Ramazon barakasi

Çoşgohdan söng biroz közim ilinibdi. Bilib turibman oyim bir neça bor turğizib kettilar. Közimni oçolmayapman. Oyim oşxonada turib gap qotdi: “Turaqol, bolam, havo aynib turibdi, yomğir boşlanmasdan bozorga tuşib çiq, keça opalaring  iftorlikka boramiz, deganday böluvdi. Dasturxonga qöygulik  heç narsa qolmagan”. Közimni oçolmayapmanu öylayman: “Iya, nega heç narsa yöq bölar ekan, axir keçagina bozorlik qilib kelgandim-ku”. Örnimdan turdim-da, naridan beri yuvinib, yana öşa eski, yamoq urilgan bölsa-da, oyim top-toza qilib yuvib qöygan ki­yimlarimni kiyib,  qadrdon mardikor bozoriga qarab yura boşladim. Hamon xayolimda turli, maʼnili, maʼnisiz fikrlar  gir aylanadi. Qöşnimiz Mahmud aka “Sobirjon, işgami?” deganlarida juda sekin yurayotganimni  sezib qoldim:

— Assalomu aleykum, Mahmud amaki, tuzalib qoldingizmi? Körinişingiz ança  yaxşi, — dedim könglini kötargan kişi bölib.

— Ha , Alhamdulillah,  Olloh mehribon, — dedi u kişi körişayotib.

Mahmud amaki serğayrat odam bölgan. Köp yillar zavodda qorovullik qilgan. Işdan böş kunlari  oşpazlik qilib, elning xizmatida bölgan. Afsuski, hozir qand kasalligiga yöliqib, qiynalayotgandi. Oyoq barmoqlaridan qorason kasalligi boş­lanib, bir neça marta  piçoqning ostiga yotib çiqdi. Hozir nogironlar aravaçasiga ötirib qolganiga qaramay, doimo ibodatda. Yolğizi Salima opa turmuşi öxşamay, qaytib kelgan. Bozorkom Karimboyning ikkinçi xotiniga qaraşadi, uyi­­da u bu  işlarini qilib yuradi.

Bir payt Salima opaning  qizi oldimizga yaqinlaşib, salom berdi:

— Assalomu aleykum, Sobir amaki, yaxşimisiz? Keça uylaringiz  oldida öynayotgandim,  Munavvar buvim çaqirib non, guruç, loviya, olmalardan oyingga olib borgin, deb berdilar. Rahmat ham demabman. Rahmat aytib qöying, namozlarimda Munavvar buvimni duo qilyapman, — deb qoldi.

Bir ikki kun avval mehribonimning “Salimaxon yolğiz boşiga juda qiynalayapti-da”, deganlari yodimga tuşdi.

…Mahmud amaki bilan  naridan beri xayrlaşib,  yölimda davom etdim. Aksiga olib  yomğir şivalab turibdi, bozorda odam kam. Unda-bunda menga öxşaganlar qunişib ötiribdi. Işçi yollagani kelganlar özlariga maʼqul kelganlarni olib ketyapti.  Şomga yaqin uyga söppayib kirib keldim. Oyim ovqat taraddudida edi: “Kelaqol, bolam, yordamlaşib yubor, opalaring ham kelib qoladi”.

— Oyi, uyda heç vaqo yöq degandingiz-ku ?

— Ha, rizqimizni Allohning özi yetkazdi. Rahmatli dadangning örtoqlari rözadorlarga iftorlik uçun ul-bul narsa tarqatişayotgan ekan.  Har bir odamning barakasi böladi-da, bolam.

Köça eşikdan jiyanlarimning toğa, buvijon degan şovqinli ovozlari eşitildi…

Yengil tin oldim. “Mehmon kelar eşikdan, rizqi kelar teşikdan” deganlari şu bölsa kerak-da.

Setora FAYZULLAYEVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan