Ohanglar naqqoşi
yoxud Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, kompozitor Mustafo Bafoyev faoliyatiga bir nazar
Dunyoda ovozlar behisob: quşlarning ovozi, dengizning, şamolning va, eng muhimi, insonning ovozi bor! Inson esa köplab musiqa asboblari yaratgan — har birining öz xarakteri, öz ohangi mavjud. Bu sozlar uçun musiqa yoziş har kimga ham nasib etmaydi, afsuski, nasib etmaydi. Nasibadorlarga Alloh buyuk eşitiş qobiliyatini bergan böladi. Mustafo Bafoyev buyuk eşitiş qobiliyati sohiblarining eng peşqadamlaridandir.
Bahodir YÖLDOŞEV,
Özbekiston sanʼat arbobi, rejissyor
Xalqimizning közga surgulik kompozitori Mustafo Bafoyev haqidagi hikoyamiz ibtidosi bunday:
Kuyning umri boşlandi… U olislardan sado beradi — bolalikda esgan nasimlar yuzingizni siypalab ötadi… Köngil bir lahzaga vaqtni doğda qoldirib, yil ustiga yiqilgan yillarni hatlab, ötmişga safar qiladi… Abdulhamid Çölpon lutf etganidek: “Xayol, xayol… Yolğiz xayol gözaldir”. Köp ham davronnişin bölavermang, maestro. Mana, nihoyat, köhna Buxoroning Gançkaş qişloğidasiz! Hali bolalik bilan xayrlaşib ulgurganingiz yöq…
Bölajak kompozitorning elektrsiz, televizorsiz bolaligida faqat radio jonga ora kiradi. Siymosi nihon xonandalarning qöşiqlari quloqqa ilaşadi. Yodu qalbga muhrlangan navolar havasu iştiyoq bilan töy-tomoşalarda ijro etiladi. His-hayajonning ortgani şeʼr şaklida qoğozga tökiladi. Öğli agronomlikka öqib, hurmat qozonişini, noni butun bölişini istagan kolxozçi otaga bu holatlar köp ham maʼqul emas. Nihoyat, yettinçi sinfni bitirganida, padari buzrukvor kuzgi zarbdor mehnatdan oldin soğligini tiklab, kuç töplagani Çortoqdagi oromgohga ketadi va “xavfli buriliş”ga yöl oçiladi. Bir umr sanʼatga oşufta yaşagan, inisini har körganida “Eh, sening örningda bölganimda musiqada öqirdim”, deya qalbiga çöğ taşlab turadigan Abdulahad amakisi uni yetaklab, öşa kezlardagi eng maşhur Buxoro musiqa bilim yurtiga olib boradi.
Hofizu xonandalikka orzumand ösmirni imtihon qilib körgan ustozlar bu yoşda hali ovoz paylari şikastlanişi mumkinligini, fursatini kutiş kerakligini aytib, boşqa yönalişda öqişni tavsiya etişadi. Murodi hosil bölmagan ini qaytib çiqadi va amakisining söroğiga öksingannamo javob qiladi: “Yöq, deyapti-ku, aşulaçilikka olmaymiz, deyapti”. Amaki uni qaytib kirişga va biror yönalişni tanlab, öqişni boşlaşga undaydi.
Oradan köp zamonlar ötib, Bafoyev kompozitor bölib dong taratganda, operalaridan birini fortepianoda ijro qilib berganini eşitgan Manas Leviyev: “Asarlaringizni özingiz aytsangiz ham bölar ekan”, dedi. Bu suhbatgaça hali köp qovun pişiği bor va qahramonimiz musiqa bilim yurtida ğijjak çolğusi ijroçiligi böyiça tahsil olardi. Ikkinçi bosqiçda öqiyotganida özi kuy bastalaşni maşq qiladi. “Hali bilim yöq, lekin içimda ohanglar bor. Şularni çiqarmasam, ğalati bölib ketaman”, deb eslaydi kompozitor. Saqlanib qolmagan ilk kuylar, tikraygan soçlar sababli yoş öspirin hamsaboqlar orasida Betxoven ataladi.
