirok etişmas edi. Uşbu voqelik bu yilgi tanlov uçun yangilik böldi. Şu kabi öziga xos yondaşuvlar, yangiliklar yoş jurnalistlarga ham motivatsiya beradi.
Şerali Avezmetov, “Çet ellik jurnalistning Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali uçun” nominatsiyasi ğolibi, “Fars nyus” axborot agentligining Özbekistondagi muxbiri (Eron Islom Respublikasi):
— Özbekistonda katta özgarişlar jarayoni ketmoqda. Xususan, OAV xodimlari va jurnalistlarga eʼtibor özgaça. Buni barçamiz guvohi bölib turibmiz. Prezident Şavkat Mirziyoyev xalq va inson manfaatlari yölida juda katta islohotlarga boş-qoş bölayotgani ham sözimiz isbotidir. Mazkur tanlovda Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, madaniyat, turizm va boşqa sohalarni yoritişga qaratilgan işlarim bilan qatnaşdim. Natijalar aʼlo. Eʼtirofdan juda xursandman. Öz navbatida sovrin menga katta masʼuliyat yuklaydi.
Nazira Toşpölatova, “2022 yilda çop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxşi kitob uçun” nominatsiyasi ğolibi, ÖzJOKU kafedra mudiri, professor:
— Odatda tanlovlarda köproq ijodiy işlar taqdim etiladi. Oliy taʼlim muassasalari professor öqituvçilari asosan ilmiy işlari bilan qatnaşgani uçun unçalik eʼtibor berilmasdi. Bu yilgi tanlovda esa yangi nominatsiya qöşildi. Bu ham bölsa “Eng yaxşi publitsistik asar” uçun berilarkan. Men universitet professori ölaroq doimo qölida qalami bölgan ijodkor sifatida “Yöldaman…” nomli publitsistik asarimni tanlovga taqdim etgandim. Mazkur kitob ğoliblikka tavsiya etilgani nafaqat mening, qolaversa, butun jurnalistika sohasida faoliyat yuritayotgan hamkasblarimning yutuği deb öylayman.
Şoqahhor Salimov, “Insonga eʼtibor mavzusi eng yaxşi yoritilgan materiallari uçun” nominatsiyasi ğolibi, faxriy jurnalist:
— 40 yildan buyon Özbekiston ommaviy axborot vositalarida işlab kelayapman. Kuni keça menga topşirilgan “Oltin qalam” menga oltin quşdek qanot bağişladi. Bu mukofotga erişişim uçun, eng avvalo, ustozlarimdan minnatdor böldim. Zero, öqiş boşqayu tajriba boşqa. Şu boisdan özimça özimga quyidagi qoidani “qonun” normasi qilib qöyganman: material yoziş uçun, avvalo, bilim, keyin tajriba, tahlil-taqqos va xulosaviy fikrlar kerak! Nazarimda, şu meʼyorlarga rioya etiş, albatta, mukofotlarga, eʼtiroflarga yetaklaydi. Yangi Özbekistonning “Oltin qalam”i ğolib bölgan barça kasbdoşlarimga muborak bölsin, deyman!
Feruza Adilova, “Eng yaxşi jurnalistik material uçun” (matbuot) uçinçi örin sohibasi, “Tong yulduzi” gazetasi Boş muharriri:
Har gal “Oltin qalam” Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovning ğolib va sovrindorlari bilan tanişganimda, “Nega hujjat topşirmadik, ular safida “Tong yulduzi” ham bölişi mumkin edi-ku”, degan ginaxonlik ham ötar edi. Bu yil esa qalb xohişiga quloq soldik, aql murabbiy böldi, kerakli hujjatlarni tanlovga taqdim etdik, ğolib böldik, quvondik, xursandçiligimizga atrofdagilarning şerik bölişi bizni yanada suyuntirdi.
Töğri, kimlar uçundir “Tong yulduzi” kiçkinagina bolalar naşri. Ammo millat bolasining kelajagi uçun qayğuradigan, elim, yurtim deb kuyunadigan, şu muqaddas Vatan taqdiri uçun jon kuydiradigan yaxşi insonlar uçun “Tong yulduzi” gazetasi BOLALARNING KATTA NAŞRI!
Bugun quvonçimizning çeki yöq. Sababi, “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovning Bosma naşrlar yönalişi böyiça “Eng yaxşi jurnalistik material uçun” nominatsiyasida “Tong yulduzi” gazetasi 3- öringa loyiq topildi. Şuningdek, şu yilning 6 may kuni bolalar naşri Içki işlar vazirligi bilan hamkorlik Memorandumini imzolagan bölsa, keçagina Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy markazi bilan hamkorlikda Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan gazetxonlarimiz örtasida “Inson huquqlari – bolalar nigohida” tanlovini eʼlon qildik. Bu kabi ezgu işlarimiz bardavom bölişi uçun bizga yanada qöşqanot bölgan, yutuqlarimizdan özimizdanda köproq suyungan mehri daryo ustozlarimiz, hamkasblarimiz, döstlarimiz, gazetxonlarimizga KATTA RAHMAT.
Şu örinda tanlovni yuksak saviyada taşkil etişga harakat qilgan, bor kuç va mahoratini işga solgan Jurnalistlar uyuşmasiga hamda “Tong yulduzi” gazetasini uşbu nufuzli mukofotga loyiq körgan hakamlar hayʼatiga katta rahmat degim keladi.
Muxtasar aytganda, “Oltin qalam” — ijod ahliga munosib rağbat, jurnalistikaga yuksak eʼtibor va ğamxörlikning yaqqol timsoli. Şu bois barça saʼy-harakatlar mazkur tanlovning xolis, şaffof va haqqoniy ötişini taʼminlaşga qaratildi.
Islom ASILBEKOV,
“Hurriyat” muxbiri