Konservatoriyada ham ğijjak çolğusi ijroçiligi böyiça tahsil olgan Mustafo Bafoyev bitiruv imtihonida özi bastalagan kuyni ijro etadi. Moskvadan kelgan komissiya aʼzolari u kompozitorlikda öqişini davom ettirişi zarurligini tavsiya qilişadi. Ammo rektor bunga könmaydi: marhamat, avval borib, 3 yil işlab kelsinlar!
Buxoro pedagogika instituti öqituvçisi, harbiy xizmatni ötab kelgan, ikki farzandning otasi bölgan Mustafo Bafoyev tor xonaga qamalib, hamon kuy yozadi, göyo busiz hayot yöqdek. Bir yoqda oila masʼuliyati, bir yoqda kompozitorlik böyiça tahsil oliş xayoli. Ikki jahon ovorasining qaytadan tolib bölişiga hamma qarşi, lekin Dilbar yangamiz bir kuni erining rangi zaʼfaronday sarğayganini körib, bu yetişilmasa yemiradigan ilinj ekanini payqaydi va dalda beradi: “Boring, nasib qilgan bölsa, kirasiz. Qiyinçiligini birga-birga yengaveramiz”.
Ikkinçi bor toliblik hayoti boşlanadi. Stipendiya yöq, ham öqib, ham işlaş kerak. Maşaqqat jondan ötganda ortga çekiniş haqida ham öylanadi. Şu lahzada gurziyu gavronli savol peşonangda paydo böladi: jon huzur topar, lekin köngil-çi, janob Bafoyev?
Bölajak kompozitor topgan puliga usti-boşu yeb-içişdan qisib, jahon musiqasi durdonalari yozilgan noyob plastinkalarni sotib oldi. Furqat köçasidagi katalakdek ijaraxonada şu tariqa katta “boylik” yiğiladi. Bir kuni talonçilikni yo kasbu kor qilgan kimsalar ijarakaş yöqligidan foydalanib, xonaga öğrilikka tuşadi. Qölga ilaşadigan qiymatliroq narsa topolmagan öğrivaççalar patefonni oladi-yu, 200 taça plastinkani mix bilan tirnab, maydalab, har yoqqa soçib taşlaşadi. Mustafo Bafoyev qaytganida mulki ğorat bölgan, bebaho plastinkalari jang maydonidagi egasiz öliklardek yer tişlab yotibdi, faqat yiğib olib vidolaşiş imkonigina qolgan, xolos. Vayronkor kuç qarşisidagi ojizlikni butun vujudi bilan his qiladi — avval aççiq ökirik, keyin yelkalar silkinişiga hamohang yiği… Parda tuşiriladi. Bu epizod nega taʼsirli?
Kompozitorlik böyiça bitiruv işi sifatida Mustafo Bafoyev “Buxoronoma” oratoriyasini yozdi. Şu kezlarda sobiq ittifoq böylab bu yönalişda yozilgan bitiruv işlari poytaxt Moskvaga yuborilişi, u yerda barçasi jamlanib, tanlov asosida ğoliblar aniqlanişi urf ekan. Maşhur kompozitor Aram Xaçaturyan hayʼat raisi bölgan tanlovda “Buxoronoma” asari bilan muallif ğolib böldi. Şu tariqa yoş sanʼatkor tilga tuşdi, Kompozitorlar uyuşmasiga aʼzo böldi, davlat tomonidan özi hozir ham yaşab kelayotgan uy ajratildi.
Yigitning yöli oçildi. Endi rafiqlaru raqiblar unga qölidan iş keladigan, kelajagi porloq kişi sifatida qaray boşladi. Bafoyev esa köksida kamolga yetayotgan sanʼatkor qalbi bilan hamnafas ijodiy inqiloblarga zamin hozirladi.
Kompozitor Boburning tört ğazali asosida “Ğazal” nomli birinçi simfoniyasini yozdi. Sovet mafkurasi hukmronligi, qolaversa, şu paytgaça ğazallar asosida simfoniya yozilmagani tufayli akademik musiqa atrofidagilarning ayrimlari hayrat bilan, ayrimlari ğaşlanibroq qaraydi: “Amerika oçmoqçimi bu yigit!” Ammo qahramonimizning parvoyi falak, u faqat ijod, yangilik kaşf etiş payida böldi. Mayda gap-sözlarni xas-xaşak kabi tözitib, öz yölida quyundek bardavom böldi.
Taniqli adabiyotşunos Şuhrat Rizayev deydi: “Bir muddat böldiki, dirijyor Ğani Tölaganov, rejissyor Bahodir Yöldoşev va Mustafo aka bilan gap-gaştagimiz soz tuşib qoldi. Kunlarning birida Mustafo aka bizga yangi yozgan “Umar Xayyom” operasini ijro qilib berdi. Şunda Ğani aka zavqu taʼkid bilan: “Mustafo — özbek Puççinisi!” degandilar”. Sanʼat arbobining kompozitorni italyan mumtoz operasining sönggi vakiliga qiyoslaşi hikmatini bugun teranroq anglaymiz. Muhtaşam asarlarini, şaxs va sanʼatkor ölaroq bosib ötgan yölini taftiş etib, “Bundan keyin yana bir şunday mumtoz kompozitorimiz bölarmikan?” degan savol qarşisida ojiz qolamiz.
Xalqimiz orasida akademik musiqa şinavandalari kam topiladi. Boisini bu sanʼat turi bizga keça kirib kelganidan izlaylikmi yoki uning akademikligidan? Bizning umumdidimiz sanʼatning akademik darajasiga yetolmasligini tan oliş töğriroqdek nazarimda. Xuddi Alişer Navoiyni mutolaa qiladiganlar sanoqli, “Şaşmaqom”ni tinglovçilar bir hovuç bölgani kabi. Salaflari va, ayniqsa, Mustafo Bafoyev romans, oratoriya, opera, simfoniya kabi musiqa janrlarini milliylaştirdi, endi bahramandlik maqomiga çiqiş özimizga havola. Dunyoning har burçida yaşaydigan sanʼat ixlosmandlari, mutaxassislar, qayd etilgan janrlar vatani bölmiş Ovröpo ahli kompozitorimiz asarlarini zör iştiyoq bilan tinglaydi, eʼtirof etadi. Agar bu asarlar milliy sanʼatimiz namunasiga aylanmaganida, bor-yöği taqlid bölib qolganida, ularning hayratiga sazovor bölarmidi?! Yöq, albatta! Qorin töqligiyu köngil oçligidan bizni uyqu elitganda, Bafoyev Navoiy ğazali asosida yaratgan romansidan kuyladi:
Neça, ey oy, mendin ayru aylagay
davron seni,
Bölmağay yillarda körmak
bir nafas imkon seni,
Jon tilar, könglum uyinda aylagay
mehmon seni,
Kel-kel, ey oromi jonimkim,
tilaydur jon seni,
Çehra oçkim, körmak istar
diydai giryon seni…
Ustozimiz Xurşid Davron şunday eslaydi: “1997 yilda birinçi “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivalini “Buyuk ipak yöli” kompozitsiyasi bilan oçdik. Ssenariy muallifi kamina, rejissyor Bahodir Yöldoşev, musiqalarini Mustafo aka yozdi. Keyin YUNESKOning şafeligida mazkur kompozitsiya Parijdagi maşhur Odeon teatrida namoyiş qilindi. Asar tugagandan keyin fransuz tomoşabinlari va butun dunyodan yiğilgan sanʼat namoyandalari yarim soat tik turib qarsak çalişdi. Mustafo Bafoyev sanʼatiga olqişlar yoğdirişdi. Odam ortga nazar taşlab, özi faxrlanadigan hayajonli voqealarni eslaydi, men uçun şulardan biri öşa 30 daqiqalik qarsaklardir”.
Kompozitorning ilhom, zavq, maşaqqat va mehnat oğuşida keçgan hayoti hosilasida betakror asarlar dunyo yuzini kördi. Ularning salmoğu saviyasiga qator sinçilar ançayin hayrat bilan baho berişadi. Şunga köra, Mustafo Bafoyevning asarlari özbekona oltin ustun bölib, jahon musiqasi qasrini bir tomondan kötarib turibdi, deyişga jurʼat etamiz…
Yöllar köp… özaro tutaş, çalkaş yoki mutanosib. Yurilaverib, uvadasi çiqqan yöllar ham bisyor. Daholar esa yölsizlik aro yöl yaratadilar. Sanʼat yuragini harakatga keltirib turgan qon kaşfiyotlar bilan yangilanadi. Mustafo Bafoyev ilk bor tanbur sozi uçun simfonik orkestr jörligida konsert yozdi. U yapon, xitoy, janubiy koreyalik kompozitorlar asarlari qatorida Tokioda ötkazilgan “Konsert janri keçasi” festivalida ijro etildi. Buyuk Şarqning musiqaşunos namoyandalari özbek kompozitori asarini eng sarasi deb baholaşdi va maʼnan taʼzim bajo keltirişdi.
Sanʼat — beşafqat, unda şaraf osonlikça qozonilmaydi. Öz uslubini kaşf etolmagan, yangilik qilolmagan kişiga sanʼat darğalari kahkaşonida örin yöq. Mustafo Bafoyev esa umr böyi nafaqat özgalarni, balki özini ham takrorlamaslikka intilib yaşamoqda. Ehtimol, şuning uçundir, xorijda ham uning mahobatli ijodiy merosiga şaydolar yetarliça topiladi…
Jahonga maşhur amerikalik violonçel ijroçisi Yo-Yo Ma musiqa yozib berişini sörab izlaydigan, oçunning tört tomonida asarlari tufayli hayratu ehtiromga sazovor bölib kelayotgan bu siymo bilan taqdir meni 2021 yilda röbarö etdi. Körsatuv tayyorlaş bahonasida özim uçun yorqin bir mayoqni topdim va hamon uni kaşf etişga intilaman. Bir suhbatimizda öspirinlik yillarida “Betxoven” atalganini zavq bilan eslab, ul dahoning öjaru erkparvar feʼl-atvoriga mengzaydigan tabiati tufayli köp pand yeyişini aytdi. Söng kulib davom ettirdi: “Mojaro boşlasam, yangangiz:
— Nimaga şunaqasiz, yaxşi gapirsangiz, işingiz bitib ketadi-ku, — deydi. Men javob qilaman:
— Yolğon gapirolmayman. Qorani oq desam, qanaqa böladi? Bu yuragimga borib tegadi, yuragim zirqiraydi”.
Boladay beğubor dahoga qarab, “ulkan odam” qanday bölişini özimça çamalayman. Töğrilik oldida maʼsum va tavozeli, ğirromlikni körganda murosasiz va otaşin. Ana şunday sizu bizning Bafoyevimiz!
Sanʼatkor şaxsiyatida insoniy fazilatlarning eng ezgulari mujassam bölmoği lozim. Boisi, ijodiy jarayonda uning qalbidagi tuyğular, keçinmalar, ongidagi ğoyalar, fikrlar asariga köçadi. Odam böyidan baland sakray olmaydi. Buyuk şaxsiyat sohiblarigina buyuk asarlar inşo etişga qodir…
Yana bir lavha yodga tuşadi. Jurnalistlardan biri özbekning afsonaviy kompozitori Mutal Burhonov bilan suhbatlaşar ekan: “Armoningiz bormi?” degan navbatçi savol bilan murojaat qiladi. Şunda u heç kim kutmagan javobni aytadi: “Yoş bölsam-da, Mustafo Bafoyevga şogird tuşsam, deyman”. Bu ustozning mardona eʼtirofi, mehru alqovga yöğrilgan bahosi edi…
Kompozitor fortepianoda kuy boşladi. Bu ustozi Mutal Burhonov xotirasiga bağişlangan, Abdulla Oripov qalamiga mansub romans.
Ölmagay jismimdagi jon — sanʼatim,
Toabad qalbimda iymon — sanʼatim.
Ikki dunyo mulki bölding sen özing,
Menga ham bölding şaraf-şon,
sanʼatim…
Uluğimiz haqidagi hikoyamiz intihosi bunday:
Yaralmişida ohanglar bölgan kuy umrini yaşayapti… Uning umri naqqoşining umridan uzun, umid qilamizki, mangu qadardir!
Sirojiddin IBROHIM,
Özbekiston Yozuvçilar
uyuşmasi aʼzosi,
şoir.
